Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

مع فدرية

fadriyyafarkhod
• Fadriyya Farhodning shaxsiy kanali • Savol, taklif va mulohazalar uchun: @fadriyyaacademy_manager
Subscribers
8 400
24 hours
-9
30 days
-112
Post views
6 543
ER
77,89%
Posts (30d)
4
Characters in post
842
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
August 10, 05:52
Media unavailable
4
Show in Telegram

“Alive” treningi ko’pchiligingizga tanish. Shu kungacha eng ko’p o’quvchi bitirgan (800+) rekordli loyihamiz bo’lgan ekan, o’zim ham yaqinda bildim
😌
Va u bilan vidolashish onlari yaqin.
Umuman loyihalarimni uzoq muddat va doimiy sotmasligim muhim qadriyatlarimdan, bu haqda bir kun aytib berarman..
Hozir muhimroq xabar bor, shu yuzlab ijobiy o’zgarishlarga sababchi bo’lgan, agressiya haqidagi qilganimiz eng kuchli treningga hozirdan boshlab so’nggi
24 soat
qabul. Yana eslataman: boshqa bu treningga sotuv bo’lmaydi
⬆️
suratlarda u qanday muammolarga yechim bera olishi mumkinligini illyustratsiya qildik
Programma va sharhlar bilan menejerlar orqali tanishingiz mumkin, agar qaror bersangiz, eng barakali treningimizga marhamat:
@fadriyyaacademy_manager
@fadriyyaacademy_manager
*yoki + belgisini muhokmalarda qoldiring, Sizga aloqaga chiqishadi

August 06, 11:13

“
Fadriyya, shuncha o’qidim lekin hech narsa o’zgarmagandek, eski hammom eski tos, charchadim, huddi hech qaysi kitob, kurs menga yordam bermaydigandek..
”, kabi hafsalasi pir bo’lgan, og’riq va alamga to’lgan xabarlar olib turaman
Tushunaman.
Qiyin.
O’qib, izlanishga resurslaringni sarflab-sarflab yana kutilmagan muammolar bilan yuzlashish, ulardan qanday chiqib ketishni bilmay qolaverish qiyin..
Biroq bir narsani aniq ayta olaman — o’qiganingiz, izlanganingiz, rivojlanganingiz havoga ketmagan, ketmaydi ham. Har bir harakatingizning hisobi bor. Tirmashib, izlanib, ilm o’rganib muammolarga duch kelish, ularni hal qilish, bunday qilmagandan afzal bo’lib qolaveradi
Ilm/ shaxsiy rivoj mashaqqatlarni inkor qilmaydi , ammo hayotingiz sifatini oshiraveradi, bifazlillah
Sport bilan misol keltiraman:
ilmiy tasdiqlanib bo’lgan fakt — mushaklar inson uchun juda ahamiyatli, ayniqsa qariganingiz sari salomatligingiz va hatto miyangiz faoliyati uchun ular muhim. Paradoks shunda-ki, keksalik bilan mushaklaringiz tezroq kamayadi va ularni tiklab olish qiyinroq bo’lib boradi. Lekin yoshlikdan (deylik 25-35 yoshdan) muntazam sport bilan shug’illanib yurgan bo’lsangiz, 50-60 yoshda sport boshlagandan ruhiy, jismoniy va moliyaviy bosqichlarda ham yengilroq bo’ladi
Ilm, shaxsiyatni o’stirish ham shunday. Siz hozir mashaqqat bilan, noumidliklar-u hafsalasizliklar, turli xil bahonalarni yengib qilayotganingiz tanlov albatta samarasini beradi
Yanada ko’proq xursand qiladigani, ruhlantiradigani bilasizmi nima?
Bu harakatlaringiz bu dunyo uchungina sarmoya emas, balki abadiyatingiz uchun qutqaruvchi jamg’arma bo’la oladi
Miyamiz pozitivdan ko’ra negativni ko’rishga moyilroq, zero bu hayotimizni asrab qolishga, energiyani tejashga yordam beradi. Ammo shayton uchun bu yaxshi instrument ham, shu xoslik orqali u harakatlaringiz, rivojingizni ma’nosiz, arzimas, foydasizdek ko’rsatishni xush ko’radi. Bu depressiya tomon tekin chipta olishdek gap
Ammo Robbimiz shu miyamizning o’zida bu mexanizmlarni boshqarish uchun qudrat va imkoniyatlar berdi, aql-idrok ato etdi. Biz Unga suyanib, natijani Ungagina topshirib, U beradigan oqibatlarga taslimiyat ila yondashib, qila oladiganimiz harakatlardan to’xtamay haqiqiy tavakkulga erishamiz. Bizga qolgani shu

