Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

GKS - Allim

gksallim
All about Global Korea Scholarship (GKS, ex-KGSP grant). Koreyaning eng mashxur granti haqida hamma narsa!
Subscribers
1 310
24 hours
10
30 days
-30
Post views
1 515
ER
1,16%
Posts (30d)
Characters in post
880
September 05, 13:49

September 05, 13:49

🇰🇷
🇺🇿
2026
GKS-U(bakalavr) qabul boshlandi
2026-yilgi bahorgi semestr (Kuzgisi yo'q)uchun GKS talabalarini saralash boshlandi.
Bu safar ba'zi yo'nalishlarni o'rni o'zgargan. R-GKS endi Embassy trackga kiradi. Va bu yo'nalishda 2 ta o'qish tanlash mumkin.
Embassy track uchun O'zbekistonga atigi 2 ta o'rin berilgan (R-GKS bilan birga:(
University track bo'yicha GKS-UIC(aniq fanlar va IT yo'nalishi) ga joylar ko'paygan, lekin Associate degree uchun o'rinlar afsuski kamaygan.
O'rinlar taqsimi:
1) Embassy track uchun - 150 ta o'rin(etnik Koreyslar va R-GKS bilan birga)
2) University track uchun - 100 ta o'rin(GKS-UIC)
3) Associate degree - 30 ta o'rin
GKS-UIC bu ham bakalavr uchun GKS grantidir. Bu yo'nalishda kvotalar davlatlarga qarab bo'lib berilmagan. Har bir o'qish uchun kvota ajratilgan.
Umumiy o'rin 100 ta.
Endi hujjatlar onlayn topshirilar ekan.
Hujjat topshirish sayti
studyinkorea.go.kr
2026-GKS bakalavr guideline ni yaxshilab o'qib chiqishni maslahat beraman! U yerda hamma kerakli ma'lumotlar yozilgan;)
Ps. O'rinlar bu yil kamayibdi. Ayniqsa Associate degree 100 tadan 30 taga tushib qobti
:(
#gks
#grant
#bakalavr
@allimtv

September 05, 12:18

🇰🇷
🇺🇿
2026-yilgi GKA bakalavr granti haqida ma'lumotlar
Mentorlik guruhidagi bir o'quvchim, Koreya hukumati Ta'lim vaizrligining "2026-yilgi GKS bakalavr" granti haqidagi hujjatni menga yubordi.
Hujjatda 2026-yilgi GKS granti haqida ma'lumotlar berilgan. Va 2 ta asosiy yangilik bor:
1) 2026-yilgi GKS bakalavr grantiga hujjat topshirishdan boshlab R-GKS yo'nalishi Embassy track ga qo'shilishi mumkin. (Oldin bu yo'nalish University track da edi). Keyin bu yo'nalishda ham B type universitetlardan 2 tasini tanlash imkoniyati beriladi.
2) Yana bir yangilik, bu asosiysi - GKS bakalavr granti uchun hujjatlarni onlayn (
studyinkorea.go.kr
sayti orqali) topshirish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bunda GKS formalarini hammasini sistemada to'ldirib, personal statement va study plan ham sistemada to'ldiriladi. Atestat (diplom), tug'ilganlik haqida guvohnoma apostillari esa skan qilinib tizimga joylashtiriladi. 1-bosqichdan o'tib, GKS grantini yutgan nomzodlargina bu hujjatlarni xalqaro pochta orqali Koreyaga yuborishi kerak bo'ladi. (O'zi Koreyani ko'p universitetlari shunaqa usulda hujjat qabul qilyapti)
Bu yangiliklar hali NIIED (GKS granti uchun javobgar tashkilot) tomonidan tasdiqlanmadi. Bu vazirlik tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda ochiqlangan ma'lumotlardir. Shunga rasmiy ma'lumot chiqquncha poylab turish kerak.
Keyin bu hujjatda 2026-yilgi GKS bakalavr grantiga hujjat topshirish 15-Sentabrda boshlanishi yozilgan.
Katta ehtimol bilan keying hafta Juma kuni yoki uzog'i bilan 15-Sentabrda rasmiy habar chiqadi deb o'ylayman. Rasmiy habar chiqsa yangiliklarni yana sizlar bilan bo'lishaman. Hozircha GKS bakalavrga hujjat topshirishni har doimgidek davom ettiraveringlar!
Hujjatni ham shu yerga joylayabman. Hujjat Koreys tilida!
P.s. Onlayn hujjat topshrish bo'sa, xalqaro pochtani puli tejaladi. R-GKS Embassy track ga o'tsa balki Embassy da ham o'rinlar ko'payar. Yaxshilikni umid qilamiz:)
@allimtv

