
“FARĞONA HETK” AJ
✅
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI YANADA ISHONCHLI BO‘LADI
Farg‘ona shahrining
A. Navoiy ko‘chasidagi 23-sonli ko‘p qavatli uy
da elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilashga qaratilgan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, ko‘p qavatli uyni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi
elektr qutisi — shitda
tegishli ta’mirlash va texnik sozlash ishlari bajarilmoqda. Mutaxassislar tomonidan elektr jihozlarining holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr ta’minotining xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, xonadonlardagi elektr energiyasi hisoblagichlarini
kirish yo‘lagiga, mansublik chegarasiga olib chiqish
ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bu orqali elektr energiyasini hisobga olish jarayonining shaffofligini ta’minlash, hisoblagichlarga erkin kirish imkoniyatini yaratish hamda elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari
o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ulanishlarning oldini olish
ko‘zda tutilgan.
Mazkur amaliy ishlar iste’mol qilingan elektr energiyasini aniq hisobga olish, noqonuniy foydalanish holatlariga barham berish, elektr tarmoqlarida xavfsizlikni ta’minlash hamda ko‘p qavatli uylar aholisi uchun yanada
ishonchli va barqaror elektr ta’minotini yaratishga
xizmat qiladi.
⚡️
t.me/farhetk_admin
✅
MARG‘ILON SHAHRIDA MAVSUM OLDIDAN AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
Marg‘ilon shahrida kuz-qish mavsumida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, mavjud elektr tarmoqlari va transformator punktlarining texnik holatini yaxshilash maqsadida mavsum oldi tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.
Xususan,
Marg‘ilon shahridagi 113-sonli mahalla hududida elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar
bajarilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlari va qurilmalarining texnik holati ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda.
⚡️
t.me/farhetk_admin
O‘ZBEKISTON TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARIDA MAVSUM OLDI TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
O‘zbekiston tumanida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va kuz-qish mavsumiga tarmoqlarni puxta tayyorlash maqsadida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ayni paytda
10 kVli “Qashqar” elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari
olib borilmoqda.
Ta’mirlash jarayonida
salqi simlarning tarangligi rostlanmoqda, nosoz izolyatorlar yangilanmoqda
, shuningdek, elektr uzatish tarmog‘ining texnik holatini yaxshilashga qaratilgan boshqa zarur ishlar ham bajarilmoqda.
Mazkur tadbirlar elektr tarmog‘ining
ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash
ga xizmat qiladi.
⚡️
t.me/farhetk_admin
➡️
O'ZBEKISTON TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA
Batafsil,
"MY5"
telekanalining
"Hudud"
informatsion dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin.
⚡️
t.me/farhetk_admin
Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari
taqdimoti
bilan tanishdi.
⚡️
t.me/farhetk_admin
#35_son
Hurmatli davlat xizmatchilari,
siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
⚡️
t.me/farhetk_admin
TOSHLOQ TUMANIDA BELGILANGAN VAZIFALAR IJROSINI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR JADALLASHTIRILDI
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
tomonidan Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasida mas’ul rahbar va mutaxassislar ishtirokida kunlik vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda yoqilg‘i-energetika sohasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, elektr energiyasi yo‘qotishlarini izchil kamaytirish, energiya balansini to‘g‘ri shakllantirish, iste’molchilarni barqaror, uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida Toshloq tumanidagi elektr tarmoqlari va transformator punktlarining texnik holatini doimiy nazoratda saqlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tarmoqlardagi yuklamalarni me’yorlashtirish hamda elektr energiyasi ta’minotining ishonchliligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga ijro intizomini kuchaytirish, hududlarda amaliy ishlarni jadallashtirish va belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Alohida ta’kidlanganidek, elektr energetikasi sohasida xavfsizlik — eng ustuvor masalalardan biridir. Shu bois xodimlarga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, ishlarni faqat belgilangan tartib va xavfsizlik talablariga muvofiq bajarish zarurligi yana bir bor eslatildi.
Belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash orqali Toshloq tumanida elektr ta’minoti barqarorligini yanada oshirish, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
⚡️
t.me/farhetk_admin
#tezkor
#11_09_2026
HUDUDLARDA TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILADI
📌
FARG‘ONA SHAHRI HAMDA QIRGULI MAVZESI
Bugun, soat 13:00dan 14:00ga qadar Farg‘ona shahri hamda Qirguli mavzesining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Sakkokiy" podstansiyasida qisqa muddatli taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌
QUVASOY SHAHAR
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Quvasoy shahrining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi yuqori kuchlanishli "L-2S" elektr uzatish tarmog‘ida taʼmirlash ishlari bajariladi;
📌
FARG‘ONA TUMANI
Bugun, 09:00dan 17:00ga qadar Farg‘ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi "Chimyon-qishloq" podstansiyasida taʼmirlash ishlari bajariladi;
Yuqoridagi hududlarda olib boriladigan ta’mirlash ishlari jarayonining yuqorida belgilangan vaqtlarida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.
Ta'mirlash vaqti elektr ta'minotidagi uzilishlar uchun uzr so'raymiz!
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.
➡️
QARZDOR ULGURJI ISTE’MOLCHILARGA QAT’IY CHORA KO‘RILMOQDA
Oltiariq tumanida elektr energiyasi uchun to‘lov intizomini mustahkamlash, debitor qarzdorlikni kamaytirish hamda elektr ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Hududda elektr energiyasidan foydalanayotgan ulgurji iste’molchilarning hisob-kitoblari o‘rganilib, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan hamda mavjud qarzdorligini bartaraf etmagan iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, qarzdorligi mavjud bo‘lgan ayrim ulgurji iste’molchilarning elektr tarmog‘iga ulanishi vaqtincha cheklanib, qarzdorlik to‘liq qoplangunga qadar elektr ta’minotidan ajratish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
tomonidan qarzdorliklarni undirish va to‘lov intizomini ta’minlash borasidagi nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
⚡️
t.me/farhetk_admin
🤔
#reyd
TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILIB, QARZDOR ISTE'MOLCHILAR TARMOQDAN AJRATILMOQDA
Furqat tuman elektr ta’minoti korxonasi
tomonidan tumandagi iste'molchilarni elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarini oldini olish, mavjud qarzdorlikni undirish, elektr tarmoqlariga o’zboshimchalik bilan ulanishlarni aniqlash maqsadida hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq foydalangan elektr energiyasidan qarzdorligi sabab ASKUE tizimi orqali masofadan tarmoqdan o‘chirilganligiga qaramay, o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgan iste'molchilar dastur orqali aniqlanib, tarmoqdan o‘chirilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilib, iste'molchilarga elektr energiyasidan qonuniy foydalanishlari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari bajarilmoqda.
⚡️
t.me/farhetk_admin