
DTPI rasmiy kanali
#Yoshlar_Ittifoqi
#Yoshlar_kuni
#koordinatorlar_faoliyati
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Yoshlar kuni munosabati bilan “Talabalar oqshomi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
✨
Tadbir davomida turli qiziqarli shartlar va milliy o‘yinlar tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Talabalar faol ishtirok etib, o‘z chaqqonligi va jamoaviy ruhini namoyon etdilar.
Ushbu oqshom yoshlarning ijodiy salohiyatini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
@dtpi_manaviyat
@dtpi_yoshlari
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xorijda qonuniy ishlash istagidagi fuqarolar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Tadbir Migratsiya agentligining Surxondaryo hududiy filiali hamda Workline XBA, Morawork XBA, Bestwill XBA va JobBridge XBA hamkorligida tashkil etildi.
Mehnat yarmarkasida fuqarolarga Niderlandiya, Latviya, Bolgariya, Slovakiya, Liviya, Estoniya, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Gruziya, Belarus, Xorvatiya, Italiya va Isroil davlatlarida mavjud 6 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
Tadbir davomida xorijda ishlash istagidagi fuqarolar ish beruvchilar va mutaxassislar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati
👇
Telegram
|
Facebook
|
Website
|
Youtube
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
📸
“ENG YAXSHI FOTOALBOM” TANLOVI
🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida
“ENG YAXSHI FOTOALBOM”
tanlovi o‘tkaziladi!
📷
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad
— yoshlarning Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini, mustaqil O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti va yangilanayotgan qiyofasini fotografiya san’ati orqali aks ettirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda eng sara ijodiy ishlarni ommalashtirishdan iborat.
📸
Tanlov ishtirokchilari fotoalbomlarda:
- O‘zbekistonning go‘zal va betakror maskanlari;
- yurtimizdagi bunyodkorlik va obodlik jarayonlari;
- milliy qadriyatlar va an’analar;
- yoshlar hayoti va faoliyati;
- ta’lim, fan, sport va madaniyatdagi yutuqlar;
- Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini
fotolavhalar orqali ijodiy va mazmunli yoritishlari mumkin.
🏆
G‘oliblar
ijodiy ishlarning mazmun-mohiyati, originalligi, estetik jihatdan uyg‘unligi, fotografik sifati hamda mavzuni yoritish darajasiga ko‘ra baholanadi.
✅
Tanlov yakunida
eng mazmunli, kreativ va yuqori badiiy saviyaga ega fotoalbomlar
saralab olinib, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanadi.
📣
Aziz talaba-yoshlar!
Bugungi O‘zbekiston — siz ko‘rayotgan, his qilayotgan va bunyod etayotgan O‘zbekiston.
Kadrga muhrlangan har bir lahza — Vatan tarixining bir sahifasi.
O‘z nigohingiz, ijodingiz va iste’dodingiz orqali
Yangi O‘zbekiston qiyofasini aks ettiring!
✅
Eslatma: Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan fotoalbomlarni joriy yil 15-sentyabr sanasiga qadar
@Suxrobjon_Xidirov
manziliga taqdim etishingiz so'raladi.
🌐
Rasmiy sahifalarimiz:
@Dtpi_uz
@Dtpi_yoshlari
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🧠
“ZAKOVAT” — ZUKKOLAR BELLASHUVI!
🏆
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Yoshlar Ittifoqi koordinatorlari A.Fayziyev hamda S.Rajabboyev tashabbusi bilan Pedagokika
fakulteti
da
1- bosqich talabalari uchun
“Zakovat” intellektual o‘yini
tashkil etildi.
🏆
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning
bilim va dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy hamda tezkor fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
🌟
“Zakovat” — bu nafaqat bilim, balki tafakkur, topqirlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlik sinovidir!
👏
Tadbirda faol qatnashgan barcha talabalar va jamoalarga minnatdorchilik bildiramiz. Kelgusida ham yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan bunday ma’rifiy tadbirlar muntazam davom ettiriladi.
G’olib jamolar:
1-o'rin Psixologiya jamoasi
2-o'rin Tamaddun jamoasi
Jismoniy madaniyat jamoasi
3-o'rin Pedagogika
💡
Bilimli yoshlar — yurt kelajagi!
Rasmiy sahifalarimiz:
@dtpi_uz
@
dtpi_yoshlari
#ochiq_muloqot
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida “Dekan va talaba yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🏛
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 1-bosqich talabalarining “Tanishtiruv haftaligi” doirasida “Dekan va talaba yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
⚡️
Uchrashuv ochiq va erkin ruhda o‘tkazilib, yoshlar fakultet faoliyati, ichki tartib-qoidalar hamda o‘quv jarayoni haqida batafsil ma’lumot oldilar. Ochiq muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan tegishli javoblar olishdi.
