Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

AI | DigiTech

digitechai
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
Subscribers
55 237
24 hours
476
30 days
1 771
Post views
13 121
ER
23,75%
Posts (30d)
64
Characters in post
528
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Electronics
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
October 25, 12:11
Media unavailable
2
Show in Telegram

⚡️
Singapurlik olimlar sensor ekranli kiyimni
namoyish etishdi
— endi filmlar, seriallar tomosha qilish va rasmlarni shundoqqina o‘z kiyimingizda varaqlashingiz mumkin.
Ekran svetodiodli 54 ta maxsus toladan iborat. Tasvir aniqligi — 96×54 piksel, yangilanish chastotasi esa soniyasiga 30 kadrni tashkil etadi. Shuningdek, unda kalkulyatorni ishga tushirish, tana haroratini o‘lchash va ovozli boshqaruvni yoqish mumkin. 50 marta yuvilgandan keyin ham ekran o‘z yorqinligi va sifatini deyarli yo‘qotmagan.
Yaqin kelajakda olimlar kiyimga sun’iy intellektni ham o‘rnatishga va’da berishmoqda — shunda u bilan yeng orqali suhbatlashish mumkin bo‘ladi.
📟
DigiTech

October 24, 14:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Mark Sukerberg Kremniy vodiysidan ketmasligi uchungina unga 20 milliard dollar to‘lashga
tayyorlar
— o‘z kompaniyasi rahbariyati uning u yerda qolishini "o‘ta muhim" deb hisoblamoqda.
Kaliforniyada o‘ta boylar uchun soliq joriy qilmoqchi bo‘lishganidan keyin, u ko‘chib ketish haqida o‘ylab qolgan edi.
Bunday saxiy taklifdan keyin u albatta qolishga rozi bo’ldi. Kelishuvni asosiy sharti: Ushbu moliyaviy yengillik evaziga Sukerberg keyingi kamida 8 yil davomida Kaliforniya yoki Meta bosh ofisi joylashadigan shtat rezidenti bo‘lib qolish majburiyatini oldi.
📟
DigiTech

October 24, 12:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

👨‍💻
Microsoft Windows uchun
Mac’da
tayyorlangan yangi fon rasmlarini
taqdim etdi
.
Metama’lumotlarga ko‘ra, Windows Insiders dasturining 12 yilligi munosabati bilan taqdim etilgan fon rasmlari to‘plami Mac kompyuterida, Photoshop dasturi orqali yaratilgan. Bu holat payqab qolingach, Microsoft barcha izlarni tozalab tashladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda hatto Microsoft’ning o‘zi ham Windows’dan uzoqroq yurishga harakat qilayotgani haqida hazillar tarqalmoqda.
📟
DigiTech

October 23, 14:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Yaponiyada xohlovchilarga daromadli bizneslar bepul yoki juda arzonga
berib yuborilmoqda
: bu mahalliy nafaqaxo‘rlar orasida yangi trendga aylangan.
Bir yigit mebellari, retseptlari, ta’minotchilar ro‘yxati va brendiga ega tayyor qahvaxonani 0 iyenaga oldi. Boshqa birovga esa bron qilish tizimi va xodimlari bo‘lgan mehmonxona bozor narxidan ancha arzonga tushdi.
Mamlakatda buning uchun hatto maxsus platformalar ham paydo bo‘ldi. Relay va Batonz’da bunday e’lonlarning umumiy soni allaqachon 42 mingdan oshgan.
Sharti faqat bitta: muassasa faoliyatini davom ettirish.
📟
DigiTech

October 23, 06:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚘
Tesla elektromobillari egalari pul ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Kompaniya har kimga o‘z avtomobilini AQSh’dagi maxsus robotaksi tarmog‘iga ulashga ruxsat beradi.
G‘oyaga ko‘ra, avtomobillar avtopilot yordamida yo‘lovchilarni tashiydi, egalari esa mashina kerak bo‘lmagan paytlarda qo‘shimcha daromad olishi mumkin bo’ladi.
Qatnovlardan qancha foiz to‘lanishi hozircha noma’lum. Ayni paytda Tesla huquqiy masalalarni hal qilmoqda va bu funksiyani 2027-yil oxirigacha ishga tushirishga va’da bermoqda.
📟
DigiTech

