
Milliy sertifikat
#Milliy_sertifikat
Umumtaʼlim fanlardan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari sanalari belgilandi
🔶
Geografiya, ona tili va tarix
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
📆
Unga ko‘ra, imtihonlar
2026-yil 23-26- va 31-oktyabr
kunlari o‘tkaziladi, jumladan:
✔️
23-oktyabr kuni geografiya fanidan;
✔️
24–26-oktyabr kunlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot fanidan;
✔️
31-oktyabr kuni tarix fanidan.
💼
Bunda geografiya fanidan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi.
🆔
Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani
my.gov.uz
veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.
🪪
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Biologiya, kimyo, matematika va fizika fanlari uchun ro‘yxatga olish boshlandi
📱
Biologiya
,
kimyo
,
matematika
va
fizika
fanlaridan
noyabr
oyida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn
ro‘yxatga olish boshlandi
.
📝
Talabgorlar
hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari soni
dan kelib chiqqan holda
my.gov.uz
sayti orqali quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔹
21-noyabr —
biologiya
;
🔹
22-noyabr —
kimyo
;
🔹
24-noyabr —
fizika
(elektron shaklda)
;
🔹
28-29-noyabr —
matematika
.
❕
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun to‘lovni
ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida
amalga oshirishlari lozim.
Misol uchun, 16-oktabr kuni soat 10:25 da ro‘yxatdan o‘tgan talabgor 17-oktabr kuni soat 10:24 ga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
✅
Ushbu vaqt ichida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi bekor qilinadi va
ushbu joy uchun boshqa talabgorlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi
.
✔️
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Ona tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan talablarni qo‘shimcha ro‘yxatga olish boshlandi
📱
Ona tili va adabiyot
,
tarix
va
geografiya
fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizalari bekor qilinib, ushbu o‘rinlar uchun
qo‘shimcha
ro‘yxatga olish boshlandi
.
🌎
Imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar
my.gov.uz
sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib,
kun yakuniga qadar to‘lovni amalga oshirishi mumkin
.
📝
Talabgorlar
hududlar kesimidagi o‘tirish o‘rinlari soni
dan kelib chiqqan holda quyidagi sanalar uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:
🔹
23-oktabr —
geografiya
(elektron shaklda)
;
🔹
24-25-26-oktabr —
ona tili va adabiyot
;
🔹
24-oktabr —
qoraqalpoq tili va adabiyot
;
🔹
25-oktabr —
rus tili va adabiyot
;
🔹
31-oktabr —
tarix
.
❗️
Izoh: 27-oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan
tarix
fanidan milliy sertifikat imtihoni Agentlikdagi ish hajmidan kelib chiqqan holda
31-oktabr
kuni o‘tkaziladi
.
Ma’lumot uchun, ushbu fanlardan keyingi milliy sertifikat imtihonlari
dekabr
oyida o‘tkaziladi va talabgorlar
20-noyabrdan 4-dekabrga qadar
ro‘yxatda o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
✔️
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Milliy sertifikat
pinned a photo
#Ovozli_chat
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar bo‘yicha ovozli chat
📣
Bugun bo‘lib o‘tishi belgilangan OVOZLI CHAT soat
16:00
da boshlanadi va Bilimni baholash agentligining Telegramdagi
rasmiy kanali
(
@BaholashUz
) orqali o‘tkaziladi.
🎙️
Unda
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlarga
oid savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob beriladi.
📨
Savollaringizni aniq, qisqa va tushunarli tarzda
bu yerda
qoldiring.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Umumta'lim fanlaridan
2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
📆
Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihonlar sentyabr,
oktyabr
,
noyabr
va
dekabr
oylarida o‘tkaziladi.
🆔
Milliy sertifikat uchun talabgorlar
my.gov.uz
sayti orqali
onlayn
tarzda ro‘yxatga olinadi.
⛳
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.
🧑💻
Milliy sertifikat imtihonlari qaysi
fanlar
dan o‘tkazilishi,
ro‘yxatga olish muddatlari
va
test sinovi o‘tkaziladigan sanalar
yuqoridagi rasmda keltirilgan.
❗
Muhim
eslatma
: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktyabrdagi 646-son qaroriga ko‘ra, imtihon o‘tkaziladigan joy, sana hamda muayyan hudud bo‘yicha o‘tirish o‘rinlari soni Bilimni baholash agentligi tomonidan belgilanadi. Shu sababli, hudud uchun belgilangan limit to‘lgach, mazkur hudud boʻyicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
DIQQAT, E'LON!
Vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida ishtirok etib,
belgilangan minimal 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga
, shu jumladan, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlamagan abituriyentlarga
vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
2026/2027-o‘quv yilida jami
80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin
mavjud bo‘lib, mazkur vakant o‘rinlarni to‘ldirish maqsadida abituriyentlar o‘rtasida qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi.
2026-yil 22-avgustdan 28-avgustga qadar
(shu kuni ham) Agentlikning
my.uzbmb.uz
rasmiy platformasi orqali mazkur toifadagi abituriyentlar qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Abituriyentlarga fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan,
vakant o‘rinlar mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini
tanlash
huquqi beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar vakant o‘rinlarga
to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda
, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya qilinadi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan tegishli
tanlov qaydnomalari shakllantirilib, oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi
.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
📢
SAT imtihoni topshiruvchilari diqqatiga!
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Joriy yilning 22-avgust kuni Agentlikning barcha hududiy bo‘limlarida SAT imtihoni tashkil etiladi.
Ma’lumki, mazkur imtihon raqamli (digital) shaklda o‘tkazilishi sababli, har bir ishtirokchi imtihonga shaxsiy qurilmasi (noutbuk yoki planshet) bilan kelishi lozim.
❗️
Shu munosabat bilan, quyida
qurilmangiz uchun qo‘yilgan asosiy talablar bilan tanishib chiqishingiz so‘raladi
:
Qurilmaga qo‘yiladigan talablar
.
⚠️
Muhim: Bluebook dasturi endilikda Windows 11 operatsion tizimini talab qiladi, chunki Microsoft Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatgan.
⚠️
Talablarga javob bermaydigan qurilmalar bilan kelgan ishtirokchilarga imtihonda qatnashish imkoniyati cheklanishi mumkin.
📍
Respublika bo'yicha SAT imtihoni bo'lib o'tadigan hududlar ro'yxati:
👉
MANZILLAR
Barcha talabgorlarni imtihonga oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqiramiz.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
#Qabul2026
#Abituriyent2026
#Natija
DIQQAT, E'LON!
YAKUNIY TANLOV NATIJALARI
(MANDAT)
E'LON QILINDI
📝
2026/2027-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha
tanlov natijalari
e’lon qilindi.
📝
Tanlov natijalarini 4
xil
usulda bilish mumkin.
1️⃣
my.uzbmb.uz
sayti orqali:
my.uzbmb.uz
saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣
mandat.uzbmb.uz
sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz
saytiga
abituriyentning ID raqami
ni kiritgan holda.
3️⃣
Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉
@bmba_natija_bot
👉
@bmba_natija_1bot
👉
@bmba_natija_2bot
4️⃣
Test natijalari qaydnomasi orqali:
test natijalari qaydnomasi
oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
✅
Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube