Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

GulDPI. uz | Rasmiy

gulDPIuz
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Subscribers
4 070
24 hours
-11
30 days
-50
Unusual 24 hours growth
Post views
516
ER
11,15%
Posts (30d)
452
Characters in post
979
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
April 29, 11:40
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

📍
💖
Guliston davlat pedagogika instituti Magistratura boʻlimi “Oʻzbek tili va adabiyoti” yoʻnalishi 5-25 guruh magistrantlari tomonidan nazariy bilimlarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish maqsadida Guliston shahar 7-maktabida oʻquv-amaliy mashgʻulot tashkil etildi.
Mazkur tashrif davomida magistrantlar 11-sinf oʻquvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan dars mashgʻulotlarini yuqori saviyada oʻtkazdilar.
Dars jarayonida oʻquvchilarning bilim darajasini oshirish, ularni mustaqil fikrlashga undash hamda mavzularni chuqur oʻzlashtirishlariga alohida eʼtibor qaratildi. Ona tili darsida oʻquvchilarga til meʼyorlari, imlo qoidalariga oid bilimlari mustahkamlandi, adabiyot mashgʻulotlarida esa badiiy asarlarni tahlil qilish, qahramonlar obrazini ochib berish hamda asarning gʻoyaviy mazmunini anglash boʻyicha ko‘nikmalar shakllantirildi. Magistrantlar oʻz bilim va tajribalarini oʻquvchilar bilan oʻrtoqlashib, ularga kelgusida oliy taʼlim muassasalariga kirish jarayonida zarur boʻladigan tavsiyalarni ham berdilar.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 11:40
Media unavailable
4
1
Show in Telegram

🎤
💖
Guliston davlat pedagogika instituti psixologlari Egamberdiyeva Shoxsanam, Xudoyqulova Madina tomonidan Pedagogika fakulteti talabalari bilan o‘tkazilgan psixologik suhbat tashkil etildi.
1. Tadbirning maqsadi va vazifala
ri
Pedagogika fakulteti talabalari o‘rtasida sog‘lom
psixologik muhitni shakllantirish
, ularning o‘quv jarayoniga moslashuvini yengillashtirish hamda institutda faoliyat yuritayotgan psixologik xizmatning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
2. Suhbat davomida ko‘rilgan asosiy masalalar
Uchrashuv davomida talabalar bilan quyidagi yo‘nalishlarda tushuntirish ishlari olib borildi:
Psixologik muhit va jamoaviy birdamlik:
Guruh ichidagi o‘zaro munosabatlar, nizolarning oldini olish va emotsional intellektni rivojlantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Psixologik xizmat bilan tanishtirish:
Institut psixologlarining ish faoliyati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar (individual maslahatlar, korreksion mashg‘ulotlar va treninglar) haqida ma’lumot berildi.
Stressga chidamlilik va o‘z-o‘zini boshqarish:
O‘quv jarayonidagi ruhiy zo‘riqishlarni bartaraf etish, imtihonlar oldidan hayajonni jilovlash va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash (taym-menedjment) bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Kasbiy motivatsiya:
Bo‘lajak pedagog sifatida o‘z shaxsiyatini shakllantirish va psixologik bilimlarning kasbiy faoliyatdagi o‘rni tushuntirildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 11:10
Media unavailable
5
2
Show in Telegram


💖
Guliston davlat pedagogika instituti
Tillarni o‘qitish fakultetida
talabalar o‘rtasida
“Munozora”
turniri tashkil etildi. Mazkur turnir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda nutq madaniyatini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Turnir davomida ishtirokchilar dolzarb mavzular yuzasidan o‘z pozitsiyalarini aniq dalillar asosida himoya qilib, yuqori saviyada bahs-munozaralar olib bordilar. Har bir jamoa o‘zining bilim darajasi, mantiqiy fikrlashi va notiqlik mahoratini namoyon etdi.
Turnir yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra,
Xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich
talabalari munosib ravishda g‘olib deb topildi.
Ta’kidlash joizki, bunday turnirlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni erkin va asosli fikr bildirishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 11:10
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

💠
“Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi
👧
💖
“Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti "Tillarni oqitish" fakulteti talaba-yoshlari “Biz hayotni saqlaymiz” shiori ostida tashkil qilingan donorlik aksiyasida faol ishtirok etdilar.
Ushbu xayrli tashabbus orqali yoshlar inson hayotini saqlab qolish, bemorlarga umid bag‘ishlash va jamiyatda mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Aksiya davomida ko‘plab talabalar ixtiyoriy ravishda qon topshirib, donorlikning ahamiyati haqida keng jamoatchilikka targ‘ibot ishlari olib bordilar.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirish, insonparvarlik g‘oyalarini keng yoyish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 11:10
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🏆
“Talaba – ertangi strategik lider” Shaxmat musobaqasi yakunlari

💖
Guliston davlat pedagogika institutida talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Ishtirokchilar o‘zlarining strategik fikrlash va yuqori darajadagi mahoratlarini namoyon etdilar.

