
Farg'ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi👨⚕️🏢👩⚕️🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan
Erkinjon Oqbutayevich Turdimov
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga
tayinlandi
.
Bundan ilgariroq Erkinjon Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri
lavozimi kiritildi.
Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati
tashkil qilindi.
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining
ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida
zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida
umumiy
rahbarlik qilishi
, ularni
muvofiqlashtirishi
belgilandi.
Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva
zimmasiga yuklandi.
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
☎️
Veb-sayt
|
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😎
Facebook
🏆
YUKSAK E’TIROF!
Farg‘ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Hamshiralik kafedrasi mudiri, oliy toifali o‘qituvchisi Olimjonova Hayotxon Saloxiddinovna ta’lim tizimidagi samarali mehnati, kasbiy mahorati va fidokorona faoliyati uchun “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🌟
Ushbu yuksak e’tirof — ustozning ko‘p yillik zahmatlari, ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidoyiligi hamda yosh avlodga sifatli bilim berish borasidagi munosib mehnatining e’tirofidir.
Hurmatli Olimjonova Hayotxon Saloxiddinovna!Sizni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
🎉
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi-yangi yutuqlar tilaymiz!
Yuksak e’tirofingiz muborak bo‘lsin!
🌷
🏆
https://www.instagram.com/farjamoatsalomatligi_texnikumi?stkn
Aziz va hurmatli ustozlar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, bizga bergan bilimingiz, mehringiz va sabr-toqatingiz uchun cheksiz minnatdormiz. Har bir bergan sabog‘ingiz, ezgu nasihatingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz hayotimizda muhim o‘rin tutadi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va shogirdlaringiz kamolini ko‘rib yurish baxtini tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
🌷
https://www.instagram.com/farjamoatsalomatligi_texnikumi?stkn
1-OKTYABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI
🌷
Farg‘ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🎉
Tadbirda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar hamda o‘quvchilar ishtirok etdilar.
Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki o‘zining ibrati, hayotiy tajribasi va samimiy nasihatlari bilan shogird qalbida ezgu fazilatlarni shakllantiruvchi ulug‘ insondir.
🎤
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ustozlarga bag‘ishlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etilib, bayram ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
❤️
Ayniqsa, o‘quvchilarning ustozlarga bo‘lgan samimiy ehtiromi, minnatdorlik so‘zlari va dil izhorlari tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
💐
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar ustozlar!
https://www.instagram.com/farjamoatsalomatligi_texnikumi?stkn
Tibbiyot texnikumida o‘quv forma (kiyim-bosh) talablari:
Qizlar uchun:
• Oq xalat (tibbiyotga xos, beldan belbog‘li yoki to‘g‘ri kesim)
• Oq shapka yoki ro‘mol (bosh kiyimi gigiyenik jihatdan muhim)
• Oq yoki neytral rangdagi shim yoki yubka
• Silliq, yopiq, toza oyoq kiyim (oq yoki qora rangda)
• Beyj (badge) – ism-sharifi va guruhi yozilgan belgi
Yigitlar uchun:
• Oq xalat
• Oq shapka (kaltak)
• Oq yoki qora shim
• Yopiq va toza poyabzal (odatda oq yoki qora)
• Beyj (badge)
Amaliyot (praktika) vaqtida:
• Rangli ish formasi (ko‘k, yashil yoki pushti – tibbiyot muassasasiga qarab)
• Tibbiy niqob, qo‘lqop, va shaxsiy gigiyena vositalari majburiy
Muhim talablar:
• Forma har kuni toza, dazmollangan va tartibli bo‘lishi kerak
• Zamonaviy urfdagi, lekin me’yordan oshgan bezak, yorqin ranglar, yoki tananing ochiq qismlarini ko‘rsatuvchi kiyimlar taqiqlanadi
🎓
ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI 1-KURS O‘QUVCHILARI!
Sizlar uzoq kutgan hayajonli va unutilmas kun nihoyat keldi!
🌟
📚
2026-yil 28-sentabr kuni 8 00 dan boshlab sizlar ilk bor Farg‘ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi ostonasiga qadam qo‘yasiz.
Bu kun — sizning yangi bilimlar, yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va katta orzular sari qo‘ygan ilk qadamingizdir!
🩺
✨
Yangi 2026/2027-o‘quv yili barchangiz uchun omadli, mazmunli va yutuqlarga boy bo‘lsin!
💐
Aziz o‘quvchilar!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, a’lo baholar, bilim olishda ulkan ishtiyoq, ustozlaringizdan o‘rganishda muvaffaqiyat va kelajakdagi kasbiy faoliyatingizda katta zafarlar tilaymiz!
🌟
Texnikumimizga xush kelibsiz!
📖
Ilk qadamingiz muborak bo‘lsin!
🏆
O‘qishlaringizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
🩺
AMALIY DARS JARAYONIDAN LAVHALAR
Farg‘ona shahridagi “Medical Center” xususiy klinikasida Farg‘ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining Hamshiralik ishi 110-guruh o‘quvchilari ishtirokida navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
👩⚕️
👨⚕️
Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar bemorlar bilan muloqot qilish madaniyati, tibbiy muolajalarni to‘g‘ri va xavfsiz bajarish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, tibbiy jihozlardan foydalanish hamda hamshiralik faoliyatiga oid amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirmoqdalar.
🏥
Klinikada tashkil etilayotgan amaliy mashg‘ulotlar bo‘lajak hamshiralarning kasbiy tajribasini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashishiga xizmat qilmoqda.
✨
O‘quvchilarning har bir amaliy mashg‘uloti — kelajakdagi malakali, bilimli, mas’uliyatli va fidoyi tibbiyot xodimi bo‘lib yetishish sari tashlangan muhim qadamdir.
https://www.instagram.com/farjamoatsalomatligi_texnikumi?stkn
USTOZGA EHTIROM — QALBDAN CHIQAN E’TIROF!
Texnikum o‘quvchilarining sevimli ustozlariga yo‘llagan samimiy dil izhorlari va ustozlarning hayajonli reaksiyalari — mehr, hurmat va minnatdorlikning yorqin ifodasi.!
https://www.instagram.com/farjamoatsalomatligi_texnikumi?stkn=bDl6cnR6aHoyM243
🌟
“ENG SEVIMLI USTOZ” SO‘ROVNOMASI
🌟
Farg‘ona shahar Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida “Eng sevimli ustoz” mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi.
So‘rovnoma davomida o‘quvchilar o‘zlari uchun eng sevimli, mehribon, bilimdon va fidoyi ustozlarini tanlashdi.
💐
Har bir ustozning mehnati, bergan bilimi va shogirdlariga bo‘lgan mehr-muhabbati tahsinga loyiq. Zero, ustozning eng katta mukofoti — shogirdlarining hurmati, e’tirofi va yutuqlaridir!
❤️
Aziz ustozlar, Sizlar biz uchun nafaqat bilim beruvchi, balki hayot yo‘limizni ko‘rsatuvchi yo‘lchi yulduzlarsiz!
🌿
Sizga bo‘lgan hurmat va ehtiromimiz cheksiz!
https://www.instagram.com/farjamoatsalomatligi_texnikumi?stkn=bDl6cnR6aHoyM243