Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Fathiyya Nabijon

fathiyyanabijon
بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد 📚 “Sen: “Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!” deb ayt” [39:9]
Subscribers
855
24 hours
4
30 days
-36
Post views
5 840
ER
6,83%
Posts (30d)
Characters in post
1 752
August 02, 04:02

Eng buyuk rahmat nima?
Alloh Taolo “Fussilat” surasining 2-oyatida shunday deydi:
تَنْزِيْلٌ مِّنَ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْمِ
“(Ushbu Qur’on) mehribon va rahmli (Alloh) tomonidan nozil qilingandir.“
“Ar-Rohman” surasining ilk ikki oyatida esa bunday:
اَلرَّحْمٰنُۙ
عَلَّمَ الْقُرْاٰنَۗ
“Mehribon (Alloh Muhammad payg’ambar va uning ummatlariga), Qur’onni ta’lim berdi”.
Savol
: Nega Qur’onni mufassal tarzda bayon etib nozil qilgan va uni bandalariga ta’lim bergan Zotning zikri aynan “
Rohman
” ismi orqali ketyapti?
Nima uchun, aytaylik “Azizul Hakiym yoki Latiyfun Xobiyr emas?
Javob
: Alloh Taoloning odamzotga ko’rsatgan eng buyuk rahmati:
Qur’onni nozil qilgani va uni ta’lim bergani!
Dunyodagi hech bir in’om, na yashash ne’mati va na nimalardandir lazzatlana olish Rohmanning odam bolasiga rahm qilib Qur’onni eng to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi o’laroq nozil qilganiga, uni yodlashga/tushunishga/amal qilishga oson qilib qo’yganiga teng kelolmaydi.
Odatda, insonlar “Menga rahm qiling” degan jumlani o’ta qaltis vaziyatlarda ishlatishadi: jon talvasasida, xonavayron bo’lish ehtimoli ortganda, hor bo’lishga bir bahya qolganda va hkz.
Alloh Taolo biz bandalariga rahm qildiki, ikki dunyoda ham hor bo’lishlariga yo’l qo’ymaydigan, ham bu dunyoda azizlik bilan, ham oxiratda jahannamdan qutqarilish bilan jonimizni omon saqlaydigan, amal qilsak aslo xonavayron qilmaydigan Qur’onni ta’lim berdi.
Turli xil bahonalar bilan o’zimizga qilingan eng katta rahmatdan yuz o’girishimizni, Qur’onni na tilovat qilishimiz va na tafsirini ochib o’qimasligimizni qanday oqlasa bo’ladi?!..
@fathiyyanabijon

