Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Didaktik jurnal

didaktik_jurnal
🙂 Eng original g'oyalar, ularni boshqa joydan topolmaysiz. ‼️ Kanaldan ma'lumot ulashsangiz manbani ko'rsating. Аdmin bilan bog'lanish: @Threecat3bot
Subscribers
2 680
24 hours
30 days
-80
Post views
1 264
ER
47,57%
Posts (30d)
1
Characters in post
979
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
March 08, 15:04

Bolaga biror buyruqni qo‘pol yoki jahldor ohangda aytish kerak emas, buni yaxshi so‘zlar bilan, hatto kichik o‘yinga aylantirib aytish mumkin. Quyida shunday misollar keltirilgan — ular bolaga tanbeh berishda mehr va tabassum bilan, bolani xafa qilmaslikka yordam beradi.
Jahldor:
“Tezroq yur, yana qancha kutaman!”
O‘rniga:
“Startga tayyor… diqqat… marrrsh! Yuguramiz!”
Tahdid qilib:
“Ovqatingni egin, bo‘lmasa desert bermayman.”
O‘rniga:
“Mana bu kichkina kotlet yo‘q bo‘lib ketgandan keyin senga bitta shirinlik uchib keladi.”
Qo‘pol:
“Orqangdan yig‘ishtirmayman!”
O‘rniga:
“Agar sen sehrgar bo‘lganingda, stol ustida birdan tartibni qanday paydo qilarding-a?”
Jahl bilan:
“Xalaqit bermagin!”
O‘rniga:
“Biroz o‘zing o‘yna. Men bo‘shaganimda, kichkina bayram qilamiz.”
Norozi:
“Injiqlik qilma, futbolkang yuvilyapti, boshqasini kiy!”
O‘rniga:
“Qara-chi, bu sening futbolkangning qarindoshi ekan. Shuni kiyib ko‘ramizmi?”
Buyruq bilan:
"Uxlaysanmi yoki yo‘qmi!”
O‘rniga:
“Senga adyolga yashirinishni ko‘rsatib beraymi?”
Jahldor:
“Kaltak yeging kelyaptimi?”
O‘rniga:
“Agar sen ona bo‘lsang, men esa o‘g‘ling bo‘lsam, shunday qilganim uchun meni urarmiding?”
Chorasiz:
‘Xohlamayman’ degan gapingni eshitmay”
O‘rniga:
“Voy, qara, injiqlik kelib qoldi! Tez tutib ol, kayfiyatimizni buzmasin!”
Bezdirib:
“Necha marta takrorlayman!”
O‘rniga:
“Bir, ikki, uch — maxfiy xabarni uzatyapman… eshitganingni qaytar!”
Norozi:
“Qo‘llaringni yuvdingmi?”
O‘rniga:
“Tekshirib ko‘raylik: suv qo‘llaringdan qora bo‘lib oqarmikin yoki oq?”
Majburlab:
“Tez uyga ketdik!”
O‘rniga:
“Voy, biz qayerda yashardik? Ko‘rsatib yubor, men unutib qo‘ydim. Men adashib qoldim, meni uyga olib bor!”
Eng muhimi:
o‘zingizga tez-tez eslatib turing — kayfiyatingiz yomon bo‘lsa (kim bilsin: janjal bo‘lgandir, biror ish o‘xshamagan, bosh og‘riyapti, yoki shunchaki yaxshi uxlamagansiz), bu holatni
hech qachon bolaga ko‘chirmang
.
@didaktik_jurnal

January 24, 13:55
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘qish qiyin emas, sizga qiziq bo‘lmagan narsaga diqqatni jamlash qiyin. Avvalo, qiziqishlar ustida ishlash kerak
©
@didaktik_jurnal

