
Progressiv islohotlar markazi
⚡️
Диққат эълон!
Олий Мажлис ҳузуридаги Фуқаролик жамияти институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди хотин-қизлар ва болаларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилиш, аҳолининг киберхавфсизлик маданиятини юксалтириш, интернет фирибгарлигининг олдини олиш, таълим ва соғлиқни сақлаш муассасаларида жамоатчилик назорати, тазйиқ ва зўравонликнинг барча шаклларининг олдини олиш айниқса болаларга нисбатан зўравонликнинг олдини олиш, ҳудудларда экологик муаммоларни ҳал этиш, яшил иқтисодиёт тамойилларини оммалаштириш, “Менинг Конституциям — менинг ҳуқуқим” аҳолининг конституциявий саводхонлигини ошириш, гендер стереотиплари ва жинс бўйича камситишнинг олдини олиш каби йўналишларда
давлат гранти танловини эълон қилади.
👉
Жамоат фонди томонидан эълон қилинган грант танловлари:
Республика
👉
Жамоат фондининг ҳудудий бўлинмалари томонидан эълон қилинган грант танловлари:
Қорақалпоғистон Республикаси
Андижон вилояти
Жиззах вилояти
Самарқанд вилояти
Сирдарё вилояти
Тошкент вилояти
🗓
Ариза топшириш муддати 2026 йил
22 ноябрь соат 23:59 гача
❗️
Эслатма, танловда нодавлат нотижорат ташкилотлари, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари ҳамда оммавий ахборот воситалари иштирок этиши мумкин!
🇺🇿
Oʻzbek (lotin)
🔻
Ахборот каналларимизни кузатиб боринг
Веб-сайт
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Youtube
📊
Yuqori reyting - yuqori daromad deganimi? O‘zbekiston hududlari iqtisodiyotidagi yashirin tafovutlar
🇺🇿
O‘zbekiston hududlarining iqtisodiy rivojlanishi bir xil sur’atda kechmayapti. Ayrim hududlar iqtisodiy reytingda yuqori o‘rinlarni egallayotgan bo‘lsa-da, bu ustunlik har doim ham aholi ish haqi darajasida aks etmayapti.
🔎
2026-yilgi Hududlarning progressiv reytingida iqtisodiyot bo‘yicha yetakchi hududlar:
1. Toshkent shahri -
98,78 ball
2. Navoiy viloyati -
86,73 ball
3. Buxoro viloyati -
80,63 ball
📚
Progressiv islohotlar markazining yangi tahliliy maqolasida
14 ta hududning 2026-yilgi iqtisodiy natijalari, 2024–2026-yillardagi dinamika, ish haqi statistikasi va infratuzilma ko‘rsatkichlari qiyosiy tahlil qilindi.
📖
Batafsil tahlil maqolada
👇
🔗
Maqola havolasi
#HududlarReytingi
#Iqtisodiyot
#Uzbekistan
#RegionalDevelopment
#ProgressiveReforms
21-oktyabr 2026-yil
#NoComment
#HongKong
#BeltandRoad
#Businesscooperation
@cpr_uz
LinkedIn
|
Twitter
|
Instagram
|
Youtube
🇹🇭
Progressiv islohotlar markazi delegatsiyasining Bangkokga tashrifi: xalqaro tajriba va yangi hamkorlik imkoniyatlari
🌏
Joriy yilning
12–18-oktabr kunlari
Progressiv islohotlar markazi (PIM) delegatsiyasi Bangkok shahrida Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2026-yilgi yillik yig‘ilishlari doirasida tashkil etilgan uchrashuv va tadbirlarda faol ishtirok etdi.
Tashrif davomida xalqaro moliya institutlari vakillari va yetakchi ekspertlar bilan muloqotlar o‘tkazilib, yangi professional aloqalar o‘rnatildi. Shuningdek, iqtisodiy siyosat, institutsional rivojlanish, tarkibiy islohotlar va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasidagi ilg‘or xalqaro tajriba hamda zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi.