Musobaqa tashkilotchilari: Usmonova Xulkar va Xoliqov Umidjon
👩‍🎓
QIZLAR O‘RTASIDA:
🥇
1-o‘rin: Rahimova Farangiz , Texnologik ta’lim yo'nalishi 6-24-guruh talabasi
🥈
2-o‘rin: Norjigitova Aziza
Biologiya yo'nalishi 7-24-guruh talabasi
🥉
3-o‘rin: Beg‘botayeva Madina Xorijiy til va adabiyot yo'nalishi 28/24-guruh talabasi
👨‍🎓
YIGITLAR O‘RTASIDA:
🥇
1-o‘rin: O‘rolov Jomir
🥈
2-o‘rin: Bo‘ltaboyev Komron
🥉
3-o‘rin: Raxmatov Hasan
Barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz! Ularning kelajakdagi yutuqlari yanada ulkan bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Shaxmat — bu zakovat va strategiya o‘yini!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 08:08
Media unavailable
2
Show in Telegram

💠
💖
2026-yil aprel oyi davomida “Yoshlar orasida narkotiklarning tarqalishiga qarshi kurash oyligi” doirasida Guliston davlat pedagogika instituti “Tillarni o‘qitish” fakulteti faol talaba-yoshlar ishtirokida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot videoroligi tayyorlandi.
🔺
Mazkur videorolikda giyohvandlikning inson salomatligiga, ruhiy holatiga va kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil yoritildi.
Shuningdek, videorolik orqali yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga undovchi muhim g‘oyalar ilgari surildi. Talaba-yoshlar o‘z chiqishlari orqali tengdoshlarini ogohlikka chaqirib, giyohvandlikka qarshi kurashish har bir insonning burchi ekanini ta’kidladilar.
🔺
Ushbu tashabbus yoshlar ongida mustahkam immunitetni shakllantirish, ularni turli salbiy illatlardan himoya qilish hamda jamiyatda sog‘lom va faol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 08:08
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

👧
💖
Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasida talaba-yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida taniqli geolog olim, akademik To‘rabek Dolimov No‘monovichning hayot yo‘li va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida kafedra o‘qituvchisi Tovbayev G‘ofur tomonidan talabalarga akademik Dolimovning boy ilmiy merosi, geologiya fanining, xususan evolyutsion geologiya yo‘nalishining rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida mazmunli va qiziqarli ma’ruza taqdim etildi.
Ma’ruzada olimning ilmiy izlanishlari, ayniqsa Tyanshan tog'li o'lkasi geologiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv yakunida talabalarda ilmiy izlanishlarga qiziqishni yanada kuchaytirish, buyuk allomalarimiz merosini chuqur o‘rganish va uni munosib davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 06:45
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

🎓
“IT study” loyihasida yangi natijalar!
🔵
💖
Guliston davlat pedagogika instituti talabalari o‘z maqsadlari sari yana bir muhim qadamni tashladilar. “IT study” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quv dasturida eng faol va bilimli yoshlar o‘z sertifikatlariga ega bo‘lishdi!
🚀
Loyiha nimalarni qamrab oldi?
Talabalar nafaqat nazariy bilim, balki bugungi kunning eng talabgir yo‘nalishlarida amaliy tajriba ham to‘pladilar:
➡️
IT va raqamli texnologiyalar: Zamonaviy dasturlar bilan ishlash ko‘nikmalari;
➡️
Ingliz tili: Xalqaro muloqot va texnik hujjatlar bilan ishlash darajasi;
➡️
Elektron tijorat: Onlayn biznes va raqamli bozor asoslari.
Intilish bor joyda, albatta, natija bo‘ladi!
🌟
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 06:39
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🧾
💖
Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori Ergasheva Zuxra tomonidan Guliston shahar Baxt MFYda ijarada yashovchi matematika yoʻnalishi 2-24 guruh talabasi yashash sharoitlari oʻrganildi.
Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari oʻrganildi va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish haqida tushunchalar berildi hamda talabaning yashash muhitlari ko‘zdan kechirilib, ularga tozalik va tartibga rioya qilish, shuningdek gaz hamda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi

April 29, 06:38
Media unavailable
4
1
Show in Telegram


💖
Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutori Toshpo'latova Diyora tomonidan Guliston shahar “Baxt “mahallasida yashovchi talabalarning yashash sharoitlari oʻrganildi.
Tashrif davomida talabalar yashash sharoitlari o‘rganilib, ularning muammolari tinglandi va tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish zarurligi eslatib o‘tildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizning sahifalarimiz:
🔎
http://www.gspi.uz

Telegram
🌐
Instagram
🌐
Youtube
🌐
Facebook
🧑‍💻
Kibermarkaz
🇺🇿
Yoshlar Ittifoqi