Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Е8, E7, E9 Виза Корея меҳнат

e8vizasi
@Hikmatillo0505 Ustozni tavsiya qilamiz. Eps-Topik (E-9) tayyorlovga murojaat qiling +998-90-200-56-00 Корея қишлоқ хўжалиги Е7 Е8 E9 имтиҳонидан ўтганлар ва энди қатнашмоқчи бўлганлар учун. 👇 👇 https://t.me/joinchat/4mtWOlA5d0k1Y2Ri
Subscribers
4 710
24 hours
10
30 days
140
Post views
894
ER
18,62%
Posts (30d)
39
Characters in post
1 342
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
March 13, 07:01
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌟
Registratsiyaga ro‘yxatdan o‘tish tugadi!
💤
Barchaga omad tilaymiz. Imtihongacha bo‘lgan vaqtni imkon qadar samarali o‘tkazib, koreys tilini xoh pullik, xoh bepul manbalar orqali o‘rganishga harakat qiling.
🌟
Oddiy qilib aytganda, faqat orzugina qilib Koreyaga ketishni kutib o‘tirmagan ma’qul. Imtixongacha vaqt va imkon topib bor vujudingiz bilan tayyorlaning. Maqsad qilgan bo‘lsangiz, albatta. Agar shunchaki eski bilimlar yoki omadingiz sinash uchun topshirgan bo‘lsangiz asosiy qilayotgan ishingizni tashlab qo‘ymay davom ettirgan holda omadingiz sinab ko‘ring.
🌟
Bu sizga vaqtingizni bekorga sarflamaslik, oz bo‘lsa ham daromad qilish va ortiqcha asabiylashmaslikka yordam beradi.
🌟
Imtihongacha esa imkon qadar koreys tilini mustahkamlab boring.
🌟
ESLATMA:
EPS-TOPIK
Imtixonga kirishdan oldin imtixon muhitini his qilmoqchi bo‘lsangiz kanalimiz ilovasi siz uchun
Android EPS-topik
👈
🌟
Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 12, 16:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Statistika
🌟
Koreyada biror chet ellik odam jinoyat qilsa tezda shov-shuv bo‘lib ketadi. Buni ayniqsa O‘zbekiston fuqarosi jinoyat qilganda ko‘p guvohi bo‘lgansiz. Aslida ham chet elliklar Koreyada shunday jinoyatlar ko‘p sodir etishadimi?
🌟
Chet elliklar Koreyada jinoyatlarning atigi taxminan 2% ini amalga oshiradi - ammo OAVda ularning ulushi ancha yuqori ko‘rinadi
Janubiy Koreyada chet ellik aholining soni oshib bormoqda, ammo statistika ularning jinoyatlardagi ishtiroki nisbatan pastligini ko‘rsatmoqda. Shunga qaramay, jamoatchilik fikri ko‘pincha boshqacha qabul qiladi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilga kelib «chet ellik rezidentlar» soni — bu toifaga mamlakatda 90 kundan ortiq yashovchi chet elliklar, tabiiylashtirilgan fuqarolar va ularning farzandlari kiradi — 2,58 milliondan oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich bo‘lib, mamlakat aholisi taxminan 5% ini tashkil etadi.
Ushbu ulush oshishiga qaramay, chet elliklarga nisbatan salbiy kayfiyatlar jamoat munozaralarida vaqti-vaqti bilan yuzaga chiqadi. 2025 yil oktabrida prezident Li Je Myon hatto ma’lum millat vakillariga qarshi tarqatilayotgan mish-mishlar va ayblovlarning zararli ekanligi haqida ommaviy ogohlantirish bergan, bunday ritorika mamlakatning xalqaro imidjiga zarar yetkazishini ta’kidlagan.
