Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

dehqonobod_yoshlar_press
Dehqonobod 24 ✔ kanalida tumandagi tezkor va sifatli xabarlar bilan tanishib boring! 🔹 instagram.com/dehqonobod_24 🔹 facebook.com/dehqonobod.24 🔹 youtube.com/@dehqonobod_24 Admin: @Temurbek_Yusupov Murojaat: 👇 @Dehqonobod_24_admini
Subscribers
6 218
24 hours
-6
30 days
-130
Post views
2 738
ER
44,03%
Posts (30d)
53
Characters in post
851
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 25, 12:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Ishga_taklif_qilamiz
🏗
“UY REMONT STROY” ISHGA TAKLIF ETADI!
“Uy Remont Stroy” qurilish mollari do‘koni Dehqonobodliklar uchun yangi ish o‘rinlarini e’lon qiladi!
👨‍🔧
5 nafar erkak xodim ishga taklif etiladi.
📌
Talablar:
▪️
Yosh: 18 yoshdan 40 yoshgacha
▪️
Mas’uliyatli, chaqqon va mehnatsevar bo‘lish
💰
Ish haqi:
3 000 000 so‘mdan 5 000 000 so‘mgacha.
✅
Ish sifati va natijalariga qarab qo‘shimcha bonuslar ham beriladi.
📞
Murojaat uchun:
+998 94 294 21 20
+998 99 668 40 20
📍
Manzil:
Dehqonobod tumani, Qorashina shaharchasi.
🏪
Mo‘ljal:
Musaxon Eshonbobo chorrahasi, Grand kafesi ro‘parasida.
☑️
“Uy Remont Stroy” — sifat, qulaylik va ishonch manzili!
#reklama

October 25, 09:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dehqonobodda aholini kuz-qish mavsumida ko‘mir bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda
Dehqonobod tumanida 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumini betalafot va barqaror o‘tkazish, aholini arzon hamda sifatli ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash maqsadida izchil ishlar olib borilmoqda.
Joriy mavsumda aholi uchun jami
3 700 tonna ko‘mir
yetkazib berish belgilangan. Ayni paytgacha tumanga 350 tonna ko‘mir olib kelinib, fuqarolarga belgilangan tartibda sotilmoqda.
Ko‘mir yoqilg‘isi Beshbuloq mahallasida joylashgan ko‘mir ombori hududidagi maxsus savdo shoxobchasi orqali aholiga realizatsiya qilinmoqda.
Ko‘mir xarid qilish bo‘yicha ma’lumotlar:
📍
Manzil:
Beshbuloq mahallasi, ko‘mir ombori hududi
💰
1 tonna ko‘mir narxi:
800 000 so‘m
💳
To‘lov shakllari:
naqd pul, bank plastik kartasi yoki bank o‘tkazmasi orqali.
☎️
Murojaat uchun telefon:
+998 77 040-37-77
Aholini kuz-qish mavsumida zarur yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️

October 25, 03:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirovning 25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Assalomu alaykum, hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari, aziz faxriylar!
🇺🇿
Sizlarni kasb bayramingiz — 25-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini qaror toptirishdek mas’uliyatli vazifalar sizlardan yuksak kasbiy mahorat, qat’iyat, hushyorlik va fidoyilikni talab etadi.
O‘zim ham ko‘p yillar davomida ushbu tizimda faoliyat yuritgan inson sifatida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat faoliyati naqadar mashaqqatli va mas’uliyatli ekanini yaxshi bilaman. Bu kasb egasidan nafaqat bilim va tajriba, balki mustahkam iroda, yuksak mas’uliyat, el-yurt taqdiriga daxldorlik va Vatanga sadoqat talab etiladi.
Sizlarning xalq osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi va jamiyat barqarorligi yo‘lidagi fidokorona xizmatingiz alohida e’tirofga loyiq. Zero, inson o‘z xonadonida xotirjam yashashi, farzandlarimiz emin-erkin ta’lim olishi, yurtdoshlarimiz ertangi kunga ishonch bilan qadam qo‘yishida tinchlik va xavfsizlikning o‘rni beqiyosdir.
Shu fursatdan foydalanib, o‘z xizmat burchini sidqidildan ado etayotgan barcha ichki ishlar organlari xodimlariga, soha faxriylariga samimiy minnatdorlik bildiraman. Kasbiy burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning yorqin xotirasini hurmat bilan yod etamiz.
Aziz ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.
Xonadonlaringizdan fayzu baraka, qalbingizdan Vatanga muhabbat, xizmat faoliyatingizdan omad va zafar arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Sherzod Shokirov,
Dehqonobod tumani hokimi
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️

October 24, 09:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Ishga_taklif_qilamiz
🏤
"Azizbek" supermarketi tumandoshlarimiz uchun yangi ish o'rinlarini e'lon qiladi.
🛒
18 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan chaqqon, xushmuomala qizlarni
"Azizbek"
supermarketiga sotuvchi sifatida doimiy ishga qabul qilamiz.
🕰️
Ish vaqti: 08:00 dan 19:00 gacha.
💰
Ish haqqi nomzodlar bilan o'zaro
🤝
kelishiladi.
❕
Nomzodlar batafsil ma'lumotlarni supermarketimizga kelib bilib olishlari mumkin.
Murojaat uchun:
📞
+998932462288
📍
Manzil:
Dehqonobod tumani, Qorashina shaharchasi,
🏫
Mo'ljal:
"
Azizbek
"
supermarketi.
#reklama

