Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Toshkent Zakovat klubi a'zosi @k_rahimov
Subscribers
1 394
24 hours
-1
30 days
-54
Post views
460
ER
33%
Posts (30d)
Characters in post
559
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Entertainment & Media
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
August 05, 04:50

OpenAI hali ommaga chiqarilmagan Astra nomli yangi model ustida ishlamoqda degan xabarlar tarqamoqda.
Kompaniya da’vosiga ko‘ra, uning ichki versiyasi matematiklar uzoq vaqt yecha olmagan 10 ta ochiq masalada yangi yechimlar topishga yordam bergan. Masalalar gruppalar nazariyasi, kombinatorika, kodlash nazariyasi, kvant hisoblash va kriptografiyaga tegishli. Xususan, barcha gruppalar sofizmmi degan uzoq yillik savolga kontrprimer — nosofizm grupla konstruksiyasi olingani aytilmoqda.
Muhim jihati, Astra shunchaki tayyor javob yozmagan.
Model:
- asosiy matematik g‘oya va isbot yo‘nalishini taklif qilgan;
- olimlar bilan birgalikda natijalar maqola shakliga keltirilgan;
- isbotlar Lean tizimida formal tekshirilgan, ya’ni kompyuter har bir mantiqiy qadamni nazorat qilgan.
Barcha 10 ta masala uchun sarflangan hisoblash quvvati API narxida taxminan 2000 dollarga teng bo‘lgani aytilmoqda. Ammo Astra sinab ko‘rilgan barcha masalalarni yechmagan: masalan,
ming yillik masalalaridan hech biri hali yechilmagan
.
Xullas, yangi davr boshlanmoqda. Agar xabar rost va to‘liq tasdiqlansa, AI tarixida juda katta burilish — sun’iy intellekt birinchi marta bir nechta haqiqiy ochiq matematik muammolarda original ilmiy natija bergan bo‘ladi.
DE FACTO

July 23, 07:48

Javob.
Телекомпания ВИД
Izoh. Vlad Listev boshchiligida asos solingan VID telekompaniyasining asoschilaridan biri Aleksandr Lyubimov sabab kompaniyaning mashhur logosi paydo bo'lgan. Kompaniya logosi 90-yillar bolalariga qalbiga qo'rquv solgani ham heckimga sir emas)))
DE FACTO

July 23, 07:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

#savol
Qarshingizda qadimgi xitoy faylasufining bosh haykali.
O'tgan asrning 90-yillari boshida bu haykal muzeyga tashrif buyurgan Lyubimovning e'tiborini tortadi. Savol. Lyubimov asos solgan kompaniya nomini ayting
DE FACTO

July 19, 07:15

"Simob ustuni" (mmHg — millimetr simob ustuni) bilan bosimni o'lchash usuli XVII asrda paydo bo'lgan.
1643-yilda italiyalik olim Evangelista Torricelli shisha naychani simob bilan to'ldirib, uni simob solingan idishga teskari ag'dargan. Naychadagi simob to'liq tushib ketmagan va taxminan 760 mm balandlikda to'xtagan. Torricelli shuni aniqladiki, bu balandlikni Yer atmosferasining bosimi ushlab turadi.
Shundan keyin:
1 atmosfera (1 atm) = 760 mmHg deb qabul qilingan.
mmHg — "millimetr simob ustuni" degani. Ya'ni bosim shuncha millimetr balandlikdagi simob ustunini ushlab tura oladigan kuchga teng.
Nima uchun aynan simob tanlangan?
Juda zich suyuqlik (suvdan taxminan 13,6 marta zichroq). Agar suv ishlatilganida, 1 atmosfera bosimini o'lchash uchun 10,3 metr baland ustun kerak bo'lardi.
Simob shisha devoriga kam yopishadi, natijalar aniqroq chiqadi.
Oddiy haroratda bug'lanishi nisbatan kam bo'lgani uchun o'lchash qulay bo'lgan.
Hozirgi kunda ko'pchilik ilmiy hisob-kitoblarda Pascal (Pa) birligi ishlatiladi, ammo tibbiyotda, ayniqsa qon bosimini o'lchashda, tarixiy an'ana tufayli mmHg hanuz keng qo'llaniladi.
DE FACTO

July 19, 07:14

Javob:
Simob.
Izoh: Gap Evangelista Torricellining barometr tajribasi haqida bormoqda. Tajribada simob ishlatilgan. “Sigma” esa yunon alifbosidagi “S” harfiga ishora qiladi.