January 21, 13:34
Media unavailable
3
Show in Telegram

Kreativlikni oshiruvchi topshiriq
@didaktik_jurnal

January 21, 09:11
Media unavailable
3
Show in Telegram

Darsda qoʼllab koʼring
@didaktik_jurnal

January 20, 04:50

Bolaning qiziqishi va qarshiliklari: bu muammo emas, rivojlanish belgisi
Ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglar bolalardagi qaysarlik, tajovuzkorlik yoki “tinglamaslik”ni salbiy xulq sifatida baholaydi.
Ammo rivojlanish psixologiyasi bu holatlarga boshqacha qaraydi: bu xatti-harakatlar ko‘pincha bolaning ichki rivojlanish jarayoni bilan bog‘liq.
Qiziqish doirasi yosh bilan o‘zgarib boradi
Bola ulg‘aygan sari uning qiziqishlari bosqichma-bosqich o‘zgarib boradi.
Masalan:
3 yoshli bola 10 yoshdagilarni qiziqtirgan narsalarga befarq bo‘lishi tabiiy; 10 yoshli bola esa 18 yoshdagilar dunyosini tushunmaydi.
Bu bolaning tafakkuri va ehtiyojlari yoshiga mos ravishda shakllanayotganining belgisi. Qiziqish doirasi dastlab tor bo‘ladi, keyinchalik asta-sekin kengayadi.
Rivojlanish qarshiliksiz bo‘lmaydi
Psixolog Erik Erikson va Jan Piaget nazariyalariga ko‘ra, har bir rivojlanish bosqichi ichki va tashqi qarshiliklar bilan kechadi. Bola o‘sish jarayonida to‘siqlarga duch keladi va ularni yengishga intiladi.
Aynan shu jarayon uning shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Agar bola doimo cheklanib, uning tashabbuslari bostirilsa, bu holat tajovuzkorlik, asabiylik, norozilik xatti-harakatlariga olib kelishi mumkin.
Tajovuz — yomon tarbiya natijasi emas
Masalan, 3–4 yoshda bolada mustaqil bo‘lish va egalik qilish ehtiyoji kuchli bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmasa, u tajovuzkor xatti-harakatlar orqali o‘zini ifodalaydi.
Xuddi shuningdek, maktab yoshida do‘st topa olmagan bola o‘zini baxtsiz his qiladi; o‘smirlik davrida qadrlanmaslik hissi asabiylikni kuchaytiradi.
Muhimi shundaki, bu holatlar hurmatsizlik yoki yomon fe’l-atvor natijasi emas, balki bolaning rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatilganidan dalolat beradi.
Bolaning salbiy ko‘rinadigan xatti-harakatlari ko‘pincha uning ichki ehtiyojlari, rivojlanish bosqichi, tushunilmaslik hissi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun tarbiyada asosiy savol: “Bola nega bunday qilyapti?” emas,  “U qaysi ehtiyojini ifodalay olmayapti?” bo‘lishi kerak.
@didaktik_jurnal

January 17, 09:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Blum taksonomiyasi orqali kognitiv fikrlashni rivojlantirish
O‘quvchilaringiz fan materiallari bilan mustahkam bog‘lanishlar hosil qilishiga yordam bermoqchimisiz? Unda Blum taksonomiyasida belgilangan kognitiv fikrlashning oltita darajasining barchasidan foydalanayotganingizga ishonch hosil qiling.

Quyi darajadagi fikrlash savollari o‘quvchilarni bilimni eslab qolish, tushunish va qo‘llashga undaydi.
Bu esa yuqori darajadagi fikrlash savollari uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqori darajadagi savollar o‘quvchilarni tahlil qilish, baholash va yaratishga chorlaydi.
👉
Quyi darajadagi fikrlash ko‘nikmalari savollari (LOTS)
👉
Yuqori darajadagi fikrlash ko‘nikmalari savollari (HOTS)
HOTS va LOTS — bu Blum taksonomiyasi asosida o‘quvchilarning fikrlash darajalarini ifodalovchi tushunchalar.
🔹
LOTS (Lower Order Thinking Skills)
Past darajadagi fikrlash ko‘nikmalari. Asosan bilimni eslab qolish va tushunishga qaratilgan.
LOTSga quyidagilar kiradi:

Bilish – eslab qolish, yodlash;

Tushunish – izohlash, tushuntirish;

Qo‘llash – o‘rganilgan bilimni oddiy vaziyatda ishlatish.
👉
Masalan: ta’rifni aytib berish, formulani qo‘llash, matnni qayta hikoyalash.
🔹
HOTS (Higher Order Thinking Skills)
Yuqori darajadagi fikrlash ko‘nikmalari. Tahlil qilish, baholash va ijodiy fikrlashni talab qiladi.
HOTSga quyidagilar kiradi:

Tahlil – solishtirish, sabab–oqibatni aniqlash;

Baholash – fikr bildirish, xulosa chiqarish;

Yaratish – yangi g‘oya, loyiha yoki yechim ishlab chiqish.
👉
Masalan: muammoni tahlil qilish, fikrni asoslab baholash, yangi reja tuzish.
Farqi:
LOTS:
“Nimani bilaman?”
HOTS:
“Nega shunday?”, “Qanday yaxshiroq bo‘lishi mumkin?”
Muallif:
Gulnoz Xodjayeva
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

