
G'aybulla Tursunov "RASMIY KANAL"
Assalomu alaykum, hammaga!
Ko‘pchilikdan murojaat bo‘lyapti: kimdir mening nomimdan soxta akkauntlar ochib, odamlarga yozayotgan ekan.
Shu sababli sizlardan iltimos, bunday akkauntlarga ishonmang va aldanib qolmang. Ularning barchasi FAKE akkauntlar!
Men shaxsan hech kimga Telegram orqali birinchi bo‘lib murojaat qilmayman.
Iltimos, ehtiyot bo‘ling va bu kabi holatlarga aldanib qolmang. Tushunganingiz uchun rahmat!
🤝
Konsertga ko’rishkuncha
❤️
Assalomu aleykum Hammaga
👋
20 NOYABR - HUMO ARENA
FAQAT MUXLISLARIM BILAN DUET KUYLAYMIZ
🔥
🔥
Meni qo'llab-quvvatlab kelayotgan oilam, yaqinlarim, ijodiy jamoam va aziz muxlislarim - sizlarning mehringiz men uchun juda qadrli.
Bildirilgan har bir tabrik va ezgu tilak uchun chin
qalbimdan rahmat!
🙏
Bugun hayotimdagi eng unutilmas va
sharafli kunlardan biri.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev tomonidan "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlanganim men uchun ulkan sharaf va yuksak mas'uliyatdir.
Bu mukofotni nafaqat mening mehnatimga, balki yillar davomida yonimda bo'lgan ustozlarim, oilam, jamoam va ijodimni qadrlab kelayotgan aziz xaląimizning mehriga berilgan yuksak e'tirof deb bilaman.
Muhtaram Prezidentimizga bildirilgan yuksak ishonch va e'tibor uchun chuqur minnatdorligimni bildiraman.
Bu e'tirof bundan keyin ham xalqimizga, Vatanimizga va o'zbek san'atiga yanada katta mas'uliyat, sadoqat va mehr bilan xizmat qilishga undaydi.