
Dildora_bookaholic
10k
🎉
Trenddagi kitoblarni oʻqimasang, instagramda auditoriya yigʻolmaysan, deyishgandi
😌
#tez_kunda Navbatdagi yangiligimiz – Janni Rodarining “Chipollinoning sarguzashtlari” kitobi chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi
🎉
Janni Rodarining eng mashhur ertak-qissalaridan biri – Chipollinoning sarguzashtlari meva va sabzovotlar yurtidagi piyoz oilasi…
#tez_kunda
Navbatdagi yangiligimiz –
Janni Rodarining “Chipollinoning sarguzashtlari”
kitobi chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi
🎉
Janni Rodarining eng mashhur ertak-qissalaridan biri – Chipollinoning sarguzashtlari meva va sabzovotlar yurtidagi piyoz oilasi haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon Chipollino timsolida bolalarga rostgoʻylik, halollik, adolatparvarlik kabi fazilatlarni oʻrgatadi.
📜
Kitob oʻzbek tiliga ilk bor toʻliq tarjima qilindi.
@ZabarjadMedia
– eng yaxshisini ilinamiz!
#tez_kunda
Milan Kunderaning “Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi”
kitobi sanoqli kunlarda kitobxonlar qoʻliga yetib boradi
🎉
“Mavjudlikning chidab boʻlmas yengilligi” chexiyalik yozuvchi Milan Kunderaning qalamiga mansub, adabiyotshunoslar XX asr Yevropa adabiyotining choʻqqisi, deya e’tirof etgan asar. Mazkur kitob insondagi murakkab his-tuygʻular, chigal munosabatlar haqida hikoya qiladi.
@ZabarjadMedia
– eng yaxshisini ilinamiz!
Ilk bookblogerlar qaytmoqda
🍃
Yaqin orada kitobqurtlarini:
– yangi loyihalar,
– qaynoq uchrashuvlar hamda
– jo‘shqin muhokamalar kutmoqda
🤩
O‘tkazib yubormaslik uchun barchani bir jildda kuzating, yozuv ustiga bosing!
Ikki kundan beri hech Asaxiyga yetolmayotgandim, shu kitobni olamam deb. Bugun oʻzlari yuborib qolishdi.
Kitobda sodda tilda falsafa tarixi yoritilgan. Menimcha koʻpchilikka qiziq mavzu. Oʻqiymiz.
The New York Times nashri triller janrida XXI asrda yozilgan eng yaxshi 50 ta kitob roʻyxatini e’lon qildi. Orasida 4 tasini o‘qigan ekanman (12, 23, 26, 36).
Siz roʻyxatdan qaysilarni oʻqigansiz?
#iqtibos
Kutish. Oh, inson bu hayotda quvonch, gʻazab, qaygʻu, nafrat kabi tuygʻularni boshdan kechiradi. Lekin bu tuygʻular – hayotimizning faqat bir foizi, xolos. Qolgan toʻqson toʻqqiz foizi kutishdan iborat. Baxtning qadam tovushlari eshitilmayaptimi deb damimizni yutib eshikka quloq tutamiz. Oh, inson hayoti buncha abgor boʻlmasa. Aslida hech kim bu dunyoga kelganidan mamnun emas. Har kuni ertalabdan kechgacha nimanidir ilhaq kutadi. Oʻta achinarli.
Osamu Dazai “Botayotgan quyosh” asaridan
Xazinabooksda 35% gacha chegirmalar boʻlayotgan ekan, maksimal chegirma amal qilsin deb ikkita qimmat-qimmat kitob tanladim. Dazaining kitobini ham oldindan buyurtma berib, chegirma narxda oldim.
Moliyaviy savodxonlik kursimga qabul ochiq, yozilishinglar mumkin
🤪
😂
Sizlarga psixologiya boʻyicha PhD
Dildora Ulmasovaning kanalini
tavsiya qilmoqchiman.
Bu kanalni 3 yildan beri kuzatib boraman. Dildora oʻzining ustida tinimsiz ishlaydigan mutaxassis. Farzand tarbiyasi borasidagi tavsiyalarini amalda qoʻllab kelaman.
Qoʻshilib oling, oʻzingiz uchun koʻp narsa olishingizga ishonaman
😊