Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Deyl Karnegi | Psixologiya

deyl_karnegi
Hayotning 6 etikasi !!! Duo qilishdan oldin, ishon! Gapirishdan oldin, tingla! Sarflashdan oldin ishlab top! Yozishdan oldin o'yla! Tark etishdan oldin harakat qilib ko'r! O'lishdan oldin yasha! Reklama: @Deyl_Karnegi_rek
Subscribers
9 724
24 hours
-4
30 days
-125
Post views
3 145
ER
32,34%
Posts (30d)
6
Characters in post
541
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 24, 12:31

Kimning maslahatlariga quloq solsa bo’ladi?
Agar ular bilan hayotlarni almashishga tayyor bo’lmasangiz, unda ularni eshitmagan ham yaxshi.
Baxtsiz odamning maslahatlari sizni baxtsiz qiladi.
Semiz odamning maslahatlari sizni semiz qiladi.
Sizga kerak narsa ularda bo’lmasa, ularga quloq solish shart emas.
Do'stlarga ulashing
👉
@Deyl_Karnegi

October 23, 13:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

Adminkadan yumor bilan!
-
Ayol kishi sifatida nima deb oʻylaysiz aqlli erkak qanday ayol modelini qidiradi.
🤔
- Aqlli erkak oʻzini sevgan ayolni qidiradi. Chunki oʻzini sevgan ayol oʻziga nima kerakligini, tanasi miyasi nimani istashini bemalol aytadi. Aqlli erkak esa uning ichidagini topish uchun ortiqcha vaqt va energiya sarflab oʻtirmaydi.
- Unda oqil erkak-chi?
- Oqil erkak qidirib oʻtirmaydi boriga koʻnadi.
- Iya nimaga
😃
- Chunki oqil erkak biladi-ki, ayol qaysi tipda boʻlmasin, u qiyshiq qovurgʻa va u baʼzan oʻzini sevgan taqdirda ham, rivojlangan ayol boʻlsa ham oʻzini oʻzi nima xohlashini bilmay qolishi mumkin
‼
Siz-chi, siz nima deb oʻylaysiz
❓

October 23, 08:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Oʻz hayotidan mamnunlar koʻproq baxtlidir. Hamisha noliydigan inson esa bir joydan siljiy olmay, qolib ketadi.
Siz uchun mif yoki haqiqat?

October 13, 11:13

https://t.me/+6wVKk5DQbEpkNjBi

October 07, 04:09
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Bir rassom go’zal rasm chizdi. Va uni ko’pchilik yig’iladigan joyga qo’yib, sinab ko’rmoqchi bo’ldi. Rasmni qo’yib, tepasiga yozib qo’ydi: «Kimda-kim bu rasmda ozgina bo’lsada kamchilik ko’rsa, ustiga qizil qalam bilan belgi qo’ysin!».
Kechqurun kelib qarasa, rasm qizil bo’yoqqa to’lib ketibdi. U ustozi oldiga borib rasmdan voz kechmoqchiligini aytadi.
⸺Yo’q. ⸺ dedi ustozi unga. ⸺Sen yaxshisi iborani o’zgartir: kim rasmda kamchilik ko’rsa, uni tuzatsin, deb yozib qo’y.
Rassom ustozining aytganini bajardi. Buni qarangki, oradan bir necha kun o’tsa ham, rasmga hech kim yaqinlashmadi.
⸺ Ko’rdingmi, ⸺ deb kuldi rassomning ustozi. ⸺ Bu hayotda hamma narsadan xato topadiganlar ko’p, biroq shu xatoni tuzatadigan ⸺ isloh etadiganlar juda kam.
Xulosa oʻzingizdan.
📘
💌
Doʻstlarga ulashing!
👉🏻
@Deyl_Karnegi

