
FARĞONA KADASTR
Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida
ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства
принял участие
в торжественной церемонии открытия Президентской Олимпиады в Олимпийском городке.
#Mirziyoyev
#marosim
#sport
#PrezidentOlimpiadasi
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida tibbiyot va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan
uchrashdi
hamda kasb bayrami munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев
встретился
в резиденции «Куксарой» с работниками сферы здравоохранения и фармацевтики и вручил государственные награды по случаю их профессионального праздника.
#Mirziyoyev
#uchrashuv
#sogliqnisaqlash
#tashabbuslar
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
YouTube
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
TAKOMILLAŞTIRILGAN ÖZBEK ALIFBOSI VA DAVLAT TILIDA IŞ YURITIŞ BÖYIÇA ÖQUV-SEMINAR ÖTKAZILDI
🌟
Kadastr agentligi hamda
🌟
Davlat kadastrlari palatasi Farğona viloyati boşqarmalarida takomillaştirilgan özbek alifbosining qöllanilişi va davlat tilida iş yuritiş masalalariga bağişlangan öquv-seminar bölib ötdi.
⭕️
Seminarda 2026-yil 21-oktyabrdagi
ÖRQ-1184-son
Qonunning mazmun-mohiyati, takomillaştirilgan alifboni amaliyotga joriy etiş hamda hujjatlarni davlat tilida töğri va savodli rasmiylaştiriş masalalari muhokama qilindi.
💬
Tadbirda Farğona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Sohibjamol Tongotarova, Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazi Farğona viloyati hududiy bölinmasi boş mutaxassisi Nargiza Qodirova, şuningdek, boşqarmalarning mas’ul xodimlari, bölim boşliqlari va mutaxassislari iştirok etdi.
📚
Öquv-seminar davomida davlat tilida iş yuritiş madaniyatini yuksaltiriş, rasmiy hujjatlarda imlo qoidalariga rioya qiliş hamda takomillaştirilgan alifbodan foydalaniş böyiça tuşuntirişlar berildi.
🔜
Bunday tadbirlar davlat idoralarida iş yuritiş sifatini oşiriş, davlat tilining nufuzini mustahkamlaş va xodimlarning tilga oid bilimlarini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
YouTube
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
YER VA QURILISH QOIDABUZARLIKLARI: KADASTRNING VAKOLATI QANDAY?
❌
Ruxsatsiz qurilish, yerni o‘zboshimchalik bilan egallash yoki hatto tovuqxona qurish uchun kim jarima soladi? Bu masalada Kadastr agentligining vakolatlari qanday?
🎥
Ushbu videoda
yer va qurilish bilan bog‘liq holatlarda qaysi vakolatli organ qanday vazifani bajarishi,
🌟
Kadastr agentligi qaysi holatlarda nazorat tadbirlarini amalga oshirishi haqida so‘z yuritamiz.
❗️
Unutmang: har qanday yer yoki qurilish bilan bog‘liq qoidabuzarlik uchun javobgarlikni birgina tashkilotga bog‘lash to‘g‘ri emas.
⚖️
Qonunni bilish — huquqni himoya qilishning birinchi qadami!
#Kadastr_agentligi
#foydali_malumot
🇺🇿
Telegram
|
🇺🇿
Instagram
|
🇺🇿
YouTube
|
🇺🇿
Facebook |
🇺🇿
Web-sayt
|
🇺🇿
X
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🌟
KADASTR MASALALARI — BIR JOYNING ÖZIDA!
📍
Viloyatimizning barça hududlarida bölgani kabi, Farğona tumanidagi Davlat xizmatlari markazida taşkil etilgan “Kadastr maslahat burçagi” aholi muammolarini tezkor hal etiş va fuqarolarga amaliy yordam körsatmoqda.
🟢
Bu yerda fuqarolar kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, köçmas mulk va yerga oid huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş hamda elektron xizmatlardan foydalaniş böyiça mutaxassislardan zarur maslahat olmoqda.
