Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Fan va Mantiq

fan_va_mantiq
Koinot chegarasi bormi? Vaqt aro sayohat qilish mumkinmi? Qora materiya nima? Fan va Mantiq kanali orqali siz shu kabi savollarga javob topishingiz mumkin
Subscribers
851
24 hours
3
30 days
-10
Post views
4 202
ER
4,94%
Posts (30d)
Characters in post
1 819
October 29, 08:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

«Workout» (Тренировка) paradoksi!
«Workout» paradoksi haqida eshitganmisiz? Unga ko‘ra
siz sport bilan shug‘ullansangiz ham, shug‘ullanmasangiz ham kun davomida bir xil kaloriya sarflaysiz
. Albatta «Workout» uchun siz ko‘p kaloriya ishlatasiz.
Unda «Workout» qilmasangiz bu kaloriya qanday sarf qilinadi?
«Workout» qilmasangiz, yurak, miya, immunitet va boshqa
organlar o‘ta agressiv ishlashni boshlaydi.
Keragidan ortiqcha quvvatga ega
yurak meʼyoridan ko‘p urishni boshlaydi. miya esa g‘azab, nafrat kabi salbiy hissiyotlarga ko‘p energiya ajratadi,
sizni baqirishga, stolni urib sindirishga majburlashi mumkin
😁
.
immunitet esa viruslarga qarshi o‘ta agressiv jang olib boradi.
Bu xuddi bitta snayper bilan yo‘q qilinishi mumkin bo‘lgan virusni, bir necha million dollarlik ballistik raketa orqali yo‘q qilishga o‘xshaydi. Ha, har ikkala holda ham tanangiz viruslardan xalos bo‘ladi. Lekin ikkinchi holda tanangizdagi raketa zarbidan qolgan krater va vayronalar ancha vaqt, hatto butun umr saqlanib qolishi mumkin.
Agar «Workout» bilan siz o‘zingizdagi kaloriyani bir qismini sarflab yuborsangiz, yurak o‘zidagi cheklangan energiya bilan effektivni ishlashni boshlaydi, miya esa har xil salbiy hislarga energiya sarflamaslikga o‘rganadi (stolingiz sinmaydigan bo‘ldi
😄
). immunitet esa viruslar bilan tejamkorlik bilan jang qiladi va tanangizda uzoq muddatli vayronalar qoldirmaydi.
Har ikki xolda ham siz bir xil energiya sarf qilasiz, ammo «Workout»siz, sizdagi energiya sizni zararingizga ishlaydi.

August 12, 05:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nega hafta yetti kundan iborat.
Insoniyat tomonidan yaratilgan barcha taqvimlar kun, hafta, oy va yildan iborat qilib tuzilgan. Taqvimlarning bunday ajratish g‘oyasi qadimgi yunon olimlariga tegishli. Ular
taqvimni ajratishni oy va quyoshning astronomik harakatlari asosida amalga oshirishgan.
Bir kun
- Yerni o‘z o‘qi atrofida to‘liq bir aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt.
Bir oy
- Oyning yer atrofida to‘liq bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt
Bir yil
- Yerning quyosh atrofida to‘liq bir aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt.
Unday bo‘lsa bir hafta nima asosida olingan?
Qadimgi yunonlar osmondagi qo‘zg‘almay bir joyda turuvchi yulduzlarga nisbatan harakatlanadigan osmon jismlarini
«Planetes»
deb nomlashgan va ularga yettita shunday jismlari maʼlum bo‘lgan. Ular:
Oy, quyosh, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn. Va shu yetti
«Planetes»
ga atab haftani yetti kunga ajratishgan.
Ko‘plab g‘arb tillarida hafta nomlanishida buni isbotini ko‘rish mumkin. Masalan Ingliz tilida.
Shanba - Saturday
(Ingliz tilda
day - kun
namosini beradi, demak Saturday -> Satur
n
day - Saturn kuni)
Yakshanba - Sunday
(Ingliz tilida
Sun - Quyosh
. yaʼni Quyosh kuni)
Dushanba - Monday
(Yoki Mo
o
nday,
Moon - Oy
namosini anglatadi. yaʼni Oy kuni)
Boshqa hafta kunlarining nomlanishida ham shu qoida saqlanib qolgan. Bu kabi qonuniyatni Ispan va Italyan tillarida ham ko‘rish mumkin.
Kalendar to‘laligicha astronomik jismlarni kuzatish orqali tuzilgan

