Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

CYBER-BRO Kiberxavfsizlik kompaniyasi

cyberbrosecurity
Elite offensive security consulting for corporates & governments. CYBER-BRO - cyber security company official telegram channel! Contact: @cbro_support | cyberbro@exat.uz - | info@cyber-bro.uz
Subscribers
2 729
24 hours
7
30 days
79
Post views
1 716
ER
62,88%
Posts (30d)
12
Characters in post
1 143
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
October 24, 04:30
Media unavailable
3
Show in Telegram

📣
Oʻzbekistondagi har bir kompaniya, hatto eng kichigi ham, kibertahdidlar haqida oʻz tilida va oʻz vaqtida tushunarli maʼlumot olishi kerak. U bu tahdidlardan himoyalanish uchun aniq qadamlarni ham bilishi kerak.
Kibertahdidlar haqidagi eng tezkor maʼlumotlar ingliz tilida chiqadi va koʻpincha yirik korporatsiyalar uchun yoziladi. Oʻzbekistondagi kichik va oʻrta biznes, xususiy kompaniyalarning IT xodimlari esa har kuni bitta savolga javob izlaydi: «
Bu menga tegishlimi va men hozir nima qilishim kerak?
»
❤️
CYBER AWARENESS
Platformasi shu savolga javob berish uchun ishlab
chiqildi
. Biz har kuni yangi zaifliklar, hujumlar va tadqiqotlarni kuzatamiz, eng muhimlarini saralaymiz va ularni Oʻzbek tilida aniq, tekshiriladigan himoya qadamlariga aylantiramiz. Eng muhim bunday ma'lumotlarni hammaga yetkazish uchun biz CYBER-BRO Threat intelligence platformasining ma'lumotlari bazasidan foydalanamiz.
💥
Like, Share & Support
https://cbro.online
Instagram
-
Telegram
-
CAWA
-
Youtube
-
Linkedin

October 21, 11:02
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚠️
PHP2Shell: himoyalanish uchun nima qilish kerak?
Yangi aniqlangan PHP’dagi
CVE-2026-109618 va CVE-2026-109619
zaifliklari serverda masofadan kod bajarilishiga olib kelishi mumkin. Har ikkisi
CVSS v4.0 bo‘yicha 9,2 ball
olgan. Zaiflikni tuzatish
21-oktabr, Toshkent vaqti bilan 19:00
ga rejalashtirilgan; aniq ta’sirlangan va tuzatilgan versiyalar reliz bilan e’lon qilinadi. (
php.net
)
Administratorlar uchun asosiy qilish kerak bo'lgan ishlar:
Tuzatish chiqishi bilan PHP’ni yangilang.
Aynan saytga xizmat qilayotgan
PHP-FPM, mod_php
yoki
CGI
muhiti yangilanishi kerak. WordPress yoki Laravel’ni yangilashning o‘zi PHP’ni yangilamaydi.
Darhol yangilay olmasangiz, tashqi kirishni cheklang:
vaqtincha VPN/IP allowlist qo‘llang. Cheklovni serverning bevosita IP manzili orqali chetlab o‘tib bo‘lmasin.
Hosting ishlatsangiz
, provayderdan tuzatilgan PHP paketi qachon o‘rnatilishini va saytingizga qo‘llanganini tasdiqlashni so‘rang.
Yangilagandan keyin ham tekshiring:
noma’lum PHP fayllar, webshelllar, yangi administratorlar va shubhali log yozuvlarini ko‘rib chiqing.
💥
Ogohlantiraman - Warnly
orqali esa buni shunchaki saytga kirib ham bilib olsangiz bo'ladi. (
chrome
)
Update.
PHP 8.5.12, 8.4.27, 8.3.36 va 8.2.35
versiyalari autentifikatsiya qilinmagan masofaviy kodni bajarishga imkon beradigan ikkita muhim zaiflikni tuzatadi. Barcha PHP foydalanuvchilariga darhol shu versiyaga yangilashni tavsiya etiladi.
X
-
Telegram
-
Linkedin
-
Youtube