Ammo jinoyat statistikasi boshqa manzarani ko‘rsatadi. Milliy politsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda turli jinoyatlar uchun 35 296 chet ellik ushlangan. Bu mamlakatdagi umumiy jinoyatlar sonining taxminan 2% ini tashkil etadi. Ko‘p yillar davomida bu ko‘rsatkich taxminan bir darajada qolmoqda: 2012 yildan 2021 yilgacha chet elliklar ishtirokidagi jinoyatlar ulushi 1,3% dan 2,4% gacha o‘zgarib turdi.
🌟
Sotsiologlar raqamlar va jamoatchilik qabul qilishi o‘rtasidagi tafovutni shunday tushuntiradilar: ko‘plab koreyslar kundalik hayotda chet elliklar bilan kamdan-kam uchrashadi. Garchi chet elliklar allaqachon butun mamlakat bo‘ylab yashasa-da, ularning taqsimoti notekis qolmoqda. Migratsiya va kadrlar tayyorlash tadqiqotlari markazi tadqiqotiga ko‘ra, 2023 yilda faqat 127 shahar va tumanlarda — ma’muriy hududlarning taxminan 55% da — chet elliklar ulushi 5% dan oshgan.
Bundan tashqari, chet ellik ishchilar ko‘pincha bir necha sohalarda jamlangan. Koreya Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, chet ellik ishchilarning deyarli 44,9% ishlab chiqarishda band. Shuning uchun ko‘plab koreyslar, ayniqsa ushbu sohalarda ishlamaydiganlar, chet elliklar bilan kam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqada bo‘lib, asosan yangiliklar va ommaviy axborot vositalari orqali fikr hosil qiladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aynan ommaviy axborot vositalari bunday qabulni kuchaytirishi mumkin. Masalan, 2016 yilda Seul milliy universitetining ishi shuni ko‘rsatdiki, o‘sha paytda chet elliklar taxminan 0,9% jinoyatlarni amalga oshirgan bo‘lsa-da, ular haqidagi yangiliklar barcha jinoyat nashrlarining 7,7% ini tashkil qilgan. OAVda koreyslarning taxminan 3% jinoyatlari, ammo chet elliklarning taxminan 26% jinoyatlari yoritilgan.
Shu sababli ko‘plab mamlakat aholisi chet elliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ayniqsa qotillik yoki jinsiy zo‘ravonlik kabi kategoriyalarda, miqyosini ortiqcha baholashga moyil.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar hatto «hamdardlik» bilan yoritilgan yangiliklar ham stereotiplarni kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Korean Journal of Broadcasting and Telecommunication Studies jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, muhojirlar yordamga muhtoj yoki qiyin vaziyatda bo‘lgan sifatida tasvirlangan hikoyalar ularni ijtimoiy jihatdan zaif yoki qaramli sifatida qabul qilishga olib kelishi mumkin.
🌟
Shunday qilib, ommaviy axborot vositalarida chet elliklar ko‘pincha tahdid yoki qurbon obrazida ko‘rsatiladi. Tadqiqotchilarning fikricha, har ikkala yondashuv integratsiyaga yordam berish o‘rniga ijtimoiy masofani oshirishi mumkin.
Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 11, 13:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#eps_topik_2026
🇰🇷
Koreya Respublikasida ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun
9-mart
kuni boshlangan
EPS-TOPIK
imtihoniga onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni
12-mart soat 24:00 ga qadar
davom etadi.
📊
11-mart soat 18:00
ga,
8
000 nafar
nomzod ariza topshirdi.

Agar siz ham Koreyada ishlashni maqsad qilgan bo‘lsangiz, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
❗️
Shoshiling
®
uzmigration
🌟
ESLATMA:
EPS-TOPIK
Imtixonga kirishdan oldin imtixon muhitini his qilmoqchi bo‘lsangiz kanalimiz ilovasi siz uchun
Android EPS-topik
👈
🌟
Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 09, 15:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌟
2026 yilgi EPS-TOPIK uchun Ishlab chiqarish va Servis 1 sohalariga registratsiya qilganlardan ko‘p savollar kelyapti.
Asosiy savollar registratsiya payti familiya yoki ismda harflar tushib qolish holatlari.
