
Zaspoiler
Шарқона мумтоз адабиётнинг гегемон жанри - «ғазал» ҳақида.
«Ғазал» - арабча атама бўлиб «аёлни севиш» маъносини англатади. Бундан келиб чиқадики, «ғазал» асосан ошиқнинг маъшуқасига бўлган номаларини қофияга тушириб баён этишидир.
«Ғазал» жанри дастлаб VI-VII асрларда араб поэтикасида пайдо бўлган. Шарқона, хусусан, Ўрта Осиё шеъриятида XIII-XIV асрларга келиб тўлақонли камол топган.
Ғазал ҳажман энг камида уч байтдан, кўпи билан ўн тўққиз байтгача етиши мумкин. Аммо, йигирма етти байтдан ташкил топган ғазаллар ҳам топилади. Ғазалнинг боши «матла», ёинки, «мабда» деб, сўнги эса «мақта» деб аталади. Агарда, иккинчи байтнинг мисралари ҳам ўзаро қофияланса «зеби матла», «ҳусни матла» дейилади. Ғазал «матла»дан то «мақта»гача бир хил вазнда ёзилмоғи зарур. Баъзи ғазалларнинг «мақта»сидан уни ёзган ижодкорнинг тахаллуси ўрин олади. Дастлабки ғазалларда бу одат шаклланмаган, кейинчалик ғазал сўнгида тахаллус ила байт битиш одат тусига кирган.
Ғазаллар ўзаро тўрт мустақил турга ажралади:
-пароканда ғазаллар;
-якпора ғазаллар;
-воқеабанд ғазаллар:
-мусалсал ғазаллар.
Маъно жиҳатидан эса, ошиқона, орифона ҳамда риндона ғазаллар мавжуд.
Форс адабиётида ғазал дастлаб Рудакий ижодида учраса-да, Саъдий Шерозий ижодида тўла шаклланиб, Ҳофиз Шерозий ижодида батамом чўққига чиққан. Ўзбек адабиётида дастлабки ғазаллар Носириддин Бурҳониддин ўғли Рабғузийнинг «Қиссаси Рабғузий», Ҳофиз Хоразмийнинг «Муҳаббатнома» асарларида учрайди. Кейинчалик, Саккокий, Сайфи Саройи, Атойи, Юсуф Амирий, Алишер Навоий ва бошқа кўплаб ижодкорлар ғазал жанри ривожига ўз ҳиссаларини қўшишган. Замонавий адабиётимизда Чўлпон, Эркин Воҳидов сингари ижодкорлар ғазал битган.
Филология талабаси
Toʻxtamurod Rustam "Kapalaklar oʻyini" romani tahlili haqida ovozli chat | Jamoliddin Yoqubov bilan
🤩
https://t.me/adabiyot_nazariyasi1?livestream
Bugungi tilimizda “Kimsan” so‘zi ikki xil ma’noda; birinchisi “O‘zing kimsan?” deb so‘rash ma’nosida, ikkinchisi kishining ismi ma’nosida ishlatiladi. Bu so‘zni ism ma’nosida ishlatganimizda ham, asosan, so‘rash mazmunidagi “kimsan?” ma’nosida tushunamiz.
Nahotki, ajdodlarimiz chaqaloqqa “Sen o‘zi kimsan?” deganday Kimsan degan ism qo‘yishgan bo‘lsa deya ajablanamiz. O‘tmishda ham, hozir ham “Kimsan” ismi xalqimiz orasida mavjud. Biroq bu so‘zning kishi ismi sifatida qo‘llanishiga, ehtimol, boshqa narsa sabab bo‘lgandir. So‘rab-so‘rab Makkani topishibdi deganlariday, Kimsanning kimligini “Navoiy asarlari lug‘ati”dan aniqladik. Unda izohlanishicha, “kimsan” (“kimson”) – oltinga o‘xshash sariq yaltiroq modda (bronza), uni maydalab narsalarga oltin tusli bo‘yoq berish uchun ishlatishgan ekan.
Ki, kimsandin oltunni farq aylagay,
Qizil tobadin kunni farq aylagay.
Alisher Navoiy (“Saddi Iskandariy” dostonidan)
Shuningdek, tilimiz tarixida “kimsanlig‘” (“kimsonlig‘”) degan so‘z ishlatilib, u kimsan (bronza) bilan hallangan, yaltiroq ma’nosini bildirgan. Demak, “Kimsanboy” shunchaki “kimsan” emas, u oltin bo‘lmaganda ham, oltinga o‘xshash sariq yaltiroq modda.
Lazar Budagov lug‘atida “kimsan” so‘zi arab yozuvida “kimson” deb ko‘rsatilib, “kimsen”, “kimsend” shakllarida berilib, u chig‘atoycha bo‘lib, “oltin rangli teri”, “shishani bo‘yaydigan oltin rangli bo‘yoq" deb izohlangan.
