Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

BUXORO viloyat Kengashi

eco_partiya
O'zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi rasmiy kanali Manzil: Buxoro shahri, Piridastgir ko'chasi 13-uy Murojaat uchun ishonch telefoni: +998954018080
Subscribers
1 784
24 hours
-6
30 days
-774
Post views
244
ER
13,68%
Posts (30d)
237
Characters in post
699
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 25, 11:17
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş, xalqimiz farovonligi va xotirjamligini ta’minlaşda içki işlar organlari xodimlarining xizmati beqiyosdir. Ularning fidoyiligi, mas’uliyati va kasbiga sadoqati jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Şuningdek, atrof-muhit muhofazasi, ekologik huquqbuzarliklarning oldini oliş, tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş borasida ham içki işlar organlari xodimlarining sa’y-harakatlari alohida e’tirofga loyiq.
Özbekiston Ekologik partiyasining köp ming sonli jamoasi nomidan barça soha xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etaman! Şarafli va mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, oilalaringizga baxt-saodat tilayman.
Doimo el-yurt işonçi va hurmatida böling!
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
📹
You Tube

October 23, 14:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Buxoro_Ekopartiya
#Munosabat
TILGA E'TIBOR — ELGA E'TIBOR
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan özbek lotin alifbosini takomillaştirişga doir qonunning imzolanişi davlat tilimizni rivojlantiriş hamda yozuv madaniyatini takomillaştiriş borasidagi yangi muhim qadam bölib hisoblanadi.
Alifbomizdagi yangi özgarişlarni amaliyotga tatbiq qilişda keng jamoatçilik, davlat taşkilotlari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalarining özaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki mazkur yangi jarayonda aholiga zarur tuşuntirişlar beriş, imloviy qoidalarni keng tarğib qiliş ham zarur bölib hisoblanadi, qolaversa, alifbomiz millatimizning ma’naviy özligi, tarixiy xotirasi va madaniyatini ifoda qiluvçi muhim vositalardan biri hisoblanadi.
Demak, yangi özbek alifbosi özbek tilining nufuzini oşiriş, uni bugunning talablari asosida rivojlantiriş hamda kelajak avlodga boy ma’naviy meros sifatida yetkazişda barçamiz birdek mas’ulmiz.
Jahongir Şaripov
,
Özbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat Kengaşi raisi örinbosari, Xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati
.
Bizga obuna bo’ling
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
@Eco_partiya
ecouz.uz

October 23, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

DIQQAT EʼLON!
Ertaga, 24-oktabr kuni, Buxoro davlat texnika universiteti rektori, Özbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat Kengaşi raisi, Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengaşi deputati
Siddiqova Sadoqat Ğafforovnaning
sayyor qabuli bölib ötadi.
Manzil
: Ğijduvon tumani, Ğişti mahallasi, 2-sonli umumtaʼlim maktabi.
Vaqti:
soat 10:00 dan 12:00 gaça.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning,şu jumladan yoşlarning murojaatlari, ta'lim olişi, kasb örganişi, bandlik masalalari böyiça taklif va muammolari tinglanadi. Barça fuqarolarni sayyor qabulda faol iştirok etişga taklif etamiz!
Bizga obuna bo’ling
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
@Eco_partiya
ecouz.uz

October 23, 12:36
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Buxoro_Ekopartiya
#Eko_debat
FOTOJARAYON
Bizga obuna bo’ling
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
@Eco_partiya
ecouz.uz