July 02, 13:41

July 02, 13:41
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇰🇷
🇺🇿
2025 GKS-G granti final javoblari
Vanihoyat 2025-yilgi GKS-G(magistratura, PhD va boshqa) granti bo'yicha final - oxirgi javob chiqdi.
Barcha grant yutganlarni tabriklayman!
Bu yili O'zbekistondan 36 ta odam bu grantni yutdi. Afsuski bu son o'tgan yilgidan kam.
Ko'p o'rinlar aniq fanlar, boshqa yo'nalishlarga berilgani uchun shunday bo'lgan bo'lishi mumkin.
Gumanitar soha bo'yicha GKS-G grantini yutish borgan sari qiyinlashib bormoqda.
SHunga keyingi yili bu grantni topshirmoqchi bo'lganlar soha tanlashda yaxshilab o'ylab ko'rishlarini maslahat beraman.
InshaAlloh barcha grant yutganlar viza olib, Koreyaga ketishlarini tilab qolaman.
Important faylni yaxshilab o'qib chiqila!
P.s. InshaAlloh 2026-yilga GKS-G grantini yutganlar ko'paysin. Bu orqali Koreyaga ishlashga ketadiganlardan shunaqa grant yutib o'qishga ketadiganlar yana ham ko'payishiga ozgina turtki bo'lsin!
@gksallim

June 10, 06:42

🇺🇿
🇰🇷
2025 GKS-G University track 2-bosqich javoblari
Vanihoyat hamma kutgan javoblar chiqdi. 2025-yilgi GKS-G University track ning 2-bosqich javoblari chiqdi.
Successful candidates faylidan o'z ism familyangiz va topshirgan universitetiz ga qarab tekshirib ko'ring.
Bu yil grant yutganlar afsuski kamayibdi. O'zbekistondan 21 ta odam. InshaAlloh keyingi yil yana ham ko'proq odam yutadi deb umid qilaman.
Hudoxohlasa tez orada 3-bosqich javoblari ham chiqadi.
Important faylini ham ko'rib chiqila.
P.s. Barcha grant yutganlarni tabriklayman! Yuta olmaganlar hafa bo'mela. InshaAlloh sizlarga ham nasib qiladi!
@allimtv

June 10, 06:42

March 30, 09:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Ramazon Hayiti muborak
Assalomu alaykum. Hammaga Ramazon hayiti muborak bo'lsin!
InshaAlloh keyingi Ramazonlarga ham eson-omon yetkazsin!
Ish, o'qishlarda o'zi madad bersin! TOPIK topshiradiganlarga 6-daraja, GKS ga hujjat topshirganlarga kutganidan ham yaxshi natija chiqsin:)
Hammamiz o'ylagan yaxshi niyatlarimizga yetib yuraylik!
Bayram kunlari hayrli o'tsin.
@allimtv

March 21, 05:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
Navro'z bayrami muborak
Assalomu alaykum. Barchani Bahor bayrami bilan tabriklayman. Shu bilan birga bugun Ramazon oyining 3-Jumasi.
Afsuski Ramazon oyi juda tez o'tib ketayotganga o'xshayapti:(
Bu qo'shaloq bayram barchamizga hayrli bo'lsin!
InshaAlloh qilayotgan amallarimizga o'zi savobini ko'paytirib bersin!
P.s. Ramazonni qolgan kunlaridan unumli foydalanadigan bandalaridan qilsin!
@allimtv

March 13, 13:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
🇰🇷
2025 GKS-G Embassy track 1-bosqich javoblari
Bugun Koreys tili markazi GKS-G granti Embassy track yo'nalishi bo'yicha 1-bosqich javoblarini e'lon qildi.
O'zbekistondan umumiy 15 ta odam 1-bosqichdan o'tdi. (Afsuski bu o'tgan yilgidan kam...Chunki joy kamaygan)
Barcha 1-bosqichdan o'tganlarni tabriklayman!
InshaAlloh 2-bosqich (tanlagan universitetlariladan qabul qilinganiz haqida javob kelishi kerak. Email orqali) dan ham yaxshi o'tib olishingizni tilab qolaman.
1-bosqichdan o'ta olmaganlar Koreys tili markazidan hujjatlarini qaytarib olib, University track orqali yuborishsa bo'ladi. Hali ham imkoniyat bor!
P.s. Bu yil Embassy track suhbati boshqacha bo'libdi. Suhbatga bittadan odam kirgan. Oldinlari 3 tadan kirardi. Suhbat qanaqa bo'lsa ham keyingi yilni joylarni ko'paytirishsa bo'ldi:)
@allimtv