✅
Maqsad — aholining vaqtini tejaş, ovoragarçiliklarni kamaytiriş va muammolarga tezkor yeçim topiş.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
YouTube
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#kadastr_axboroti
UYINGIZGA KADASTR PASPORTI OLMOQCHIMISIZ? BIR XATODAN EHTIYOT BO‘LING!
🚫
Uyingizning avvalgi kadastr raqami bo‘lsa, uni unutib qoldirmang!
Uyingizning kadastr hujjati mavjud bo‘lsa-yu, yangi kadastr pasportini olmoqchi bo‘lsangiz, ariza to‘ldirishda muhim jihatga e’tibor bering!
✅
Uyingizni yangi paydo bo‘lgan obyekt sifatida ko‘rsatmang. Avvalgi kadastr hujjatingizdagi raqamni tekshiring va arizada so‘ralgan bo‘lsa, uni to‘g‘ri kiriting.
⚠️
Ma’lumotlarni noto‘g‘ri kiritish arizangizni ko‘rib chiqishda muammolarni keltirib chiqarishi yoki uni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Arizani qayerdan topshirish mumkin?
🔴
Uydan chiqmasdan
my.gov.uz
orqali onlayn ariza yuboring.
🔴
Yoki o‘zingizga yaqin
Davlat xizmatlari markaziga
boring.
Ariza to‘ldirishni bilmayapsizmi?
✅
Har bir Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Kadastr maslahat burchaklari”ga murojaat qiling. Mutaxassislar sizga kerakli xizmatni tanlash, ariza to‘ldirish va murojaatingiz holatini bilishda yordam beradi.
✅
Ariza topshirishdan oldin eski kadastr hujjatlaringizni tekshiring. Birgina raqamga e’tibor berish ortiqcha ovoragarchilikning oldini olishi mumkin!
📶
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
|
📱
Facebook
Özbekistonda Apple Pay va Google Pay tölov xizmatlari ishga tushdi.
Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva
ma’lum qildi.
Mazkur xizmatlar foydalanuvchilarga mos qurilmalar orqali kontaktsiz tölovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna böling!
🚀
Telegram
|
📷
Instagram
|
🔵
Facebook
|
🎬
YouTube
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
"XALQ NAZORATI"
telegram kanali orqali yöllangan murojaat yuzasidan qonunçilikda belgilangan talablarga muvofiq
🌟
Kadastr agentligi
maʼlum qiladi.
➡️
Özbekiston Respublikasi
Jinoyat-prosessual kodeksining 36-moddasiga muvofiq
, tergovçining öz yurituvidagi iş yuzasidan qonunga muvofiq bergan yozma topşiriqlari va çiqargan qarorlari korxonalar, muassasalar, taşkilotlar, mansabdor şaxslar hamda fuqarolar tomonidan
ijro etilişi majburiy hisoblanadi.
➡️
Kodeksning 290-moddasida
esa jinoyat işi doirasida hukmning fuqaroviy daʼvo va boşqa mulkiy undirişlarga oid qismi ijrosini taʼminlaş maqsadida mol-mulkni xatlaş tartibi belgilangan.
➡️
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 198-moddasida
hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş uçun maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Mazkur moddaga köra, bunday huquqbuzarlik fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining
1 baravaridan 12 baravarigaça,
mansabdor şaxslarga esa
3 baravaridan 15 baravarigaça
miqdorda jarima solişga sabab böladi.
➡️
Shu bois vakolatli tergovçining qonuniy talablarini bajariş, belgilangan tartibda rasmiylaştirilgan topşiriq va qarorlarning ijrosini taʼminlaş qonunçilik talabidir.
🌟
Kadastr agentligi tergov organining prosessual qarorini qayta körib çiquvçi yoki uning qonuniyligini mustaqil ravişda baholovçi organ hisoblanmaydi. Agentlik öz vakolati doirasida kelib tuşgan hujjatlarni davlat röyxatidan ötkazadi va ularning ijrosini qonunçilikda belgilangan tartibda taʼminlaydi.
➡️
Ko‘çmas mulkka taqiq qöyiş va uni bekor qiliş masalasi “Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş töğrisida”gi Qonunning 56-moddasi bilan tartibga solinadi. Unga muvofiq, taqiq qöyiş yoki uni olib taşlaş haqidagi hujjat röyxatdan ötkazuvçi organga kelib tuşgan kundan eʼtiboran bir iş kuni içida davlat röyxatidan ötkazilişi lozim.
➡️
Agar fuqaro öz köçmas mulkiga taqiq qöyilişini asossiz deb hisoblasa, u qonunçilikda belgilangan tartibda şikoyat qiliş huquqiga ega.
Jinoyat-prosessual kodeksining 27 va 358-moddalariga
muvofiq, tergovçining prosessual harakatlari yoki qarorlari ustidan tegişli tergov bölinmasi boşliğiga yoxud işni tergov qilişda qonunlarga rioya etilişi ustidan nazorat olib borayotgan prokurorga şikoyat berilişi mumkin. Qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda sudga ham murojaat qiliş mumkin.
❗️
Taqiqni bekor qiliş uçun esa uni qöygan vakolatli mansabdor şaxsning yoki sudning tegişli qarori talab etiladi. Mazkur qaror röyxatdan ötkazuvçi organga kelib tuşgaç,
🌟
Kadastr agentligi taqiqni bekor qilişni belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazadi.
➡️
Xulosa qilib aytganda,
🌟
Kadastr agentligi tergov organlari va sudning vakolatlarini amalga oşirmaydi, balki qonuniy asosda kelib tuşgan hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi. Taqiq yuzasidan eʼtirozlar mavjud bölsa, ular vakolatli organlar tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda körib chiqiladi.
#Kadastr_agentligi
#rasmiy_munosabat
🇺🇿
Telegram
|
🇺🇿
Instagram
|
🇺🇿
YouTube
|
🇺🇿
Facebook
|
🇺🇿
Web-sayt
|
🇺🇿
X
Prezidentimiz
xususiy klinikalar soni
2017-yildagi 3,5 mingtadan
9 mingtadan ortiqqa yetganini
qayd etdi. Ayrim yuqori texnologik xizmatlarda
xususiy sektor oldinga o‘tdi:
uning ulushi
stomatologiyada 90 foiz, diagnostikada 70 foiz, LOR xizmati, urologiya va oftalmologiyada 60 foizni
tashkil etmoqda.
Shu bilan birga,
hududlar o‘rtasida katta tafovut
saqlanib qolmoqda.
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand viloyatlari
va
Toshkent shahrida
xususiy klinikalarning
35-40 foizi statsionar o‘rinlarga ega.
Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo, Jizzax
va
Navoiyda bu ko‘rsatkich 15 foizga ham yetmaydi.
Tibbiy reabilitatsiya, nefrologiya, onkologiya, neyroxirurgiya, psixiatriya, narkologiya va tug‘uruq komplekslari
kabi talab yuqori yo‘nalishlarda
xususiy sektor ishtiroki kutilgan darajada emas.
Ushbu yo‘nalishlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
Hokimlar har yili xususiy klinikalar uchun yer uchastkalarini belgilab, e’lon qiladi.
Yerlar
faqat shu maqsadda auksionga chiqariladi va qulay shartlarda taklif etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#kadastr_izohlaydi
✅
Xatlov
- ko‘chmas mulk obyektlarini joyida o‘rganish, ularning amaldagi holati va mavjud hujjatlarini tekshirish jarayoni.
Maqsadi: Ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi ma’lumotlarning to‘liqligi va aniqligini ta’minlash.
___
✅
Инвентаризация
- осмотр объектов недвижимости на месте, проверки их фактического состояния и имеющихся документов.
Цель: Обеспечение полноты и достоверности сведений об объектах недвижимости.
___
✅
Property inventory
- the process of inspecting real estate properties on-site and verifying their actual condition and existing documentation.
Purpose: To ensure the completeness and accuracy of information about real estate properties.
📶
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
|
📱
Facebook