October 23, 12:16
Media unavailable
9
Show in Telegram

#Buxoro_Ekopartiya
#Eko_debat
“EKO-DEBAT” LOYIHASINING VILOYAT BOSQIÇI BÖLIB ÖTDI
Mamlakatimizda ösib, voyaga yetayotgan yoş avlodni ekologik ong va madaniyatga ega, har tomonlama barkamol va mustaqil fikrlaydigan, tabiatga mas’uliyatli munosabatda böladigan hamda ijobiy hayotiy pozitsiyaga ega yoşlar etib tarbiyalaş, ularda atrof-muhitga oid masalalarni tizimli tahlil qiliş, mantiqiy fikrlaş va muhokamalarda öz fikrini asoslantiriş qobiliyatlarini rivojlantiriş maqsadida Buxoro davlat tibbiyot institutida
“Eko-debat”
loyihasining viloyat bosqiçi bölib ötdi.
Eko-debatda tuman va şahar bosqiçida ğolib bölgan jamoalar iştirok etib, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, atrof-muhit muammolariga xolis va ongli yondaşa oliş, öz fikrlarini dalillar asosida asoslaş va aniq bayon qiliş könikmalari hamda öz bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Qizğin bahs va munozaralar tarzida ötkazilgan mazkur eko-debat iştirokçi yoşlarning ekologiya va atrof-muhit sohasidagi bilimlarini mustahkamlaş bilan bir qatorda, Ona tabiatga mehr tuyğularini yanada yuksaltirganligi bilan kötarinki ruhda ötkazildi.
Yakuniy natijalarga köra,
Qoraköl tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi birinçi örinni
,
Buxoro tumani jamoasi — Buxoro viloyati “Yaşil” texnikumi öquvçilari ikkinçi örinni
,
Jondor tumanidagi 2-son politexnikum jamoasi esa uçinçi örinni
egalladi. Tadbir yakunida faol iştirok etgan jamoalar taşkilotçilarning esdalik sovğalari va taşakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Bizga obuna bo’ling
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
@Eco_partiya
ecouz.uz

October 23, 11:23
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

KADRLAR TAYYORLAŞ MASALASI MUHOKAMA MARKAZIDA
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş masalalari qömitasi tomonidan
Iqlim özgarişi oqibatlarini kamaytiriş va “yaşil” iqtisodiyotga ötişni tezlaştiriş masalalari böyiça komissiya
bilan hamkorlikda
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş yönalişidagi dolzarb masalalar
muhokamasiga bağişlangan uçraşuv ötkazildi.
🚨
BATAFSIL
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube

October 23, 10:08
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Kogon_shahar
#Aksiya
EKOLOGIK MADANIYAT — TOZA ATROF-MUHIT GAROVI!
Kogon şahar partiya taşkiloti
hamda
Kogon şahar texnikumi
hamkorligida talaba-öquvçilar iştirokida atrof-muhit tozaligini ta’minlaş va ekologik madaniyatni yuksaltirişga qaratilgan
çiqindilarni yiğiş aksiyasi
ötkazildi.
Aksiya davomida hududdagi çiqindilar yiğiştirilib, atrof-muhit tozalandi hamda obodonlaştiriş işlari amalga oşirildi.
Bizga obuna bo’ling
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
@Eco_partiya
ecouz.uz

October 23, 09:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Nahotki
Tabiiy yeçim: moringa uruği suvdagi mikroplastiklarni kamaytirişga yordam berişi mumkin
✅
Telegram
|
✅
Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube

October 23, 07:47
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Jondor_tumani
#Murojaat
Jondor tuman partiya taşkiloti tomonidan tumandagi
“Tinçlik” MFY hududida jamoatçilik nazorati
ötkazildi.
Örganiş davomida mahallada yaşovçi fuqaro tomonidan yöl yoqasida şox-şabbalar va daraxt yaproqlarini yoqiş holati aniqlandi. Mazkur holat joyida bartaraf etilib, fuqaroga şox-şabbalar va daraxt yaproqlarini yoqiş atrof-muhitning ifloslanişiga, havoga zararli tutun tarqalişiga hamda yonğin xavfining yuzaga kelişiga sabab bölişi tuşuntirildi.
Şuningdek, hududlar tozaligini saqlaş, çiqindilarni belgilangan tartibda yiğiş va olib çiqiş hamda ekologik talablarga rioya etiş yuzasidan tegişli tavsiyalar berildi.
Bizga obuna bo’ling
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
@Eco_partiya
ecouz.uz

October 23, 06:55
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Qorovulbozor_tumani
#Murojaat
Qorovulbozor tuman partiya taşkiloti
tomonidan Imom Buxoriy MFY
hududida
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi
hamda
“Tozalik va ozodalik”
oyligi doirasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan jamoatçilik örganişi ötkazildi.
Örganiş davomida hududdagi obodonlaştiriş işlari, yaşil maydonlarning holati, ekilgan köçatlarni parvarişlaş hamda tozalik va ozodalikni ta’minlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar közdan keçirildi.
Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, hududning sanitariya holatini yaxşilaş va köçatlar parvarişiga alohida e’tibor qaratiş yuzasidan mas’ullarga tegişli körsatmalar berildi.
Bizga obuna bo’ling
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
👇
@Eco_partiya
ecouz.uz