July 19, 06:46

#savol
Evangelista o‘zining mashhur tajribasida aynan
SIGMA
ni tanlagan. Bunga uning yuqori zichligi, shishaga kam yopishishi va oddiy haroratda nisbatan kam bug‘lanishi sabab bo‘lgan.
Savol:
SIGMA bilan almashtirilgan so‘zni asl holida yozib bering.
DE FACTO

July 18, 19:23

Mavsum finalini ko'rdim. O'zi shu mavsumda faqat shuni ko'rdim va shu jamoa oldin 6:0 ga yutganiga qoyil qoldim).
Savollar, asosan odatdagiday, sportcha zakovatdan tubdan farq qiladi: har bir savol dual, trial, tetral va h.k., faqatgina boshlovchi qo'lidagi javobni tahmin qilishdan boshqa iloj qolmaydi. Yoki aniq o'qigan bo'lishi kerak (Buzrukning kuzi kitobdan berilgan savol kabi). Lekin eng yoqqan javob topilishi - gilam haqidagi. Bahodir bopladi.
Jamoaga qoyil. Ikkita qiz umuman gapirmadi shekilli, balki jim turish ham san'at ekani rostdir. Ularning ham bilimlar qolganlardan kam emasligiga ishonchim komil, shunchaki o'yin uslubi boshqa. Eng kutilmagani va oxirida to'g'riligiga shunchaki qoyil qolganim - ikkinchi savoldayoq klub yordami olingani. Kapitanga qoyil!
Boshlovchi har doimgiday o'z uslubida. (Buzrukning kuzini eshitmagani hayratlantirdi). Qaysidir ko'rsatuv juda g'ashiga tegibdi, Millioner bo'lsa kerak. Nimayam derdik, 50 mlrd bilan bundanam sifatli ko'rsatuv qilish mumkin deb o'yladim)
Jamoaga esa omad! Ularni mavsum chempionligi bilan tabriklayman! Yil finalida o'ynab yutish nasib qilsin. Bolet qilaman)
DE FACTO

July 16, 14:13
Media unavailable
3
Show in Telegram

#yoz_26
4-tur
2-liga
1-liga
prof-liga
Professional va Birinchi liga (Magnum jamoasi)
savollari
Ikkinchi liga savollari
De Facto

July 16, 14:12

#yoz_26
Professional liga 4-tur savollarining to'g'ri javoblari
1. Birinchi o‘yinga tayyor
2. Qiziq
3. Xona, fil
4. Oq fil
5. Skvosh
6. Kapa
7. Bikford simi
8. She'r, sher
9. Kalmar o‘yini
10. Ernest Xeminguey
11. Itni hisobga olmaganda
12. Sigaret qoldiqlari
13. Said
14. Afg‘on
15. O‘g‘il voyaga yetkazish
16. Echki
17. Bachkana
18. Osmon uzoq, yer qattiq
19. Uzunquloq pirim
20. Yosuman
21. Bir-biriga ikki tomchi suvday o‘xshash
22. Kallaqand
23. Sa’diy Sheroziy
24. Karfagen
25. Anomaliya
26. Alifbo bo‘yicha
27. Qaqnus parvozi
28. Jek
29. Misi chiqadi
30. Mix
31. Ayiq
32. Ko‘rmasligi, aytmasligi, eshitmasligi
33. Gameln
34. Xorazmlik Xayyom
35. Egrilik sari (Breaking Bad)
36. Shamlarni o‘chirish
DE FACTO

July 15, 06:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

Berlinda 1933 yilda fashistlar tomonidan yoqib yuborilgan yahudiy mualliflarning 20 ming kitobi xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan.
U yer ostida joylashgan va faqat kutubxonaning bo'sh javonlaridan iborat bo'lib, ularni Bebelplatz maydonidagi toshlardagi shaffof "deraza" orqali ko'rish mumkin.
DE FACTO