Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

ecopoytaxt
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasining rasmiy sahifasi Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot https://instagram.com/ekopoytaxt https://www.facebook.com/tashkentecology
Subscribers
1 781
24 hours
1
30 days
3
Post views
237
ER
13,31%
Posts (30d)
93
Characters in post
860
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 12, 13:26
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Sergeli-2 mavzesida, “Korzinka” va “Texnomart” savdo majmualari oralig‘ida joylashgan “Svejо” nomli sharbat sotish shoxobchasi atrofidagi hudud betonlashtirilgani yuzasidan kelib tushgan murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
Ekopolitsiyasining Sergeli tumani bo‘limi xodimlari
tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur hududda beton qoplama yotqizilganlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mazkur hudud bo‘yicha
Sergeli tumani hokimining 2026-yil 22-iyuldagi 100-14-201-Q/26-son qarori
hamda ushbu qarorning 1-ilovasi — “Sergeli tumani hududida jamoat transporti oraliq bekatlarini tartibga solish hamda ulardan maqsadli foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mavjudligi aniqlandi.
Bundan tashqari, obyekt bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi
Davlat reyestridan ko‘chirma
mavjudligi ma’lum qilindi.
Aniqlangan holat yuzasidan tegishli hujjatlar o‘rganilib, vakolat doirasida huquqiy baho berish va qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish ishlari olib borilmoqda.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

September 12, 10:45
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

RASMIY MUNOSABAT
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Guliston ko‘chasida daraxtlardan birining atrofi betonlanganligi va natijada daraxt qurib qolganligi yuzasidan murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat tuman hokimligi tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, mas’ullar joyiga chiqarildi. Holat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, daraxtlar atrofi yumshatildi hamda ularning holatini yaxshilash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Murojaat yo‘llagan va ushbu masalaga befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorlik bildiramiz.
Sizning murojaatingiz — muammoni o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etishga xizmat qiladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Web-site
📸
facebook
💬
instagram
📹
youtube

September 12, 10:03
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

Daraxt ildizlarini beton qoplamadan tozalash bo‘yicha murojaat o‘rganildi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yunusobod tumani 19-mavzesida, 6- va 7-uylar oralig‘idagi yo‘lda daraxtlarning ildiz qismi beton bilan qoplab tashlangani yuzasidan murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yunusobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib, holat o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan holat tuman obodonlashtirish xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Jumladan, daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamalar olib tashlandi.
Shuningdek, mazkur huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rildi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook

September 11, 09:49
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Termizning qum va chang bo‘ronlariga chidamliligini oshirish masalasi muhokama qilindi
Toshkent shahrida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP) tomonidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi bilan hamkorlikda Termiz shahrining qum va chang bo‘ronlari (SDS) hamda ular bilan bog‘liq havo ifloslanishiga chidamliligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/217944
Обсуждены вопросы повышения устойчивости города Термеза к песчаным и пылевым бурям
В городе Ташкенте Программой ООН по окружающей среде (UNEP) совместно с Национальным комитетом по экологии и изменению климата было проведено мероприятие, посвящённое вопросам повышения устойчивости города Термеза к песчаным и пылевым бурям (SDS) и связанному с ними загрязнению воздуха.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/217944
Termez’s resilience to sand and dust storms discussed
An event dedicated to strengthening the resilience of Termez to sand and dust storms (SDS) and related air pollution was held in Tashkent by the United Nations Environment Programme (UNEP), in cooperation with the National Committee on Ecology and Climate Change.
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
X
|
📱
Linkedin

September 11, 04:34
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

♻️
Chiqindidan elektr energiyasi olishga doir loyihalar yanada jadallashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish, ularni qayta ishlash va elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari
taqdim etildi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/217819
♻️
Проекты по производству электроэнергии из отходов будут ускорены
Президенту Шавкату Мирзиёеву
были представлены
инвестиционные проекты по совершенствованию системы управления отходами, их переработке и производству электроэнергии.
https://gov.uz/ru/eco/news/view/217819
♻️
Waste-to-energy projects to be accelerated
President Shavkat Mirziyoyev
was presented
with investment projects aimed at improving the waste management system, recycling waste and electricity generation.
https://gov.uz/en/eco/news/view/217819
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
X
|
📱
Linkedin

September 10, 15:15
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

TA’ZIYA!
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi xodimi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘ldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirzo Botirov 9-sentabr kuni tungi soat 23:00 da Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd tadbiri davomida elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgan huquqbuzarlarning qarshiligiga uchragan va natijada suvga tushib ketgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida bugun, 10-sentabr kuni inspektorning jasadi topildi.
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi jamoasi Mirzo Botirovning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Ayni damda marhumning oila a’zolariga zarur moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, Mirzo Botirov umrini atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishladi. U ning tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunchilik talablarini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari hamda ko‘rsatgan jasorati munosib baholanib, u “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan vafotidan so‘ng taqdirlanadi.
Mirzo Botirovning xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanadi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |
🌐
Instagram |
🌐
Facebook

September 10, 11:07
Media unavailable
2
1
Show in Telegram

Reyd tadbirlari davomida
Shayxontohur tumani, Oqlon MFY, K. Darvoza ko‘chasida suyuq chiqindilarni belgilanmagan joyga to‘kish holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
Ekopolitsiyasining Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari
tomonidan fuqaro
X.M.ga
nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning
91¹-moddasi
asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |
🌐
Instagram |
🌐
Facebook

September 10, 11:00
Media unavailable
2
1
Show in Telegram

Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash holati yuzasidan kelib tushgan murojaat Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
Ekopolitsiyasining Mirobod tuman bo‘limi xodimlari
tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro aniqlanib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning
91¹-moddasi
bilan bayonnoma rasmiylashtirildi hamda
3 BHM miqdorida jarima
qo‘llanildi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |
🌐
Instagram |
🌐
Facebook

September 10, 10:57
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Reyd tadbirlari davomida
Shayxontohur tumani, Chorsu MFY, Beruniy ko‘chasida yashil hududga avtomobil transport vositasini joylashtirish holati aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro
S.U.ga
nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 95-moddasiga muvofiq bayonnoma rasmiylashtirilib,
1 BHM miqdorida jarima
qo‘llanildi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |
🌐
Instagram |
🌐
Facebook

September 10, 10:31
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Yashnobod tumanida ekologik huquqbuzarlik aniqlandi
Yashnobod tumani, “Yosh avlod” mahallasi hududida belgilanmagan joyda ochiq alanga hosil qilgan fuqaro aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Aniqlangan huquqbuzarlik holati bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqaroga nisbatan jarima chorasi qo‘llanildi.
———
🍀
Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram |
🌐
Instagram |
🌐
Facebook