October 19, 04:31
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

💥
2025-26-yil uchun qilgan
kutishlarimiz
ortig'i bilan sodir bo'ldi, endi 2027-yilda nimalarga tayyorlanishimiz kerak va qanday kibertahdidlar bizni kutmoqda?
🔴
Fishingga chidamli MFA (passkey/FIDO2)
— SMS va push-kodlar o‘ldi. Microsoft: 99% identifikatsiya hujumlarini to‘xtatadi.
🔴
Ovoz/video bilan tasdiqlashni taqiqlash
— to‘lov va parol tiklash uchun ikkinchi kanal orqali majburiy tasdiq (call-back) qoidasi.
🔴
Vendor va ta’minot zanjiri inventarizatsiyasi
— kim sizning tarmog‘ingizga kalit tutadi? Eski tokenlar (Klue — 2022!) bekor qilinsin. SBOM va kutubxonalarni pinlash.
🔴
OT tarmoqlarini segmentatsiya qilish
— kontrollerlar internetdan uzilsin; “parolsiz” qurilmalar yo‘q bo‘lsin.
🔴
XDR + zaxira nusxa oflayn
— ransomware’dan tiklanish mashqi (tabletop) yiliga kamida 2 marta.
🔴
Edge qurilmalar (VPN, firewall, NetScaler) 72 soat ichida yangilansin
— 2026-da deyarli har oyda birinchi hujum shu orqali bo‘ldi.
🔴
Deepfake-ga qarshi xodimlar mashqi
— fishing simulyatsiyasiga ovozli simulyatsiya qo‘shilsin.
🔴
Insidentga javob rejasi + shartnoma
— hujum bo‘lganda kimga qo‘ng‘iroq qilishni oldindan aniqlab oling.
Qisqa xulosa: 2027-yil tezlik yili. Hujum soatlarda, himoya esa hali kunlarda ishlaydi. Yutgan — avtomatlashtirib, identifikatsiyani mustahkamlab, vendorlarini nazorat qilgan tomon bo‘ladi.
X
-
Telegram
-
Linkedin
-
Youtube