October 24, 04:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

HDP
oʻquv markazing
Qashqadaryo
Viloyatidagi
Dehqonobod filialliga
quyidagi lavozimlar bo‘yicha nomzodlarni ishga taklif etamiz!
📌
O‘qituvchilar:
• Matematika o‘qituvchisi
• Ingliz tili o'qituvchisi
📌
T
alablar:
• Matematika fanidan sertifikat (A+ yoki A, B+)
• Ingliz tili fanidan sertifikat (CEFR C1+ yoki IELTS 7+,6.5+)
• O‘quvchilar bilan samarali ishlash va ularni motivatsiya qila olish;
• Darslarni interaktiv va zamonaviy metodlar asosida tashkil etish ko‘nikmasi;
• Jamoada ishlash, mas’uliyat va yuqori kommunikatsiya qobiliyatiga ega bo‘lish;
✅
Biz taklif qilamiz:
✓ Professional va rivojlanayotgan jamoada ishlash imkoniyati
✓ Zamonaviy ta’lim muhiti va qulay ish sharoiti
✓ Barqaror va Rasmiy ish o‘rni
✓ Shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari
✓ Munosib maosh va rag‘batlantirish tizimi
📩
Ariza topshirish:
🔗
@HDP_OmonschoolHRbot
⏰
Ish vaqti:
08:00-13:50
13:50- 18:50
💰
Maosh:
suhbat asosida belgilanadi
Manzil: 1-Maktab va Avtovakzal oʻrtasida
☎️
+998955264044
👤
@Hr_Parizod

October 23, 18:14
Media unavailable
8
Show in Telegram

“Qashqadaryoda Dehqonobodni namunali qilmoqchiman!” — Shavkat Mirziyoyev
Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilish va muloqotda Dehqonobod tumani studiyasidan ishtirok etgan faollar bilan ham suhbatlashildi.
Muloqot davomida Prezidentimiz Dehqonobod tumani faollariga so‘z berib, mehnat faxriysi Ergash bobo Bo‘riyev, tadbirkor ayol Ma’rifat Ibragimova, Chilgaz mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Sharif Norqulov hamda boshqa faollarning fikr va takliflarini tingladi.
Suhbatda tumanning bugungi holati, aholining turmush sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr almashildi.
Davlatimiz rahbari Dehqonobod tumanini Qashqadaryo viloyatidagi namunali hududlardan biriga aylantirish maqsadi borligini ta’kidlab, bu yo‘nalishda keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani va kelgusida ham muhim vazifalar amalga oshirilishini qayd etdi.
Muloqot davomida mehnat faxriysi Ergash bobo Bo‘riyev bugungi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uchun Dehqonobod ahli nomidan Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Ushbu muloqot tumanni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi vazifalarni yana bir bor belgilab berdi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️

October 23, 06:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Ishga_taklif_qilamiz
🏤
“DAVR” SUPERMARKETI ISHGA TAKLIF QILADI!
Hurmatli tumandoshlar! “DAVR” supermarketida yangi ish o‘rinlari mavjud.
🛒
Sotuvchi lavozimiga chaqqon, xushmuomala va mas’uliyatli yigit-qizlar ishga taklif etiladi.
📦
Yuk tushirish ishlariga yigitlar;
🧹
Farroshlik ishlariga ayollar ishga qabul qilinadi.
💰
Ish haqi va ish vaqti nomzodlar bilan suhbat davomida o‘zaro kelishiladi.
📌
Ish shartlari va batafsil ma’lumotlarni supermarketga tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.
📞
Murojaat uchun:
+998 97 229 75 82
+998 97 315 31 31
📍
Manzil: Dehqonobod tumani, Qorashina shaharchasi
🏪
Mo‘ljal: “DAVR” supermarketi
#reklama

October 23, 05:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
VIDEO | DEHQONOBODLIK MEHNAT FAXRIYSI PREZIDENT BILAN MULOQOTDA
Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilish va muloqotda dehqonobodlik mehnat faxriysi Ergash bobo Bo‘riyev ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida Ergash bobo bugungi tinchlik va farovonlik, xalqimiz uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari uchun Dehqonobod ahli nomidan Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.
Kanalimiz:
Dehqonobod 24
✔️

October 22, 14:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi: bilimga rag‘bat, mehnatga imkoniyat, tashabbusga madad berish orqali vohaning yuksak salohiyati va boy resurslarini daromadli ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymatga aylantirish yo‘lida.
—
Поездка Президента Шавката Мирзиёева в Кашкадарью: поддержать стремление к знаниям, открыть возможности для труда, дать ход инициативам, чтобы богатые ресурсы края приносили людям доход, а экономике – высокую добавленную стоимость.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 22, 10:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz ishtirokidagi yig‘ilishda Qashqadaryoni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
—
На совещании с участием Президента нашей страны обсуждены вопросы развития Кашкадарьи.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X