
Farg'ona/Zamonaviy ta'lim
🏆
IELTS IMTIHONIDAN 8 BALLIK NATIJA!
🏆
Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi 10-"Green" sinfi o'quvchisi
Sheraliyev Muhammadyusuf
ustozlardan olgan bilimi, sabr-toqati va kuchli irodasi bilan
IELTS
imtihonidan
8⃣
ballik natijaga erishdi!
●Bu natija — shunchaki sertifikat emas, balki maqsad sari izchil harakat, mehnat va taslim bo‘lmaslikning samarasi.
Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Muhammadyusufni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi!
🎓
👏
Bu hali boshlanishi — oldinda yanada yuqori marralar va katta natijalar bor!
🚀
⚜
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
#QUVA_IMI
#PSIXOLOGIK_TRENING
🌷
QUVA TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATDA PSIXOLOGIK SO‘ROVNOMA — SAMIMIY MUHIT VA KO‘TARINKI KAYFIYAT!
🌷
🏢
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi ishtirokidagi Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘qituvchi ishtirokida qiziqarli psixologik so‘rovnoma va trening mashg'ulot tashkil etildi.
📋
“Savolnoma” orqali jamoa a’zolarining fikrlari, ish jarayonidagi munosabatlari va psixologik kayfiyatiga oid qiziqarli savollar o‘rtaga tashlandi.
😊
Eng muhimi, ushbu faoliyat kulgu, samimiy suhbat va ijobiy emotsiyalar orqali jamoa a’zolarining kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qildi.
🌟
Sog‘lom psixologik muhit — samarali jamoaning muhim poydevoridir!
💐
Har bir samimiy tabassum — jamoaga qo‘shilgan ijobiy energiyadir!
⚜
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
#Dangara_IM
#Etirof
🎉
Mehnat va izlanishlar eʼtirofi!
🏛
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Dangʻara tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Abdullayev Sanjarbek
🎓
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustamaga ega boʻldilar!
👏
✅
Bu yutuq ustozning yillar davomidagi tinimsiz mehnati, oʻz ustida doimiy ishlashi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga muvaffaqiyatli tatbiq etib kelayotgani va oʻquvchilarining erishgan yuqori natijalarining munosib eʼtirofidir.
⚜
S.Abdullayevga kelgusidagi pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar, kuch-gʻayrat va yangi ijodiy marralar tilaymiz.
⚜
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
#FARGʻONA_TUMANI_IM
📣
📣
📣
XUSHXABAR
📣
📣
📣
🏢
FARG‘ONA TUMAN
IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB 11-"A" sinf o‘quvchisi Abdug‘aniyev Islomjon xalqaro
SAT imtixonidan 1460 balli natijani qo‘lga kiritdi.
⚜
Shuningdek, Islomjonning
IT sohasiga va sportning shaxmat turiga
qiziqishi yuqori.
🏆
Shaxmatda Besh tashabbus musobaqalarining tuman bosqichi g‘olibi.
🥈
2025-2026 o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rahbar kubogi" musobaqasining shaxmat turida ishtirok etib, viloyat bosqichida 2-o‘rini egallagan.
💥
Islomjonni ushbu yuksak natijalari bilan muborakbod etib, kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.
✍️
Fargʻona tumani IM matbuot xizmati
⚜️
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!
#Sayyor_qabul
🤝
🎓
"RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI"
🏫
💼
10.09.2026 sanasida
Fargʻona tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
oʻquvchilari va
Fargʻona viloy
ati Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbarlari o'rtasida ochiq muloqot tadbiri oʻtkazildi.
📋
Asosiy masalalar:
📊
📈
Respublika boʻylab sertifikat olgan va OTM qabullari boʻyicha oʻquvchilar soni va yillar boʻyicha sarhisobi e’lon qilindi
🏛
🎯
OTMga kirishda sertifikatlarning beradigan imkoniyatlari tushuntirildi
🗓
✍️
Kelgusi attestatsiya jarayonlari boʻyicha rejalar muhokama qilindi
💡
❓
Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan aniq javob oldilar.
