Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

ILM NURI🌙

dunyo_hayoti_9
Бу ердаги постлар қисқа бўлса-да, кўп маъно ва қийматга эга. Реклама: @testlar_reklama Мурожаат: @yetti_xazinam
Subscribers
8 861
24 hours
-19
30 days
-339
Post views
707
ER
7,98%
Posts (30d)
27
Characters in post
339
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
October 25, 06:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hayotning eng qorong‘u pallasi tongning boshlanishiga yaqin bo‘ladi. Dunyo seni unutsa ham, bilki Alloh seni hech qachon unutmaydi. Dunyo g‘amlarini unutish uchun, oxiratni eslash kifoya. Alloh seni shunchaki sinash uchun tashlab qo‘ymaydi. Bu sinov Uning mehridandir. Yolg‘izlik va mahzunlik uning huzuriga eltuvchi eng hikmatli yo‘l..

October 24, 17:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

- Chiroyli sabr qilish hech kimga shikoyat qilmasdan sabr qilish..
- Chiroyli kechirish malomat qilmay kechirish..
- Chiroyli yuz o‘girish esa ozor bermay yuz o‘girishdir..
Ibn Taymiyya

October 23, 16:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 22, 17:27

QALB — INSONNING ENG SIRLI OLAMI..
Qalb shunday bir olamki, uni ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi, ammo unda butun bir dunyo yashirin. Inson aqli bilan haqiqatni izlaydi, qalbi bilan esa uning ma’nosini his qiladi.
Eng qizig‘i, inson boshqalarning qalbini tushunishga urinadi-yu, ba’zan o‘z qalbining nega bezovta ekanini ham anglay olmaydi. Ba’zan hamma narsa joyidadek ko‘rinadi, ammo ichimizda tushuntirib bo‘lmaydigan bir bo‘shliq paydo bo‘ladi. Ilm bunday holatlarning ayrim sabablarini izohlashi mumkin, lekin insonning barcha ichki kechinmalarini birgina so‘z bilan tushuntirib bo‘lmaydi.
Qur’oni karimda shunday marhamat qilinadi:
“Ogoh bo‘lingizkim, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom olur”.
(Ra’d surasi, 28-oyat)
Bu oyat inson qalbi uchun muhim bir haqiqatni eslatadi: dunyoviy narsalar insonga vaqtinchalik quvonch berishi mumkin, ammo qalbning chuqur xotirjamligi faqat moddiy ne’matlar bilan o‘lchanmaydi. Inson ba’zan hamma narsaga ega bo‘lib ham bezovta yashashi, ba’zan esa imkoniyatlari kam bo‘lsa-da, qalban xotirjam bo‘lishi mumkin
@dunyo_hayoti_9

October 22, 11:52

Bo’shagan qalblarni, Qur’on bilan to’ldirsa bo’ladi.

October 21, 17:21
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yomon gumon qilish, gunohdan ko‘ra zararli.

October 20, 10:15

Allohim, juda ojizman... Ojizligimni his qilyapman. Bilmadim sababi nima. Gunoh qilsam, kechiryapsan, tavba qilishimga imkon beryapsan. Imkonlaringni qadrini bilolyapmanmi? Men orqali kimdir zarar ko‘rmayaptimi, kimningdir qalbini gullarga to‘ldira olyapmanmi... Barchasini bilasan, bergan sinovlaringga ham O‘zing sabr berasan. Borarim ham Sensan.
Ya Alloh, O‘zingga qaytishimni go‘zal qil. Meni bergan taqdiringa rozi qilgan holda, Sen esa mendan rozi bo‘lgan holda Senga yo‘liqishni nasib qil.
Men shunchaki Sening roziligingni istayman

October 20, 10:13

Allohim bizning dardlarimizni tingla
Duolarimizni eshit va O'zing ularga shifo ber...
Allohim quloqlarimizni bekor so'zlardan, haqorat kalomlardan, gunohkor jumlalardan qutqar...
Qalblarimizni bu kabi so'zlarning qurumlaridan xalos et...
O'zing bizga eng go'zal va halovatbaxsh kalomlarni tinglashni nasib et..

October 17, 16:21

Allohim..
Faqat Sen gunohlarimni kechirding, Faqat Sen ayblarimni berkitding, Faqat Sen yolg'iz qoldirmading, Faqat Sen meni borimcha sevding...

October 16, 12:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Baʼzan yolgʻiz qolib ketasan, seni eshitadigan inson topa olmaysan.
• Doʻstlaring band
• Ota-onang ishlari bilan ovora
• Sevganing esa befarq
• Ammo senga sodiq bir doʻsting hamisha yoningda boʻladi. Unga farqi yoʻq, sen qachon xohlasang seni eshita oladi. Xoh ertalab boʻlsin, xoh kechqurun. “Ya Robbim”, desang bas, bir zumda yoningda boʻlganini his qilasan.
t.me/dunyo_hayoti_9