
𝗠𝗮𝗿𝗷𝗼𝗻𝗮𝘅𝗼𝗻 || 𝗘𝘀𝘀𝗲—𝘆𝗼𝘇𝗺𝗮 𝘀𝗮𝘃𝗼𝗱𝘅𝗼𝗻𝗹𝗶𝗸
Shaxsiy fikrimni qanday yozaman?
Ko'pchilik essening shaxsiy fikr qismini yozishda qiynaladi:
1️⃣
Shaxsiy tarafdorlik qilayotgan tomon aniq bo`lmay qoladi.
2️⃣
Fikrni isbotlash uchun berilgan argumentlar takrorlanadi.
3️⃣
Yoki argument berilmay, faqat tavsiya, yechim, maslahatlardan iborat bo'ladi.
4️⃣
Fikrlar umumiy mazmunda bo'lib, mavzudagi muammo ochilmay qoladi.
Yuqoridagi kamchiliklar "Nizom"ning 1-bo`limi 2-bandidan ball ayrilishiga sabab bo`ladi. Essening qimmati tushadi va 70+ esse talablariga javob bermaydi.
27-aprel, I smena, esse mavzusi:
Ayrimlar davlat aholining kambag'alligining oldini olishda davlat mas'ul deyishsa, boshqalar har kim o'z muammolariga o'zi yechim topishi kerakligini aytishadi.
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
26-aprel II smena esse mavzusi:
Ba'zilar butun umr davomida bitta ish o‘rnida ishlashni afzal deb biladi. Rivojlanayotgan zamonda esa ayrim insonlar ish joyini tez-tez almashtirib turish yanada samaraliroq, deb hisoblaydi.
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
26-aprel I smena esse mavzusi:
Ayrimlar moliyaviy barqarorlikka erishish uchun davlat tashkilotlarida ishlash lozim ekanligini ta'kidlasa, ba'zilar tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish lozim deb hisoblaydi.
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
✍️
25-aprel, 1-smena esse:
So‘nggi yillarda ta’limdagi muammolarni hal etish maqsadida malakali xorijiy mutaxassislar jalb etilmoqda. Bu masala turli qarashlarga sabab bo‘lmoqda:
• Ayrimlar ularning til egalari sifatida xorijiy tillarni samarali o‘rgatishini ta’kidlaydi.
• Boshqalar esa ularga mahalliy mutaxassislarga nisbatan yuqori maosh berilayotganidan norozi.
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
Kirish qismning 1-jumlasi:
✅
Mavzuga aloqador umumiy fikr bilan boshlash:
Masalan:
Reklama zamonaviy tadbirkorning sotuv quroli hisoblanadi.
✅
Mavzudagi qarama-qarshilikni ko'rsatish bilan boshlash.
(universal usul)
Masalan:
Bugungi televideniya va ijtimoiy tarmoqlar orqali namoyish qilinayotgan reklamalar, xususan, oziq-ovqat e'lonlariga turlicha qarash mavjud.
✅
Mavzuga aloqador maqol, hikmatli so'z, sitata berib boshlash.
Masalan:
"Ko'pni ko'rgan ko'p bilar" deganlaridek, bugungi zamonaviy axborot vositalarida namoyish qilinayotgan reklamalar orqali ko'p ma'lumotlarga ega bo'lmoqdamiz.
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
Kirish qism qanday yoziladi?
1-jumla:
umumiy gap
2-,3-jumla:
mavzuni o'z so'zingiz bilan hikoya qilish (perefreyz)
4-jumla:
tezis (shart emas!)
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
❌
Kirish qismda mumkin emas:
1) perefreyz bilan boshlash;
2) kiritmalar bilan boshlash (Ma'lumki, ...; Darhaqiqat,...);
3) shaxsiy tomonni kirishda berish;
4) mavzu matnini aynan ko'chirish;
5) dalil keltirish.
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
Assalomu alaykum, xayrli kech, yaxshilar
🌷
Kim kirish qismini yozishda qiynaladi?
Izohga yozib qoldiramiz!
Manzil:
@esse_namunalari1
🪻
Live stream finished (38 minutes)