July 14, 11:06

​​#душевные_струны
«
_من عرف شرف ما يطلب هان
عليه ما يبذل_»
“Kim talab qilayotganining sharafini bilsa, unga (jiddu-jahdini) sarflashi oson bo’lad
i”.
———————————————
Ma’lum bir sababga ko’ra o’qishni ko’chirish masalasi bo’yicha universitetga bordim. Arizaga qo’l qo’yarkanman, 3 yillik umrim 3 soniyada ko’z oldimdan o’tib ketdi. Ilk bora kelganimda qanchalik yoqtirmaganim, 1-kurs yakuniga kelib esa, yaqinlarimga maqtayverib charchatib yuboradigan darajada yaxshi ko’rib qolganim, darslardan keyin asrgacha, vaqti kelsa shomgacha kutubxonada qolib o’qib-o’rganganlarim, «синдром отличницы»ga yo’liqib atigi 3 ball uchun kursdoshim bilan 9-qavatga chiqib ustoz bilan savol-javob o’tkazganimiz, grant uchun yelib-yugurganlarim-u, 2 ball yetmay qolib A emas B+ olganimni deb bir hafta yig’laganim.
Asrga tatigulik kunlar, hayotiy xulosalar, qimmatga tushgan tajribalar, qiymatli birodarlar va mehrim tushgan ustozlar…
Dekan o’rinbosarining “Boshqa qizlar kelsa sababini so’rab ham o’tirmayman, lekin sen kabi harakatchan talabani ko’zim qiymaydi. Yaxshilab o’ylab ko’r, chorshanba kungacha kutaman, agar shunda ham qaroringdan voz kechmasang, mayli keyin arizangni ko’rib chiqishga yuboraman” degan gapi so’ngi tomchi bo’ldi.
Bir zumga ikkilanib qolgan edim, Allohni fazli ila yuqoridagi jumla yodimga keldi:
“Kim talab qilayotganining sharafini bilsa, unga (jiddu-jahdini) sarflashi oson bo’ladi”.
Mana haqiqiy motiv, mana haqiqiy yonilg’i -
Aniqlik.
Nimani
va nima uchun qilayotganini aniq bilish, nimadan nimalar sababli voz kechayotganini yaxshi anglash. Fido qilayotgani evaziga ega bo’layotganlari hisobida adashmaslik. Talab qilayotgan narsasi (ilm/saodat/muvaffaqiyat va hkz) qiymatini, sharafini, boshqa har qanday narsadan afzalligini aniq-tiniq bilish va his qilish.
Agar maqsadimni eng boshidan aniqlashtirib olmaganimda, tanlagan yo’limda shunday fidokorliklar bo’lishi muqarrar ekanligi, lekin keladigan natija bifazlillah buni albatta oqlashiga ishonmaganimda, ehtimol arizani xotirjam stolga qo’yib chiqib keta olmagan bo’lardim.
Eng ahamiyatli ishlar - bajarish og’ir bo’lganlari. Shu bois doim ularni qilishga undaydigan bir “turtki” izlaymiz: ichki-tashqi motivatsiya, jazo yoki mukofot. Lekin, erishmoqchi bo’layotgan narsasini ahamiyatini to’liq anglagan, maqsadi haqida aniq tasavvurga ega bo’lgan insonga na voz kechish qiyin bo’ladi, na qurbon qilish.
Shu bois katta/kichik qarorlar oldidan ikkilanayotgan har qanday kishiga o’tirib o’zligini tahlil qilishi, nimani talab qilyapti-yu, nimalardan voz kechishga tayyor aniqlab olishi tavsiya qilinadi.
@fathiyyanabijon

July 13, 18:43

#daydi_fikrlar
Biz o’z nafsi xotirjamligi uchun emas, kelajak avlod farovonligi uchun yashaydigan ummatmiz.
• Sahobalar harom munosabatga kirishish tugul, nikohdan oldingi uchrashuvlardan ham chetda bo’lishgan. Yillab-oylab gaplashib yurishmagan, hatto zaksdan o’tishmagan. Vaholanki ularda ham nafs bor edi, ularning ham ayollarini ko’ngli nozik edi. Lekin aynan haromga kirmaganlari sabab ularning zurriyodlaridan Allohning qilichlari, din keyingi avlodga yetib borishi uchun jonini-yu molini fido qilgan o’g’lonlar, mahramlari uchun shahidlik maqomidan boshqasiga rozi bo’lmaydigan himmatli ayollar chiqdi va islom ular vositasida dunyoga yoyildi.
• Tobe’inlar, salafi-solihlar nikohdan oldin ko’rishishmagan, to’ygacha har kecha chatlashishmagan. Ehtimol shu sabab Alloh ularning naslidan Ummaviylar, Abbosiylar, Usmoniylar kabi asrlar mobaynida dunyoga hukmronlik qilgan hukumatlar va ularning asoschilari yetishib chiqdi. O’sha vaqtlar oralig’ida islom ular bilan aziz bo’ldi.
• Bizning davrlarga kelib ikki nomahramning nikohdan oldin uchrashib/gaplashib yurishi norma, hatto urf bo’lib ketti. Haromdan uzoq turadiganlar kulgiga qoladigan bo’ldi. Qizlardan hayo ko’tarilib, istalganicha uchrashuvlarga chiqaveradigan bo’lishdi.
Keyin nima bo’ldi?
Ularning naslidan yolg’on bilan rasvo molini yaxshi deb sotadigan kazzoblar, hukumatga “paxta”qo’yadigan maddohlar, dunyo uchun dinini sotadigan munofiq imomlar, buzuqlikning har qanday turiga rozi bo’ladigan liberallar chiqdi va chiqishda davom etyapti. G’azoda iymoniy birodari jon talvasasida azoblanib yotgan, ochlikdan o’lar holatga kelganini ko’rib tursa ham, bo’kib-bo’kib pepsi ichadigan, chanel sepadigan fosiqlar tug’ildi va tug’ilishda davom etyapti.
Islom - iffat va hayosini o’tkinchi orzu havaslaridan ustun qo’yadigan muslimalar va nafsi amridan ko’ra Robbisining amrini afzal ko’radigan o’g’lonlar zurriyodlari bilan yana oldingi azizligiga qaytadi. Shunday kishilar va ularning farzandlaridan iborat avlodlar orqali jamiyatlar isloh, yer yuzi esa obod bo’ladi. Taraqqiyotning boshqacha formulasi yo’q!
@fathiyyanabijon

July 12, 06:21

Solihlik
nimalarga kifoya?
“Men bu dunyoda nomim chiqmay o’tib ketishni xohlamayman” deydiganlar hamma davrda bo’lgan va bundan keyin ham bo’lishda davom etsa kerak-a?
Zurriyodlari yaxshi nom bilan eslashi uchun yoki elga tanilish istagi bilan nimalar qilmaydi odamzot, vaholanki bu xohishga erishishning yagona samarali formulasi bor:
Alloh bilan orani isloh qilish!
“Kahf” surasining 82-oyatidagi Xizr og’zidan aytilgan gaplarga qarang:
وَأَمَّا ٱلۡجِدَارُ فَكَانَ لِغُلَـٰمَیۡنِ یَتِیمَیۡنِ
فِی ٱلۡمَدِینَةِ وَكَانَ تَحۡتَهُۥ كَنزࣱ لَّهُمَا وَكَانَ أَبُوهُمَا صَـٰلِحࣰا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَن یَبۡلُغَاۤ أَشُدَّهُمَا وَیَسۡتَخۡرِجَا كَنزَهُمَا رَحۡمَةࣰ مِّن رَّبِّكَۚ
«Endi devor esa shu shahardagi ikki yetim bolaniki bo‘lib, uning ostida ular uchun bir xazina bor edi.
Ularning otalari juda yaxshi kishi edi.
Bas, Parvardigoring ular voyaga yetib, Parvardigoringning rahmat-marhamati bo‘lmish xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi.»
Ibn Kasir rahimahulloh ushbu oyat tafsirida aytadilar: “Alloh Taolo xazina ota-onaning solihligi bois saqlab qolingani xususida xabar qiladi, bolalarni solihligi haqida esa zikr qilmaydi (وَكَانَ أَبُوهُمَا صَـٰلِحࣰا) - Bu, insoning solihligi naslining davomiy bo’lishiga kifoya qilishiga dalolat qiladi, ham bu dunyoda: qilib o’tgan yaxshi amallari barokotidan, ham oxirat diyorida: shafoat qilish huquqi sababidan.
Shu bilan birga Jannatdagi darajalari ortishiga ham vasila bo’la oladi, Qur’on va Sunnatda ta’kidlanganidek. Said ibn Jubayrdan qilingan rivoyatga ko’ra, ibn Abbos: “Alloh ularga bobolarining solihligi sabab g’amxo’rlik qilgan. U yettinchi avlod bobolari edi.” degan.”
Banda, har qanday holatda ham niyatini isloh qilib solih amallar ustida bardavom bo’laverishi, Robbisi bilan munosabatini yaxshilashga intilaverishi kerak.
Agar Alloh bilan orangiz yaxshi bo’lsa, U Zot ikki dunyoda saodatli bo’lishingizga kifoya qiladi, muammolaringiz yechimi uchun kerak bo’lsa bandalarini sizga xizmat qildirib qo’yadi, nafaqat sizga, zurriyodlaringizga ham. Xuddi ikki yetimni otasi/bobosi solih bo’lgani uchun hatto payg’ambarlarni xizmat qildirib qo’ygani kabi!
Bugun juma, mana shunday ibratli qissalar-u ajoyibotlarga boy “Kahf” surasini o’qib qo’yish yodingizdan chiqmasin)
@fathiyyanabijon

June 19, 10:06

Ommaviy hayosizlik Mavzuga qo’l urishdan oldin sarlavhani bunday qo’yish fikri yo’q edi, chunki bu illat asosan Toshkentlik ayol-qizlar orasida tarqalgan degan fikrda yurar edim. Biroq chuqurroq tahlil qilib ko’rib, muammo ancha kengroq tus olganini angladim.…

June 19, 10:01

Ommaviy hayosizlik
Mavzuga qo’l urishdan oldin sarlavhani bunday qo’yish fikri yo’q edi, chunki bu illat asosan Toshkentlik ayol-qizlar orasida tarqalgan degan fikrda yurar edim. Biroq chuqurroq tahlil qilib ko’rib, muammo ancha kengroq tus olganini angladim.
Gap satrsiz ayol-qizlarning g’ayriaxloqiy kiyinish tarzi haqida ketmayapti, hijobni (boshga o’ralgan bir parcha mato desa to’g’riroq bo’lsa kerak) tor shim bilan kiyish urfga kirgani, bu ortiq hayrat yoki atrofdagilar qalbida g’ashlik uyg’otmay qo’ygani to’g’risida ham emas.
Diqqat qaratishimiz kerak bo’lgan nuqta:
hatto jamiyatning nisbatan taqvoliroq, o’zini diniga chuqur amal qiladiganlar toifasiga kiritadigan musulmonlar xonadonining yaxshi tarbiya ko’rgan qizlaridan ham hayo ko’tarilib ulgurgani!
Bu xulosaga ko’cha-ko’yda uchratgan ba’zi qizlarni ko’rib yaqindagina kelib qolganim yo’q. Tahsil oladigan universitetim - O’zbekiston bo’yicha eng ko’p qizlar o’qiydigan OTMlardan biri. Ya’ni 3 yillik o’qishim davomida har kuni turli xil mintaqalardan keladigan qizlarni kuzatish imkoniyatim bo’lgan. Har yili yanada ko’proq adadda yangi qabul qilingan talabalar kelib qo’shilishi, to’g’ridan-to’g’ri muloqot, o’zaro fikr almashish hisobiga bu imkoniyat kengayib beraverardi.
Hayosizlikning eng keng tarqalgan ko’rinishi -
qizlar orasida oila qurish uchun bo’lajak nomzod bilan uchrashish ermakka aylanib qolgani.
O’z qadrini, qiymatini bilmay duch kelgan yigit bilan uchrashib ketaverish normal holatdek go’yo. 17 marotaba uchrashuvga chiqqanini gapirib, boshqa qizlar bilan solishtirganda bu juda kamligini aytgandi bir yoshroq ustozimiz.
Haqiqatdan ham tengdoshlarim orasida 25dan ham ziyod nomahram bilan uchrashishga ulgurganlarni ko’rdim. Eng achinarlisi, gap diniga imkon qadar amal qilib keladigan xonadonning qizlari xususida borayotgani!
Har bir nomahram bilan xoli qolib suhbatlashish -
hayo kamayishi, qalbga bitta dog’ tushishi, ko’zlar qotib fitratga hos uyalish, tortinish yoqolib borishiga
barobar. Qiz bola o’z qiymatini bilishi, asosiy ishni valiylarga topshirib, hammasi hal bo’lgandan keyingina istihora qilib qaror berishi darkor, unda ham yaxshilab o’ylab!
Yana bir masala: hayosizlik turmushdan keyingi hayotda ham o’z ta’sirini ko’rsatishi. Oxirgi oylarda ham online, ham offline tarzda kelin look sotiladigan atelyelarni aktiv kuzatishni boshladim. Eng taniqlilaridan tortib, eng oddiy shoowroomlargacha. Atigi bir dona bo’lsa ham uzunligi tizzaga yetadigan ko’ylak topa olmaganim alam qildi. Barchasi yo mato qizg’onib tikilganday o’ta-o’ta kalta, yo ichi ko’rinadigan darajada shaffof, yo xuddi podiumga kiyib chiqadigandek qomatni bilintiradigan tor, yo ziynatlarni zohir qilib ko’rsatadigan fasonda.
Atelye egalaridan ham, tikuvchilardan ham emas, muslimalardan - tengdoshlarimdan hafa bo’lib ketdim. Bozor iqtisodiyoti “Talabga yarasha taklif” prinsipi asosida harakatlanadi. Qizlar tomonidan bu kabi liboslarga talab bo’lmasa, tikuvchi va sotuvchilar shunday asortiment bilan chiqisharmidi?! Boshqa qizlarni qo’yib turaylik, taqvoli xonadonning muslima qizi o’ziga bularni kiyishni qanday ep ko’radi?!
Hayosizlik bu darajada avj olishidan rujulati, g’oyurligini yo’qotib shunga qo’yib berayotgan ota/aka/erlar ham, qizlarning erkaligiga ko’z yumayotgan, nasihat kor qilmasa qattiqqo’llik bilan bo’lsa ham qaytarmayotgan onalar ham, asl fitrati, tabiati holatini unutib moda ketidan manqurtday quvadigan qizlar ham birdek mas’ul. Aybni muayyan bir qismgagina ag’darish katta xato, qolaversa bu yechim ham emas.
Davomi
👇
@fathiyyanabijon

June 19, 09:39

Hayosizlik badali
Bir blogger qiz yozayapti: “Sovchilar guruhiga ko’zim tushib qolibti. Kunda ikki mahal jonli efir qilishar ekan. Xolalar o’tirib olib “otchet” topshirishyapti: kim kulib kiradi, kimning oyisi qanday gaplashadi. Xuddi express24 dan buyurtma qilayotgandek bir xola “Falon joyga yaqinroq turadigan qizlardan beringlar (tashib ketishga oson bo’lsin..). Rozimi u qizlarning onasi u guruhlarda raqami aylanishiga yoki yo’q, hech kimning ishi yo’q. Birovning uyi, ichidagi narsalar, mahramiyat olib chiqib muhokamaga qo’yilyapti…”
Aslidachi?
Bunday guruhlarga onalar
o’zlari xohlab
qizlarining rasmlari va raqamlarini berib qo’yishar ekan, sovchi ayollar esa yoqqanini tanlab, uyiga borib qizini ham ko’rib kelisharkan (gap Toshkent shahri haqida ketyapti).
وَمَآ اَصَابَكُمْ مِّنْ مُّصِيْبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ اَيْدِيْكُمْ
“Sizga qaysi bir musibat yetsa, bas, o‘z qo‘lingiz qilgan kasbdandir…” {42:30}
“Battar bo’linglar, так вам и надо!” degim keladi. Mahramiyatiga ega chiqa olmagan, uyini karvonsaroyga aylantirib duch kelgan ayolga qizini olib chiqib ko’z-ko’z qilaverganni badali - allada aziz qilib maqtagan o’sha qizini yetti yot begonalar istaganicha muhokama qilishi, xuddi express24 dan buyurtma qilgandek tanlab olishi, yoqmasa do’kondan olib qaytarilgan buyumdek ra’d etib qadrini yer qilishi bilan to’lanadi!
“Urf-odat” deb baxona qilishadi, to’g’ri islomda urfni ham inobatga oladigan, ba’zi ko’rinishlari hatto joiz sanaladigan o’rinlar bor, ammo:
shariat arkonlariga zid kelmaslik sharti bilan!
Bu urfni yomonligi nafaqat qizlarda hayo kamayishi, balki o’rtada fitna yuzaga kelishida ham bilinadi.
Qaysi qiz o’ziga oro bermay kiradi o’sha sovchilik bahona kelgan ayollar oldiga? Tabiiyki ziynatlanib ko’rinish beradi. Buni ko’rgan ayollar uyiga kelgach fitratiga xos bo’rttirish, ichidan qo’shib to’qish bilan yigitga qizni maqtay ketadi. Bu gaplardan keyin qizni hayolida tasavvur qilgan bo’ydoq yigit fitnalanmaydi deb kim kafolat bera oladi?!
Shu emasmi hatto yaxshi xonadonni tarbiyali qizlari ham turmush qurishidan oldin o’nlab nomahramlar bilan uchrashuvga chiqishga ulgurishi sababi?!
@fathiyyanabijon

