Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

FORISH TUMAN HOKIMLIGI | RASMIY KANAL

forishtumani
🏛 Tumandagi islohotlar, yangiliklar va rasmiy xabarlarning birinchi manbasi. 🌐 Veb-sayt: gov.uz/oz/forish 📞 Murojaat uchun: 72 452-17-95 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: https://www.facebook.com/Forishtumanihokimligi https://www.instagram.com/forishtumanihoki
Subscribers
45 600
24 hours
300
30 days
8 900
Post views
440
ER
0,88%
Posts (30d)
551
Characters in post
930
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 21, 16:20
Media unavailable
4
Show in Telegram

DAVLAT TILI TO’G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O’RGANILMOQDA
Forish tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom etmoqda.
🇺🇿

Asosiy maqsad:
Vazirlar Mahkamasining 61-sonli qarori
ijrosini ta’minlash, rasmiy ish yuritishda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan to‘liq va sifatli foydalanishni yo‘lga qo‘yish.
🔍
Jarayon:
Tuman hokimining
Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi H.Egamova
tomonidan
Oqtepa
mahallasida joylashgan
18-sonli Bolalar musiqa va san'ati maktabi
da o‘rganish ishlari olib borildi.
📋
O‘rganish natijalari:
Ish yuritish hujjatlari (buyruqlar, xatlar, yig‘ilish bayonlari)ning davlat tili imlo va uslubiy me’yorlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan ayrim texnik va imloviy kamchiliklar yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berilib, bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar yuklatildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
🌐
FACEBOOK
🌐
INSTAGRAM
🌐
WEB-SAHIFA

April 21, 15:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

🏆
ZAFAR MUBORAK: BILIMDONLARIMIZ SHOHSUPADA!
🥇
Forish tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 79-umumtaʼlim maktabi uchun bugun quvonchli kun!
🌟
Maktabimizning iqtidorli oʻquvchilaridan tarkib topgan "Zakovat" intellektual klubi aʼzolari Jizzax viloyati miqyosida oʻtkazilgan intellektual oʻyinda oʻz bilim va tezkorliklarini namoyish etib, faxrli
1-oʻrin
ni qoʻlga kiritishdi!
🧠
💡
Bu yutuq — nafaqat oʻquvchilarimizning, balki ularni qoʻllab-quvvatlagan ustozlar va ota-onalarning ham katta mehnatlari samarasi!
🎉
📚
Aziz bilimdonlar, sizlarning intellektual salohiyatingiz kelajakda yanada yuksak choʻqqilarni zabt etishiga ishonamiz! Gʻalaba muborak boʻlsin!
🚀
🔥
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Bizni rasmiy sahifalarimizda ham kuzatib boring
🚀
🚀
🚀
🌐
FACEBOOK
🌐
INSTAGRAM
🌐
WEB-SAHIFA

April 21, 15:43
Media unavailable
3
Show in Telegram

📍
Hokim sayyor qabuli: Darvoza MFYda amaliy ishlar davom etmoqda!
Forish tuman hokimi Islamov Sohib Yaxshibekovich
ning sayyor qabulida ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida ishchi guruh a'zolari mahalla hududiga borgan holda murojaatlar mazmuni bilan yaqindan tanishishdi.
🚀
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Gavhar Berkinova
50-umumta’lim muassasi
ga tashrif buyurdi.
🏫

Safar davomida amalga oshirilgan ishlar:

Ustozlar e’tiborda:
Olis hududga kelib, yosh avlodga bilim berayotgan fidoyi o‘qituvchimiz bilan dildan suhbatlashildi. Ularni qiziqtirgan savollar, xususan, ijara shartnomasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
🗣
🤝

Qulayliklar oshirilmoqda:
Ta’lim maskanida o‘quv jarayoni sifatli kechishi uchun barcha yoritish moslamalari zamonaviy chiroqlarga almashtirildi.
💡
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Bizni rasmiy sahifalarimizda ham kuzatib boring
🚀
🚀
🚀
🌐
FACEBOOK
🌐
INSTAGRAM
🌐
WEB-SAHIFA

April 21, 15:10
Media unavailable
6
Show in Telegram

⚽️
Mini futbol – “DXX kubogi” doirasida qiziqarli bahs!
Forish tumani yoshlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻtkazilayotgan "DXX kubogi" musobaqasi doirasida mini futbol uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
🔥
Ushbu uchrashuvda
Qoʻlba MFY
hamda
Uchma
MFY
jamoalari oʻzaro kuch sinashdi.
Qoʻlba MFY VS Uchma MFY
10-2
💥
Tomoshabinlar uchun qiziqarli va gollarga boy oʻtgan bahsda
Qoʻlba MFY
jamoasi
10:2
hisobida gʻalaba qozondi.
👏
Har ikki jamoaga ham minnatdorchilik bildiramiz, keyingi oʻyinlarda omad tilaymiz!
⚡️
Turnir davom etadi – murosasiz bahslar davom etmoqda!
#DXXkubogi
#Forish_tumani
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Bizni rasmiy sahifalarimizda ham kuzatib boring
🚀
🚀
🚀
🌐
FACEBOOK
🌐
INSTAGRAM
🌐
WEB-SAHIFA