🌟
Bunday uchrashuvlar yoshlarning kelajakdagi maqsadlarini belgilashida muhim qadamdir
⚜
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
🚀
!
#FARGʻONA_TUMANI_IM
#ANKETA_SOROVNOMA
🏢
Maktabimizga yangi qabul qilingan 5-sinf oʻquvchilarining yangi taʼlim muhitiga, sinf jamoasiga va oʻqituvch
ilarga moslashish darajasini aniqlash, ularni ruhan qoʻllab-quvvatlash hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni barvaqt aniqlash maqsadida psixologik soʻrovnoma oʻtkazildi.
Soʻrovnomada barcha 5-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi. Anketa soʻrovnomasi oʻquvchilarning maktab haqidagi ilk taassurotlari, doʻstlashish jarayoni, fan oʻqituvchilari bilan munosabatlari va ularga hozirda qiyinchilik tugʻdirayotgan omillarni aniqlashga qaratilgan 8 ta asosiy savol ile «Psixologga maxfiy signal» hamda temperamentni aniqlash metodikasini qamrab oldi.
Maktab psixologi: M.Najmidinova
⚜
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
#Qoʻshtepa_IM
#Bizni_kuzatib_boring
Maktabimiz maslahatchisi va psixologi hamkorligida 9-sinf oʻquvchilari orasida kasb tiplarini aniqlash boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazildi.
🔍
Soʻrovnoma davomida oʻquvchilarga
Holland kasb tiplarini aniqlash
metodikasi asosida savollar taqdim etildi. Bu metodika orqali har bir oʻquvchining shaxsiy qiziqishlari, qobiliyatlari va moyilliklariga mos keladigan kasb yoʻnalishlari aniqlanadi.
📝
Shuningdek, oʻquvchilarga soʻrovnoma natijalari boʻyicha sertifikat topshirish muddati haqida ham maʼlumot berildi.
⚜
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
#Qoʻshtepa_IM
#Psychology_time
🔉
Qoʻshtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi Sobirov Ziyodullo tomonidan oʻquvchilar uchun ikkita foydali va qiziqarli mashgʻulot tashkil etildi:
🎨
"Doʻstingizni chizing va uning rasmini yozing"
😊
"Bugungi kayfiyatingiz qanday?"
⚡️
Mashgʻulot davomida oʻquvchilar doskaga chiqib, oʻz doʻstlarining rasmlarini chizishdi hamda ular haqida qisqacha fikrlarini bildirishdi. Bunday faoliyat orqali bolalarda doʻstlik tuygʻusi, ijodkorlik qobiliyati va oʻz his-tuygʻularini ifoda etish koʻnikmasi rivojlantiriladi.
⚜
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!
🎥
"Qayerga qaytamiz?" — O'quvchilarimiz uchun ibratli hujjatli film namoyishi!
🏛
Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar ishtirokida nihoyatda ta’sirli va chuqur ma’noga ega bo'lgan
"Qayerga qaytamiz?"
nomli hujjatli film taqdimoti o'tkazildi.
✨
Bu film oddiy tomosha emas, balki haqiqiy hayot maktabidir. Unda hayotning eng og'ir va mashaqqatli sinovlarida toblanib, har qanday qiyinchilikka qaramay, o'z umrini, bor bilim va salohiyatini shu aziz yurtimiz ravnaqi va kelajagi uchun bag'ishlayotgan fidoyi insonlar taqdiri hikoya qilinadi.
🔰
Maqsadimiz:
Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va shukronalik tuyg'ularini shakllantirish, ularni ham kelajakda yurtimiz uchun yaraydigan haqiqiy insonlar bo'lib yetishishlariga ruhlantirishdir.
Film yakunida o'quvchilarimiz o'zlarining unutilmas taassurotlari va xulosalari bilan o'rtoqlashdilar.
🌐
Marg'ilon shahar ixtisoslashtirilgan maktabi matbuotchisi
.
⚜
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!