June 15, 19:22

​​#eid
الله أكبر الله أكبر لا إله إلا الله الله أكبر الله أكبر ولله الحمد
Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illalloh, Allohu akbar, Allohu akbar va lillahil hamd!
Alloh Taolo “Yunus” surasining 58-oyatida aytadi:
“قُلۡ بِفَضۡلِ ٱللَّهِ وَبِرَحۡمَتِهِۦ فَبِذَ ٰ⁠لِكَ
فَلۡیَفۡرَحُوا۟ هُوَ خَیۡرࣱ مِّمَّا یَجۡمَعُونَ
Ey Muhammad, ayting: «Allohning fazlu marhamati [yaʼni Islom neʼmati va rahmati] mana shu neʼmat bilan shod-xurram bo‘lsinlar. Zero, bu ular to‘playdigan narsalardan yaxshiroqdir».”
Bugun Robbimiz bizga O’z fazlu marhamati ila Islom ne’matini bergani uchun xursand bo’ladigan kun! Bugun bizning kun, bizning bayram. Bu kunda shodlikka eng ko’p biz haqlimiz!
• Yaqinlaringizni tabriklang, ularga hadyalar ulashing, bolalarni erkalang, birodarlaringizga tabassum qiling, yaxshi ko‘rgan taomlaringizni yeng, hayitliklarni sanab mazza qiling!
• Olgan sovg‘alaringizga qarab ko‘zlaringizni quvnating, yangi va chiroyli liboslar kiying, oila-a’zolaringiz bilan dildan suhbat quring va albatta Allohga ko’p-ko’p hamd ayting!
Eid
Al-Adha muborak

@fathiyyanabijon

June 15, 02:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

(C)
@fathiyyanabijon

June 14, 17:06

#eslatma
Арафа кунининг режаси
• Арафа кечаси (бугун) барвақт ухланг!
• Эртаси куни саҳарлик қилиш учун саҳарда туринг.
• Ҳеч йўқ 4 ракаат таҳажжуд намозини ўқинг! Бошингизни саждага қўйиб дунё ва оҳират яхшилигини сўранг! Шундай кунларга етказганига  ҳамдлар айтинг!
• Бомдод вақти киргунча «Саҳарларда Аллоҳга истиғфор айтадиган кишилар» (Оли Имрон,18-оят)дан бўлиш учун истиғфор билан машғул бўлинг!
• Бомдод азонидан беш дақиқа олдин сиз намозга тайёр бўлинг! Тасаввур қилинг таҳоратингизнинг охирги томчиси билан таҳорат аъзоларингизнинг барчасидан гуноҳларингиз оқиб тушиб кетяпти.
• Таҳоратдан сўнг айтиладиган дуони айтинг!
• Бомдодни ўқинг! Саломдан кейиноқ такбиру ташриқни айтинг!
• Сўнг жойнамозда қуёш чиққунга қадар Қуръон, тонги зикрлар билан машғул бўлинг! Кун чиқиб ўн беш дақиқа ўтгандан сўнг...
• Ҳаж ва умра савоби ёзилиши учун Шуруқ намозини ўқинг!
• Сизни энди танлаш ҳуқуқингиз бор. Агар ухламасдан шу кунни ўтказа олсангиз , ухламанг! Ҳар сониянгиз ғанимат билиб  зикр, дуолар қилинг! Ва ижобатига ишонинг!
• Ёки Аллоҳга ибодат қилиш учун куч тўплаш нияти ила бир соат ухлаб олинг!
• Сўнг уйғониб таҳорат олинг! Энг ози тўрт ракаат Зуҳо намозини ўқинг. Такбир, зикр, тиловатни айниқса:
«Ла илаҳа иллоллоҳу Ваҳдаҳу лаа шарийка лаҳ Лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва Ҳува аъла кулли шайъин Қодийр »ни кўпайтиринг.
• Пешин намозини ўқинг! Такбир айтинг! Қуръонни бир оз тиловат қилинг!
• Арафа ҳутбасини жон қулоғингиз билан эшитинг!
• Асрни ўқинг! Такбир айтиб кечки зикрлар, дуолар қилинг!
• Шом номозига бир соат қолганда Қуръон ўқишни бошланг! Ҳушуъ ила дуолар қилинг!
• «Эй, Роббим  шу куннинг қуёши ботар экан, мен жаҳаннамдан озод бўлиб, жаннатинг ёзилган бандаларинг қаторида ёзгин» деб дуо қилинг!
• Аллоҳ сизни солиҳ амалларга муваффақ айласин! Дуоларингиз қабул бўлишини биз ҳам сўраб қоламиз!
• Шомга азон айтилди. Ифтор қилишни бошланг!!!
Ундан олдин кўп дуо қилинг! Ёдингизда бўлсин рўзадорнинг дуоси албатта ижобат бўлади!
(C)
@fathiyyanabijon