October 05, 14:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ko‘pchilik manipulyatsiyani insonlarni boshqarish uchun o‘rganish kerak, deb biladi.
Bugun esa uning ikkinchi tomoniga nazar tashlaymiz.
🧐
Manipulyatsiyani avvalo kimnidir Boshqarish uchun emas, uning qurboni bo‘lib qolmaslik uchun o‘rganishimiz kerak.
Chunki siz manipulyatsiya qanday ishlashini bilmasangiz, qachon sizni boshqarishga urinayotganlarini ham anglamasligingiz mumkin.
📚
Sizga nisbatan eng ko‘p qo‘llaniladigan manipulyativ usullar:
✔️
Aybdorlik hissini uyg‘otish
— “Agar meni chindan yaxshi ko‘rsang, buni qilarding.”
✔️
Gaslighting
— odamning o‘z xotirasi yoki fikriga shubha uyg‘otish: “Bunday voqea umuman bo‘lmagan, sen o‘ylab topyapsan.” Bu toʻgʻridan toʻgʻri zoʻravonlik hisoblanadi.
✔️
Qo‘rqitish
— qo‘rqinchli oqibatlarni aytib, qaror qildirish: “Buni qilmasang, keyin pushaymon bo‘lasan.”
✔️
Jimlik bilan jazolash
— muammoni gaplashish o‘rniga ataylab sukut saqlab, bosim o‘tkazish.
✔️
Shoshiltirish
— o‘ylashga imkon bermaslik: “Hozir qaror qil, keyin kech bo‘ladi.”
✔️
O‘zini qurbon qilib ko‘rsatish
— mas’uliyatni boshqasiga yuklash: “Men sen uchun shuncha narsa qildim, sen esa…”
✔️
Taqqoslash
— boshqa odamlarni misol qilib, sizni kerakli qarorga undash: “Boshqalar buni allaqachon qilishgan.”
✔️
Haddan tashqari maqtov
— ishonchni qozonib, keyin undan foydalanish. "Chin koʻngildan aytyapman siz yaxshi insonsiz" deya sizdan foydalanish.
✔️
Haqiqatni qisman aytish
— faqat o‘ziga foydali qismini aytib, muhim ma’lumotni yashirish.
✔️
“Hamma shunday qiladi”
usuli — noto‘g‘ri ishni odatiydek ko‘rsatish.
✔️
Emotsional bosim
— mehr, achinish, rashk, qo‘rquv yoki uyat kabi hislardan foydalanish.
✔️
Ultimatum qo‘yish
— “Buni qilasan yoki munosabatimiz tugaydi” kabi tanlovni majburlash.
💭
Eng qiziq tomoni:
manipulyatsiya har doim qo‘pol ko‘rinmaydi. Ba’zan u mehr, g‘amxo‘rlik, maslahat yoki hatto hazil ko‘rinishida keladi.
📌
Har bir aybdorlik hissi, jim qolish yoki qo‘rqish — manipulyatsiya degani emas.
Oddiy jarayonlarda farqli jihati ko‘pincha
maqsad
va
harakatlarning takrorlanishi
da bo‘ladi.
☑
Sizga qiziq bo‘lsa buni biror vaziyat ustida tahlil qilamiz. Xohlasangiz vaziyatni yozib qoldiring birgalikda bu manipulyatsiya yoki oddiy harakat ekanligini aniqlaymiz!
💌
Doʻstlarga ulashing!
👉🏻
@Deyl_Karnegi

September 22, 12:15

Savol: ogʻzi bilan yuradiganlar oyogʻini nimaga ishlatar ekan-a?

September 19, 06:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

📌
Baʼzi insonlar sizning mehribonligingizni xarakteringiz deb emas, cheksiz imkoniyatingiz deb qabul qilishadi.
Doim tinglaysiz, chunki sabrlisiz.
Doim tushunasiz, chunki mehribonsiz.
Doim yon berasiz, chunki janjalni yoqtirmaysiz.
Ammo bir kun charchab, oʻzingizni tanlay boshlasangiz, birdan oʻzgarib qolgan odamga aylanasiz.
Qiziq, shundaymi?
Shuning uchun ham atrofdagi insonlarni tanlashda eʼtiborli boʻlish zarur. Chunki doimo noliydigan inson sizni noshukurga, doim agressiv yuradigan inson badjahlga aylantiradi. Inson energiyasi yuqumlidir. Baʼzida oʻzingizni taniy olmay boshlasangiz. Shu joyda toʻxtang, oʻzingizga juda koʻp savollarni berishni bas qilib, atrofingizdagi insonlarni qayta saralang.
💌
Doʻstlarga ulashing!
👉🏻
@Deyl_Karnegi

September 18, 08:18

📌
Aqlli erkak "Menga itoat qilsang baxtli yashaymiz" demaydi. "Allohga itoat qilsak baxtli yashaymiz" deydi.
Alloh esa, erga itoatli boʻlishni buyuradi...

September 16, 02:36
Media unavailable
3
Show in Telegram

Uygʻoning ...
Baxtni qabul qilish uchun
Yana sevish uchun
Kun boʻyi xursand yurish uchun
Hayotdan yanada zavqlanish uchun ... Uygʻoning
Nonushta tayyor. Bu sizga
🩷
Kuningiz ajoyib va mazmunli oʻtsin azizlarim!
👉🏻
@Deyl_Karnegi