August 06, 06:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎉
9-10-11-sinflar uchun GRANT
Rahimov School
iqtidorli, bilimga chanqoq o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun Ibn Sino va Lokomotiv filiallarida grant e'lon qildi.
Imtihonni 4 bosqichda o'tkazamiz:
• Matematika
• Ingliz tili
• Insho
• Suhbat
⚡️
Qachon?
• 11-avgust, 9:00
📍
Qayerda?
• Ibn Sino maktabi binosi
• Lokomotiv maktabi binosi
👉
Ro'yxatdan o'ting:
forms.gle/Wo6DfzVGSHq1YvGQ7
@RahimovSchool

July 30, 14:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎓
Farzandingiz dunyodagi
TOP
universitetlarda to'liq grantda o'qishini xohlaysizmi?
Rahimov School
sizning bu orzuyingizga yetishishda yordamlashmoqchi.
🏆
Dunyoning eng TOP universitetlari:
• Harvard — TOP #5
• Rice University — Amerikada TOP #10
• Hong Kong University — TOP #11
da o'qiydigan o'quvchilar hamda maktab asoschisi Aziz Rahimov bilan seminar bo'lib o'tadi.
9-10-11-sinf farzandingiz bo'lsa:
• Harvardgacha yo'l
• TOP universitetlarni qanday portfoliolarni qabul qiladi?
• Qaysi sohani tanlash kerak?
• Universitetlar nomzodlarni nimaga qarab saralaydi?
kabi bir qancha muhim mavzularni gaplashamiz.
Quyidagi havola orqali maxsus kanalga qo'shiling va seminarga ro'yxatdan o'ting:
👉
@TopUniversitetlarSari_RS

June 30, 13:56

Rosululloh alayhissalom:
“Kishiga har bir eshitgan narsasini gapiraverishning o’zi gunoh uchun yetarli”
, deganlar
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan
So’nggi vaqtlar ij. tarmoqlarda ko’p ko’rishlar (просмотр) yeg’ish uchun qaysi mavzu qiziqroq bo’lsa, o’shanda hamma bilgan-bilmaganini gapirishi odat tusiga kirib ulgurganini payqadim. Ko’z yumish mumkin bo’lgan mavzular ko’p, ammo diniy masalalar ular qatoriga kirmaydi. Juda katta auditoriyasi, ta’sir kuchi bor, hatto ta’lim beradigan kishilar yo’q hadislarni Rosululloh alayhissalomdan deyishlari, shariat belgilamagan qoidalarni Islomdan, deb ta’kidlashlari ham o’zlari uchun, ham biz uchun jiddiy, qo’rqinchli masala
Biz bularga qarshi qila oladigan ishlar:
1. Davomiy ilm olish va uni to’g’ri manbaalardan olish
2. Bilmaganimizni, amin bo’lmaganimizni, dalil ko’rmaganimizni dindan/ hadisdan, deb gapirmaslik
3. Bilganimizni yaxshilab o’ylab, kimga, qanday vaziyatda aytayotganimizni tahlil qilib, o’rni kelgandagina gapirish

