
Dr. Algorithm
Bugun 21-Oktyabr.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 36 yil bo‘ldi.
Barchani bayram bilan muborakbod etaman.
SI - qiyinmi
?
Sohasini yaxshi bilganlar SIdan foydalanishga tezroq kirishib ketishmoqda.
Shu kunlarda ajoyib narsaning guvohi bo‘lmoqdaman. Biror kasb egasi agar fundamental bilimga ega bo‘lsa, SI bilan ishlashga juda tez kirishib ketmoqda. Sohasini Framework sifatida o‘rganib, keyin shu sohada ko‘p ishlaganlar esa, SI bilan ishlashdan ko‘ra, o‘zi qo‘lda qilishni xohlamoqda.
Bu albatta shaxsiy kuzatuvlarim, lekin qiziq qonuniyat ko‘rishni boshladim.
1. Agar ko‘p kitob o‘qigan bo‘lsangiz, siz qaysi sohada ishlasangiz ham SIni ishlatishni boshlaganingizni ishingizni tez hal qilishni boshlar ekansiz.
2. O‘qishdan ko‘ra ko‘p gapiradigan, muloqot vaqtida hech nimani yozib olmaydiganlar esa: "SI falon ishimni qilib ber" , - deb, mavzuni tushuntirmasdan ish boshlar ekan.
Shu kunlarda:
Erkak kishiga 40 hunar oz
, - degan maqolini eslashgan edi.
Bu yerda ham shu ishladi shekilli. Faqat bitta yo‘nalishda qotib qolgan odam, "mani ishimni kimdir qilib bersin", - zaylida so‘roq beradi. SI xuddi hamma narsani bilganidek. Masalan, Skill yasamoqchi bo‘lsa, CoWork rejimida websitega kirib, sichqoncha bilan bosib chiqadi, shuni eslab qol va skill ber, - deb aytadi. Ko‘ribsizki, Token tugagan va SI yaxshi emas ekan deb to‘xtab qoladi.
Boshqalar esa, maydalab tushuntirishga erinmaydi. SI bergan javobni o‘qib chiqadi. Aniq ma’lumotlarni ko‘rsatadi. "San nimani bilar eding", - zaylida ish yuritadi. Hatto ishini qanchalik tezlashtirganini ham aniq biladi. Masalan, 7 kunlik ishni 2 soatda tugatdi, - deganlaridek.
Xulosa o‘rnida nima demoqchiman,
1. SI bilan ishlashni boshlamagan akalar/singillar - boshlang.
2. U hamma narsani biladi - emas, u Bilmasvoy ekan, - deb ish boshlang.
3. O‘qing.
4. O‘qing va sizga bergan javobni shoshmasdan tahlil qiling. Qayta ishga tushirishga ulgurasiz.
WiFiga ulanish oson, to‘g‘rimi?
MS Wordda ishlash hozir oson, to‘g‘rimi?
SI ham shunday, bilganingizdan keyin oson.
20.10.2026 London
@DrAlgorithm
Gemini 4 Argon
Shu hafta Gemini 4 Argonni tekshirib koʻrdim. Kam gapirib koʻp ish qildiradigan model chiqibdi.
Asosiy faoliyatim Google Workspace atrofida boʻlganim uchun uning tabiiy modelini ishlatish muhim edi. Xuddi Microsoft 365 uchun Copilot ishlatilganidek.
Hozircha loyiha arxitekturasi, talablarni tahlil qilish kabi soddaroq ishlarni berib koʻrdim. Koʻp oʻylab, reja tuzib bermoqda: loyihada nimalar qilish kerak, qaysi modulga qancha vaqt ketadi, pulini qanday hisoblash kerak (soliqlarni hisobga olib) kabi ishlarni yaxshi qildi.
Endi buxgalterlarni ishini hal qildirib koʻrsam, sherigim ishini yengil qilar edi.
1 yillik obuna berdi, endi vaqtdan unumli foydalanib, ishlatib olishim kerak.
Sizda qaysi ishlaringiz Google Workspace'ga bogʻliq? Balki birga qoʻl ishini kamaytirib koʻrarmiz?
15.10.2026 London
@DrAlgorithm
SI + Moliya
Kuz juda barakali keldi. Moliya va buxgalteriya tadbirlarida qatnashish nasib etdi. Mavzu biz bilgan SI.
Juda koʻp inson SIni ishlatishni boshlay olmayapti.
Nimadan boshlasam ekan deb turganda, "Agentim falon qildi", "Bunk SI bunday qildi", "Ishlarimni topshirdim", - degan bloggerlar hayqirigʻini eshitib, qoʻrquv ham oshgan.
Yoshlarda bu kamroq sezilar ekan. Lekin 15-25 yil bitta kasbda ishlagan odamlar uchun juda ogʻriqli.
Oʻzimda ham shunday boʻlgan, "Fine tuning", - desa, "Bu endi nima ekan", - deb yurgan edim. Har 3 kunda bolalab chiqayotgan modellar esa, oʻrganishni yanada keng olib, botqoqda botib qolishga olib kelgan.
Shu qiyin damlar boshqalarda ham oʻtishini his etib bir loyiha boshladik. Moliya va/yoki buxgalteriya sohasida ishlab kelayotganlar uchun dars tashkil qildik.
https://t.me/UzTechUK/188
Hozircha shaxsan kelib oʻrganadigan qilmoqdamiz. Keyib onlayn ham tashkil etish rejamiz bor.
Sizning fikringiz man uchun muhim. Boror taklif yoki kamchilikni tuzatish boʻlsa, marhamat man eshitishga tayyorman.
14.10.2026 London
@DrAlgorithm
SI davri - qiziq
Ajoyib zamonda yashavommiz.
Kimdir SI dan qo‘rqadi, kimdir bosib ishlatmoqda.
Bir vaqtlar Google endi chiqqanida izlash uchun so‘zlarni tanlashga qiynalar edik. Keyinchalik esa chala yozsa ham o‘zi to‘g‘rilaydigan, sizga mos narsa ko‘rsatadigan bo‘lgan edi.
SI bilan ham shunday bo‘lmoqda. Avval muxandislar ishlatishni boshladi, keyin huquqshunoslar va hujjatlar bilan ishlaydigan hodimlar.
Hozir esa hamma ishlata oladi. Qanday ishlashini bilishi ham shart emas. Ishini bajartira oldimi? - bo‘ldi.
~~~
Bir tanishim korxona yuritadi. Hali SI bilan juddiy kirishmagan edi.
Gap orasida ishini osonlashtirishi, falon SIni ishlatib ko‘rishini aytgan edim. Keyingi hafta oldiga o‘tsam qilgan ishlarini aytib berdi.
SIni web orqali CoWork rejimini ishlatib ko‘ribdi. Desktop bor ekanini bilmagan.
O‘zi qiladigan ba’zi hisobotlarni qildirib ko‘rdi. Hisoblab, ishlab beribdi.
Ma’lumotlar Odooda turadi. Ulana olsanmi? - desa, ha degan va ulanib ma’lumotlarni olib chiqishni boshlagan.
Odatda 1 oylik muddat hisobotini 7 kun qilishar ekan. Keyin kamchiliklar, mujozlar fikrlari (feedback)larni tahlil qilishga yana 10 kun. Bu degani agar ish sekinlarsa va 1 hafta cho‘zilsa, keyingi oyga o‘tib ketadi.
Shuni qilmaslik uchun SI yordamida shu 7 kunda qiladigan ishlarini birma-bir yozib chiqibdi. 2 soatda hammasini qilib berdi, - deydi.
$20 lik Pro paketini olgan. Agar $100 lik ni olsa, bilmadim qanchalik ish qildirib tashlar edi.
Keyin 6 oy orqaga qaytarib, eski hisobotlarni ham qayta hisoblatibdi.
Eng qizig‘i, SI eski oylarda xato kiritilgan muammolarni topib, tuzatishni taklif qilibdi:
- xodim bitta joyda 200 soat ishlagan (aslida 1 kunda 8 soat ishlaydi)
- mijoz loyihasini 3 oyda tugatilgan (aslida 15 kunda tugagan)
kabi.
1 kun o‘tirib olgan natijalaridan xursand bo‘lib, xodimlarini yig‘ibdi. Majlis qilib, ular bilan yangi rejalar, Si bilan tahlil usullarini gaplashib chiqqan.
~~~
Nima demoqchiman?
Agar siz sohangiz mutaxassisi bo‘lsangiz, siz SIni tez o‘rganasiz.
Sohangizni mukammal bilishingiz SI oddiy yordamchi bo‘lib qolishini bildiradi.
Fikrlash doim sizda bo‘ladi. SI siz uchun fikrlab bera olmaydi.
SI mening ishimni olib qo‘yadimi? - Yo‘q.
deyishga yaxshi misol bo‘ldi.
Xulosa
SIni ishlatishni boshlang. Tekini emas, pullik variantini ishlating, siz uchun juda katta ilm ochiladi.
08.10.2026 London
@DrAlgorithm
SI sabab .si ko‘tariladi
AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak.
Shu vaqtgacha ko‘p SI loyihalari .ai domenida ishlab kelayotgan edi. Agar SI atamasi kirib kelsa, Slovenia uchun juda foydali bo‘ladi.