August 08, 09:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Isitma haqida.
Asrlar davomida isitmaga yoqimsiz holat sifatida qaralgan va insonlar Isitma chiqishi bilan uni tezroq yo‘qotish uchun turli xil dorilar ichishga odatlanishgan. Har bir ota ona, har bir bemor, har bir doktor va har bir dori ishlab chiqaruvchi korxona
isitmani yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan muammo sifatida ko‘rib kelgan.
Bunday qarashga 1927 yilda Vagner-Yauregg ismli nemis psixiatri tomonidan barham berildi.
Yuliy Vagner-Yauregg - og‘ir neyrosifilisl kasalligi bilan og‘rigan bemorlar bilan ishlardi, bu davo choralari ko‘rilmasa inson o‘limiga olib keluvchi virusli nevrologik kasallik hisoblangan, kasallikka chalingan har 10 bemorning bor yo‘g‘i 3 tasi tuzalib ketardi.
Olim kasallikdan tuzalib ketgan bemorlar orasidagi umumiy bog‘liqlikni payqaydi, ularning barchasida yuqori Isitma bilan kechadigan yana boshqa bir kasallik ham bor edi.
Olim Isitma bemorlarning tuzalib ketishiga yordam berayotgan yoki yo‘qligini tekshirib ko‘rishga qaror qiladi. Va bemorlarga chechak, bezgak kabi yuqori Isitma chaqiruvchi kasalliklarni yuqtiradi. Natijada bemorlarning 10 tadan 6 tasi tuzalib keta boshladi.
Vagner-Yauregg bundan quyidagi xulosaga keladi - Isitma biz o‘ylagandik yo‘q qilinishi kerak bo‘lgan muammo emas. Ko‘p turdagi virus va bakteriyalar yuqori haroratda yashay olmaydi, yashay olganlarining ham ko‘payishi va tarqalishi sekinlashadi.
Isitma tanadagi haroratni oshiradi va viruslar yashashi va ko‘payishi uchun o‘ta noqulay bo‘lgan muhit yaratadi, bu bilan esa immunitetga o‘zini tiklab olishi va viruslarga qarshi kurashishi uchun vaqt yutib beradi.
Olim o‘zing bu usuli uchun 1927 yilda tibbiyot fanlari bo‘yicha Nobel mukofotini olgan.
Bugungi kun olimlari 38.5 - 39°C gacha bo‘lgan Isitma yuqumli kasalliklarni yengishda immunitetga yordam berishini taʼkidlashadi, ammo
yoddan chiqarman undan yuqori bo‘lgan Isitma yurak, miya kabi aʼzolarga jiddiy zarar yetkazish mumkin.
Xususan 42°C Isitma miyani to‘liq ishdan chiqaradi.
Bu tibbiy maslahat emas, biror bir sog'lig'ingizga taluqli ish qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Isitma bu bizning tabiiy antibiotigimiz