📖
Shuningdek, tadbir davomida o‘quv jarayonining muhim qismi bo‘lgan “Kredit haftasini tashkil etish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi bo‘yicha talabalarga zaruriy tushunchalar va tavsiyalar berib o‘tildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati
👇
Telegram
|
Facebook
|
Website
|
Youtube
🔥
YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRI
Sariosiyo tuman FVV xodimlari tomonidan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti 3–4-son TTJ talabalariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida talabalarga yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish hamda favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralariga rioya etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, birinchi yordam ko‘rsatish holatlari amaliy tarzda namoyish etildi va talabalar uchun zarur tavsiyalar berildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati
👇
Telegram
|
Facebook
|
Website
|
Youtube
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
🙂
“YANGI O‘ZBEKISTON – YOSHLAR NIGOHIDA”
🇺🇿
E’LON!
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan
“Vatan taraqqiyotiga mening hissam”
shiori ostida yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etishga qaratilgan tanlovlar o‘tkaziladi!
📸
“O‘zbekiston yoshlar nigohida”
— rasmlar tanlovi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlarni 14-sentabr kuniga qadar Sharof Rashidov binosida joylashgan ma'naviyat boʻlimiga taqdim etiladi.
✅
“Ona Vatanimning buyuk farzandlari”, “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman”
mavzularida — maqolalar tanlovi. Ushbu tanlovda ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar
14-sentabr kuniga qadar Sharof Rashidov binosida joylashgan ma'naviyat boʻlimiga taqdim etiladi.
Tanlovlarda ishtirok etib,
Vatanga bo‘lgan mehringiz, ijodkorligingiz va yurtimiz kelajagiga daxldorligingizni namoyon eting!
✅
Vatan taraqqiyotiga mening hissam — mening g‘oyam, mening ijodim!
⭐️
Barcha yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🌐
Rasmiy sahifalarimiz:
@Dtpi_uz
@Dtpi_yoshlari
📢
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF ETAMIZ!
🎓
Mavzu:
“Zamonaviy ta’limda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar”
📅
Konferensiya sanasi:
2026-yil 16-oktabr
📍
O‘tkazilish joyi:
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
🔹
Konferensiya doirasida quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglanadi:
1️⃣
Umumiy o‘rta ta’lim va oliy ta’lim integratsiyasi hamda xorijiy tajriba.
2️⃣
Boshlang‘ich ta’lim sifatini oshirishda gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish.
3️⃣
Ilm-fan, madaniyat va innovatsiyalar orqali boshlang‘ich ta’limni rivojlantirish.
4️⃣
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari.
📄
Maqolalarni qabul qilish muddati:
2026-yil 10-oktabrgacha
🌐
Konferensiya tillari:
o‘zbek, rus, ingliz va tojik tillari.
✅
Har bir maqola uchun:
🔹
DOI raqami beriladi;
🔹
Google Scholar’da indeksatsiya qilinadi;
🔹
elektron nashr taqdim etiladi;
🔹
sertifikat beriladi.
📩
Maqolalarni yuborish uchun:
📱
Telegram:
@nazoratchi3guruh
☎️
Telefon:
+998 99 712-67-36
📧
E-mail:
yozdonqulovaozoda@gmail.com
📚
Barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va ilmiy izlanuvchilarni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati
👇
Telegram
|
Facebook
|
Website
|
Youtube
📚
“KREDIT HAFTALIGI” DAVOM ETMOQDA
🎓
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida 2026–2027-o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalari ishtirokida “Kredit haftaligi” doirasida navbatdagi targ‘ibot-tushuntirish mashg‘uloti o‘tkazildi.
💻
Mashg‘ulot davomida fakultet O‘.I.B.D. o‘rinbosari X.Xurramov tomonidan talabalarga oliy ta’lim jarayonining muhim jihatlari batafsil tushuntirildi.
📌
Xususan, HEMIS elektron ta’lim tizimidan foydalanish tartibi, o‘quv dasturlari va fanlarning mazmuni, kreditlarni o‘zlashtirish jarayoni, baholash mezonlari hamda talabaning akademik faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎓
Shuningdek, ta’lim grantlarini taqsimlash, talabalarning semestr davomida erishgan akademik natijalari, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va ta’lim jarayonidagi faolligi yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.
💡
Mazkur mashg‘ulotlar 1-kurs talabalarining kredit-modul tizimi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati
👇
Telegram
|
Facebook
|
Website
|
Youtube