Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Doctor's Mind 👩‍⚕️

doctorsmind
👩‍⚕️ Vrach Dildora Karimovaning kitob blogi 📖 Bu yerda faqat kitob va kitoblar olami haqida gaplashamiz. Murojaat uchun: @Doc_Dildora instagram.com/doctorsmind_books
Subscribers
906
24 hours
1
30 days
-12
Post views
621
ER
68,54%
Posts (30d)
Characters in post
369
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
June 21, 16:43

​​
Frida Makfadden
“Oqsoch” romani
🚪

Tasavvur qiling: siz chorasiz vaziyatdasiz, o’tmishingiz qora va sizga zudlik bilan ish kerak. To'satdan omadingiz kulib boqadi —
nufuzli, boy va dabdabali oilaga
oqsoch bo'lib ishga joylashasiz.
Uy bekasi nafis, eri esa o'ta madaniyatli va kelajakdagi hayotingiz endi yaxshi bo’ladigandek tuyuladi.
Frida Makfaddenning “Oqsoch” asarida hamma narsa mana shu nuqtadan boshlanadi. Muallif birinchi sahifalardanoq kitobxonga jumboq kalitini beradi:
biz ko'rib turgan mukammal hayot — shunchaki yaxshi sahnalashtirilgan dekoratsiya.
Nega biz tashqi ko'rinishga, boylikka va chiroyli tabassumlarga bu qadar tez aldanamiz?
Yashirin eshiklar ortida nimalar sodir bo'layotganini nega sezmaymiz?
Asarning bosh g'oyasi zo'ravonlikka uchragan ayollarni himoya qilishdir. Asardagi har xil ayollarning obrazlari orqali muallif psixologik azoblar insonni qanchalik aqldan ozdirish darajasiga olib kelishini ko'rsatadi. Asardagi ayollar dastlab bir-birlarini dushman sifatida ko'rsalar-da, keyinchalik birgalikda katta kuch ekanliklarini tushunib yetadilar.
Asar yakunida
ayollar birdamligi
g'oyasi ham ko’rsatib beriladi. Qachonki ayollar bir-birlarini dushman sifatida ko’rmasalar, aksincha o’zaro qo’llab-quvvatlasalar, bir zanjirning ikki qismi ekanliklarini tushunsalar tizimli zo'ravonliklarni birgalikda yengib o’tishlari mumkinligi ochib beriladi.
@doctorsmind

March 04, 17:17
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

#new_books
Yangi kitoblarimni ko’rsatish bahonasida kanalga yana yozishni boshladim)
Hozirda “Fransiya siyrati”ni o’qiyapman, bir tekisda yengil o’qiladigan, muhit chiroyli tarzda tasvirlangan asar ekan.
Siz qaysi asarni o’qiyapsiz? “Giryon”ga siz ham qiziqdingizmi?
@doctorsmind
📖

January 24, 17:51
Media unavailable
4
Show in Telegram

❄️
Qish kelayotir.
Va u endi
yangi ko‘rinishda
kelmoqda…
📕
Muqova ochildi.
Taxt uchun kurash boshlanadi. Do‘stlik yemiriladi, sadoqat sinovdan o‘tadi. Bu o‘yinda yutish ham xavfli, yutqazish esa —
halokat
.
“Taxtlar o‘yini”
— o‘yin boshlanadi.
“Qirollar to‘qnashuvi”
— qoidalar yo‘q qilinadi.
🤴
TEZ KUNDA SOTUVDA
@ZabarjadMedia
— eng yaxshisini ilinamiz!

January 16, 02:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

#youtube
📹
Yilning soʻnggi oyida nashr qilingan kitoblar bilan
“Dekabr sarhisobi”
da tanishamiz. Mehmonimiz
Jasur Ismoiliy(Ivan Karamazov desam bilishadi
). Videoda yangiliklar koʻp va oxirida sovgʻasi ham bor.
p.s: bu safar jiddiyroq tayyorlanganim uchun Jasurdan koʻp gapirvoribman)
https://youtu.be/XZGamrcHk3w?si=Q3LjOWWfnRWlI3Dw

January 14, 10:14
Media unavailable
2
1
Show in Telegram

#sovga
Bugun manam sovg'a oldim
😍
😍
😍
Ertalabdan kayfiyatim yanada ko'tarildi. Kitob o'qish vaqtida shunaqa chiroyli bookmark ishlatishni xohlarmidingiz? Ko’rish bir zavq bo’lsa, ishlatish boshqa zavq)
Avvallari o’zim bookmark’lar yasardim, hozir esa shunaqa har xil chiroyli variantlari bor.
Sovg’a uchun
@goldenbooks_uz
va
@varoqla
’ga katta rahmat. Qiziqsangiz albatta bu yangi sahifani kuzating, bookmarklarni esa o'zingiz istagan dizayndagisiga buyurtma bering!
@doctorsmind
📖

January 09, 17:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

#mutolaa
Booklist tutasizmi?
Sizningcha booklist yuritish kerakmi?
Man shu paytgacha buni shunchaki vaqtni ketkazadigan jarayon deb bilardim. Aslida esa maroqli mashg’ulot ekan. Kitoblarni o’qigan vaqtimga qaytgandek bo’ldim.
@doctorsmind
📖

January 09, 15:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

#taklifnoma
Ilhom Sharifov(
@choponliaka
)
@kitobhouse
brendi ostida o’z kitob do’konlarini ochibdilar. Bu xursandchilik haqida sizlarga ham aytgim keldi. Ilhomning ishlarida omad tilab, do’konlarining soni kelajakda yanada ko’p bo’lishini tilab qolaman.
@doctorsmind
📖

January 08, 13:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#unpacking
“Graf Monte Kristo”ning Asaxiydan chiqqan nashrini kimdir o’qidimi?)
Qancha vaqt sarfladingiz?
Qish faslida o’qiyman degandim, hech yetib bora olmayapman.
@doctorsmind
📖

December 31, 19:04

01.01.2026

December 26, 13:51
Media unavailable
5
4
Show in Telegram

Bular esa bugungi yangi mehmonlar)
“1984”ning grafik variantdagi kitobi eng sevimlisi bo’ldi. Chiqqanidayoq olaman deb rejalashtirgandim.
@doctorsmind
📖