Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Gippokamp

gippokamp
Tibbiy platforma gippokamp.uz instagram.com/gippokamp facebook.com/gippokamp Savol va murojaatlar uchun: @rihkov14 @Baxromov_Abdurahmon
Subscribers
966
24 hours
30 days
-3
Post views
779
ER
0,81%
Posts (30d)
Characters in post
625
March 14, 05:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 14, 05:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Vaziyatli_masala
(46)
Kanalga obuna bo’ling
👉
@Gippokamp
😃

March 14, 05:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Terapiya
#Pulmonologiya
Yo'tal
Yo'tal
— o'pkalardan havoning zarb bilan chiqarilishi bo'lib, nafas yo'llariga tushib qolgan zarrachalar, irritantlar, yuqumli mikroorganizmlar va pastki nafas yo'llaridagi ajralmalarni tashqariga chiqarishga yordam beradigan himoya reaksiyasidir.
O'tkir yo'tal (<3 hafta):
asosiy sabablar shamollash, gripp, virusli rinosinusit hisoblanadi. Bundan tashqari virusli bronxit, pnevmoniya va atipik infeksiyalar (m-n, ko'kyo'tal) ham sabab bo'lishi mumkin.
Yuqoridagi holatlar odatda sog'lom kishilarda o'z-o'zidan tuzalib ketadi. Zaruratga ko'ra medikamentoz terapiya qo'llash mumkin.
O'tkir osti yo'tal (3-8 havfta):
asosan o'tkir respirator infeksiyalarning tuzalish davrida kuzatiladi (ya'ni postinfeksion yo'tal). Bundan tashqari yengil astma xurujlarida, atipik respirator infeksiyalarda, o'tkir osti bakterial sinusitda ham kuzatilishi mumkin.
Yuqoridagi holatlarda 4-6 hafta o'tib ham bemorning holati yaxshilanmasa va yo'talning kuchayishi hamda yangi simptomlar (m-n, isitma, vazn tashlash) kuzatilsa tibbiy ko'rik o'tkazish tavsiya etiladi (m-n, rentgenografiya, o'pkaning funksional sinamasi, sinuslar radiologik tekshiruvi)
Surunkali yo'tal (>8 hafta):
Asosan astma, GERK, surunkali rinosinusit, allergik rinit, ayrim antigipertenziv vositlar (m-n, AO'F ingibitorlari), chekish va kam hollarda surunkali obstruktiv o'pka kasalliklari (SOO'K), bronxoektaz, intestinal o'pka kasalligi yoki o'pka rakida kuzatiladi.
Yuqoridagi holatlarda sinchikovlik bilan tekshiruvlar o'tkazish talab etiladi va etiologik sababga ko'ra davo chorasi tayinlanadi.
Ayniqsa quyidagi holatlarga e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega:
Gemoptoz (qon tuflash), sababsiz vazn tashlash, yuqori yoki doimiy isitma, avjlanib boruvchi nafas siqishi kabi belgilar ham mavjud bo'lsa, yomon sifatli o'sma, surunkali infeksiya, o'pkaning og'ir kasalliklariga shubha uyg'otadi. Agar kechki terlashlar kabi qo'shimcha belgi bo'lsa tuberkulyoz mavjudligiga shubha uyg'otadi.
Kanalga obuna bo’ling
👉
@Gippokamp
😃

March 14, 05:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Vaziyatli_masala
(45)
Kanalga obuna bo’ling
👉
@Gippokamp
😃

March 01, 05:00
Media unavailable
1
Show in Telegram

March 01, 05:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Vaziyatli_masala
(45)
Kanalga obuna bo’ling
👉
@Gippokamp
😃

March 01, 05:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Xirurgiya
#Kardiologiya
Sun'iy yurak klapanlari
Sun'iy yurak klapanlari — yurak klapanidagi jiddiy nuqson yoki kasallik tufayli tabiiy klapan funksiyasi buzilganida, uni almashtirish uchun qo'llaniladigan mexanik yoki to'qima asosidagi protez qurilmalardir.
Yurakning asosiy vazifasi qon oqimini kerakli yo'nalishda va kerakli bosim bilan ta'minlashdir. Agar klapanlardagi stenoz yoki regurgitatsiya juda og'ir darajada bo'lsa, sun'iy klapan o'rnatish orqali yurakning normal ishlashi ta’minlanadi.
Sun'iy yurak klapanlari o'rnatishga sabab bo'ladigan omillar:
1.
Klapandagi jiddiy stenoz yoki regurgitatsiya:
Qonning yurakka yoki organizm bo'ylab to'g'ri oqmasligi.
2.
Revmatik yurak kasalligi:
O'tkir revmatik isitma yoki surunkali revmatik kasalliklar klapan to'qimasida chandiq paydo qiladi.
3.
Tug'ma yurak nuqsonlari:
Ba'zi bemorlarda tug'ilgandan boshlab noto'g'ri shakllangan yoki to'liq rivojlanmagan klapan uchrashi mumkin.
4.
Infeksion endokardit:
Yurak klapanining yallig'lanishi (infeksiya) natijasida klapan yuzasi shikastlanishi.
5.
Qarish jarayonlari:
Yosh o'tgan sari klapan to'qimasi degenerativ o'zgarishlarga uchrashi mumkin.
Ushbu holatlarda klapanning funksiyasi tiklanishi qiyin bo'lsa yoki konservativ va dori-darmon bilan davolash samara bermasa, sun'iy klapan o'rnatish operatsiyasi tavsiya etiladi.
Sun'iy yurak klapanlarini o'rnatish usullari:
1. An'anaviy jarrohlik usuli (sternotomiya)
2. Kardiopulmonal shuntlash
3. Mini-Sternotomiya
4. Transkateter klapan almashtirish (TAVR/TAVI)
Transkateter klapan almashtirish (TAVR/TAVI):
Aortal klapanini almashtirishda kengroq qo'llaniladi. Kateter son arteriyasi yoki ba'zan o'mrov osti arteriyasidan kiritilib, yurakka yetkaziladi va joyida shishirib o'rnatiladi. Asosan keksaroq yoki yuqori xavf guruhidagi bemorlarda qo'llanilgan, biroq so'nggi paytlarda o'rta hamda past xavf guruhidagi bemorlarga ham tavsiya etilmoqda. Kamchiligi shundaki, faqat biologik klapanlar transkateter usulda o'rnatiladi, mexanik klapanlar bunday yo'l bilan o'rnatilmaydi.
Kanalga obuna bo’ling
👉
@Gippokamp
😃

March 01, 05:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Vaziyatli_masala
(44)
Kanalga obuna bo’ling
👉
@Gippokamp
😃

January 24, 05:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

January 24, 05:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Vaziyatli_masala
(44)
Kanalga obuna bo’ling
👉
@Gippokamp
😃