October 17, 16:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

⚠️
2026-yil oktyabr oyiga qadar sodir bo'lgan eng yirik kiberxujumlar xronologiyasi
🎯
APT nima va kim kimga hujum qilyapti? (2025–2026 raqamlari)
APT — Advanced Persistent Threat, ya’ni «ilg‘or va doimiy tahdid». Oddiy tilda: bu oddiy xakerlar emas, balki davlat moliyalashtiradigan, yillab ishlaydigan professional jamoalar. Ular tezda pul undirishga emas, maxfiy ma’lumot o‘g‘irlashga, tarmoq ichida sezdirmay oylab «yashab» turishga va kerak paytda infratuzilmani ishdan chiqarishga qaratilgan. Farqi — maqsadli (aniq tashkilot tanlanadi), sabrli (oylar, yillar) va resursi katta (zero-day, o‘z malware’i, josuslik tarmog‘i).
🌍
Kim qayerga hujum qilyapti
🇨🇳
Xitoy bilan bog‘liq guruhlar
— dunyodagi eng faol manba. Asosiy nishon: Osiyo-Tinch okeani (Janubi-Sharqiy Osiya, Tayvan, Janubiy Koreya), keyin Yaqin Sharq. 2026-da Venesuela, Panama, Suriya, Kambodja hukumatlari va Janubiy Koreyadagi AI/robototexnika kompaniyasi ham ro‘yxatda. Osiyo-Tinch okeanidagi APT faolligining ~84% ulushi Xitoyga to‘g‘ri keladi.
🇷🇺
Rossiya bilan bog‘liq guruhlar
— Ukraina (harbiylar, dron ishlab chiqaruvchilar, energetika), Polsha va Sharqiy Yevropa, NATO davlatlaridagi kichik biznes (yirik tashkilotlarga kirish nuqtasi sifatida). Yevropadagi APT faolligining ~81% ulushi Rossiyaga tegishli.
🇮🇷
Eron bilan bog‘liq guruhlar
— Isroil, AQSh, Fors ko‘rfazi davlatlari; Yevropa va Ko‘rfazdagi logistika kompaniyalari. 2026-yilgi urushdan keyin AQSh suv tizimlari va tibbiyot kompaniyalariga (Stryker) buzg‘unchi hujumlar. Yaqin Sharqdagi APT faolligining ~72% ulushi Eronga tegishli.
🇰🇵
Shimoliy Koreya bilan bog‘liq guruhlar
— Janubiy Koreya (1-nishon), AQSh, Yevropa dron ishlab chiqaruvchilari, butun dunyodagi kripto birjalar va dasturchilar. Maqsad — pul: 2026-da kripto o‘g‘irliklari $1 mlrd dan oshdi (KelpDAO $293 mln, Bitget $388 mln).
📈
APT larning yillik o‘sish sur’ati:
— 2024: davlat APT insidentlari +58% (Group-IB)
— 2022–2025: 424 → 504 qayd etilgan insident, jami +19%, o‘rtacha ~6% yiliga (BISI)
— 2026 1-yarmi: oldingi yarim yilga nisbatan +7,5%; Rossiya +30%, Shimoliy Koreya +14%, Xitoy −17% (S2W)
— Eng ko‘p nishon — davlat va harbiy sektor, keyin ishlab chiqarish sohasi
💥
CYBER-BRO: Threat Intelligence, Red Team va SOC xizmatlari bilan tashkilotingizni APT darajasidagi tahdidlarga tayyorlaymiz.
X
-
Telegram
-
Linkedin
-
Youtube

October 14, 14:02
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚠️
AI/SI - QANCHALIK XAVFSIZ? BUNI TAXMIN QILMANG - SINAB KO‘RING!
Sun’iy intellekt biznesingizni tezlashtirishi mumkin. Ammo noto‘g‘ri sozlangan AI tizimi maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishi, ruxsatsiz amallar bajarishi yoki kutilmagan xarajatlarni keltirib chiqarishi ham mumkin.
💻
CYBER-BRO AI REDTEAM
— AI tizimlaringiz xavfsizligini real hujum ssenariylari orqali tekshirish xizmatini taklif etadi.
🔍
Nimalarni tekshiramiz?
- Prompt Injection va Jailbreak — AI himoyasini chetlab o‘tish xavflari
- Sensitive Data Leakage — maxfiy ma’lumotlar sizib chiqishiga baho berish va aniqlash
- AI Agent Security — agentlarning ortiqcha vakolatlari va ruxsatsiz amallarini aniqlash
- Insecure Output Handling — AI javoblarini qayta ishlashdagi zaifliklar
- Data & Model Poisoning — ma’lumotlar va modelga ta’sir qilish xavflari mavjudligini
- Model DoS & Cost Attacks — xizmat uzilishi va nazoratsiz xarajatlar
- Supply Chain & Plugin Risks — tashqi integratsiyalar va komponentlar xavfsizligining ishonchliligini
🎯
Siz nima olasiz?
✅
Aniqlangan zaifliklar bo‘yicha dalillar
✅
Biznesingiz uchun xavf va ustuvorliklar tahlili
✅
Muhandislar uchun aniq tuzatish tavsiyalar to'plami
✅
Tuzatishlardan keyin qayta sinov o‘tkazish imkoniyati
Biz faqat AI’ning noto‘g‘ri javob berishini emas, balki bu holat biznesingizga qanday real zarar yetkazishi mumkinligini ham baholaymiz.
AI/SI loyihangiz uchun sinov rejasini kelishish uchun biz bilan bog‘laning :
info@cyber-bro.uz
Xizmat haqida batafsil
:
https://cyber-bro.uz/xizmatlar/ai-redteam/
X
-
Telegram
-
Linkedin
-
Youtube