🤝
Tashrif doirasida erishilgan natijalar va yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari
Markazning kelgusidagi tahliliy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga mos ilmiy asoslangan va amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
#ProgressivIslohotlar
#WorldBank
#IMF
#AnnualMeetings2026
#Bangkok
#Uzbekistan
#Islohotlar
PIM Gonkong delegatsiyasini qabul qildi: O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlari muhokama qilindi
21-oktabr kuni Progressiv islohotlar markazi (PIM) “RBR 613 Study Tours to Selected Belt and Road Countries” o‘quv dasturi doirasida Gonkongdan tashrif buyurgan talabalar va professor-o‘qituvchilar delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv davomida Markaz vakillari Saodat Umarova va Mavluda Hojakbarova “Iqtisodiy imkoniyatlarni boshqarish” (Managing Economic Opportunities) mavzusida taqdimot o‘tkazdilar. Taqdimotda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhiti, erkin iqtisodiy zonalar, IT Park faoliyati hamda biznes uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv ochiq va konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi. O‘zbekistonga investitsiya kiritish va mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini yuritish masalalari yuzasidan qizg‘in savol-javob bo‘lib o‘tdi. Tomonlar kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirayotgan xitoylik tadbirkorlar va kompaniyalarga PIM tomonidan konsalting xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.
Markaz ushbu samarali muloqotni davom ettirish va yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
#PIM
#CPR
#Uzbekistan
#HongKong
#InvestmentOpportunities
#EconomicReforms
#BeltAndRoad
#BusinessCooperation
📚
Ta’lim reytingida Toshkent yetakchilikni saqladi - hududlar o‘rtasida esa raqobat kuchaymoqda
2026-yilgi
Hududlarning progressiv reytingi
da ta’lim bo‘yicha eng yuqori natijalar:
🥇
Toshkent shahri - 82,24 ball
🥈
Samarqand - 70,04 ball
🥉
Namangan - 64,38 ball
Ta’lim umumiy reytingning
19,6 foizini
tashkil etadi va barcha yo‘nalishlar orasida eng katta vaznga ega.
📊
Muhim signal: Toshkent shahri uch yil davomida yetakchilikni saqlab kelmoqda, ammo uning ortidagi hududlar tarkibi o‘zgardi. 2024-yilda Buxoro va Navoiy yuqori guruhda bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilda Samarqand va Namangan kuchli uchlikka kirdi.
Shu bilan birga, Surxondaryoda uch yillik davrda ijobiy dinamika kuzatildi, Jizzax va Qashqadaryo esa ta’lim bo‘yicha hali katta rivojlanish imkoniyatiga ega.
Asosiy savol endi “kim birinchi?” emas, balki - qaysi hudud ta’limdagi o‘sishni barqaror rivojlanish drayveriga aylantira oladi?
Batafsil tahlil maqolada
👇
🔗
https://proreforms.uz/uz/publications/talim-reytingi-toshkent-shahri-yetakchilikni-saqladi-ammo-hududlar-ortasidagi-raqobat-kuchaymoqda-581
#Education
#RegionalDevelopment
#Uzbekistan
#DataDrivenPolicy
#ProgressiveRanking
🌍
Progressiv islohotlar markazi vakillari Jahon banki guruhining 2026-yilgi yillik yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda
🇹🇭
Markaz xodimlari Bangkok (Tayland) shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2026-yilgi yillik yig‘ilishlari doirasidagi tadbirlarda ishtirok etmoqda.
Markaz vakillari xalqaro miqyosdagi sessiyalar va ekspertlik muhokamalarida qatnashib, global iqtisodiy taraqqiyot, barqaror rivojlanish, institutsional islohotlar hamda zamonaviy iqtisodiy chaqiriqlarga samarali yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.
