
Farg'ona viloyat Kengashi
#Ekologik_fakt
🗣
Qog‘ozlarning qariyb 40 foizi faqat qadoqlash (korobkalar, paketlar) uchun sarflanadi.
💬
Xalqaro statistika ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan qog‘oz va karton mahsulotlarining
katta qismi (ba'zi manbalarga ko‘ra 40% dan 55% gacha)
aynan qadoqlash (korobkalar, gofrirovka qilingan qutilar, paketlar va o‘rash materiallari) uchun sarflanadi.
⏺
Dunyoda yillik qog‘oz va qog‘ozboard (karton) istе'moli 430 million tonnadan oshadi.
⏺
Statistikaga ko‘ra, qadoqlash maqsadlari (jumladan, transport korobkalari va chakana paketlar) global qog‘oz sanoatining eng yirik segmenti bo‘lib, qariyb
40% dan 55% gacha
ulushni tashkil etadi.
⏺
Elektron tijorat (online-xaridlar) va plastik qadoqlardan ekologik toza muqobillarga o‘tish jarayoni bu ko‘rsatkichning yildan-yilga oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
🗣
Mahalla hayoti — deputat e’tiborida
✅
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi a’zosi
Javlon Abdullayev o‘rganishlari davomida
joylarda bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan
mahalla yettiligi a’zolarining ish faoliyati
bilan yaqindan tanishdi.
💬
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mahallalarda mavjud masalalar va aholini tashvishga solayotgan muammolarni aniqlashdan iborat.
⏺
Mahalla yettiligi bugun fuqarolarning kundalik hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal etish, aholining ehtiyojlarini o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj insonlar bilan ishlash hamda hududlarda ahillik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Shu bois mahalla vakillarining faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning ish tajribasi va kundalik faoliyatida uchrayotgan masalalarni o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
🟢
Mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, hududlar ozodaligini ta’minlash, yashil maydonlarni asrash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarning oldini olish va aholining atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini shakllantirish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bu borada mahalla faollari, tegishli tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
😄
Deputatning joylardagi faoliyat bilan bevosita tanishishi xalq bilan muloqotni mustahkamlash, hududlardagi mavjud masalalarni o‘rganish va aholi manfaatlariga daxldor muammolarga e’tibor qaratish imkonini beradi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
Prezident Olimpiadasi – iqtidorli yoshlarni kashf etib, chempionlar va rekordchilarni tayyorlash, farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiluvchi imkoniyatlar maydoni.
—
Президентская Олимпиада – пространство возможностей, способствующее раскрытию талантов молодых спортсменов, подготовке будущих чемпионов и рекордсменов, воспитанию здорового, волевого, самостоятельно мыслящего поколения.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
«Inson uchun eng bebaho boylik – uning salomatligi. Shu bois, inson salomatligini asrashni islohotlarimizning eng muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilaganmiz».
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Самое бесценное богатство человека – его здоровье. Поэтому заботу о здоровье людей мы определили одним из важнейших направлений наших реформ».
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#Bogdod_tumani
#Murojaat
Oshxona faoliyati ekologik nazorat tartibida o‘rganildi
✅
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi A. Abdurahmonov hamda tuman Ekologiya inspeksiyasi boshlig‘i T. Beknazarov hamkorligida hududdagi oshxona faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida oshxonada to‘plangan chiqindilarni saqlash va belgilangan tartibda olib chiqib ketish holatlariga e’tibor qaratildi.
Chiqindilarni tartibsiz to‘plash atrof-muhit ifloslanishiga va sanitariya holati yomonlashishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi.
Mas’ullarga chiqindilarni belgilangan joylarda saqlash, o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda oshxona atrofida tozalikni ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
#Quvasoy_shahri
#Yosh_ekologlar
“Yashil makon” — yashil kelajak sari birgalikda!
✅
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Quvasoy shahar Kengashi raisi S.Xolmirzayev tomonidan tumandagi yosh ekologlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida yoshlarning ekologiyaga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, daraxt ko‘chatlarini ekish va ularni parvarishlash, yashil hududlarni kengaytirishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
#Dangara
#Eko_Reyd
♻️
Eko-reyd: maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish nazoratda
✅
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Dang‘ara tuman Kengashi raisi M. Abduxalilov tomonidan hududlarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati nazoratga olindi.
Eko-reyd davomida
fuqarolar tomonidan bildirilgan talab va murojaatlar o‘rganilib, maishiy chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish masalasiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, “Toza Hudud” tashkiloti xodimlariga chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash hamda aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlash joizki, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish nafaqat hududlar ozodaligini ta’minlash, balki atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini asrashda ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada mas’ul tashkilotlar o‘z vazifalarini vijdonan bajarishi, fuqarolar manfaatlarini ustuvor bilishi hamda xalq ishonchini oqlashi zarur.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
#Quvasoy_shahri
#Ayollar_klubi
Ekologik madaniyat — kelajak uchun mas’uliyat
✅
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Quvasoy shahar Kengashi tomonidan ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik bilimlarni o'quvchi-yoshlarga keng targ‘ib etish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Suhbat davomida ekologik ta’limning ahamiyati, yosh avlodda tabiatga mehr va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish, atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik muammolarning oldini olish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
#Toshloq_tumani
#Murojaat
✅
Özbekiston Ekologik partiyasi Toşloq tuman Kengaşi raisi O. Nazirxöjayev, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati hamda Kengaş kotibiyati mudiri M. Qoraboyeva, kotibiyat boş mutaxassisi M. Mahmudov hamkorligida 22-son maktabgaça ta’lim taşkilotida ekologik reyd ötkazildi.
Reyd davomida muassasa hududining sanitariya holati, obodonlaştiriş işlari, tozalikni saqlaş, çiqindilarni töğri boşqariş hamda bolalar uçun yaratilgan ekologik xavfsiz muhit holati örganildi.
Şuningdek, tarbiyalanuvçilarda ekologik madaniyatni şakllantiriş, tabiatga mehr va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni tarbiyalaşga qaratilgan işlar yuzasidan fikr almaşildi.
Örganiş yakunida maktabgaça ta’lim taşkilotida tozalik va obodonlaştiriş işlarini yanada yaxşilaş, bolalar uçun soğlom va xavfsiz muhitni ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
#Quvasoy_shahri
#Aksiya
Sog‘lom qizlar — sog‘lom kelajak poydevori!
✅
Quvasoy shahrida qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, salomatlikni asrash va sog‘lom hayot tamoyillarini keng ommalashtirishga qaratilgan aksiya tashkil etildi.
Aksiya orqali yosh avlod, xususan, qizlarning salomatligiga e’tibor qaratish, ularning sog‘lom hayot kechirishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda kundalik hayotda foydali odatlarni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.
Zero, sog‘lom turmush tarzi — farovon hayot, mustahkam salomatlik va porloq kelajakning muhim asosidir. Sog‘lom va faol yoshlar esa jamiyat taraqqiyotining tayanchidir.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram