
UrDTI DAVOLASH FAKULTETI RASMIY
🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
📚
Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining
2026-yilgi 3-mavsumini
e’lon qiladi.
📚
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar
@kitobtanlovbot
orqali ro‘yxatdan o‘tib,
12-sentabrga qadar
(rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.
✅
Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵
4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;
✅
“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖
Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️
Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.
#kun_hikmati
Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko‘p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shundayiga ham o‘tadi.
🪶
Erl Naytingeyl
#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz2026
🔵
“Ulug‘bek izdoshlari” jamoasi, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
🔵
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!”
respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichida ishtirok etgan
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
ning
“Ulug‘bek izdoshlari” jamoasi
tomonidan namoyish etilgan sahna chiqishlari ushbu videoda to‘liq aks ettirilgan.
🔵
Sahna chiqishlarida giyohvandlikning salbiy oqibatlari hayotiy voqealar orqali yoritilib, yoshlar sog‘lom turmush tarziga amal qilish va zararli illatlardan yiroq bo‘lishga chorlandi.
▶️
https://youtu.be/uxvRC7CB39Q
▶️
https://youtu.be/uxvRC7CB39Q
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida
mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi
bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
– 35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin
ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari bilan asrga tatigulik davr bo‘ldi,
desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi
,
– dedi Prezident.
Ushbu
o‘zgarishlarning haqiqiy muallifi mehnatkash va olijanob xalqimiz ekani
ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari mustaqillikning qadr-qimmati
qishloqda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, farzandlarga ta’lim-tarbiya berayotgan ustoz va murabbiylar, inson hayotini asrayotgan shifokorlar mehnatida
namoyon bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek,
ilm-fan taraqqiyotiga yangi g‘oya va kashfiyotlar olib kirayotgan olimlar, zamonaviy korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning
hissasiga alohida to‘xtaldi.
Facebook
|
Instagram
|
X
⚡️
Magistraturada tahrirlash ochildi. 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizalarni tahrirlash mumkin
✅
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlari
magistraturasiga qabul boʻyicha
my.edu.uz
elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari
koʻrib chiqildi
.
Koʻrib chiqish natijasida ayrim arizalar turli sabablar, jumladan,
tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi, xorijiy tilni bilish boʻyicha sertifikat,
shuningdek,
SAT sertifikati tasdiqlanmagan yoki belgilangan darajada boʻlmagan, soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan,
xorijiy tildagi ta’lim dasturini yakunlaganligi tasdiqlanmagan,
hujjatlar sifatsizligi
hamda boshqa sabablarga koʻra rad etilgan.
Shuni inobatga olib, arizasi yuqoridagi kabi kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga
2026-yil 26-avgust kuni
soat 14:00 ga qadar
my.edu.uz
elektron tizimi orqali arizalarini
qayta tahrirlash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
imkoniyati beriladi.
E’tibor bering:
26-avgust kuni
soat 14:00 dan so‘ng
arizalarni tahrirlash imkoniyati berilmaydi. Aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmagan arizalar
ko‘rib chiqilmaydi
.
❌
Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha talab etilgan
milliy yoki xalqaro sertifikatga ega emasligi yoxud mavjud sertifikat talab darajasiga javob bermaganligi
sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi.
🚫
Bunday holatda qayta tahrirlangan arizalar ham
ko‘rib chiqilmaydi
.
👉
@xushnudbek
👈
#kun_hikmati
🎤
Har qanday pastqam yerdan ham osmonga ko‘tarilish mumkin.
🪶
Seneka
#kun_hikmati
🎤
Dangasalik zangga o‘xshaydi. Narsalar ko‘p ishlash oqibatida emas, zangdan tezroq yemiriladi.
🪶
Benjamin Franklin
❗️
32 mingdan ortiq vakant o‘rinlar
uchun oltinchi yo‘nalish tanlash boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib,
belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga
, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga
vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
🏫
2026/2027-o‘quv yilida jami
80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 ming 808 ta vakant o‘rin
mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha
tanlov o‘tkaziladi
.
⌛️
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar
(shu kuni ham) Agentlikning
my.uzbmb.uz
rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan,
vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini
tanlash
huquqi beriladi.
📋
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga
to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda
, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tegishli
tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi
.
👉
@xushnudbek
👈
#kun_hikmati
🎤
Kulsang butun dunyo sen bilan kulsin, yig‘lasang yolg‘iz yig‘la.
🪶
Ingliz maqoli