Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toshkent shahar Kengashi

ecopartytoshkent
O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashining telegramdagi rasmiy kanali. Murojaat uchun: +99895 603 01 01 Ishonch telefon raqami: +99855 503 45 22
Subscribers
3 160
24 hours
100
30 days
-370
Post views
24
ER
0,95%
Posts (30d)
320
Characters in post
851
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 28, 03:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
Xayrli tong, ona shahrim!

🇺🇿
🇺🇿
Доброе утро, родной Ташкент!
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
|
Web-site
|
Telegram-bot

April 27, 16:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

Barcha kuch va imkoniyatlar aniq ustuvor yo‘nalishlarga safarbar etiladi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi plenumida partiya faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni aniq ustuvor yo‘nalishlarga safarbar etish zarurligi qayd etildi.
Bunda:
-
mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish
ishlarini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish zarur. Buning uchun targ‘ibot ishlari umumiy chaqiriqlar bilan cheklanmasdan, aniq manzilga qaratilgan, aholining turli qatlamlarini qamrab oladigan tizimga aylantirilish;
- jamiyatda ekologik qonunbuzarliklarga nisbatan
murosasiz munosabat
ni shakllantirish;
-
mahallalarda ekovolontyorlar harakatini shakllantirish
va uni kengaytirishga alohida e’tibor qaratish. Ayniqsa, yoshlarni ushbu jarayonga faol jalb etish orqali tabiatni asrab-avaylashni ommaviy tusga olib chiqish.
- yoshlar bilan ishlashda yangicha yondashuvlarni joriy etib, ular o‘rtasida
sog‘lom turmush tarzi va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish
ni kuchaytirish;
- partiya tashkilotlari, deputatlar va mas’ul xodimlar hududlarda ekologik muammolarni joyida o‘rganishi hamda ularni hal etishda
mutasaddi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish
;
- har bir hudud kesimida mavjud ekologik muammolarni aniqlash, ularni tizimlashtirish va
ma’lumotlar bazasini yaratish orqali aniq va amaliy takliflar ishlab chiqish
ni izchil amalga oshirish;
- xotin-qizlar bilan ishlashni kuchaytirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va
“Ekologiya va salomatlik” ayollar klublari yo‘nalishidagi tashabbuslarni yanada rivojlantirish
;
-
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish
orqali partiya faoliyatiga ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish.
Shu bilan birga mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari faoliyatini yangi sifat bosqichiga olib chiqish muhim yo‘nalishlardan biri ekanligi qayd etildi.

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube

April 27, 14:22
Media unavailable
5
Show in Telegram

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi
Bgun O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashining navbatdagi plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi faoliyati muhokama qilinib, kelgusi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda dastlab, O‘zbekiston Ekologik partiyasining 2026-yil I chorak faoliyati yakunlari bo‘yicha
ma’lumot berildi.
Batafsil:
👉
https://ecouz.uz/news/799

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube

April 27, 11:20
Media unavailable
3
Show in Telegram

🏢
Qonun loyihasi veterinariya xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida
davlat veterinariya nazoratini takomillashtirishga qaratilgan
qonun loyihasi birinchi ko‘rib chiqildi.
🚨
BATAFSIL
🏢
Veb-sayt
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook|
📱
YouTube
|
📱
Instagram|
📱
X
|
🔄
ParlamentTV_RADIO
|

Yoshlar parlamenti

April 27, 08:08
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Chilonzor_tumani
#Jamoatchilik_nazorati
Xalqlar Do‘stligi mahallasidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati U. Rasulov hamda Chilonzor tuman Kengashi deputati D. Isxakovlar “Xalqlar Do‘stligi” mahalla aholisi tomonidan kelib tushgan murojaat asosida hududda o‘rganish ishlarini olib bordi.
Mazkur o‘rganish jarayonida Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi raisi S. Fayziyeva, partiyaning Chilonzor tuman Kengashi raisi M. Tursunova, mahalla raisi, “yettilik” a’zolari hamda faol fuqarolar ishtirok etdi.
O‘rganish davomida bir qator dolzarb muammolar aniqlandi. Xususan, mahalla hududidagi yashil maydonlarni sug‘orish maqsadida aholi tomonidan sun’iy lotoklar barpo etilgani natijasida ko‘p qavatli uylarning pastki qismida suv to‘planishi holatlari kuzatilmoqda. Ushbu muammoni hal etish yuzasidan deputat D. Isxakov tomonidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, ayrim ko‘p qavatli uylar atrofida fuqarolar tomonidan yashil hududlar tashkil etilgan bo‘lsa-da, ushbu hududlarga suv yetib bormayotgani aniqlandi. Mazkur masalani bartaraf etish maqsadida deputat U. Rasulov tomonidan zarur quvurlarni yetkazib berish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, mahalla ichki yo‘llarining yemirilgani fuqarolar va transport vositalari harakatida noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda muammolar to‘liq bartaraf etilgunga qadar deputatlar tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi alohida ta’kidlandi.
Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
|
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

April 27, 07:39
Media unavailable
3
Show in Telegram

#Sergeli_tumani
#Ekosana
Yoshlar bilan ekologik targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sergeli tuman partiya tashkiloti raisi Zoir Sodiqov tomonidan 32-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida ekologik sanalar mazmun-mohiyati, ularning ahamiyati hamda bugungi kunda atrof-muhitni asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, bahor faslida ob-havoning isib borishi bilan bog‘liq ekologik omillar, yashil hududlarni asrash va kengaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ekologik masalalarga oid fikr va takliflari tinglandi.
Mazkur uchrashuv yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.
Ekopartiya Toshkent shahar Kengashi matbuot xizmati
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
|
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤

April 27, 06:53
Media unavailable
3
Show in Telegram

🔴
#Live
#Fraksiya_yigilishi
Axborot texnologiyalari orqali sodir etiladigan huquqbuzarliklarni aniqlashga yordamlashganlar rag‘batlantiriladi
Axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida dasturiy ta’minot va texnik vositalar orqali amalga oshiriladigan hamda axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanib kibermakonda sodir etiladigan, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli g‘ayrihuquqiy qilmishlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda.
Fraksiyamizda ko‘rib chiqilgan qonun loyihasiga ko‘ra bunday huquqbuzarliklarni aniqlashda barcha yurtdoshlarimiz vakolatli o‘rganga yordamlashishi mumkin.

Fuqarolar axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida davlat organlariga ko‘rsatgan yordami uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moddiy rag‘batlantirilishi mumkin.

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube

April 27, 06:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔴
#Live
#Fraksiya_yigilishi
Davlat veterinariya nazorati takomillashtiriladi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining
“Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Mazkur qonun loyihasida davlat veterinariya nazoratini takomillashtirish bo‘yicha bir qator normalar o‘rin olgan.
Ma’lumki, xorijda chorvachilik va parrandachilikda biologik faol ozuqa moddalardan foydalanish ancha kengaygan. Bu moddalar ta’siri go‘sht bilan birga odam organizmiga o‘tganda ham ta’sirini yo‘qotmay, semirish kasalligini kuchaytiradi. Mazkur holatning yurtimizda ham kuchayishini oldini olish maqsadida qonunchilikka o‘zgartirish kiritilmoqda.

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube

April 27, 06:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔴
#Live
#Fraksiya_yigilishi
Yigʻilishida
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻaligi vaziri Sh. Xidoyatovga «Aholi punktlariningshaharsozlik hujjatlariga shaharsozlik faoliyati subyektlaritomonidan rioya etilishi ustidan davlat arxitekturanazoratini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarto‘g‘risida» parlament so‘rovini yuborish masalasi muhokama qilindi va ma’qullandi.

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube

April 27, 06:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔴
#Live
#Fraksiya_yigilishi
Ayni daqiqalarda
O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi
bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda bir qator muhim qonun loyihalari muhokama qilinmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting. Yig'ilishda muhokama etilayotgan qonun loyihalari haqida ma’lumot berib boramiz.

Telegram
|

Facebook
|
🌐
Instagram
|
🌐
Web site
|
📹
You Tube