
Fikrat
Бувим "
Ўтганимиздан кейин орқамиздан Қуръон тиловат қилиб, эслаб туринг-а?
" деб кўп гапирар эдилар.
Катталардан бу гапни такрор эшитганимда "
Киши ўзи дунёда кўп солиҳ амаллар қилиб олгани яхши эмасмикан, кейин бошқалардан умидвор бўлмай
", дея ўйлардим. Йиллар ўтиб бу гапларининг бошқа маъноси ҳам борлигини англадим.
Инсоният (хусусан мусулмон) ўзидан солиҳ зурриёт қолишини хоҳларкан.
Яхши амаллар билан ўтаётган умр "
эстафета таёқчаси
"ни кейинги авлодга қолдирар экан, бу "
таёқ
" Қиёматга қадар келажак авлодлари қўлидан тушиб кетмаслигини истар экан.
Намозини хушуъ билан ўқиётган, ё мунгли овоз билан қироат қилаётган ёхуд қўлида тасбеҳ Аллоҳ зикрини қилаётган авлодини кўрса, беихтиёр булар қозонаётган савобдан улуши борлиги эсига тушиб, "
ўтганимдан кейин мени ҳам дуода унутишмасин
" деган фикр хаёлдан ўтар экан.
Шу сабаб ўша онда аждодларимизнинг мазкур истаклари тилга кўчган бўлиши керак.
Аллоҳ Қиёматга қадар зурриётимиздан фақат солиҳ, обид ва фозилларнигина чиқарсин!
#unutmaymiz_unuttirmaymiz
#MubashshirAhmadga_ozodlik
@MubashshirAhmad
Bir bolaning o‘sishini kuzatayotganda, aslida “inson” deb ataladigan borliqning o‘sish bosqichlariga har lahzada guvoh bo‘lasiz.
Bir bolaning fe’l-atvorini his qilish, his-tuyg‘ularining rivojlanishini, idrokidagi o‘zgarishlarni kundan kunga kuzatish va uning hayot hamda o‘limga oid savollariga duch kelish — bu ham katta bir tajriba emasmi?
Kishi gapirmay tinglashga, o‘z fikrini bildirmay boshqasining fikrini tushunishga bir soat ham chidamaydi.
Albatta bu nafsga oid holatdir va nafsning turtkilari uni tinglash yoki sukut saqlab tafakkur qilishga sabrsiz qilib qo‘yadi. Go‘yoki ichida bir narsa uni gapirishga majbur qilayotgandek, chidolmaydi. Holbuki o‘sha vaqtda uzoq gapirish hammani bezovta qilishini biladi, lekin ko‘p hollarda o‘zini tiyolmaydi.
Tinglashni bilmagan odam kuzatuvchanlikdan mahrum bo‘ladi, suhbatlari mazmunsizlashadi, vaqt o‘tishi bilan so‘zi boy beradi.
Qadimgilar bunga “so‘zning shahvati” deb atashgan.
Haqiqiy gapirish lazzati — nafsni tarbiyalashga loyiq narsalardan biridir.
Agar bir kun sizdan “Nega g‘amginsiz?” deb so‘rashsa, rostini ayting va ularga: “Kam istig‘for aytganim va Qur’on o‘qishni tark etganim sababli” deb javob bering.
Inson o’rganishni maqsad qilgan borliqdir. Shunchaki o’rganish uchun o’rgansangiz ham, endi siz o’rganmagan inson emassiz. Haqiqatni kashf etmoq yoki kashf qildim deb o’ylamoq insonni o’zgartiradi. Inson o’z bilimiga qarshi tura olmaydigan mavjudotdir. Altay…
Inson o’rganishni maqsad qilgan borliqdir. Shunchaki o’rganish uchun o’rgansangiz ham, endi siz o’rganmagan inson emassiz. Haqiqatni kashf etmoq yoki kashf qildim deb o’ylamoq insonni o’zgartiradi. Inson o’z bilimiga qarshi tura olmaydigan mavjudotdir.
Altay Cem Meriç
Chumolini ham ranjitma dema!
“Chumolini ham” deyishingni o’ziga ranjiydi. So’z aytish irfon talab qiladi, tushunish esa insonlikdir.
Fuzuliy
Inson, kelgan urug‘ining emas, yashagan muhiti va odatlarining farzandidir.
Ibn Holdun | Muqaddima
Bir inson, iymon zaifligini namozidan bilib olsa bo’lar ekan..