Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Forish tongi

forishtongi
"Forish tong" gazetasi
Subscribers
9 249
24 hours
-51
30 days
3 991
Unusual 24 hours drop
Post views
40
ER
0,43%
Posts (30d)
625
Characters in post
1 062
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 10, 12:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli fermer xo‘jaliklari rahbarlari!
🌾
G‘alla ekinlarini sug‘urtalash ishlari jadal davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining
O‘RQ-1056-son “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasiga
muvofiq, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun
davlatning imtiyozli kreditlaridan foydalanganda, yetishtiriladigan mahsulotning nobud bo‘lish xavfini oldindan sug‘urta qilish shart
etib belgilangan!
📌
G‘alla ekinlarini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofoti
sug‘urta summasining 4 foizini
tashkil etadi:

2 foizi
fermer tomonidan to‘lanadi;

2 foizi
davlat tomonidan subsidiya asosida qoplab beriladi.
❗️
Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhim.
❗️
📞
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:
55 055-07-55
yoki hududingizga biriktirilgan hosil sug‘urtasi bo‘yicha kuratorga murojaat qiling.
👍
QISHLOQ XO‘JALIGI SUG‘URTASI JAMGʻARMASI

September 10, 12:25
Media unavailable
3
Show in Telegram

"Yoshlar kuni" munosabati bilan
🔰
2026-yil 10-sentabr kuni Forish tumani madanivat bo'limi tomonidan haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" munosabati bilan yoshlar ishtirokida "Madaniyat markazlari yoshlar uchun" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
❇️
Uchrashuvda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish borasida ko‘rsatmalar berilib madaniyat markazlaridagi badiiy jamoalar va to‘garaklar faoliyati bilan tanishtirildi.
"Forish tongi" gazetasi tahririyati.

September 10, 12:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

🗣
Jizzax viloyatidagi
davlat aktivlarining boshlang‘ich narxi 1 mln so‘m
📃
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.08.2026-yildagi
PF-177
-sonli Farmoniga asosan.
🗓
Savdo sanasi:
14.09.2026
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️

Lot raqami:
25402513
batafsil

Lot raqami:
25402532
batafsil

Lot raqami:
25402524
batafsil

Lot raqami:
25402529
batafsil

Lot raqami:
25402530
batafsil

Lot raqami:
25402523
batafsil

Lot raqami:
25402522
batafsil

Lot raqami:
25402531
batafsil

Lot raqami:
25402516
batafsil

Lot raqami:
25402606
batafsil

Lot raqami:
25402517
batafsil

Lot raqami:
25402519
batafsil

Lot raqami:
25402534
batafsil

Lot raqami:
25402518
batafsil

Lot raqami:
25402528
batafsil

Lot raqami:
25402608
batafsil

Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
👍
(72) 226-39-31 (94) 197-00-58
💬
Telegram
🌐
Instagram
🌎
Veb-sayt

September 10, 10:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

September 10, 10:56
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Yangi yondashuv asosida hokim yordamchilarining asosiy vazifalari ishlab chiqildi
:
☑️
aholini
doimiy ishga joylashtirish
va bandlik holatini kuzatib borish;
☑️
aholini
kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish
, oʻqishni tamomlagach bandligini taʼminlash;
☑️
kambagʻal oilalar uchun
individual reja
tuzib, shu asosda barqaror bandlikni taʼminlash;
☑️
mikroloyihalarni aniqlash, moliyalashtirish va ishga tushirish
;
☑️
mahallaning
“oʻsish nuqtalari” va ixtisoslashuvini
belgilash;
☑️
tomorqa va ijara yerlaridan
samarali foydalanishni
tashkil etish;
☑️
boʻsh bino va yer uchastkalarini aniqlab,
auksionga chiqarish
;
☑️
aholida
quyosh panellari, geliokollektor va nasoslar
ni oʻrnatishni ragʻbatlantirish;
☑️
norasmiy bandlikni qisqartirish
va faoliyatni qonuniylashtirishga koʻmaklashish.

September 10, 07:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzax shahrida o‘tkazilayotgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb ko‘rgazmasi davom etmoqda
Tadbirda Jizzax viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Zafar Azimov so‘zga chiqib, ko‘rgazmaning mazmun-mohiyati, yoshlar va ishsiz fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda bandlik masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 10, 07:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

‼️
📚
Сенатда ўзбек алифбосини янгилашга доир қонун маъқулланди
Янги таҳрирга кўра, алифбо 26 та ҳарф ва 3 та ҳарф бирикмаси ўрнига 28 та ҳарф ва 1 та тутуқ белгисидан иборат бўлади. Янги алифбога ўтиш даврида ҳозирги алифбода тайёрланган ҳужжатлар, пуллар ва қимматли қоғозлар амал қилишда давом этади.
Шунингдек, давлат ташкилотларидаги айрим пешлавҳа, кўрсаткич ва рамзлардан улар алмаштирилгунга ёки белгиланган муддатга қадар фойдаланиш мумкин бўлади.

September 10, 06:27
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

❗️
АМАЛИЙ ИШЛАР БОШЛАНДИ
❗️

Давлатимиз раҳбарининг қарор ва фармонларида белгиланган вазифаларнинг амалий ижроси доирасида Фориш, Пахтакор ва Арнасой туманлари ҳудудларидан жами 88 та лот электрон онлайн-аукцион савдоларига чиқарилди.
Шундан 26 та лот Фориш тумани ҳудудидан жой олган бўлиб, улар “Олтинкўприк” қўрғони ҳудудидан оқиб ўтувчи Арнасой сув омбори минтақа майдонида туристик зона ташкил этиш йўналишида фойдаланиш учун савдога чиқарилган.
⭐️
Мазкур лотларнинг аукционга чиқарилиши, аввало, ҳудуднинг мавжуд табиий ва иқтисодий салоҳиятидан самарали фойдаланиш, туризм йўналишида янги лойиҳаларни амалга ошириш, тадбиркорлик ташаббусларини қўллаб-қувватлаш ҳамда қўшимча иш ўринлари яратиш учун муҳим имкониятдир.