October 12, 12:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📣
Mijozlarimiz uchun yangi imkoniyatlar va qulayliklar
yaratildi
!
CYBER-BRO
jamoasi
cyber-bro.uz
va
cybertrust.uz
platformalarini yangiladi. Hozirda kerakli xizmatni aniqlash, kursni tanlash hamda mutaxassis bilan aloqa o‘rnatish bir necha daqiqada amalga oshiriladi.
Platformada quyidagilar mavjud:
- Xizmatlar — 15 ta asosiy va 3 ta qo‘shimcha xizmat
Pentest, Red Team, xavfsizlik auditi, SOC, insidentlarni tekshirish (DFIR) va boshqa yo‘nalishlar. Har bir xizmat sahifasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tavsifi va kutilayotgan natijalar aniq va tushunarli tarzda bayon etilgan.
- Akademiya — 17 ta amaliy kurs
Boshlang‘ich kibergigiyena asoslaridan Red Team va SOC yo‘nalishlarigacha bo‘lgan kurslar. Kurslar 50 soatdan 190 soatgacha davom etadi, o‘zbek tilida onlayn yoki oflayn formatda o‘qitiladi. Darslarning asosiy qismi amaliy mashg‘ulotlarga bag‘ishlangan.
- Mahsulotlar — 5 ta o‘z ishlab chiqarilgan yechim
Tashqi tahdidlarni kuzatuv tizimi, Windows va mobil qurilmalar xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minot, shuningdek, brauzer himoyasi vositalari.
- Onlayn bron qilish —
cybertrust.uz
Mutaxassis yoki xizmatni onlayn shaklda band qiling. Vazifa tavsifini yuborasiz; qamrov doirasi, bajarish muddati va kutilayotgan natija siz bilan kelishiladi.
Maqsadli auditoriya:
— biznes faoliyati va mijozlar ma’lumotlarini himoya qilishni maqsad qilgan kompaniyalar;
— jamoa a’zolarining kasbiy malakasini oshirishga intilgan rahbarlar;
— kiberxavfsizlik sohasida kasb egallashni rejalashtirgan shaxslar.
- Tanishuv:
cyber-bro.uz
- Bron qilish va buyurtma berish:
cybertrust.uz
🇺🇿
CYBER-BRO - Xavfsiz kiber sarhadlar sari!

October 12, 11:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

October 05, 04:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔥
AVANGARD ning yangi soni chiqdi!
Yangilanishda:
🟣
Clipboard Manager
— clipboard’dagi ma’lumotlarni nazorat qilish va himoyalash
🟣
Ads Blocker
— reklama, redirect va keraksiz trafikni bloklash
🟣
Virus Database Update
— yangi tahdidlar uchun yangilangan aniqlash bazasi
Mobil xavfsizlik, maxfiylik va real-time himoya imkoniyatlari yanada kuchaytirildi.
Yangilanish :
Playmarket
🇺🇿
CYBER-BRO - Xavfsiz kiber sarhadlar sari!
X
-
Telegram
-
Linkedin
-
Youtube

October 01, 04:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak!
🎓
CYBER-BRO jamoasi nomidan barcha ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etamiz!
Siz bergan bilim — kuch, tarbiya — poydevor, shogirdlar esa kelajakdir.
Yosh avlodga ilm va yo‘l ko‘rsatishdek sharafli mehnatingiz uchun tashakkur!
Ustozlar bor ekan — bilim bor.
Bilim bor ekan — xavfsiz kelajak bor.
Hurmat bilan,
CYBER-BRO jamoasi
Xavfsiz sarhadlar sari.

September 26, 05:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

26-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni.