Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Shifokor Dilshod O'tkirjanovich Tursunov rasmiy telegram kanali https://t.me/DrDilshodtursunov Murojat uchun: 94 651 30 00 yoki https://t.me/drdilshodcontact
Subscribers
11 804
24 hours
4
30 days
-495
Post views
2 680
ER
22,7%
Posts (30d)
15
Characters in post
499
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Health Blog
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Fitness & Nutrition
Summary
October 22, 13:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Oddiy yurishni boshlash uchun har bir sog‘lom odamga katta tekshiruv paketi kerak emas.
Lekin mashq vaqtida:
— ko‘krakda og‘riq yoki bosilish,
— hushdan ketish,
— kuchli bosh aylanishi,
— tushuntirib bo‘lmaydigan keskin hansirash,
— yurak urishida jiddiy bezovtalik
paydo bo‘lsa — mashqni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
Yurak-qon tomir kasalligi, jiddiy tizza yoki bel muammosi, yaqinda operatsiya bo‘lgan bo‘lsa — yuklama individual tanlanadi.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/_kWD7dpTZNY

October 21, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Birinchi hafta uchun oddiy reja:
🚶
Yurish — haftada 3 kun
💪
Kuch mashqi — haftada 2 kun
😴
Tiklanish — oralarida
📈
Keyingi hafta — faqat 1 narsani oshiring
Juda kam harakat qilsangiz, 5–10 daqiqa ham boshlanish.
Bu dushanba-seshanbaga bog‘langan retsept emas — boshlash prinsipi. Screenshot qilib saqlab qo‘ying.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/_kWD7dpTZNY

October 20, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

«Kam natija ko‘ryapman» va «natija yo‘q» — bu bir xil gap emas.
Agar boshida tezroq o‘zgarish ko‘rgan bo‘lsangiz va keyin sekinlashgan bo‘lsa, o‘zingizni o‘sha avvalgi tezlik bilan solishtirib «endi natija yo‘q» degan xulosaga shoshilmang.
Keyingi safar taroziga chiqishdan oldin o‘zingizdan bitta savol so‘rang: «Bu hafta xulqimda nimani yaxshi ushlab qoldim?»
Natija uchun emas. Xulq uchun ishlang. Shunda natija keladi. Keyin esa qoladi.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/q1A78e0UyYg

October 19, 13:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Odam yurishni boshlaydi. Keyin bir vaqtning o‘zida ko‘proq kun mashq qiladi, uzoqroq yuradi, gantelni og‘irlashtiradi, takrorni ko‘paytiradi. Natija — og‘riq yoki qattiq charchoq.
Oddiy qoida: bir paytda bitta narsani oshiring.
Bu hafta 15 daqiqadan uch marta yurdingizmi? Keyingi hafta bitta yurishga besh daqiqa qo‘shing. Yoki kuch mashqida 8 martani 10 martaga chiqaring. Lekin hammasini birdaniga emas.
Bu tanaga moslashishga vaqt beradi va sizni dasturdan chiqarib yuboradigan yuklamadan saqlaydi.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/_kWD7dpTZNY

October 18, 13:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

«Tarozi tushmayapti — demak, baribir yog‘ ketyapti» deyish noto‘g‘ri. Tarozi turib qolganining o‘zi yog‘ kamayganini isbotlamaydi.
Lekin xuddi shuningdek, bitta kunlik raqamga qarab «qilayotgan ishlarim ishlamayapti» degan xulosa chiqarish uchun ham ma’lumot yetarli emas.
Bitta kunlik raqam butun jarayon qanday ketayotganini ko‘rsatib bera olmaydi. Mana shu farqni tushunish juda muhim.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/q1A78e0UyYg

October 17, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

«Bir oydan beri mashq qilyapman, vaznim atigi bir kilogramm tushdi. Demak, mashq foydasiz.»
Bu xulosa noto‘g‘ri.
Tana vazni faqat mashqda yoqilgan kaloriyaga bog‘liq emas — ovqatlanish, kundalik harakat, uyqu, ishtaha, ayrim dorilar va tibbiy holatlar ham ta’sir qiladi.
Mashqning foydasini faqat tarozi bilan o‘lchamaymiz:
— Yurishingiz osonlashdimi?
— Zinadan kamroq hansirab chiqyapsizmi?
— Kuchingiz oshdimi?
— Bel aylanangiz o‘zgaryaptimi?
Mana bular ham natija.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/_kWD7dpTZNY

October 16, 13:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

Kecha to‘yda bo‘ldingiz. Osh yedingiz, tuzni ko‘proq yedingiz. Ertalab tarozida vazningiz yuqoriroq.
Bu «semiribman» degani emas.
Bunday qisqa muddatli o‘zgarishda tanadagi suv katta rol o‘ynaydi. Ich qotgan kunlarda ham raqam balandroq chiqishi mumkin. Tarozi «bunisi suv, bunisi ovqat, bunisi yog‘» deb ajratib bermaydi — faqat bitta raqam beradi. Uni to‘g‘ri tushunish kerak.
To‘ydan keyin tarozidan xavotir oladigan yaqiningizga yuboring.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/q1A78e0UyYg

October 15, 13:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ozish degani faqat tarozidagi raqamni kamaytirish emas. Vazn kamayganda yog‘ni kamaytirib, mushak va jismoniy funksiyani saqlashni xohlaymiz.
Yurish yurak-qon tomir va nafas tizimini ishlatadi. Kuch mashqi esa mushakka qarshilik beradi. Ular bir-birini to‘ldiradi.
Zal shart emas. Uyda boshlash mumkin: stuldan turib-o‘tirish, devorga tayanib push-up, rezina bilan tortish, suv idishi bilan mashq. Boshlovchi uchun haftasiga ikki marta yetarli.
Oxirgi takrorlar biroz qiyin bo‘lishi mumkin — lekin texnika buzilmasin va o‘tkir og‘riq bo‘lmasin.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/_kWD7dpTZNY

October 14, 13:00
Media unavailable
3
Show in Telegram

Kecha to‘yda bo‘ldingiz. Osh yedingiz, tuzni ko‘proq yedingiz. Ertalab tarozida vazningiz yuqoriroq.
Bu «semiribman» degani emas.
Bunday qisqa muddatli o‘zgarishda tanadagi suv katta rol o‘ynaydi. Ich qotgan kunlarda ham raqam balandroq chiqishi mumkin. Tarozi «bunisi suv, bunisi ovqat, bunisi yog‘» deb ajratib bermaydi — faqat bitta raqam beradi. Uni to‘g‘ri tushunish kerak.
To‘ydan keyin tarozidan xavotir oladigan yaqiningizga yuboring.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/q1A78e0UyYg

October 13, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Agar hozir muntazam mashq qilmasangiz, men yugurishni emas, yurishni tanlagan bo‘lardim.
Birinchi haftada maksimal natija kerak emas. Tanangiz ko‘tara oladigan va keyingi haftada ham takrorlay oladigan yuklama kerak.
Tezlikni «talk test» bilan tanlang: nafasingiz tezlashadi, lekin yoningizdagi odam bilan gaplasha olasiz. Aqlli soat ham, formula ham shart emas.
Deyarli harakat qilmasangiz — 5–10 daqiqadan, yurishga odatlangan bo‘lsangiz — 15–20 daqiqa tezroq yurishdan boshlang.
Bizga bir kunlik qahramonlik emas, takrorlanadigan harakat kerak.
▶️
To‘liq video:
https://youtu.be/_kWD7dpTZNY