April 21, 11:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

BMB Holding – kelajak sari ishonchli qadam
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining turli yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yirik kompaniyalar orasida BMB Holding o‘zining barqaror rivojlanish strategiyasi va zamonaviy yondashuvlari bilan ajralib turadi.
Holding tomonidan amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kengayish ishlari nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro maydonda ham kompaniyaning mavqeini mustahkamlab bormoqda.
Shuningdek, BMB Holding ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sportni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarda ham faol ishtirok etib, jamiyat hayotidagi o‘rnini yanada mustahkamlab kelmoqda.
Shu jihatdan BMB Holdingni taraqqiyot sari tashlangan ishonchli qadamlar timsoli sifatida e’tirof etish mumkin.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 21, 10:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Diqqat E’lon
❗️
2026-yil 1-may
kuni Forish tumani 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tilishi ko’zda tutilayotgan
,,San’at nafasi’’
musiqa va san’at ko’rik tanloviga barchangizni taklif etamiz
☑️
ESLATMA
❗️
Tanlovda Forish tumani umumta’lim maktablarining 1-sinfdan 4-sinfgacha bo’lgan o’quvchilari ishtirok etishi mumkin
⚠️
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 25-apreliga qadar qabul qilinadi
❗️
Arizalarni quyidagi
👇
https://t.me/sanat_nafasi_tanlovi
Havolaga yuborishingizni so’rab qolamiz

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Bizni rasmiy sahifalarimizda ham kuzatib boring
🚀
🚀
🚀
🌐
FACEBOOK
🌐
INSTAGRAM
🌐
WEB-SAHIFA

April 21, 10:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Videoreportaj: Arnasoy tumanida viloyat hokimi rahbarligida paxtaga sifatli ishlov berishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Arnasoy tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida paxtaga sifatli ishlov berishga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar “Yangi bo‘ston sardori” fermer xo‘jaligida tashkil etilib, grezerli kultivatsiya moslamasi sinovdan o‘tkazildi. Mutaxassislar uning tuproqni yumshatish, namlikni saqlash va hosildorlikni oshirishdagi ahamiyatini tushuntirdi.
Shuningdek, Xitoyning “Anyan” kompaniyasi tomonidan dori vositalarini aniq va tejamkor sepishga mo‘ljallangan innovatsion moslama taqdim etildi.
Ishtirokchilar “Farhodjon Xudoyorxon” fermer xo‘jaligida qo‘shqator usulida chigit ekish jarayoni bilan tanishdi.
Tadbirda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali paxta yetishtirish samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
📹
Batafsil — videolavhada tomosha qiling
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 21, 10:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzax viloyatida moliyaviy xizmatlar hajmi izchil o‘smoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida respublika bo‘yicha moliyaviy xizmatlar hajmi 29,8 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,8 foizga o‘sgani bilan ahamiyatlidir.
Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Jizzax viloyatida ham moliyaviy xizmatlar bozorida muayan o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. Xususan, viloyatda mazkur davr mobaynida moliyaviy xizmatlar hajmi 705 mlrd so‘mga yetgan.
Jizzax viloyati mazkur reytingda yaxshi pog‘onalardan joy olgan bo‘lib, Navoiy viloyati (696,7 mlrd so‘m) va Sirdaryo viloyati (430,3 mlrd so‘m) ko‘rsatkichlaridan yuqori natija qayd etgani e’tiborlidir.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, moliyaviy xizmatlar hajmining o‘sishi hududlarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, bank va moliya institutlari faoliyatini kengaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bilan bevosita bog‘liq. Jizzax viloyatida ham bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar yaqin istiqbolda yanada yuqori natijalar berishini kutish mumkin.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 21, 09:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Videoreportaj: Zarbdorda pillachilikka e’tibor samara bermoqda
Zarbdor tumanida pilla qurti boqish mavsumiga rasman start berildi. Joriy yilda pillachilikni rivojlantirish va yuqori hosildorlikka erishish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi.
2026-yilda tumanda jami 1517 quti ipak qurtini parvarishlash rejalashtirilgan bo‘lib, barcha pillakorlarga sifatli qurtlar o‘z vaqtida yetkazib berildi. Ayni paytda parvarish ishlari talab darajasida tashkil etilgan.
Xususan, qurtxonalarda meyoriy sharoitlarni saqlash, tut bargi bilan o‘z vaqtida ta’minlash va sanitariya qoidalariga rioya etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📹
Batafsil — videolavhada tomosha qiling
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

April 21, 09:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzax viloyatida o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlar holati ma’lum qilindi
Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan 2026-yil 1 aprel holatiga ko‘ra, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari yuzasidan ma’lumotlar e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat bo‘yicha jami 922 ta holatda yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.
Ushbu holatlar yer toifalari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
— qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar — 159 ta;
— aholi punktlari yerlari — 700 ta;
— sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar — 25 ta;
— tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlar — 1 ta;
— o‘rmon fondi yerlari — 2 ta;
— suv fondi yerlari — 18 ta;
— zaxira yerlar — 17 ta.
Mazkur raqamlar yer resurslaridan oqilona foydalanish va qonunbuzarliklarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ko‘rsatadi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|