
Foydali Moliya
⛈
YAQINDA NOYABR
Qulog‘imga shivirlar havo:
- Sotib olgin o‘zingga po‘stin.
Maosh asta kuylaydi navo:
- Havo uncha sovuqmas, do‘stim.
©
Bobur Bobomurod
🔝
@foydali_moliya
— obuna bo‘ling
⚖
Law Of Consumption
Iqtisodda "Law Of Consumption" degan qonuniyat bor. Unga ko'ra, insonning daromadi oshishi, uning xarajatlari oshishiga ham sabab bo'ladi.
Uch million oylikni bir oyga yetkazayotgan oilaning daromadi to'rt millionga ko'tarilsa, baribir o'zgarish bo'lmaydi.
Bunda inflyatsiya ikkilamchi bo'lib, agar moliyaviy holat (nafs) to'g'rilanmasa, qancha daromad qilsangiz ham yetmay boraveradi.
Yana oʻsha gap: moliyaviy mustaqillikka erishish uchun pul topishning o'zi kamlik qiladi. Topilgan daromadni ko'proq qismini saqlab qola olish muhim.
🔝
@foydali_moliya
— obuna boʻling
Qattiq va bukilmas narsa sinadi, yumshoq va egiluvchan narsa esa g‘olib keladi.
Inson dunyoga yumshoq va egiluvchan bo‘lib keladi, vafot etgach esa qattiq va qotib qolgan bo‘ladi.
O‘simliklar nozik va egiluvchan bo‘lib unadi, qurib o‘lgach esa mo‘rt va quruq bo‘lib qoladi.
Shunday ekan, qattiq va murosasiz bo‘lgan kishi — o‘lim tarafdoridir. Moslashuvchan va yumshoq bo‘lgan kishi esa hayot tarafdoridir.
©
Xitoy faylasufi Lao Szi
🔝
@foydali_moliya
— obuna bo‘ling
Biznesingizni kengaytirishni rejalashtiryapsiz, ammo mablag‘ yetishmayaptimi?
Biznesni rivojlantirish — xomashyo xarid qilishdan tortib ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishgacha — sarmoya talab etadi. Bunda qancha miqdorda mablag‘ olish mumkinligini va kredit shartlari nimalarga bog‘liqligini bilish muhim.
TBC Biznes eksperti bilan birgalikda bank biznesni qanday baholashi va tadbirkorlar uchun qanday kredit olish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rib chiqdik.
Batafsil oqish.
Foiz stavkasi: yillik 20% dan 38% gacha. Muddat: 3 oydan 84 oygacha. Summa: 10 mln so‘mdan 12 mlrd so‘mgacha. DIQQAT! Kredit majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xavflarga sabab bo‘lishi mumkin. Kredit shartlari:
tbcbank.uz/uz/business/
📍
Antarktidada ish chiqib qoldi, ketamizmi? — Maosh 2 500 yevro
Buyuk Britaniyaning UK Antarctic Heritage Trust tashkiloti Antarktidadagi sobiq Port-Lokroy tadqiqot stansiyasida ishlash uchun xodimlar izlayotgan
ekan
.
📋
Vazifalar nimalardan iborat?
⚫️
Pingvinlar koloniyasi, uyalar va tuxumlarni sanash;
⚫️
Muzey va suvenirlar do‘koniga xizmat ko‘rsatish;
⚫️
Dunyodagi eng janubiy pochta bo‘limida xatlarni saralash;
⚫️
Yuklarni tashish hamda kundalik jismoniy ishlarda qatnashish.
⚫️
Sayyohlarni kutib olish va hududni tozalash;
Ish muddati — 6 oy, oylik maosh esa 2 500 yevro.
Maoshdan tashqari tashkilot turar joy, ovqatlanish va issiq kiyim bilan ta’minlaydi. Biroq soliqlarni xodimlarning o‘zi to‘laydi.
Ammo ish sharoiti unchalik ham zoʻr emas. Stansiyada mobil aloqa, odatiy suv ta’minoti va tibbiy yordam yo‘q. Dush haftasiga bir marta qabul qilinishi mumkin. Xodimlar og‘ir yuklarni ko‘tarishi, qorni tozalashi va qiyin ob-havo sharoitida ishlashi kerak.
Nomzodlar kamida 18 yoshda bo‘lishi lozim. Ilmiy ma’lumot talab qilinmaydi, jismoniy tayyorgarlik va uzoq vaqt izolyatsiyada yashashga moslashish muhim.