Фориш тумани билан бир қаторда, Пахтакор ва Арнасой туманлари ҳудудларидаги сув фонди ерларига оид лотлар ҳам электрон онлайн-аукцион савдоларига чиқарилди. Бу эса вилоятнинг сув бўйидаги ҳудудларидан самарали фойдаланиш ва уларни иқтисодий фаолиятга жалб этиш борасида янги босқични бошлаб бермоқда.

Электрон онлайн-ауксион орқали савдоларнинг ташкил этилиши тадбиркорлар ва ташаббускор фуқароларга лотлар тўғрисидаги маълумотлар билан очиқ танишиш, белгиланган тартибда ариза топшириш ва тенг шартларда савдоларда иштирок этиш имконини беради.
😎
Фармонда сув фонди ерларини хатловдан ўтказиш, бўш турган ерларни аниқлаш ҳамда сув хўжалиги объектларига зарар етказмайдиган фаолият турлари бўйича уларни электрон онлайн-аукцион савдоларига чиқариш “Сув хўжалигида бозор механизмларини жорий қилиш” давлат муассасасининг муҳим вазифаларидан бири сифатида белгиланган.
⭐️
Бу жараён сув фонди ерларидан фойдаланишда очиқлик ва шаффофликни таъминлаш билан бирга, тадбиркорлар учун тенг имконият яратади.
Фармонда 2026–2027-йилларда сув хўжалиги ташкилотлари ҳисобидаги 30 минг гектар сув фонди ерларини шаффоф ва бозор тамойиллари асосида ижарага бериш, 2027-йил якунига қадар эса сув фонди ерларида 100 минг нафар аҳоли бандлигини таъминлаш ва улар учун қўшимча даромад манбаларини яратиш мақсадлари белгиланган.
✔️
Шу нуқтайи назардан, Фориш, Пахтакор ва Арнасой туманлари ҳудудларидан 88 та лотнинг электрон онлайн-аукцион савдоларига чиқарилиши мазкур вазифаларнинг ҳудуддаги амалий ифодаси сифатида алоҳида аҳамият касб этади.
✔️
Айниқса, Фориш туманидаги Арнасой сув омбори ҳудудида туристик зона ташкил этишга йўналтирилган лотларнинг савдога чиқарилиши ҳудуднинг туристик салоҳиятини ошириш, янги хизмат кўрсатиш объектларини ташкил этиш ва маҳаллий аҳоли учун қўшимча бандлик имкониятларини яратиш учун муҳим қадамдир.
💹
Бугунги кунда электрон онлайн-аукционлар нафақат давлат мулки ёки бошқа активларни реализатсия қилиш, балки ер ва сув фонди имкониятларини тадбиркорликка шаффоф тарзда йўналтиришнинг самарали механизмларидан бири сифатида намоён бўлмоқда.
❇️
Тадбиркорлар ва ташаббускор фуқаролар савдога чиқарилган лотлар билан электрон онлайн-аукцион платформаси орқали танишиб, белгиланган тартибда ауксионларда иштирок этишлари мумкин.
Фарҳод Муродов,
Електрон онлайн аукционларни ташкил этиш АЖ
Жиззах вилояти ҳудудий вакили.

September 10, 05:54
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚫
Toshkent viloyatida 240 ming dollarni mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishining, poytaxtda esa qalbaki 8400 dollarning muomalaga kiritilishining oldi olindi
1️⃣
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda chet el valyutasini mamlakatdan noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘yildi.
Xususan, Toshkent tumanida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida 2005 va 2009 yillarda tug‘ilgan
ikki nafar Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi
shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida ulardan biri oyoqlarining boldir qismiga skotch yordamida
160 ming
, ikkinchisi esa
80 ming AQSH dollari
ni bog‘lab, yashirin tarzda qo‘shni davlatga olib chiqib ketayotganliklari aniqlandi.
2️⃣
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida qalbaki xorijiy valyutani muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Xususan, Qibray tumanida yashovchi 1999 y.t. shaxs Turkiya davlatidan yetkazib berilgan
qalbaki 8400 AQSH dollari
ni foyda olish maqsadida Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. sherigi bilan o‘zaro til biriktirib, shartli xaridorga haqiqiy 3800 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating
👇
✈️
Telegram
|
📘
Facebook |
📸
Instagram
|
📹
YouTube

September 10, 05:52
Media unavailable
5
Show in Telegram

MAHALLADA “ISTIROHAT BOG‘I” BARPO ETILMOQDA
👉
Forish tumanidagi Amir Temur nomli mahalla “og‘ir toifali” mahallalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ayni kunda bu yerda mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
🔸
Jumladan, “Og‘ir toifali mahallalar” dasturi doirasida mahallada 1 gektar maydonda zamonaviy “Istirohat bog‘i” barpo etilmoqda.
🔹
Bog‘ hududi temir panjaralar bilan o‘ralib, aholining mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.
🔸
Ayni paytda ajratilgan maydonda yerni tekislash ishlari boshlab yuborildi.
🔹
Bunyodkorlik ishlarini “ZOMIN EXPO GREAT” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishchilari olib bormoqda.
🔰
"Forish tongi" gazetasi tahririyati.
📝