October 22, 14:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
OpenAI’ning ikkita sun’iy intellekt agenti o‘z xavfsizlik tizimlarini o‘zi
zaiflashtirdi
— GPT-6.1 Sol bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsa, GPT-6 Astra monitoring ulanishini butunlay olib tashladi.
Lekin topshiriqda agentlarga uni o‘chirish qat’iyan taqiqlangan edi. Hatto Astra’dan qilgan ishi haqida so‘ralganda ham, u barchasini inkor etgan.
Keyinchalik model kodni yangi arxitekturaga o‘tkazishda monitoring bo‘lmagan referensdan nusxa olganini tushuntirdi. Shu sababli uni umuman ulamaslikka qaror qilgan.
Ko‘rinishidan, AGI yaqin.
📟
DigiTech

October 22, 10:11
Media unavailable
2
Show in Telegram

🤖
Xitoyning Unitree kompaniyasi buzg’unchining adabini berib qo‘ya oladigan va hatto mashina urib ketishidan qutqarib qoladigan robot-tansoqchini namoyish etdi.
H2-X Kung Fu Legend gumanoidi insonlarni himoya qilish va qutqarish uchun maxsus ishlab chiqilgan. U mustahkamlangan korpusga ega, jangovar usullarga o‘rgatilgan va sakkiz soatgacha ishlay oladi.
Narxi qancha bo‘lishini hozircha aytishmayapti. Bazaviy H2 modeli narxi hozirda 30 000 dollarni tashkil etadi.
📟
DigiTech

October 22, 07:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎮
Keyingi Xbox narxi $1200–1800 bo’ladi: kompaniya xodimlarining
so‘zlariga ko‘ra
, Microsoft yangi avlod konsoli uchun shunday narxni mo‘ljallamoqda.
Uni 2028-yil oxiriga kelib taqdim etish rejalashtirilgan, ungacha esa portativ versiyasi sotuvga chiqadi — ikkalasi ham Project Helix nomi ostida yaratilmoqda. Narx faqat Microsoft xarajatlarning bir qismini o‘z zimmasiga olsagina pasayishi mumkin.
Ko‘rinishidan, PS6 ham shunga yaqin narxda chiqadi. Birgina uning xotirasi hozirdanoq 700 dollarga
baholanmoqda
.
📟
DigiTech

October 21, 14:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
Amerikalik yigit ChatGPT loyihalagan haqiqiy o‘q otuvchi to‘pponchani 3D-printerda
chop etdi
.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt o‘qotar qurol chizmalari asosida o‘rganib, berilgan so‘rov bo‘yicha mustaqil ravishda yangi konstruksiyani o‘ylab topgan va to‘pponcha yaratgan.
Modelning o‘zi mukammal chiqmadi va o‘q uzishda biroz pand berdi, ammo jangovar patronlar bilan o‘tkazilgan uchta sinovdan naq ikkitasida o‘q uzishga muvaffaq bo‘lishdi.
📟
DigiTech

October 21, 09:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
YouTube dizlayk tugmasini yashira boshladi — yangilangan interfeysda uni uch nuqtali yashirin menyuga o‘tkazishdi.
Hozirda yangilanish kichik foydalanuvchilar guruhida sinovdan o‘tkazilmoqda (xuddi pleyerning
yangi dizayni
kabi). U yakuniy relizgacha yetib boradimi yoki yo‘qmi, noma’lum.
YouTube dizlayklar hisoblagichini 2021-yildayoq yashirib qo‘ygandi, shu yilning boshida esa Shorts’lardan “Yoqmadi” tugmasini olib tashlagandi.
📟
DigiTech