🔝
@foydali_moliya
— obuna bo‘ling
Тарих: Бўғизлаб ўлдирилган ҳукмдор
“Исфандиёрхон ҳовуз ёнида дастлаб Жунаидхоннинг ўғли Эшши, ҳамроҳи Оннагалди билан кўришиб, ҳол-аҳвол сўрашгач, учинчи меҳмон – Вакил оғага қўл узатди. Вакил оға эса негадир хон билан чап қўлида саломлашди. «Нима, ўнг қўлинг оғрияптими?» деб Исфандиёрхон унга қараши билан Вакил оға тўнининг ўнг енгидан пичоқ чиқарди-ю, Хива хонини бўғизлаб ташлади. Ҳовуз ичидаги сувга қип-қизил қон
ёйилди
...”
Batafsilroq
@tarix_izlari
kanalida
💸
VALYUTALAR KURSLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi
rasmiy kurslarini
eʼlon qildi.
Ushbu valyutalar kurslari
24, 25, 26-oktabr
kunlari uchun amal qiladi.
🔔
Eslatma:
Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.
🔝
@foydali_moliya
— obuna bo‘ling
❗️
"Terpillamisan?" Qonun buzilishini aytgan odam chaqimchi
emas
🤷
Bizda bir g‘alati odat bor. Kimdir ariqqa axlat to‘kayotgan qo‘shnini, pul so‘ragan amaldorni yo ishchining maoshini bermay yurgan rahbarni ochiq aytsa, unga darrov "chaqimchi" degan nom yopishadi.
😊
Ko‘rib ko‘rmaganga olgan odam esa "aqlli" hisoblanadi. Natijada qoidani buzgan emas, uni aytgan odam noqulay ahvolga tushib qoladi.
❗️
Lekin jim turganimizning hisobini oxir-oqibat o‘zimiz to‘laymiz. Sifatsiz qurilgan yo‘l, o‘g‘irlangan byudjet, adolatsiz qaror hammamizga birday tegadi.
🗣
Gʻiybat qilish va qonun buzilganini aytish boshqa-boshqa narsa. Birinchisi odamning shaxsiy hayotiga aralashish, ikkinchisi fuqarolik mas’uliyati.
🛡
Davlatning vazifasi xabar bergan odamni himoya qilish, ismini sir saqlash va murojaatni oxiriga yetkazish. Jamiyatniki esa uni ayblamaslik.
🔝
@foydali_moliya
— obuna boʻling
Bir donishmand yoʻlda ketarkan, qarshisidan chidab bo'lmas yuk koʻtarib olgan notanish kimsa chiqibdi.
- Nega oʼzingni buncha azoblaysan, nima seni majbur qilmoqda? - soʼradi donishmand.
- Bobom otamning baxti uchun, otam bizning baxtimiz uchun mehnat qildi, azob chekdi. Endi navbat meniki, farzandlarim uchun ishlashim kerak, - deb javob berdi notanish kimsa.
- Oilangda kimdir baxtli boʼla oldimi: bobong, otang yoki sen? - so'radi donishmand.
- Yo‘q, lekin farzandlarim albatta baxtli bo‘ladi! - deb javob berdi baxtsiz odam.
- Savodsiz odam boshqaga oʼqishni oʼrgata olmaydi. Avval oʼzing baxtli boʼlishni oʼrgan, keyin ortingdagilar baxt nimaligini bilishadi, - deb donishmand yoʻlida davom etdi.
🔝
@foydali_moliya
— Juma muborak!
🇺🇿
Oʻzbekistonda paxta rejasi 103% ga bajarilibdi!
22-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 4,63 mln tonna paxta yig‘ib olindi. Bu belgilangan rejaning 103 foizi demakdir.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, paxtaning 76 foizi mashinalar yordamida terib olingan. Terim esa hali davom etmoqda.
Esingizdami, ilgari sentabr kelishi bilan paxta mavsumi boshlanardi. O‘quvchi maktabdan, talaba universitetdan, o‘qituvchi darsdan uzilib, dalaga yo‘l olardi. Korxona va tashkilotlar ham xodimlarini terimga safarbar qilardi.
Bugun esa ko‘pchilik paxta terimi boshlanganini ham sezmaydi. O‘quvchi maktabida, talaba universitetida, xodimlar esa o‘z ishida.
Bu shunchaki qishloq xo‘jaligidagi texnologik o‘zgarish emas. Bu siyosatning oʻzgargani, islohotlar davom etayotgan va eng muhimi — mehnatga, inson vaqtiga va ta’limga bo‘lgan munosabat o‘zgarganining ham bir ko‘rinishi.
🔝
@foydali_moliya
— obuna bo‘ling