Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

“FACTOR BOOKS” nashriyoti

factorbooks
"Factor books" nashriyotining telegramdagi rasmiy sahifasi 🤩 Badiiy, tarjima va ilmiy adabiyotlarning eng saralari 📚 🎯 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga havola: 👉 http://myurls.co/factor.books ✅ Kitob do'konimiz: https://t.me/factor_books
Subscribers
1 088
24 hours
-1
30 days
4
Post views
222
ER
20,4%
Posts (30d)
28
Characters in post
471
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Books
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 25, 09:55
Media unavailable
4
Show in Telegram

🎉
Oʻgʻuz Ataydan navbatdagi kitob !
#kitobdan
“Hayot – mulohazalarni o‘zida ushlab turadigan bir qamoqxona. Inson – jonga tekkan bir soch tutami, men esa aqlsiz bir robotman xolos”.
📖
TEZ KUNDA - sevimli kitob doʻkoningiz factor booksda !
@factor_books
📚

October 24, 05:50
Media unavailable
3
Show in Telegram

#kitobdan
Kechir meni, Alixon. Seni qanday bo‘lsang, shundayligingcha sevaman. Biroq sening dunyongdan qo‘rqaman. Axir men, sening Ninong, sen nafratlanadigan Yevropaning bir qismiman...
📖
“Ali va Nino”
✍🏻
Qurbon Said
💰
45.000 so’m
☎️
Buyurtmalar uchun:
@factorbooks_info
+998 95 035 95 11
@factor_books
📚

October 23, 06:50
Media unavailable
4
Show in Telegram

#kitobdan
To‘rtta oq tobut ortilgan mashina temir darvozalardan sekin kirib kelguncha oradan soatlab vaqt o‘tdi. Mashinalar qabrlar chetida to‘xtaganida barcha nigohlar o‘sha tomonga qadaldi. Tobutlar birin-ketin olib chiqildi. Ulardan uchtasi odatdagi hajmda, oxirgisi esa kichkina edi.
U ushbu nizoda halok bo‘lgan begunoh bola – Danielga tegishli edi. U o‘zi ishtirok etmagan urushning qurboni edi...
📖
“Qaysar”
✍🏻
Mustaqim Jiva
💰
65.000 so‘m
☎️
Buyurtmalar uchun:
@factorbooks_info
+998 95 035 95 11
@factor_books
📚

October 22, 03:50
Media unavailable
5
Show in Telegram

🎉
TEZ KUNDA !
Ortiq meni himoya qiladigan kimsa qolmadi, otajon, chunki ikkalangiz ham vafot etdingiz. Mana, endi men ham yolg‘izman, yolg‘izligimni bilish uchun esa ko‘p hollarda ko‘zlarimni bir nuqtaga, bo‘shliqqa qadaganimda, shu xom g‘ishtli kulba borasida tobora jiddiyroq o‘ylayman. Men bu qora sifatli ziyolilarga aslo o‘xshamayman, ota, ularga qarshiman va samimiyligingiz tarafidaman. Ba’zi kitoblar sababli fikrlarim biroz chalkashgan bo‘lsa-da, bugun menda ham samimiyligingiz borligiga umid qilaman. Shunga qaramay oxir-oqibat sizga butunlay o‘xshab qolishdan qo‘rqaman, ota. Alaloqibat men ham sizdek o‘lamanmi?
📖
“Otamga xat”
✍🏻
O‘g‘uz Atay
Tez kunda - Factor booksda !
@factor_books
📚

October 21, 03:45
Media unavailable
3
Show in Telegram

Afsuski, yaxshi bo’lishiga umid qilganimiz sari, xayollarimiz chippakka chiqmoqda..
💔
📖
“Zamonga yengilma”
✍🏻
Xalis Karabenli
💰
29.000 so’m
☎️
Buyurtma uchun:
@factorbooks_info
+998 95 035 95 11
@factor_books
📚

October 20, 12:41
Media unavailable
5
Show in Telegram

🥰
📚
Kitobxon do’stingizga yuborib qo’ying
✈️
☎️
Buyurtmalar uchun:
@factorbooks_info
+998 95 035 95 11
@factor_books
📚

