
PFK TURON YAYPAN
🏆
UFA Birinchiligi | 23-tur
(qoldirilgan uchrashuv)
🔴
Turon FA U13 2:0
😊
Andijon FA U13
Gollar:G'ulomov Javlonbek
Xolmatov Asadbek
Uchrashuv yakunlandi!
🔴
Turon U14 3:1
🔵
Namangan FM U14
Gollar:Mo'ydinov Akobir
Olimjonov Abdulloh
Xurshidov Azizbek
👏
Jamoamizni g‘alaba bilan tabriklaymiz!
NEXT MATCH
✅
UFA Birinchiligi 23-tur
🔵
Namangan FM U13
🆚
🔴
Turon U13
🗓
30.09.2026
⏰
09:00
🏟
Namangan FM maydoni
Shubhasiz, turning markaziy uchrashuvi.
🔴
Turon U13
ushbu turda musobaqa favoritlaridan biri — mavsum davomida atigi bir marotaba mag‘lubiyatga uchragan
🔵
Namangan FM U13
jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Diyor Imomxo‘jayevni tabriklaymiz!
Bugun O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘zining 37 yoshini qarshilamoqda. Shu munosabat bilan "Turon" futbol klubi hamda jamoamizning barcha muxlislari nomidan Diyor Imomxo‘jayevni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etgan xolda sihat-salomatlik, kuch-quvvat, kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin Diyorbek Abrorovich!
Hurmat bilan,
"Turon" futbol klubi jamoasi
MUSTAQILLIK BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!
Qadrli yurtdoshlar, aziz futbol ixlosmandlari!
"Turon" futbol klubi jamoasi Siz azizlarni barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etadi!
Barchangizga mustahkam sog‘lik, omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Samimiy hurmat bilan,
"Turon" futbol klubi jamoasi
Matbuot va OAV xodimlarini tabriklaymiz!
Bugun, 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
Shu fursatdan foydalanib barcha jurnalist va matbuot sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlagan xolda ularga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ijodiy yutuqlar yor boʻlishini tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng begʻubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmuning ajralmas qismidir.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchi hisoblanadi.
Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz bolajonlar!
“Turon” futbol klubi barcha yurtdoshlarimizni Muborak Qurbon hayit ayyomi bilan qutlaydi!
Qurbon hayitining madaniy-maʼnaviy hayotimizda, bagʻrikenglik, doʻstlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlashda ahamiyati beqiyosdir.
Ona yurtimizning kelajagi buyuk va yorugʻ, xalqimiz hayoti yanada farovon, Prezidentimizning rahnamoligida amalga oshirilgan barcha xayrli ishlar bardavom boʻlishini Alloh taolodan soʻrab duolar qilaylik.
Barchangizni muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Xonadonlaringizni fayzu-baraka va osoyishtalik tark etmasin!