Bir vaqtlar Tuvalu ham shunday bo‘lgan edi (.tv)
Aytmoqchi bo‘lganim, agar siz ham SI sohasida loyiha qilayotgan bo‘lsangiz, .SI domenini ham olib qo‘ying. Ertaga qimmat bo‘lib ketmasin.
05.10.2026 London
@DrAlgorithm
Akalar bilan uchrashuv
😎
O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif qildilar.
U yerda
Murodjon Normatov
,
Sardor o‘ga
,
Akrom Obidov
, Hurshid Usmon, Amirbek Shomurodov va
Saidolim Djurayev
bilan to‘rtta fikr almashdik.
Uchrashuvda – oila, farzand tarbiyasi, ish joyidagi muammolar, kimning ofisida kofe mashinasi borligi, qariganda soch to‘kilishi mavzularini umuman gaplashmadik. 80% vaqtimizni o‘sha hamma hozir gaplashadigan SUN’IY INTELLEKT mavzusiga sarfladik. Bahs bo‘ldi, hamma fikrini bildirdi, sun’iy intellektni ish jarayoniga integratsiya qilish haqida gaplashdik.
Qiziq joylari:
🔸
Kompaniya egalari SI’ni o‘rganib olib, SI hammaning ishini qila oladi degan fikrda. Bu o‘z navbatida, xodimning tez ishdan charchashiga olib kelyapti, xodimdan 2–3 kishining ishini bir kishi qilish talab qilinyapti.
🔸
Hamma ichki ma’lumotlarni SI uchun jamlash bilan band. Kimdir RAG, kimdir kompaniyaning Wiki’si bilan, kimdir shunchaki o‘z tizimini quryapti. Maqsad – SI’da barcha ma’lumot bo‘lsin, hech kimni bezovta qilmasdan, bitta so‘rov bilan kerakli ma’lumotni olish. Undan tashqari, bitta xodimga bog‘liq bo‘lmaslik, ya’ni core jamoadan xodim ketsa, uning barcha tajribasi, qilgan ishlari ma’lumotlar bazasida tursin.
🔸
Kimgadir
grill-me
yoqadi, kimgadir
superpowers
.
🔸
Kimningdir kompaniyasida mahsulot menejeri “bottleneck”, kimdadir dasturlash. Bunga sabab SI kompaniyada pastdanmi yoki yuqoridan integratsiya boshlanganiga bog‘liq. Moneff’da mahsulot menejeri bottleneck, deb o‘ylayman. Ko‘p vazifalar mening yechim berishimga qarab turibdi.
Shunaqa gaplar, ish haftangiz mahsuldor o‘tsin.
-------
@farkhod_com
Maktab + SI + Rasm
Bugun farzandim maktabidan maktub oldim.
Ajablantirgani uchun bu haqida yozishni ma’qul topdim.
Maktab har yili farzandingiz rasmini qayerda chop etish mumkin ekani haqida ruxsat so‘raydi.
Siz uning rasmini veb sahifada, ijtimoiy tarmoqda va hatto devoriy gazetada chop etish mumkin ekaniga ruxsat/rad berasiz.
Bir tomondan bu qulay, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqda ko‘rmaysiz.
Ikkinchi tomondan esa, jamoa bo‘lib safarga chiqishganida tushgan rasmlarini hamma ko‘ra olmaydi.
Endi esa yangilik!
Maktab bolalar rasmlarini olishda ularning yuzini rasmga olmaslik, ijtimoiy tarmoqqa qo‘ymaslikka o‘zi qaror qildi.
Hozirgi kungi
SI davrida Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi
muammo bo‘lib turgani uchun, DeepFace kabi narsalar chiqib ketgani uchun, farzandingiz rasmini ijtimoiy tarmoqqa chiqarmaslikni o‘zligi tavsiya qilishmoqda.
Maktab ma’muriyati esa, rasmlarni olishda imkon qadar yuz tushmaydigan yoki tanimaydigan qilib rasmga olishni yo‘lga qo‘ymoqda.
Texnologik yangilik Ta’limga juda kech kirib keladi, - deb o‘ylar edim.
Buni ko‘rib, hayratda qoldim. Ta’limga birinchilarga tatbiq qilishibdi.
04.09.2026 London
@DrAlgorithm
Vatanimiz
Mustaqilligining 35 yilligi
muborak bo‘lsin.
Yurtimiz doim barakali, rivojlangan, erkin va ozod bo‘lsin.
Raqamli olamda o‘z o‘rni bilan e'tiborda tursin.
Barchani Mustaqillik bayramimiz bilan tabriklayman!
01.09.2026 London
@DrAlgorithm