Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

GulDPI. uz | Rasmiy

guldpiuz
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Subscribers
4 803
24 hours
2
30 days
-49
Post views
882
ER
18,36%
Posts (30d)
347
Characters in post
932
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Other
Audience gender
Mixed audience
Audience age
-
Audience financial status
Mixed
Audience professions
Others
Summary
-
October 23, 07:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#InnoWeek_2026
Joriy yilning 27-29-oktabr kunlari “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida InnoWeek–2026 — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi bölib ötadi.
Mazkur haftalikda siz:
🔤
eng sönggi innovatsion işlanmalar bilan tanişasiz;
🔤
mahalliy va xalqaro startaplar ekotizimini kaşf etasiz;
🔤
ilm-fan yutuqlarini amaliy loyihalarga boğlaydigan yangi yeçimlarni körasiz;
🔤
investorlar va biznes vakillari bilan istiqbolli hamkorliklarni yölga qöyasiz;
🔤
xalqaro ekspertlar iştirokidagi forumlar, panel sessiyalar va mahorat darslarida qatnaşasiz.
😄
Hoziroq
röyxatdan öting
va innovatsiyalar kelajagining bir qismiga aylaning!
❗️
Röyxatdan ötganlar tadbirda ishtirok etganlaridan söng elektron sertifikat yuklab olishlari mumkin.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 23, 05:40
Media unavailable
2
Show in Telegram

JUMA — MILLIY LIBOSLAR KUNI
🇺🇿
💖
Özbekiston yoşlar ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti boşlanğiç taşkiloti
tomonidan “Juma — milliy liboslar kuni” doirasida milliy kiyiniş madaniyati tarğib qilindi.
Taşabbus talaba-yoşlar örtasida milliy liboslarni ommalaştiriş, xalqimizning boy madaniy merosiga hurmatni mustahkamlaş hamda milliy an’analarni asrab-avaylaşga qaratilgan.
Milliy liboslarning kundalik hayotda keng örin olişi — milliy an’analarning davomiyligi, yoşlarning özligini anglaşi va madaniy merosga hurmatining amaliy ifodasidir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
⠀⠀
Bizning sahifalarimiz:
🌐
http://www.gspi.uz
📝
Telegram
💻
Instagram
🎞
Youtube
📝
Facebook

October 23, 05:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Tanlov
Vatandoş olimlar Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat yuritişi uçun ikki yilga möljallangan grantlar tanlovi eʼlon qilinadi
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamğarmasi xorijiy i
lmiy markazlar va oliy taʼlim taşkilotlarida ilmiy faoliyat yuritayotgan vatandoş olimlar
ni Fanlar akademiyasi tizimiga jalb etiş maqsadida
24 oyga möljallangan reintegratsiya grantlari tanlovi
ni
eʼlon qiladi
.
Tanlovga quyidagi ustuvor yönalişlar böyiça loyihalar qabul qilinadi:
✅
Biotexnologiya va gen muhandisligi
✅
Aqlli materiallar va nanotexnologiyalar
✅
Sunʼiy intellekt, Big Data va kvant texnologiyalari
✅
Qayta tiklanuvçi va vodorod energetikasi, yaşil texnologiyalar
✅
Tuproq şörlanişiga qarşi kuraşiş hamda toza suv
✅
Yadroviy fan va radiatsion texnologiyalar
✅
Raqamli tabiat
✅
Seysmik xavfsizlik
✅
Milliy tarix va jamiyat
✅
Maʼnaviy meros va raqamli qölyozma
Tanlov doirasida arizalar 2026-yilning 22-oktyabr kunidan 2026-yilning 22-noyabr kuni soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat şakllari asosida töldirilib, elektron holda
loyiha.academy.uz
platformasida topşirilişi lozim, hujjatlarning qoğoz nusxalari ham Fanlar akademiyasi Prezidiumida (209-xona) har kuni soat 9:00 dan 18:00 gaça qabul qilinadi.
Tanlov şartlari
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 14:29
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#Payşanba_yoşlar_kuni
REKTOR VA MAGISTRANTLAR ÖRTASIDA OÇIQ MULOQOT BÖLIB ÖTDI
🤩
Guliston davlat pedagogika institutida
“Payşanba — yoşlar kuni”
doirasida institut rektori va magistrantlar iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi.
Uçraşuvda magistrantlarning ilmiy izlanişlari, magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlaş jarayoni, tadqiqotlarning ilmiy va amaliy ahamiyatini oşiriş hamda yoş tadqiqotçilar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqot davomida magistrantlar öz taklif va taşabbuslarini bevosita institut rektoriga bildiriş, ilmiy faoliyatga oid masalalar yuzasidan özaro fikr almaşiş imkoniyatiga ega böldilar.
Şuningdek, yoş tadqiqotçilarning ilmiy salohiyatini yanada rivojlantiriş, ularni zamonaviy ilmiy yönalişlarga jalb etiş, innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv samimiy va konstruktiv ruhda ötib, magistrantlarning ilmiy taşabbuslarini rağbatlantiriş hamda institutda ilmiy muhitni yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
⠀⠀
Bizning sahifalarimiz:
🌐
http://www.gspi.uz
📝
Telegram
💻
Instagram
🎞
Youtube
📝
Facebook