December 19, 14:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

🌍
“Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik savodxonlikni shakllantirish” 10 ta mavzuni qamrab olgan texnologik xaritalar to‘plami
Mazkur texnologik xaritalar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bolalarda ekologik ong, tabiatga mas’uliyatli munosabat va barqaror ekologik odatlarni bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qiladi.
🎯
To‘plamning maqsadi
Maktabgacha yoshdagi bolalarda:

ekologik savodxonlikni rivojlantirish;

tirik va tirik bo‘lmagan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushuntirish;

tabiatni asrashga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
📚
Texnologik xaritalar mazmuni
Har bir mavzu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

mashg‘ulot maqsadi va kutilayotgan natijalar;

interfaol metodlar va o‘yinli topshiriqlar;

bolalar uchun mos tushuntirish va savollar;

amaliy faoliyat va kuzatuv bosqichlari.
🌿
Mavzular orqali bolalar:

chiqindilarni saralashni;

suv va energiyani tejashni;

o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishni;

tabiatdagi sabab–oqibat munosabatlarini;

ekologik toza xulq-atvorni o‘rganadilar.
🌱
Natija
Texnologik xaritalar orqali tarbiyachilar ekologik mashg‘ulotlarni tizimli, tushunarli va bolalar yoshiga mos tarzda tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📌
Ushbu texnologik xaritalar tarbiyachilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular mashg‘ulotlarni bolalar yoshiga moslab amaliyotda qo‘llashlari mumkin.
👉
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik savodxonlikni shakllantirish
👉
Ona yer sayyorasi
👉
Bo‘yoq daftar
✍️
Muallif:
Gulnoz XODJAEVA
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

December 18, 05:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

🥔
Kartoshkalar o‘yini
Bu sinfda mehribonlik, ijobiy fikr va yaxshi xatti-harakatlarni ko‘paytirish uchun juda oddiy va qiziqarli faoliyat bo ‘lib, u ijtimoiy-hissiy rivojlanish uchun ajoyib faoliyatdir.
Bolalar sinfda bo‘layotgan yaxshi voqealarni yozib borishadi va ularni kartoshka rasmlariga stikkerlar yordamida yopishtirishadi.
🎯
Maqsad:
Bolalarda:

ijobiy fikrlash;

bir-birini qadrlash;

yaxshi ishlarni ko‘ra bilish ko‘nikmasini rivojlantirish.
🧰
Kerakli narsalar:

Kartoshka rasmi (chop etiladi);

Yopishtirma qog‘oz (stiker);

Qalam yoki flomaster;

Sinf devori yoki doska.
📝
O‘tkazilishi
O‘qituvchi: “Sinfimizda har kuni yaxshi ishlar bo‘ladi. Keling, ularni kartoshka shaklida yig‘amiz!”
Har safar bola do‘stiga yordam bersa, kimnidir xursand qilsa, yaxshi gap aytsa yoki o‘zini yaxshi tutsa shu haqida bitta jumla yozadi yoki rasm chizadi.
Yozilgan stiker kartoshka rasmining ustiga yopishtiriladi .
Kun sayin kartoshkalar yaxshi so‘zlar bilan to‘lib boradi.
🌱
Natija qanday bo‘ladi?

Sinfda iliq muhit paydo bo‘ladi;

Bolalar yaxshilik qilishga intiladi;

“Men ham yaxshilik qila olaman” degan ishonch ortadi.
👉
Amaliy mashg‘ulot uchun kerakli material
Tuzuvchi:
Gulnoz XODJAYEVA
Kanalga ulanish:
👇
https://t.me/trm_metodika

December 14, 07:48
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ba’zan o‘qituvchilik kasbining eng katta mukofoti — baho ham, sertifikat ham emas.Balki shunday oddiy, ammo yurakdan chiqqan xatlar bo‘lsa kerak
😀
💌
💌
💌
💭
Bu xatni menga o‘quvchim yozib jo‘natibdi. Xat- bolalarning samimiyligi, sog‘inchi va mehridan bir parcha…
🤓
Kichik yoshdagi bolalar bilan ishlash — bu mas’uliyat bilan birga, juda katta baxt.
O‘qituvchilik kasbining eng ajoyib tomoni ham qalblarda iz qoldira olishidadir


❤️
❤️
@dirijyorqiz

December 14, 05:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nimani, nima uchun o'qitish (dars maqsadlari, mazmun, reduksiya, mavzular) - bu
didaktika
bo'lsa, qay tarzda va nimalar yordamida o'qitish( dars usullari, texnik vositalar, o'quv-metodik materiallar)
metodika
hisoblanadi.
Odatda didaktika va metodikaga birdek qarash shakllangan, albatta ular o'zaro uzviy bog'liq, ammo metodika ilmiy usullar haqidagi fan bo'lib, bu fan didaktikaning bir bo'limidir.
O'qitish metodikasi- bu turli xil yo'llar va usullar tizimi bo'lib, o'quv-didaktik materiallardan foydalanib, belgilangan maqsadlarga erishish uchun nazariy va amaliy  dars paytida qo'llaniladi.
@didaktik_jurnal