March 14, 08:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘yin nazariyasi haqida.
1914 yil G‘arbiy frontda yangi yil kuni, nemis askarlari dam olmaslik haqidagi buyruqqa qaramasdan xandaqlarni tashlab ingliz askarlari tomon qurolsiz borishdi, ingliz askarlari ham bunga javoban qurolsiz chiqdi. Shu kuni askarlar sovg‘alar ulashdi va futbol o‘ynashdi.
Nega hatto urush davrida dushmanlar do‘stga aylanishadi va baʼzan tinchlik davrida ham do‘stlar dushmanga aylanishadi?
O‘yin nazariyasi buni tushunishga yordam berishi mumkin.
O‘yin nazariyasi - bunda har bir o‘yinchining natijasi boshqa tomonning harakatlariga bog‘liq, siz o‘z strategiyangizni tanlashda boshqa o‘yinchilarning tanlovini hisobga olishingiz kerak. O‘yinda ikki ishtirokchi va bankir bo‘ladi, o‘yin 100ta bosqichdan iborat. Har bir bosqichda ishtirokchilar
kelishish yoki aldash
ni tanlashlari mumkin. Agar ular kelishuvni tanlab bankirga bir tangadan pul bersa, bankir ularga ikki tangadan qaytaradi. Agar ulardan biri aldashni tanlab bankirga tangani bermasi, aldagan tomon uch tanga oladi, va aldangan tomon tangasini yo‘qotadi. Agar har ikki tomon aldashni tanlasa hech biri foyda / zarari qilishmaydi.
Bir qarashda aldash xavfsiz va manfaatli tuyiladi, aslida qanday?
O‘yinda turli strategiyalar bor, masalan
"Doim kelishuvchi"
- o‘yinchi doim bankirga tanga beradi, ammo ikkinchi tomon aldash orqali ko‘proq tanga ishlab olishi mumkin. Yana bir tur o‘yinchi
"Tit for Tat"
deb nomlanadi. U o‘yinni kelishuv bilan boshlaydi va keyingi bosqichlarda ikkinchi tomonning oldingi qarorini takrorlaydi, yaʼni ikkinchi tomon oldingi turda aldagan bo‘lsa, o‘yinchi bu turda aldaydi. Agar ikkinchi tomon kelishuvga o‘tsa u ham kelishib boshlaydi. Boshqa biri esa
"Grudger"
- o‘yinni kelishuv bilan boshlaydi, agar ikkinchi tomon aldasa, u o‘yin oxirigacha aldab boradi.
"Doim aldovchi"
va boshqa strategiyalar ham mavjud.
Bularning ichida eng xavfsiz va manfaat keltiruvchi strategiya "Tit for Tat"
. Buning asosi "O‘zing yasha va boshqalarni ham yashashiga qo‘yib ber" g‘oyasiga asoslanadi.

February 21, 08:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Masonlar konspiralogiyasi
Mavzuni Masonlar mavjudligiga ishonmaydigan
SIZ
va Masonlar borligiga chin yurakdan ishonuvchi
STUDENT
o‘rtasidagi dialog shaklida davom ettiramiz.
Student
:
Masonlar haqiqatdan mavjud
Siz
: Ularni o‘z ko‘zlaringiz bilan ko‘rganmisiz?
Student
:
Yo‘q, masalan siz Amir Temurni ko‘rmagansiz, lekin uni borligiga ishonasizku
!
Siz
: Men Amir Temurni ko‘rganman.
Student
:
Rostdan-a?
Siz
: Ha, go‘ri amirda uning suyak qoldiqlarini ko‘rganman.
Student
:
U suyaklarni Amir Temurga tegishli degani uchun ko‘rganman deyapsiz, balki ular Amir Temurning suyaklari emasdir.
Siz
: Bo‘lsa bordir, lekin mana Amir Temur deb ko‘rsatishga asos bor, siz mana bu Falonchi masonning qabri deb ko‘rsata olasizmi?
Student
:
Yo‘q, chunki Masonlar o‘zlarini siz saqlashni xohlashadi, unaqa maʼlumotlarni tarqalishiga yo‘l qo‘yishmaydi.
Siz
: Unda butun dunyoni boshqaradigan Masonlar qanday qilib o‘zlarini sizdan yashira olmay qoldi? Hamma narsani o‘z xohishlariga bo‘ysundirgan Masonlar qanday qilib o‘zlarini yashirishga bo‘lgan xohishini sizga kelganda amalga oshira olmay qodi?
Student
:
Masonlar haqida kinolar ham bor, masalan bir kinoda Ukraina-Rossiya o‘rtasidagi urushni oldindan aytib bergan.
Siz
: Yog‘-e, Agar rostdan shunday bo‘lsa, bu kino senarisini mason yozgan, chunki masonlardan boshqa yana kim kelajakni oldindan aytib berishi mumkin? Boshqa yana kim ularning kelajak uchun tuzgan rejalaridan xabardor bo‘lishi mumkin? Demak bu kinoni masonlar olgan. Unda o‘zlarini olamdan yashirishni xohlaydigan Masonlar nega o‘zlarini oshkor qiluvchi kinolar olishi kerak? Bu mantiqsizlikku.
Student
:
Masonlar rejasini oldindan biladiganlar bordi balki.
Siz
: Agar Masonlar bo‘lsa va ularning rejalarini oldindan biladigan boshqa guruh odamlar ham bo‘lsa. Bu guruh odamlarga pul topish uchun kino olish nimaga kerak? Hoynahoy ular Masonlar rejasini bilish uchun o‘z hayotlarini xavfga qo‘ygan, ko‘p pul xarajat qilgan bo‘lsa kerak. Shuncha xavf va xarajat evaziga olingan sirli maʼlumotni hammaga tekinga tarqatib yuborishlari nimasi?

