Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Chizmachilik va tasviriy san'at

chizmachilik_chizmageometriya
Chizmachilik tasviriy va amaliy san'at admin 👉 @FMSHU muhokamalar uchun 👉 @chizmachilik_TS
Subscribers
1 313
24 hours
3
30 days
5
Post views
696
ER
53,01%
Posts (30d)
8
Characters in post
479
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Art & Culture
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Design & Creative Arts
Summary
October 15, 05:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan 30 foizlik chegirma haqida ayrim savollarga javoblar:
https://t.me/chizmachilik_chizmageometriya

October 12, 12:07

🎨
PUANTILIZM: minglab nuqtadan yaralgan san’at
Rasmga yaqindan qarasangiz, faqat mayda rangli nuqtalarni ko’rasiz. Biroz uzoqlashsangiz, nuqtalar birlashib, yaxlit tasvirga aylanadi. Bu
puantilizm
, ya’ni nuqtalar san’ati.
👇
🔹
Bu nima?
Rassom ranglarni palitrada aralashtirmaydi, sof rangli nuqtalarni yonma-yon qo’yadi. Ranglarni aralashtirish ishini ko’zimiz bajaradi. Bu hodisa
optik aralashish
deyiladi.
🔹
Qachon va kim yaratgan?
1880-yillarda Fransiyada. Asoschilari:
Jorj Sera
va
Pol Sinyak
. Ular impressionistlarning yorug’lik haqidagi izlanishlarini ilmiy asosga qo’ymoqchi bo’lishgan.
🔹
Nega aynan nuqtalar?
Palitrada sariq bilan ko’kni aralashtirsangiz, xira yashil chiqadi. Nuqta qilib yonma-yon qo’ysangiz, yashil ancha yorqin va jonli ko’rinadi. Shuning uchun puantilist rasmlar yorug’likka to’la bo’ladi.
✨
▪️
«Puantilizm» so’zi dastlab tanqidchilarning kinoyasi sifatida aytilgan. Sera o’zi uslubini «xromolyuminarizm» (rang va yorug’lik san’ati) deb atagan.
🔹
Bugun ham yashayapti
Rangli printer, televizor va telefon ekrani aynan shu tamoyilda ishlaydi: mayda nuqtalar (piksellar) birlashib, bitta tasvir hosil qiladi. Ya’ni siz har kuni puantilizmga qarab o’tirgansiz!
📱
💬
Savol:
sizningcha, nuqtalardan rasm chizishga qancha sabr kerak? Izohlarda yozing!
👉
@grafika_maktabi

October 12, 12:07
Media unavailable
5
Show in Telegram

Puantilizm
(fransuzcha
pointillisme
—
“nuqtachalar bilan ishlash”
) — tasviriy san’atdagi usul bo‘lib, unda tasvir mayda, alohida rangli nuqtalar yordamida yaratiladi.
Bu usulda rassom ranglarni palitrada to‘liq aralashtirish o‘rniga, ularni mayda nuqtalar shaklida yonma-yon joylashtiradi. Tomoshabinning ko‘zi esa ma’lum masofadan qaraganda ushbu nuqtalarni yaxlit ranglar va tasvir sifatida qabul qiladi.
👉
@grafika_maktabi

October 03, 05:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Chizmachilikda
A
va
B
tipidagi shrift turlari mavjud bo‘lib, asosan
B
tipidagi shriftlar qo‘llaniladi.
A
tipidagi harf va raqamlar chiziqlarining yo‘g‘onligi
d
ularning balandligi
h
ning 1/14 qismiga teng qilib olinadi.
B
tipidagi harf va raqamlar chiziqlarining yo‘g‘onligi
d
ularning balandligi
h
ning 1/10 qismiga teng qilib olinadi.
Shunda bosh harflar va raqamlarning balandligi —
h
=10
d
,
harflar orasidagi masofa —
a
=2
d
,
so‘zlar orasidagi masofa —
e
=6
d
,
satr asoslari orasidagi masofa —
b
=17
d
kabi aniqlanadi.
manba: N.H.Qosimjonov// Geometrik chizmachilik// O‘quv qo‘llanma// Muhandis noshir// Namangan-2026, 160 bet
👉
@grafika_maktabi

October 03, 05:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kichik harflarning balandligi (
c
) bosh harflarning 5/7 qismiga to‘g‘ri keladi.
Bu asosan shrift o‘lchamlarining ketma-ketligi bo‘yicha o‘zidan oldingi shrift balandligiga teng bo‘ladi.
Ya’ni bosh harflarning balandligi
10
bo‘lsa, kichik yozma harflarning balandligi
7,
agar, bosh harflarning balandligi
14
bo‘lsa, kichik yozma harflarning balandligi
10
va hokazo.
manba:
Qosimjonov N.H.
Geometrik chizmachilik
: o‘quv qo‘llanma. – Namangan: Muhandis noshir, 2026. – 160 b.
👉
@grafika_maktabi

October 03, 05:31
Media unavailable
2
Show in Telegram

Kichik yozma harflarni yozishda
b, d, f, h, k, l, t
harflarining tepa qismidagi elementlari balandligi bosh harflar bilan teng yoziladi.
Yuqoridagi kabi
g, j, p, q, y
harflarining quyi qismidagi elementlari 3d masofa pasga tushirib yoziladi.
manba:
Qosimjonov N.H.
Geometrik chizmachilik
: o‘quv qo‘llanma. – Namangan: Muhandis noshir, 2026. – 160 b.
👉
@grafika_maktabi

October 03, 05:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Chizma shriftlari
Chizma shriftlari asosan tik va qiya yozilishi mumkin. Qiya shriftlar satr asosiga nisbatan 75° burchak hosil qiladi. Chizma shriftlarining o‘lchami uning balandligi bilan belgilanadi va millimetr bilan ifodalanadi.
Standart quyidagi shrift o‘lchamlarini belgilaydi:
2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 28; 40.
Bundan tashqari standartlar quyidagi o‘lchamlarni tartibga soladi
(30-rasm)
:
– Bosh harflar hamda raqamlarning balandligi (
h
)
– Kichik harflarning balandligi (
c
)
– Harflarning kengligi (
g
)
– Harflar orasidagi masofa (
a
)
– So‘zlar orasidagi masofa (
e
)
– Satr asoslari orasidagi masofa (
b
)
– Shrift chizig‘ining qalinligi (
d
)
manba: N.H.Qosimjonov// Geometrik chizmachilik// O‘quv qo‘llanma// Muhandis noshir// Namangan-2026, 160 bet
👉
@grafika_maktabi

September 28, 08:37
Media unavailable
3
Show in Telegram

https://t.me/chizmachilik_chizmageometriya

September 26, 06:38

https://t.me/chizmachilik_chizmageometriya

September 21, 09:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Chizma chiziqlarining turlari:
Ikki nuqtali shtrix-punktir chiziq
detal (ko‘pyoqliklarning) yoyil-malarini bajarganda uning qirralarini ya’ni buklanadigan joylarini tasvirlash uchun qo‘llaniladi
Ikki nuqtali shtrix-punktir chiziqni chizishda shtrixlar uzunligi o‘rtacha 5–30 mm, shtrixlar orasidagi masofa esa, 4–6 mm olinadi.
Shtrixlar orasidagi nuqtalar biroz cho‘zilgan shaklda olinishi lozim
(1.18-rasm)
.
manba: N.H.Qosimjonov// Geometrik chizmachilik// O‘quv qo‘llanma// Muhandis noshir// Namangan-2026, 160 bet
👉
@grafika_maktabi