🤝
Mazkur nufuzli xalqaro platforma yetakchi ekspertlar va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar bilan tajriba almashish, ilg‘or xalqaro amaliyotlarni o‘rganish hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi yangi yondashuvlarni aniqlash uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
#ProgressivIslohotlar
#WorldBank
#IMF
#AnnualMeetings2026
#Bangkok
#Uzbekistan
#Islohotlar
Progressiv islohotlar markazi va COMPASS Institute o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyatini rivojlantirish forumi doirasida Progressiv islohotlar markazi (PIM) va COMPASS Institute o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandumni PIM direktori Mirshohid Aslanov hamda COMPASS Institute hammuassisi va prezidenti doktor Frédéric Martin imzoladi. Kelishuv uzoq muddatli institutsional hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro ekspertizani mahalliy bilim va tajriba bilan uyg‘unlashtirish hamda qo‘shma tashabbus va loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Hamkorlik tadqiqot va tahliliy faoliyatni amalga oshirish, institutsional salohiyatni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish, o‘quv dasturlarini tashkil etish, shuningdek, xalqaro loyihalar hamda rivojlanishga qaratilgan loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Memorandum tomonlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va undan tashqarida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish uchun asos yaratadi.
🏥
Sog‘liqni saqlash reytingida yangi yetakchi — Jizzax!
2026-yilgi
Hududlarning progressiv reytingi
sog‘liqni saqlash yo‘nalishida muhim o‘zgarishni ko‘rsatdi.
🥇
Jizzax — 63,45 ball
🥈
Toshkent shahri — 62,71 ball
🥉
Qashqadaryo — 61,94 ball
2024 va 2025-yillarda yetakchilik qilgan Toshkent shahri bu yil birinchi o‘rinni Jizzaxga boy berdi. Eng qizig‘i, kuchli uchlik orasidagi farq atigi
1,51 ball
ni tashkil etmoqda.
📈
2024–2026-yillarda:
Jizzax
+3,71 ball,
Qashqadaryo
+4,77 ball,
Toshkent shahri
–4,45 ball,
Samarqand
esa –9,02 ball natija qayd etdi.
Sog‘liqni saqlash yo‘nalishi umumiy reytingning
19,4 foizini
shakllantiradi. Shu sababli ushbu sohadagi o‘zgarishlar hududning umumiy pozitsiyasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
📌
2026-yilda eng past natijalar:
Sirdaryo —
49,40
,
Namangan —
51,65
,
Farg‘ona —
51,79
ball.
Jizzax sog‘liqni saqlashda qanday qilib mamlakat yetakchisiga aylandi? Qaysi hududlar tez o‘smoqda, qaysilarida esa pasayish kuzatilmoqda?
Batafsil tahlil maqolada
👇
🔗
https://proreforms.uz/uz/publications/a-new-leader-in-the-healthcare-ranking-jizzakh-overtakes-tashkent-in-2026-577
#HududlarReytingi
#Sog
‘liqniSaqlash
#Jizzax
#Toshkent
#Qashqadaryo
#ProgressivReyting
Davlat sektorida autsorsing xizmatlarini tashkil etish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalar uchun autsorsing xizmatlarini tashkil etishning yagona tartibi belgilandi. Yangi qoidalar xizmat ko‘rsatuvchilarni tanlash, natijalarni baholash va shartnomalar ijrosini nazorat qilishni qamrab oladi.
Autsorsing davlat organining rolini ham o‘zgartirmoqda: u xizmatni bevosita ko‘rsatish bilan birga, tashqi ijrochi ishini belgilangan talablar asosida boshqarish va baholash salohiyatiga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlanmoqda.
Ushbu sharhda yangi tizim imkoniyatlari hamda uni samarali joriy etish shartlari tahlil qilingan.
Saytimizda batafsil o‘qing:
https://proreforms.uz/uz/publications/ozbekistonda-davlat-sektorida-samarali-autsorsing-tizimini-shakllantirish-574