February 13, 08:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Atomning kashf qilinish tarixi
"
Olamdagi barcha narsalar atomlar deb ataluvchi ko‘rinmas, mitti zarrachalardan tashkil topgan
". Demokrit buni 2500 yil oldin, zamonaviy fizikasiz tushungan, ammo qanday qilib?
Demokritning nazariyasi aniq kuzatuvlarga asoslanadi.
Demokrit g‘ildirakning eskirish yoki yuvilgan kiyimlarning qurishiga sabab yog‘och va suvdagi mayda ko‘rinmas zarralarning asta sekin uchib chiqish ketishida deb to‘g‘ri tasavvur qilgan.
Demokritda atomlar mavjudligini isbotlovchi mantiqiy asos ham bo‘lgan. Uni quyidagicha ifodalaydi. "Tasavvur qiling materiyani cheksiz miqdorda mayda zarralarga bo‘lish mumkin, va siz olmani cheksiz marta bo‘lib chiqdingiz. Endi olmadan nima qoladi? Cheksiz bo‘laklarga bo‘lingandan keyin hajmga ega zarracha qoladimi? Yo‘q. Demak olmani cheksiz marta mayda bo‘laklarga bo‘lib imkonsiz, aks holda siz hajmga ega bo‘lmagan nuqtani olasi va hajmga ega bo‘lmagan zarrachalarning nechtasini qayta birlashtirmang, ulardan hajmga ega bo‘lgan olmani qayta hosil qila olmaysiz".
Demokrit bundan materiyaning bo‘linishi maʼlum nuqtaga kelib to‘xtaydi degan xulosaga keladi.
20-asr boshigacha atomlar mavjudligiga shubha bo‘lgan, bularni 25-yoshli olim Albatta Albert Eynshteyn yo‘qqa chiqardi. Agar biz juda kichik zarralarni masalan chang zarrasi yoki gulxan tutuni zarrasini diqqat bilan kuzatsak, ularni Zig-Zag (egri chiziqlar) shaklida harakatlanganini ko‘ramiz.
Zarralarning bu kabi chalkash yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishiga sabab ular havodagi atomlarga urilib o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib boradi.
Agar havodagi atomlar cheksiz darajada kichik o‘lchamga ega bo‘lsa, ular cheksiz miqdorda ko‘p bo‘lishi kerak, u holda tutun zarralariga o‘ngdan va chapdan to‘qnashayotgan atomlar soni teng bo‘lishi va tutun to‘g‘ri yo‘nalishdan og‘masdan harakatlanishi kerak edi. Lekin atomlarning chekli o‘lchamda kichikligi, havoda chekli miqdorga atomlar mavjud bo‘lishiga olib keladi va tutun zarralariga ong va chapdan to‘qnashuvchi zarralar soni teng bo‘lmaydi.
Olamni faqat fan yordamida tushunish mumkin