●Eshqobil Shukur, "Bobosoʻz izidan"
@efemerida_adabiyoti
Yangi nashri eʼtiborimni tortgani sababli "Oʻtkan kunlar"ni qayta oʻqidim. Oxirgi marta oʻn yillar oldin oʻqigandim. Hozir asardagi ayollar obrazi eʼtiborimni tortdi. Butun asarda birorta esi butun ayol yoʻq. Qoʻpol qilib aytganda, hammasi tovuqmiya. Erlar…
Yangi nashri eʼtiborimni tortgani sababli
"Oʻtkan kunlar"
ni qayta oʻqidim. Oxirgi marta oʻn yillar oldin oʻqigandim. Hozir asardagi ayollar obrazi eʼtiborimni tortdi. Butun asarda birorta esi butun ayol yoʻq. Qoʻpol qilib aytganda, hammasi tovuqmiya. Erlar tomonidan xotinlariga past nazar bilan qaraladi, ularning gapi jiddiyga olinmaydi. Oʻzbek oyim, Oftob oyim, Kumush, hech birida zarra qadar intellekt koʻrinmaydi. Oʻsha davrdagi zamona zaylini hisobga olsak, ayollardan buni talab qilish xato oʻzi.
Ularning orasida eng yaxshisi
Zaynab
. Juda yaxshi inson boʻlgani uchun ham unga hamma jabr qildi. Kumush esa ayyor tulki edi. Asar ommalashganidan beri
Kumush
ismi doim urfda boʻldi,
Zaynab
ismi esa ancha kam. Oʻquvchilar ham negadir doim Kumushni ulugʻlab, Zaynabni qoralaydi. Holbuki Zaynabning hech kimga qasdi yoʻq edi.
Zaynab ota-onasining rizoligi bilan erga tegdi. Toʻydan keyin Otabek unga qaramasa ham, alohida yotsa ham, tuzuk soʻz aytmasa ham sabr qildi. Kumushdan aynitishga harakat qilmadi. Taqdiriga koʻnib, oʻz hayoti bilan yashab yuraverdi. Kumush esa Toshkent kela solib Otabekni Zaynabni taloq qilishga undadi. Xalq soʻzi bilan aytganda, togʻdan kelib bogʻdagini quvdi.
Koʻzguga qarab turib, Zaynabni oʻzidan chiroyli deb hisoblagan va hasadiga chidolmay, alamini olish uchun uyda odam yoʻqligidan foydalanib Zaynabning xonasiga kirgan, birinchi boʻlib kundoshlik zahrini sochgan ham Kumush. Ota-onasi, hatto eri ham Margʻilonga qaytib ketishini istab turganda, Zaynabni taloq qildirish uchun atay Toshkentda qolgan ham Kumush. Meni yaxshi koʻradi, shu bois koʻp janjal qoʻzitsam erim aybni Zaynabdan koʻrib uni taloq qiladi deb Zaynabning tinch roʻzgʻorini buzgan ham Kumush.
Har doim moʻmin-qobil farzand boʻlgani bois ota-onasi tomonidan siylanmagan, erga tegib eridan mehr koʻrmagan, uni shu uyga olib kelgan qaynonasi Kumush tomonga ogʻishidan jabr koʻrgan, adolatsizlik, tengsizlik qurboni boʻlgan, Kumush tomonidan doimiy provakatsiyaga uchragan esa Zaynab.
Xarakter jihatdan Kumush yengiltabiatroq. U ming makr bilan boʻsh-bayov Otabekni ming maqomga oʻynatib keldi. Kumush shaytonning urgʻochisi. Ilk bor bu hovliga adashib kirib qolgan Otabekka koʻz suzishidan boshlab, to oʻlim toʻshagida yotganda ham Otabekning Zaynabni taloq qilganini eshitib koʻzlari ochilishi, yengil tortishigacha shuni koʻrishimiz mumkin. Zaynab esa tabiatan ma'sum, bezarar, sodda, koʻnuvchan. Unga tegishmasa u ham hech kimga tegmasdi. Xulosa qiladigan boʻlsam, Kumush asardagi salbiy qahramon. Zaynab esa uning jabrdiydasi. Qiz koʻrsangiz ismini Zaynab qoʻying.
@salimov_blogi
#bobosöz_izidan
Ayollar bo'yniga taqadigan munchoqni yaxshi bilasiz...
"Kitob at-tuhfa"da munchoq so'zi bonchuq shaklida beriladi va ayni shu shaklda munchoq so'zining tub ildizini ko'rish mumkin. Ya'ni bonchuq so'zi bo'yinchiq so'zining o'zgarganidir.
Tilimiz tabiatida b tovushi bilan m tovushining almashib turish hodisasi ko'p kuzatiladi. Masalan, buni so'zini goho muni deymiz. Murch so'zi aslida burch bo'lgan. Xuddi shu kabi tilimizda bo'yin so'zi mo'yin deyiladi. Bu hozirgacha ba'zi shevalarimizda bor. Yana bir narsaga e'tibor qilish kerak: hozirgi imlomizga ko'ra biz munchoq deb yozamiz, lekin ko'p hollarda bu so'z mo'nchoq deb talaffuz qilinadi va shu shaklda asliga yaqin bo'ladi.
Xullas, munchoq so'zi "mo'yinga – bo'yinga taqiladigan taqinchoq" ma'nosidan kelib chiqqan.
@efemerida_adabiyoti
Ishtirok va e'tiboringiz uchun rahmat!
Lost in Translition
Oz mamlakati sehirgari