
Fariz
https://youtu.be/mJYxSed0D_I?si=ks9hxo-bYEC3Vngg
https://youtu.be/mJYxSed0D_I?si=ks9hxo-bYEC3Vngg
I
nvestorlar puliga Mercedes S500 va 2,97 mln dollarlik kamomad? IFCB Iman Invest boʻyicha hujjatlarni eʼlon qildi
📞
IMAN Holding asoschisi Rustam Rahmatov videomurojaat yoʻllab, IFCB ayblovlarini rad etdi. Uning aytishicha, gap shariatda emas, maslahatchining pulida. Rahmatovga koʻra, ikki yarim yillik hamkorlik davomida Mahmud Usmonga 100 ming dollardan koʻproq toʻlangan. Kompaniya bu toʻlovlarni qisqartirishga qaror qilgach va IMAN Holdingdan katta ulush berishdan bosh tortgach, oʻrtada kelishmovchilik chiqqan. Rahmatov yana ikki yil oldin kompaniya auditdan oʻtib, shariatga muvofiq deb topilganini aytdi. Hozir esa yangi xalqaro auditorlik kompaniyasi jalb qilingan, natijalar taxminan bir oyda maʼlum boʻladi.
IFCB bunga javoban bu gaplarni tuhmat va eʼtiborni chalgʻitishga urinish deb atadi hamda hujjatlarni birma-bir eʼlon qila boshladi.
Birinchi boʻlib taftish komissiyasining 3 iyuldagi qarori chiqdi. Unga koʻra, 10 aprel kuni IMAN Halal Investments kommandit shirkatining hisobidan Founders Trust 1 MChJ hisobiga investorlarning 128 ming dollari oʻtkazilgan. Bu pulga Rahmatovning oʻzi uchun Mercedes-Benz S500 sotib olingan. Founders Trust 1 rahbari esa IMANda ishlagan. Komissiya mashinani sotish yoki pulni qaytarib, uni investor nomiga oʻtkazishni buyurgan, pul yetmasa, farqini Rahmatovning oʻzidan undirish belgilangan. Hujjatda Rahmatov boʻlib toʻlashga olgan BYD ham bor. U boʻyicha toʻlovlar 2025 yil mayidayoq toʻxtab qolgan, muddati oʻtgan qarz esa 306,5 mln soʻmga yetgan.
Ikkinchi hujjat, ya’ni IMAN Halal Investments ishtirokchisi qaroriga 2 iyuldagi ilova, moliyaviy jihatdan qiziqroq. 31 may holatiga boshqaruvchi kompaniyaning shirkat oldidagi qarzi 2,97 mln dollarga yetgan, chunki kompaniya oʻz xarajatlarini qoplash uchun shirkatdan muntazam qarz olib turgan. Ish haqiga oyiga oʻrtacha 300 ming dollar, marketingga 124 ming dollargacha ketgan, IMANUM 5.0 taqdimotiga 144 ming dollar, private banking yoʻnalishiga esa 187 ming dollar sarflangan. Hujjat mualliflari fikricha, xarajatlarning 60 foizdan koʻprogʻi shirkat faoliyatiga aloqador boʻlmagan. Bundan tashqari, taxminan 9,5 mln dollarlik muammoli BNPL portfeli bor, bu butun muddatli toʻlov portfelining 17–18 foizi. Hujjatda aytilishicha, undan tushadigan daromad mijozlar hali toʻlamasidanoq dividend hisobiga qoʻshib yuborilgan.
Bir necha muhim jihat bor. Hujjatlardagi imzo haqiqatan Rahmatovga tegishli ekani mustaqil tasdiqlanmagan. Mashina sotilgan-sotilmagani, qarzlar uzilgan-uzilmagani haqida ham hozircha maʼlumot yoʻq. Raqamlarni qoʻshib ham boʻlmaydi, 2,97 mln dollarlik qarz va 9,5 mln dollarlik muammoli portfel turli koʻrsatkichlar, ularni avtomatik ravishda investorlar zarari deb hisoblab boʻlmaydi. Oʻsha ilovada Rahmatov kamomadni, jumladan oʻz ulushining bir qismini sotish yoki yangi investitsiya jalb qilish orqali yopish majburiyatini olgani yozilgan.
Xullas, hozircha ikki xil versiya bor va audit natijalarigacha bir oy qoldi. Asoschi bularning barchasini shaxsiy nizo deyapti, IFCB esa hujjatlar bilan javob beryapti. Yakuniy xulosani auditorlar, kerak boʻlsa, regulyatorlar chiqaradi.
Lekin bu voqea qanday tugashidan qatʼi nazar, u butun bozor uchun saboq boʻldi. Islomiy moliya daromadga emas, ishonch va shaffoflikka tayanadi. Odamlar bunday mahsulotlarni pullari qanday ishlatilayotganini aniq bilish uchun tanlaydi. Bugun bu savol faqat Iman Invest oldida emas, odamlarga «halol» daromad vaʼda qilayotgan har bir kompaniya oldida turibdi.
UZAIRWAYS) Sizlar esa ishonmagandinglar past narxda topib bo’lmaydi deb) @fariz_abduraimov
UZAIRWAYS)
Sizlar esa ishonmagandinglar past narxda topib bo’lmaydi deb)
@fariz_abduraimov
Iman Invest’da o‘tkazilgan shariat auditi bir necha million dollarlik kamomadni aniqladi, platforma maslahatchisi esa endi unga sarmoya kiritishni tavsiya etmayapti
💁
Ikki yil davomida Iman Invest (IMANUM)ga xizmat ko‘rsatib kelgan IFCB konsalting kompaniyasi uch yarim oy davom etgan shariat auditi yakunlariga ko‘ra Guruhga shariat nuqtai nazaridan sarmoya kiritish tavsiya etilmaydi degan xulosaga keldi, tekshiruvning yakuniy natijalari esa 15-oktabrda olingan.
Mahmud Usmonning so‘zlariga ko‘ra, auditorlar bir necha million dollarlik mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish belgilarini aniqlagan, Guruh esa mablag‘larni islomiy moliya tamoyillarini ham, qonunchilikni ham buzgan holda sarflagan, shu sababli investorlar pullarini qaytarib olishga qaror qilsa, hozirda ularni to‘liq hajmda qaytara olmaydi.
Vaziyatning eng qiziq jihati shundaki, hali 24-sentabrda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi IMAN UM ilovasi operatori bo‘lgan «Adl Investments Platform» MChJga investitsiya platformalari sohasida maxsus huquqiy rejim taqdim etgan, ya’ni bu auditorlar o‘z xulosalarini e’lon qilishidan atigi uch hafta oldin sodir bo‘lgan.
Endi Markaziy bank huzuridagi Islomiy moliya kengashi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar nima deyishini kutib turamiz, lekin pulini aynan shariatga to‘g‘ri kelgani uchun shu platformaga ishonib bergan investorlar uchun, nazarimda, asosiy hukm chiqib bo‘ldi.
Cucurellani alohida aytib o’tish kerak, zo’r o’yin ko’rsatdi
Real muxlislarini esa tabriklayman, vanihoyat g’alaba muborak)
Gordon PSG bilan o’yinda gol uriladigan joyda faqat Rafani qidirib pas bergan bo’lsa bu safar 100% pas beriladigan joyda gol urishga harakat qildi. Juda juda ko’p xatolar qilindi va bu xatolardan Real foydalana oldi. GG
3 yilda bir Campnouda yutkazdik