October 17, 06:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎉
TEZ KUNDA!
#kitobdan
U kulbasiga qaytib kirib, xotiniga qahr bilan dedi:
– Sotadigan nimaiki qolgan bo‘lsa, hammasini sotib yuboraman. Keyin yana o‘z tuprog‘imga qaytaman! Agar qari otam bo‘lmaganida, ochlikdan o‘lsak ham yuraverardik. Ammo u bilan kichkina bolamiz yuz mil yo‘lni qanday bosib o‘tadi? Yana sen ham bu yuking bilan yo‘lga qanday yaraysan?..
Shu paytda O-lan kosalarni suv bilan chayayotgandi. Ularni kulba burchagiga taxlab qo‘ygach, boshini ko‘tardi va cho‘kkalab o‘tirgan joyidan Vang Lungga qaradi. Ayol past ovozda dedi:
– Qizimizdan boshqa sotiladigan hech narsamiz yo‘q...
📖
“Serhosil zamin”
✍🏻
Pierl Bak
☎️
Buyurtmalar uchun:
@factorbooks_info
+998 95 035 95 11
@factor_books
📚

October 14, 03:03
Media unavailable
6
Show in Telegram

🌿
“Yer beradi, yer oladi... Ammo insonning tuproqqa bo‘lgan muhabbati hech qachon so‘nmaydi.”
🏆
Nobel mukofoti sovrindori Pierl Bakning ushbu shoh asarida oddiy Xitoy dehqonining ziddiyatli taqdiri, boylik va qashshoqlik o‘rtasidagi kurashi hamda yerga bo‘lgan sadoqati aks etadi. Bu shunchaki bir oila tarixi emas - bu inson ruhining matonati haqidagi doston.
📖
Sizningcha, taqdir sinovlariga dosh bergan inson yer so‘ziga quloq tutganda nima sodir bo‘ladi?
🎉
TEZ KUNDA !
“Serhosil zamin” kitobi
☎️
Buyurtma uchun:
@factorbooks_info
+998 95 035 95 11
@factor_books
📚

October 13, 07:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

#kitobdan
- Bir kun tongda uyg’onib: “Nino, sen shunchaki soyasan!”, deyishingdan doimo xavotir olaman. Javob ber: nima sababdan meni sevasan?
- Seni nima uchun sevardim, Nino? Qanday bo’lsang, shundayliging uchun, ovozingni, iforingni, taftingni sevaman. Yana qanday ishontiray? Boringni sevaman. Sevgi bir xil bo’ladi: xoh Gruziyada, xoh Eronda, xohi boshqa yerda bo’lsin…
📖
Ali va Nino
✍🏻
Qurbon Said
💰
45.000 so‘m
☎️
Buyurtma uchun:
@factorbooks_info
+998 95 035 95 11
@factor_books
📚

October 12, 04:05
Media unavailable
4
Show in Telegram

🎉
TEZ KUNDA !
#kitobdan
– Agar qo‘lingda yeydigan biror narsa qolgan bo‘lsa, o‘g‘illarimning onasini qutqarish uchun menga bir hovuch ber. Shunda men seni uyimda o‘g‘rilar orasida ko‘rganimni unutaman. Ching unga uyalib qaradi va bo‘ynini qisgancha dedi:
– O‘sha paytdan beri seni o‘ylab tinchim yo‘q. Seni yaxshi hosilini saqlab yuribdi deb bizni aldab qo‘ygan o‘sha it amakingga quloq solibmiz. Mana shu zolim osmon oldida qasam ichamanki, menda faqat bir hovuchgina qurigan qizil loviya bor xolos. Uni eshigimning tosh ostonasi tagiga ko‘mib qo‘yganman. Xotinim bilan ikkimiz oxirgi soatlarimiz uchun saqlagandik – hech bo‘lmasa, o‘lim oldi tomog‘imizda biroz yegulik bo‘lsin deb. Ammo shuning yarmini senga beraman. Men endi qaridim, o‘g‘lim ham yo‘q. Shuning uchun yashasam ham, o‘lsam ham baribir.
📖
“Serhosil zamin”
✍🏻
Pierl Bak
@factor_books
📚