🌟
ONE ID dan registratsiya qilganingizda asosiy maʼlumotlaringiz to‘g‘ri avtomatik joylangan bo‘ladi
🌟
Xato kirgizib qo‘yganlar registratsiya natijalari chiqqanda (jiton) yana bir bor tekshirib olasiz. Shunda ham xatolik turgan bo‘lsa imtixon payti imtixon natijalar chiqquncha o‘sha yerda to‘g‘irlatib olishingiz kerak. Koreya saytida Imtixon natijalari chiqqandan keyin ham xatolik bo‘lsa keyin kech bo‘ladi.
🌟
Avvalgi yillarda shu tartibda bo‘lgan, yangilik kiritilsa
@epskorea1
kanalimizda  chiqaramiz.
Registratsiya qilayotganlar shaxsiy maʼlumotlaringizni shoshmay to‘g‘ri kirgizing!
🌟
ESLATMA:
EPS-TOPIK
Imtixonga kirishdan oldin imtixon muhitini his qilmoqchi bo‘lsangiz kanalimiz ilovasi siz uchun
Android EPS-topik
👈
🌟
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Tanlov va shartnoma guruhi
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 09, 07:03
Media unavailable
1
3
Show in Telegram

#eps_topik_2026
🚨
MUHIM E’LON
🇰🇷
EPS-TOPIK imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
💻
Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida
(ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida)
ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar
quyidagi havola orqali
ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin
👇
🔗
https://xorijdaish.uz/service/employee-korea
🗓
Ro‘yxatdan o‘tish sanasi:
9–12-mart, 2026-yil.
🏭
Ishlab chiqarish sohasi —
1500
nafar
🍽
Xizmat ko‘rsatish-1 (mehmonxona va oshxona ishlari) —
500
nafar nomzod SPAS elektron bazasiga kiritilishi rejalashtirilgan.
📌
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi video qo‘llanma va infografikada batafsil ko‘rsatilgan.
📝
Nomzodlarga
talablarni
👉
bu postda
👈
o‘qing.
⚠️
E’tibor bering:
ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish, talabga mos kelmaydigan foto yuklash, pasport ma’lumotlarida xatolik qilish
ro‘yxatdan o‘tish jarayonining muvaffaqiyatsiz yakunlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
❗️
Shu bois ishtirokchilardan jarayonni diqqat bilan, belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish so‘raladi.
®
uzmigration
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Tanlov va shartnoma guruhi
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 09, 06:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ushbu
👈
eʼlon bo‘yicha bugun 9 martdan 12 mart kunigacha Koreya Respublikasiga E9 vizasi bo‘yicha Ishlab chiqarish va Servis sohalariga registratsiya bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Avvalgi yillardagi
👈
registratsiya kabi bu yil ham boshlanish vaqti cho‘zilmoqda.
Asosiy sabablardan biri bugun qo‘shimcha dam olish kuniligi yoki registratsiya sayti bo‘yicha ish to‘liq yakunlanmagan.
Ko‘pchilik kutayotganini hisobga olib Rasmiylardan qo‘shimcha maʼlumot kutib qolamiz
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Tanlov va shartnoma guruhi
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 07, 16:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🌟
Janubiy Koreya chet ellik bolalarning ota-onalari uchun qolish muddatini uzaytirdi
🌟
Janubiy Koreya Adliya vazirligi mamlakatda yashovchi chet ellik bolalarning ota-onalari uchun qolish muddatini uzaytirish bo'yicha yangi siyosatni e'lon qildi.
🌟
Yangi qoidaga ko'ra, agar chet ellik bola Janubiy Koreyada tug'ilgan yoki mamlakatga yoshligida kirgan bo'lsa va boshlang'ich, o'rta yoki o'rta maktabda qonuniy yashash maqomiga ega bo'lsa, endi ularning ota-onalari yoki vasiylariga bola 24 yoshga to'lgunga qadar Janubiy Koreyada qolishga ruxsat beriladi.