January 29, 05:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sunniy intellekt insonlarni ishsiz qoldiradimi?
Kasblar ikki turga bo‘linadi - jismoniy va aqliy mehnat talab qiluvchi kasblar.
Sanoat asrida mexanik mashinalar insonning jismoniy imkoniyatlaridan o‘zib ketdi, natijada bizning jismoniy mehnatimizga bo‘lgan ehtiyoj kamaydi, avval inson kuchi evaziga qilingan qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishdagi ko‘plab ishlar avtomatlashtirildi, ammo bu jarayon o‘rganish, tahlil qilish kabi faqat insonga xos bo‘lgan qobiliyatlarini talab qiluvchi yangi ish o‘rinlarining yaratdi va insonlar yana-da farovon yashay boshlashdi.
Tarix takrorlanadimi?
Bugungi kunda Sunniy intellekt va robotlar insonning aqliy qobiliyatlaridan ham o‘zib keta boshladi. Masalan, siz konstitutsiya, kodekslar va qonun hujjatlarini o‘qib tugatib yurist bo‘lishingiz uchun bir necha yil ketsa va ularning taxminan 30% ini eslab qola olsangiz, robot aynan o‘sha maʼlumotlarni bir necha soatda skaner qilib 100% xotirasiga yozib qo‘yadi, va huquqiy savollarga sizdan ko‘ra tezroq va aniqroq javob qaytaradi. Endi kim yaxshiroq yurist? Shu sabab insonlarning aqliy mehnatiga bo‘lgan ehtiyoj ham pasayib bormoqda.
Bizda uchinchi turdagi kasb yo‘q va tarixning takrorlanish ehtimoli kam
, yaqin bir necha o‘n yilda, ko‘plab ish o‘rinlarda insonning ham jismoniy ham aqliy mehnatiga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolishi mumkin.
Kelajakda inson qobiliyatlari butunlay keraksiz bo‘lib qolishi mumkinmi?
Turgan gapki robotlar bizdan ko‘ra kuchliroq va aqlliroq bo‘lib boradi, lekin ular hali beri osmondagi yulduzlarga qarab, u yerlarda ham hayot bormikan, qanday qilib o‘sha yerga borish mumkin deb so'rashmaydi.
Faqat insonlarga xos bo‘lib qoladigan jihatlar - yaratuvchanlik, tafakkur, qiziquvchanligi, orzu qilish kabilar bizga ustunlik beradi.
Narsalar ikki marta yaraladi, birinchi marta miyamizda, keyin esa, faqatgina shundan keyingina hayotga ko‘chadi.
Faqat biz narsalarni tafakkur yordamida miyamizda yarata olamiz, sunniy intellekt va robotlar esa bizga bu narsalarni hayotga ko‘chirishimizda yaxshi yordamchi bo‘lishadi.

January 25, 09:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

Nega proton zaryadi ~1.6×10⁻¹⁹C?
Dastlab o‘zimizga boshqa bir savolni berib ko‘raylik.
Proton zaryadi hozirgi qiymatidan farqli bo‘lganda nima bo‘lardi?
Quyosh bu fazodagi vodorod bombasi, lekin quyosh portlab yon atrofga to‘liq sochilib ketmaydi. Chunki quyosh gravitatsiyasi juda kuchli, u doim portlab turuvchi bu bombani sochilib ketishdan saqlab turadi.
Quyoshning gravitatsiyasi uning ichida kechayotgan yadro reaksiyasidan hosil bo‘lgan kuchga teng qiymatda va unga qarshi yo‘nalishda tasir qiladi. Protonning ayni ~1.6×10⁻¹⁹C zaryadi tufayligina quyoshda muvozanat hosil bo‘lgan.
Agar proton zaryadi hozirgi qiymatidan katta bo‘lganida quyosh gravitatsiyasi undagi yadro reaksiyasiga tenglasha olmagan va quyosh kengayib borib, tezda yadro reaksiyasi uchun zarur bo‘lgan o‘z zichligini yo‘qotib so‘nib qolardi. Agar proton zaryadi hozirgidan kichik bo‘lganida, gravitatsiya quyoshni hozirgidan ko‘ra zichroq darajada siqib, quyoshni ko‘proq energiya sarflashiga olib kelar va, quyosh o‘z energiyasini tezda ishlatib, so‘nib qolishiga olib kelardi. Ko‘rib turganingizdek,
har ikkala holatda ham nega proton zaryadi ~1.6×10⁻¹⁹C degan savolni berishi mumkin bo‘lgan ongli mavjudot shakllanishi uchun yetarli vaqt va sharoit bo‘lmasdi.
Protonning bu qiymati tasodif natijasimi?
Big Bang nazariyasiga ko‘ra (bu nazariya sizga tanish bo‘lmasa
ushbu postdan
o‘qib olishingiz mumkin) koinot buyuk portlash deb ataluvchi hodisada paydo bo‘lgan. Balki bu hodisagacha ham boshqa ko‘plab portlashlar bo‘lgan va ixtiyori qiymatli zaryadga ega protonlar paydo bo‘lgandir, yoki ularning zaryadi juda kichikligi uchun gravitatsiya barcha zarralarni yana bitta nuqtaga yig‘ib olgan, yoki u zarralarning zaryadi juda kattaligi uchun ular tezlikda biz biridan uzoqlashgan va gravitatsiya yulduzlar va sayyoralar hosil qilishga ulgurmagan bo‘lishi mumkin. Va faqat
Big Bang hodisasidagina tasodifiy qiymat yulduzlar paydo bo‘lishi uchun zaruri sharoit yarata olgan.
Gravitatsiya - bu bizning olamni ongsiz yaratuvchisi

