Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FILOLOG KUNDALIGI 📚

dunyo_klassikasi
Eng yaxshi kitoblarning oʻzi seni tanlaydi... Murojaat va reklama uchun – @filolog_kundaligi_bot
Subscribers
1 128
24 hours
1
30 days
-26
Post views
1 444
ER
128,01%
Posts (30d)
Characters in post
347
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
August 11, 14:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bir gün gideceğim ve bir daha asla geri dönmeyeceğim.
@dunyo_klassikasi

August 07, 14:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugundan akadem•nasr seriyasidagi 15-kitob olam yuzini koʻrdi.
🌷
Ushbu kitobga Dazaining “Botayotgan quyosh”, “Insonlikdan mahrum odam”(avvalroq "Insonlikdan mosuvo" shaklida nashr etilgan), “Olcha” nomli asarlari kiritilgan.
@dunyo_klassikasi

August 04, 09:08
Media unavailable
5
Show in Telegram

Kecha faqat online kitob olib oʻrgangan kamina Toshkent kitob markazi, Qamar kitob doʻkonlarini "ziyorat qildim".
Taʼtil boʻlgani bois odam siyrak. Sotuvchilar xushmuomala, iliq muhit, yangi chiqayotgan kitoblar koʻzni quvontiradi.
@dunyo_klassikasi

August 01, 06:33

​​
1-avgust kuni imtihon topshirmay, grant asosida talaba boʻlganman.
1-avgust dahshatlari ortda qolib ketdi. Bir insonning yillar davomida oʻqigani faqat shu kun yuzaga chiqar edi. Bir kun koʻpchilikning hayotini hal qilib yuborardi. Imtihon topshirish uchun DTM ga borib ruxsatnoma olib kelinardi. Oʻsha kuni aloqa operatorlari ishlamasdi. Shpargalka, telefon olib kirishning ming bir xil usullari ishlab chiqilardi. Kechki, sirtqi, xususiy degan narsalar yoʻq edi. Birgina imkon va kirolmasang yana 1 yillik kutish. Falonchi Toshkentda oʻqiyapti, degan gapning oʻzi katta obroʻ boʻlgan.
5-6 yillab oʻqishga kirish uchun tinmay oʻqiganlarni taniyman. Eng zoʻrlari ham zoʻrgʻa kontraktga ilinib, doʻppisini osmonga otadigan davrlar edi. Kvotalar juda kam, talab katta.
2012-yil maktabni tugatib, akademik litseyda oʻqiganman. Aʼlochi boʻlib borganimda, ularning bilimi oldida meniki hech nima emasligini bilib, moslashib ketishga qiynalganman. Bizda yomon oʻqiydigan oʻquvchini oʻzi yoʻq edi. Eng tupoyi ham tarix darsligini qoʻltiqlab yurardi. Tanaffusda biror zogʻ bekor oʻtirmas, savol-javob, ingliz tilidan shugʻullanardi. Eng muhimi, deyarli hech kim telefonga mukkasidan ketmagandi. Litseyni tugatgach, bizga biror kasbning ustasi degan diplom berilmasdi va albatta OTM ga kirish shart edi. 2015-yil 3-kursni tugatayotgan vaqtim may oyida fan olimpiadasining Respublika bosqichida gʻolib boʻldim va bu OʻzMU ga grant asosida oʻqishga kirishim uchun imtiyoz berdi. Uchta blokdan hech qachon jiddiy tayyorlanmaganman va bitta fanni qattiq ushlasam, shu meni yorugʻlikka olib chiqishiga ixlos qilganman. Chunki test savollari juda qiyin va grant oʻrinlari oldindan toʻlib boʻlar edi. Kursdoshlarimning ham mehnatlari zoe ketmadi, koʻpchiligi oʻsha yiliyoq nufuzli universitetlar talabalari boʻlishdi. Men esa bakalavrni tugatib, magistratura, doktoranturada oʻqidim va oliy taʼlimda faoliyat yurityapman.
Hozirda ismini toʻgʻri yoza olmaydiganlar ham xususiyga kirib, diplom olib ketayotganiga guvohman va shunchaki kulib qoʻyaman))

March 15, 15:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

***
Go‘zalim, sen juda go‘zalsan,
Sachratma har so‘zingdan ilm.
Ming xayoldan boshim og‘rigan,
Bir ayolga tashnadir dilim.
Sovuq, loqayd bo‘lma bunchalik,
Bo‘l sal yashin, bo‘l sal chaqmoqroq.
Bugunchalik aqlli bo‘lma,
Bo‘l sal tentak, bo‘l sal ahmoqroq.
Sen aqlingni namoyish etgach,
Boshimga tog‘ go‘yo quladi.
Bir boshingga ham ko‘rk, ham aql,
O‘lay agar, ko‘plik qiladi.
Qopga solib kaltaklanmoqchi
Juft mushukdek bo‘lib netaylik.
Kel, yo aqling, yo men, yaxshisi,
Xayolingdan chiqib ketaylik.
Matnazar Abdulhakim
@dunyo_klassikasi

March 03, 16:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

Зулфия номидаги Давлат мукофоти билан тақдирлаш тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Қарори
Телеграм каналларимиз
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

February 27, 13:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Modern science and research" nashriyotidan.
@dunyo_klassikasi

February 10, 10:31
Media unavailable
2
Show in Telegram

Bugun
Book.uz
dan hadya keldi. Eʼtibor uchun rahmat!
🌷
@dunyo_klassikasi

January 25, 17:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ким бахтли бўлса, ўша ҳақлидир. Л.Толстой

January 07, 18:21
Media unavailable
9
Show in Telegram

❤️
❤️
❤️