🌟
Ilgari ota-onalarga bola 19 yoshga to'lganidan yoki o'rta maktabni tugatganidan keyin bir yilgacha qolishga ruxsat berilgan edi.
🌟
Hukumatning ta'kidlashicha, siyosat chet ellik bolalarni universitetga, ishga yoki kasb-hunar ta'limiga tayyorgarlik ko'rishda qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, ularga Koreya jamiyatiga moslashish bilan birga oilaviy yordamni davom ettirish imkonini beradi.
🌟
Siyosat 2026-yil 26-fevralda kuchga kirdi va 2026-yil 6-martda rasman e'lon qilindi.
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Tanlov va shartnoma guruhi
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 06, 16:04
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

📆
Bugun Ishlab chiqarish sohasiga bo‘layotgan tanlovning 3-kuni
Shu bilan ishlab chiqarish sohasiga tanlov 9 mart dushanbadan davom etadi.
10 mart seshanba oxirigi tanlov kuni.
Xursandchiligini baham ko‘rayotganlarga rahmat aytamiz. Uzoq kutilgan jarayon boshqalarga ham yaxshi ruhiyat beradi.
Tanlanayotganlar yo‘q emas, bundan ham ko‘pdir.
Tanlanishni kutayotganlarga duodamiz, omadingizni bersin
🤲
Tanlov jarayonini kuzatish uchun
⬇️
⬇️
⬇️
Tanlov va shartnoma guruhi
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 05, 09:06
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#eslatma
🇰🇷
EPS-TOPIK 2026!
Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining
O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi
haqida
xabar bergan edik.
🗓
EPS-TOPIK 2026
— onlayn ro‘yxatdan o‘tish
9–12 mart
kunlariga rejalashtirilmoqda!
(9-mart kuni havola va video yo'riqnoma beriladi)
🛂
E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish)
📌
Talablar:
▪️
Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
▪️
18 yoshga toʻlgan
(2008-yil 9-mart sanasidan oldin tugʻilgan)
hamda 40 yoshga toʻlmagan
(1986-yil 10-mart sanasidan keyin tug‘ilgan)
▪️
Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.
📎
Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak?
✔️
Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi
(laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format)
;
✔️
3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm
(fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format)
;
✔️
Faol telefon raqami;
✔️
Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti
(to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida)
⚠️
Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.
Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar.
®
uzmigration
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Tanlov va shartnoma guruhi
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024

March 04, 13:38
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Е9 визасига Ишчи танловнинг 1 чи куни ҳам якунига етди.
🌟
Маълумот ўрнида
Шахсий кабинетни яхши тушунмаганлар учун эслатма
🔸
Шахсий кабинетида 1 чи йилги тасдиқ муддати тугаб 2 чи йилги тасдиқ ҳам бошланган бўлса, расмдагидек юқорида доира ичида 1 ва 2 рақамлари пайдо бўлади.
🔸
Тўғридан тўғри шахсий кабинетга биринчи кирганизда ўтган 1 чи йилги тасдиқ саналари турган бўлса (доирага олиб қўйганимиз) 2 рақами устига босиб ойнани алмаштириб олинг.
🔸
Шунда сиз 2 чи йил учун худди шундай бошқа ойна очилиб реал жараёнларни кузатиб боришингиз мумкин.
🔸
Агар 1 рақами босилган ҳолда тураверса расмдаги ҳолатда аввалги йилги маълумотнигина кўрасиз.
Бунда сизга шартнома чиқса ҳам билолмай қоласиз
. Шартнома чиқса 2 босилган ойнада чиқади.
Барчага омад тилаймиз!
2026Koreyaga ketuvchilar
2026 Servis1 guruh
@epskorea1
⬅️
@ishborkoreya1
⬅️
@e8vizasi
⬅️
Tanlov va shartnoma guruhi
Koreyaga borib kelganlar
Koreyaga borib kelganlar 2025
Ishlab chiqarish 2024