Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FARZANDIM | Otaning kundaligi

farzandim_tg
FARZANDIM — oilangiz istiqboli.
Subscribers
1 160
24 hours
10
30 days
-20
Post views
7 259
ER
625,26%
Posts (30d)
Characters in post
396
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
January 10, 13:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ustoz Muhamamadjon bilan tarbiya haqida ko'p suhbat qilamiz, oxirgi suhbatlarimizdan parchani
Farzandim kanali
uchun ulashishni lozim topdik.
Bir tinglab ko'ring, manfaatli bo'ladi degan umiddamiz.
Videoning to'liq qismi bugun soat 19:00 da
Youtube kanalimizda
chiqadi.

January 10, 07:21

Channel name was changed to «
FARZANDIM | Otaning kundaligi
»

January 09, 18:52
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Besh farzandning otasi sifatida bugun o‘zimdagi bir kamchilikni tahlil qildim. Balki bu holat sizga ham tanishdir?
Mening kunim odatdagi tartibda o‘tadi: Ertalab bolalarni uyg‘otib, maktabga olib boraman. Keyin – ish, ro‘zg‘or tashvishlari. Kun davomida vaqt topganimda telegram guruh yoki maktab tarafidan maxsus ishlab chiqarilgan dastur orqali "Bolalar maktabda nima baho oldi ekan?" deb tekshirib qo‘yishni ham kanda qilmayman. Bu tarafidan ko‘nglim to‘q, nazoratdaman deb o‘ylayman.
Soat 17:00. Ishdan qaytishda bolalarni maktabdan uyga olib kelaman. Agar tashqarida o‘ta zarur yumushim bo‘lmasa, uyda qolaman.
Ammo muammo aynan shu yerda boshlanadi...
Uyga kiraman-u, o‘zimni go‘yo juda band odamdek ko‘rsatib, xonamga kirib ketaman. Qo‘limda telefon yoki kompyuter. Ayolim va bolalarim meni "otamiz ishlayaptilar" deb o‘ylashadi. To‘g‘ri, ba’zan ishlayman, lekin ko‘pincha shunchaki internet "dom"iga tushib qolaman. Yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar, keraksiz videolar...
Bolalar o'z xonasida multfilm ko'rishadi, o'yinchoqlari bilan o'ynashadi. Ular hali bola, tabiiyki shovqin ko‘tarishadi, talashishadi. Men esa bu "shovqin"dan chalg‘iganim uchun eshik ortidan yoki xonadan chiqib dakki beraman:
— "Tinch o‘tiringlar! Baqirmanglar! Darsingni qil!"
Xonaga qaytib kirgach esa o‘zimni g‘alati his qilaman.
Axir ular bola-ku!
Shovqin-suron qilish, o‘ynash, kulish — ularning fitrati, tabiiy holati. Ular shunday ulg‘ayadi. Men esa ularning yonida o‘tirib, darsiga ko‘maklashish, kunlari qanday o‘tganini yuzma-yuz so‘rash o‘rniga, virtual olamni afzal ko‘ryapmanmi?
Axir bizga, butun olamlarga rahmat, ibrat bo'lgan zot (alayhisalotu vasallam) nevaralari ustilariga chiqqanda ham sajdani cho‘zganlar, bolalar sho‘xligiga bag‘rikenglik qilganlar. Biz esa qo‘limizdagi telefonni deb, o‘z zurriyodimizdan uzoqlashib qolmayapmizmi?
Bugun o‘zimga so‘z berdim:
Uyga kirdimmi, telefon — "off", otalik — "on"!
Ishxonadagi ishlar ishxonada qolsin. Uyda men xodim emas, otaman.
Sizda ham shunday holat bo‘lib turadimi? O‘zimizni isloh qilishni bugundan boshlaylik.
#FarzandTarbiyasi
#OtaMasuliyati
#Iqror
#OilaviyBaxt
#Tarbiyaviy
😀
FARZANDIM
— oilangiz istiqboli!

December 31, 13:25

​​#iltimos
#ozor_berma
❗️
Ozor berma, zulm qilma
❗️
Uyida yosh chaqalog‘i bor ota sifatidi, bugun shuni iltimos qilmoqchi edimki yangi
yil bahona pirotexnika (paqildoviq) otib,
uyida shirin uxlab yotgan chaqaloqlarga zulm qilmang!
Chaqaloqlar uxlamasa ham qattiq shovqin eshtishsa seskanib, qo‘rqib ketishadi. Bu esa ruhiy ta'sir qilib, bola yoshligidan sal shovqinga ham qo‘rqadigan bo‘lib qolishi mumkin.
Ota-onalar bolalaringizga shu baloni sotib olib bermang iltimos.
Yangi yil nishonlamang, bu bizning bayram emas demayman.
Faqat bitta iltimos - tug‘ishi yaqin qolgan xomilador opa - singillarimizga, yoshi ulug‘, asablari tugab borayotgan otaxon, onaxonlarimizga shovqun suron qilib ozor bermang, zulm qilmang!
Bu iltimosni boshqalarga ham yetkazishingizni so‘rab qolaman. Balkim kimgadir shu yozganlarimiz tasir qilib qolar.
Hurmat bilan 5 nafar farzandning otasi

August 01, 13:05
Media unavailable
2
Show in Telegram

Umar va Hana
| 2-qism
Qiblani qanday aniqlaymiz?
Manba
😀
FARZANDIM
— oilangiz istiqboli!

August 01, 11:26
Media unavailable
4
Show in Telegram

👀
Bolangiz Sizga qo'l ko'targanmi?
Bu holatda Siz nima qilasiz?
😀
FARZANDIM
— oilangiz istiqboli!

July 31, 15:06
Media unavailable
4
Show in Telegram

😢
Meni telefonga aylantirib qo'y...
Manba
😀
FARZANDIM
— oilangiz istiqboli!

July 31, 14:07
Media unavailable
4
Show in Telegram

🤔
4 yoshda 3 ta tilni
🇺🇿
🇺🇸
🇯🇵
biladigan bola?
Bunga Siz qanday qaraysiz?
Firingizni izohda yozib qoldiring.
Manba
😀
FARZANDIM
— oilangiz istiqboli!

July 31, 13:06
Media unavailable
2
Show in Telegram

Umar va Hana
| 1-qism
Alloh niyatimizni biladi
Manba
😀
FARZANDIM
— oilangiz istiqboli!

July 31, 09:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Umar va Hana | 1-qism
Alloh niyatimizni biladi
Bugun
1️⃣
8️⃣
🔤
0️⃣
0️⃣
da
😀
FARZANDIM
— oilangiz istiqboli!