January 19, 09:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

Yer sayyorasining koinotdagi o‘rni.
Uzoq yillar davomida yer olam markazida deb ishonib kelingan, o‘tmishdagi insonlarning fikriga ko‘ra, quyosh biz uchun nur sochmoqda, yulduzlar biz uchun charaqlab turibdi va barcha osmon jismlari bizning atrofimizda aylanmoqda.
Aslida yerning koinotdagi o‘rni qanday?
Yuqoridagi rasm 1990 yil 14 fevralda, Voyager 1 fazo kemasi orqali Neptun orbitasidan turib olingan,
u yerdagi qizil doiraga olingan, kichik nuqta yer sayyorasi
. Bu nuqtaga yana bir qarang.
Bu bizning uy. Bu biz
. Siz sevgan, siz bilgan, siz hayotingiz davomida eshitgan, yer sayyorasida yashab o‘tgan, yashayotgan barcha insonlar shu nuqta ichida. Bizning xursandchiliklarimiz, azoblarimiz va moddiy muammolarimiz shu yerda. Har bir qahramon, har bir qo‘rqoq, sivilizatsiyaning har bir yaratuvchisi va buzg‘unchisi, hamma qirollar va dehqonlar, hamma sevishgan juftliklar, hamma ota-onalar, har bir orzularga to‘la bolakay, hamma ixtirochilar va kashfiyotchilar, hamma ruhoniy va ulamalar mana o‘sha mitti jang zarrasidek ko‘rinib turgan nuqtada yashab o‘tishgan.
Yer sayyorasi ulkan koinotdagi mitti bir zarra.
Tarixda daryodek bo‘lib oqqan qonlar mana shu nuqtani bir qismi uchun bo‘lganini o‘ylab ko‘ring. Mana o‘xsha nuqtaning bir qismida yashovchi odamlar, nuqtaning boshqa bir qismidagi odamlarga nisbatan qilgan shafqatsizliklarini o‘ylang, ulardagi tushunmovchilik qanchalik ko‘p, bir-birlarini o‘ldirishga intilishlari qanchalik yuqori, bir biriga bo‘lgan nafrat qanchalik otashin.
Bizning olamdagi joylashuvimiz o‘ziga xos, koinotda qandaydir imtiyozli mavqega egamiz deb o‘ylasak adashamiz, bu rangpar mitti nuqta bizga eʼtiroz bildirib turibdi. Bizning sayyoramiz ulkan kosmik zulmatdagi yolg‘iz dog‘dir.
Bu qadar katta kenglikda bizni qutqarish uchun o‘zimizdan boshqa joydan yordam kelishiga ishora yo‘q.

January 15, 08:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sezgilarimiz doim ham voqelikni to‘g‘ri talqin qilmaydi.
Sizga bugungi kundagi parallel olamlar, yuqori o‘lchamli fazo yoki multi-koinotlar nazariyasini eshitganingizda, ularni ikkilanmasdan rad etasizmi? Sizningcha agar yuqoridagi nazariyalar to‘g‘ri bo‘lganida siz uni payqashingiz kerak edimi?
Unday bo‘lsa, sizga yer shar shaklida ko‘rinadimi yoki yassimi? Sizning ko‘zlaringiz oy va quyoshni deyarli bir xil o‘lchamda ko‘rindimi? yoki quyosh 1 million kilometrga kattaroqmi? Sizga yulduzlar katta ko‘rinadimi yoki oymi? Sizga quyosh yer atrofida aylanayotgandek tuyiladimi yoki yer quyosh atrofidami?
Agar siz faqat sezgilaringiz asosida qaror chiqarsangiz, nega yer yassi ekanligiga, quyosh yer atrofida aylanishiga ishonmaysiz?
Bular oddiy narsalarku deysizmi? Albatta, yigirma birinchi asrda yashayotgan siz uchun bular oddiy narsalar, lekin bor yo‘g‘i besh yuz yil oldin bu nazariyalarni yolg‘on deb hisoblashgan. Balki yana bir necha yuz yil o‘tib bugun oddiy odamlar uchun aqlga sig‘maydigan, ishonchsiz bo‘lib tuyilayotgan nazariyalar oddiy faktlarga aylanar
Fanning yaxshi jihatlaridan biri, siz uni rost ekaniga ishonasizmi yo‘qmi, u haqiqat bo‘lib qolaveradi.