October 22, 12:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezident: Yaponiyadan yaxşi xabar keldi
Davlat rahbari qaşqadaryolik faollar bilan muloqot çoğida Aiçi-Nagoya–2026 Osiyo Para öyinlaridagi sönggi natijalarni ma’lum qildi.
“Hozir mana yaxşi xabar keldi. Yaponiyada Para Osiyo öyinlarida biz 3-örinda edik. Hozir 33 ta oltin bölib, 2-öringa çiqdik”, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
E’tiborlisi, uşbu yutuqlar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan qölga kiritilgan medallar ham bor.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 12:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Qança kerak bölsa, bilim va kasb uçun pulni ayamaymiz” — Prezident
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 07:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunçilik_yangiliklari
❗️
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi
🔰
Özbekiston Respublikasining
“Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”
gi Qonuni
(ÖRQ–1184-son, 21.10.2026-y.)
qabul qilindi.
✅
Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
iborat özbek alifbosi joriy etiladi.
🔎
Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
taşkil topadi.
⤵️
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’
(tutuq belgisi)
.
📜
Şuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
▪️
Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan
özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga
monelik qilmaydi;
▪️
davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan
harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar
va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
✳️
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 06:31
Media unavailable
10
Show in Telegram

Erkinjon Turdimov xalqaro hamkorlar bilan uçraşuvlar ötkazdi
21-oktyabr kuni Samarqandda
“Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yöl” jahon sammiti
doirasida Taʼlim va ilm-fan vaziri
Erkinjon Turdimov
bir qator xalqaro hamkorlar bilan uçraşdi.
Jumladan, Qirğiz Respublikasi maʼorif vaziri
Dogdurkul Kendirbayeva
bilan uçraşuvda
qirğiz tilida taʼlim beriladigan maktablar uçun darsliklar tayyorlaş, pedagoglar malakasini oşiriş, tajriba almaşiş
hamda
oliy taʼlim taşkilotlari örtasida qöşma dasturlar va talabalar almaşinuvini rivojlantiriş
masalalari muhokama qilindi.
Fransiya Respublikasining bolalar masalalari böyiça oliy komissari
Sara El-Xayri
bilan uçraşuvda esa
maktabgaça taʼlimni rivojlantiriş, inklyuziv taʼlimni qöllab-quvvatlaş, pedagoglar malakasini oşiriş hamda bolalar farovonligini taʼminlaş
sohasida tajriba almaşiş va qöşma dasturlarni amalga oşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça inson taraqqiyoti yönalişi mintaqaviy direktori
Aparnaa Somanatan
bilan muloqotda
maktab taʼlimi sifatini oşiriş, taʼlim infratuzilmasini rivojlantiriş, pedagoglar salohiyatini mustahkamlaş va «Bilim» loyihasini amalga oşiriş
istiqbollari körib çiqildi.
Uçraşuvlar taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajribalarni joriy etiş va bolalar uçun sifatli taʼlim imkoniyatlarini kengaytirişga qaratildi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 22, 04:05
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

TALABALARNING MUZEYGA TAŞRIFI
🤩
Guliston davlat pedagogika instituti
Tillarni öqitiş fakulteti
talabalari Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi muzeyiga taşrif buyurdilar.
Taşrif doirasida talabalar içki işlar organlarining şakllanişi va rivojlaniş tarixi, tizim faoliyatiga oid tarixiy ma’lumotlar hamda muzey ekspozitsiyalari bilan tanişdilar.
Mazkur tadbir talabalarning tarixiy bilimlarini kengaytiriş, huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, ularda qonunlarga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlaşga qaratildi.
Taşrif bölajak pedagoglarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş hamda ta’lim va tarbiya jarayonlari uyğunligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
⠀⠀
Bizning sahifalarimiz:
🌐
http://www.gspi.uz
📝
Telegram
💻
Instagram
🎞
Youtube
📝
Facebook

October 21, 14:35
Media unavailable
2
Show in Telegram

1️⃣
2️⃣
3️⃣
4️⃣
5️⃣
🇺🇿
🇨🇳
GULDPIDA NAVBATDAGI XALQARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
🤩
Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoyning Sichuan maktabgaça ta’lim pedagoglari oliy maktabi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Delegatsiya taşrifi davomida boşlang‘ıç ta’lim bo‘yiça qo‘şma o‘quv dasturlarini işlab çiqiş, amaliy tayyorgarlikni kuçaytiriş va pedagogik tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi. Professor-o‘qituvçilar va talabalar bilan uçraşuvlar o‘tkazildi.
Taşrifning asosiy natijasi — ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan taşabbuslarning hamkorlik hujjatida mustahkamlanişi bo‘ldi.
Memorandum ikki muassasa o‘rtasida qo‘şma dastur va loyihalarni yo‘lga qo‘yiş uçun asos yaratdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
⠀⠀
Bizning sahifalarimiz:
🌐
http://www.gspi.uz
📝
Telegram
💻
Instagram
🎞
Youtube
📝
Facebook