
giglink
Samsung Galaxy S26 seriyasini
taqdim etdi
— Ultra modelda dunyoda birinchi marta «antishpion» ekran paydo bo'ldi.
Samsung buni Flex Magic Pixel deb atayapti: maxfiylik rejimini yoqsangiz, yoningizdagi odam ekranni qora ko'radi, siz esa hamma narsani aniq ko'rasiz. Parol va PIN kiritishda avtomatik yoqiladi, alohida ilovalar uchun ham sozlasa bo'ladi. Endi metroda yoki kafelarda ekranni kaft bilan yopish shart emas.
Ichida Snapdragon 8 Elite Gen 5 for Galaxy chipi ishlaydi. Asosiy kamera — 200 MP
Galaxy AI ham yangilangan: Perplexity AI o'rnatilgan, Bixby kuchaytirilgan, 8K video deyarli yo'qotishsiz yoziladi.
Narxlar:
Ultra ~ $1 299
Oddiy S26 ~ $899
Sotuvga chiqish sanasi — 11-mart.
//
giglink.uz rasmiy kanali
Soon
Apple so'nggi 5 yil ichida ilmiy-tadqiqot ishlariga 100 milliard dollar sarflaganidan keyin:
Apple 3 milliardinchi iPhone qurilmasini sotdi
Apple turli tanqidlar ostida qolganiga qaramay, hali ham dunyoda eng ko‘p telefon sotayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bugun kompaniya rahbari Tim Kuk daromadlar hisobotini e’lon qilish chog‘ida juda muhim bir raqamni aytdi — Apple o‘zining 3 milliardinchi iPhone telefonini sotgan.
👉
https://giglink.uz/p/1137452
Mish-mishlarga ko'ra, GPT-5 ning chiqarilish sanasi shu oyning oxirida taqdim etilishi kutilmoqda.
GPT-5 quyidagi yangi imkoniyatlarni olib kelishi kutilmoqda:
- Rasm va videolarni yaxshiroq tushunadi: Narsalarni mantiq bilan tahlil qila oladi
- Dasturlashda yordam: Xatolarni o'zi topib, dasturlarni tez yozadi
- Eslashi kuchli: Oldingi suhbatlarni yaxshi eslab qoladi
- Avtomatik ishlaydi: GPT-5 siz aniq ko'rsatma bermasangiz ham, vaziyatga qarab nima qilish kerakligini o'zi tushuna oladi va vazifani bajaradi
//
giglink.uz rasmiy kanali
OpenAI rahbari bolalar kelajagi haqida xavotirda: qisqa videolar bolalar miyyasiga ta’sir qilmoqda
OpenAI bosh direktori Sam Altman bolalarning kelajakdagi moslashuvchanligi va ruhiy rivojlanishi borasida jiddiy xavotirda ekanini aytdi. U “Business Insider” nashriga bergan intervyusida ota‑onalarga murojaat qilib, farzandlarni sun’iy intellekt davriga qanday tayyorlash kerakligi haqida fikr bildirdi.
👉
https://giglink.uz/p/9567786
OpenAI yangi imkoniyatni taqdim etdi: ChatGPT Agent endi kompyuterni boshqarib, vazifalarni sizni o'rningizga bajaradi
OpenAI sun’iy intellekt sohasidagi eng so‘nggi trend – AI agentlari yo‘nalishiga jiddiy kirib kelmoqda. Kompaniya yaqinda ChatGPT Agent nomli yangi imkoniyatni ishga tushirdi. Bu oddiy chatbotalardan bir qadam oldinda bo‘lib, foydalanuvchi nomidan murakkab, bir necha bosqichli vazifalarni bajarishi mumkin.
👉
https://giglink.uz/p/4938037
Apple, Samsung va Google Emoji evolyutsiyasi, qaysi biri sizga ko'proq yoqadi?
//
giglink.uz rasmiy kanali
Samsungning eng arzon buklanadigan telefoni Galaxy Z Flip7 FE chiqdi:
Exynos 2400
bilan jihozlangan,
narxi ~ 11 500 00 so'm
Galaxy Z Flip7 FE dizayni Z Flip 6 bilan bir xil, faqat Exynos 2400 chipi bilan jihozlangan. Bu protsessor Snapdragon 8 Gen 3 dan biroz zaifroq, lekin kundalik ishlatishda farq sezilarli emas.
//
giglink.uz rasmiy kanali