June 24, 12:29

“
Real hayotga kelganda o’qiganlaring ishlamidi
”, “
kitobdagi narsalar amalda qo’llashga to’g’ri kelmidi
”, “
hali hayotinda bo’ganda ko’ramiz
”, kabi gaplarni ta’kidlashni xush ko’radigan insonlar na arzigulik o’qigan, na asosli ilmi bor, na biror fanni yaxshi biladigan bo’lishmaydi odatda. Bunday bahonalar esa o’z joxilligi, mas’uliyatsizligini oqlash uchun eng qulay vositalardangina bo’ladi
Ammo oqibatda ziyonda kim?
Mana shu barcha nuqtalarni qo’yadigan savol
Ilm olishingizga nisbatan zarracha bo’lsa ham ruhsizlantiradigan, rivojingizni qadrsizlaydiganlarning so’zlari bir qulog’inzgizdan kirib ikkinchisidan chiqishi — o’zingiz uchun qiladiganingiz katta yaxshilik bo’ladi

June 20, 03:50
Media unavailable
10
Show in Telegram

Bu masalalarning barchasi “Oila: bugun” seminarida batafsil yoritilgan
Qabul 21-iyunga qadar
Yozilish uchun:
@fadriyyaacademy_manager

June 19, 15:20
Media unavailable
10
Show in Telegram

Bu mavzularning barchasi “Oila: avval”, seminarida yoritilgan
Qabul 21-iyungacha
Yozilish uchun:
@fadriyyaacademy_manager

June 19, 06:18

Bir munosabatlar bor, ular sog’lom bo’lsa juda ko’p muammolarni oldini olish mumkin. Ularning nosog’lomligi esa butun boshli tizimni, boshqa insonlarning hayotini ham zaharlay oladi
Alloh bu munosabatlarni O’z Kalomida bir necha bor zikr etgan.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning aynan shu munosabatdagi insonlari eng sevimli insonlari edi.
Xoh qiz bo’lsin, xoh o’g’il, farzand tarbiyasiga asos shu munosabatlardan bosh oladi.
Afsus, (aksar) ta’lim muassasalarida hali-hanuz sog’lom munosabat qurish, to’g’ri kommunikatsiya o’rnatish, kelishmovchilik paytlari qanday yo’l tutish lozimligi o’rgatilmaydi
Natijada inson tug’ilgan oilasida qanday andoza olgan bo’lsa, o’sha bilan yangi oilasiga qadam qo’yib ham eski xatolarga yo’l qo’yaveradi. Tushunmovchiliklar, arazlar, alamlar yeg’ilganda yeg’ilib, davomiga zurriyotlar ham ularni o’zlari bilan yangi oilalar va avlodlariga meros qilib olib ketishadi
Bu zanjirni uzuvchi kuchni Robbimiz ilm, fahm, hikmatga bog’lab qo’yganiga cheksiz hamd bo’lsin
Biz qaysi oilada tug’ilishimizni, qanday munosabatlarni andoza qilib olishimizni tanlay olmaymiz. Ammo agar bu borada biror noqislik ko’rsak uni tuzatish, xatolarni oldini olish tanlovini qila olamiz. Demak, bunda javobgarligimiz ham bor
Munosabatlar bizning mentalitetda eng kam urg’u beriladigan mavzulardan, deb bilaman. Ayniqsa er-xotin munosabatlarida tortinishlar, chalkashliklar ko’p. Lekin ular insonning psixikasiga, aniqrog’i motivatsiya tizimiga kuchli ta’sir qiladi. Shuning uchun bu mavzuni o’rganish ahamiyati yanada ortaveradi
Hayotingizda eng muhim rolni egallaydigan insonni tanlash, tanlab bo’lgan bo’lsangiz u bilan sog’lom munosabatlar qurish uchun sarmoya tikishga intiling. Bu harakatlaringiz samarasi Alloh fazli ila albatta bir necha (balki yuz/ ming) barobar bo’lib qaytadi
Nimadan boshlashni bilmasangiz, hozir qabuli ochiq “Oila” seminarlari foydali instrumentlar bo’lib xizmat qila oladi, inshaalloh
Mavzular bilan tanishing va Sizga mos kelsa bu imkoniyatdan albatta foydalaning
Qabul 21-iyunga qadar
Barcha savollar bilan murojaat uchun:
@fadriyyaacademy_manager
@fadriyyaacademy_manager

May 27, 08:53
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Qurbon Hayitingiz muborak bo’lsin!
Alloh barcha solih amallarimizni qabul aylab, Jannatda jamlanishni nasib etsin
🤍