Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

GulDU.uz | Rasmiy kanal

gulduuz
Guliston davlat universiteti rasmiy kanali Manzil: Guliston şahri, 4-mavze Jamoat transporti: 2-4-mavze yönalişdagi avtobus, universitet bekati Web-site: www.guldu.uz Email: glsu_info@edu.uz Telefon: +998672254042 Faks: +998672254275
Subscribers
7 723
24 hours
-12
30 days
-354
Post views
926
ER
11,99%
Posts (30d)
351
Characters in post
982
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 06:46
Media unavailable
10
Show in Telegram

#5taşabbusolimpiadasi
“Beş tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda
🏐
26-oktabr kuni Stritbol (yigitlar) sport turi böyiça musobaqalar bölib ötdi.
Musobaqa yakuniy natijasiga köra:
🥇
- Filologiya fakulteti
🥈
- Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
🥉
- Tabiiy fanlar fakulteti
🟡
Sport musobaqalar talabalar örtasida sportni ommoviyligini oshiriş va soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, jismoniy faollikni oshiriş, iqtidorli yoşlarni aniqlash hamda ularning hududiy va respublika musobaqalarida iştirokini taʼminlashdan iborat.
@gulduuz

October 27, 06:04
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#InnoWeek_2026
#Live
✅
InnoWeek-2026 innovatsion ğoyalar xalqaro haftaligining rasmiy oçiliş marosimini Innovatsion rivojlaniş agentligining
YouTube’dagi
rasmiy sahifasi orqali töğridan töğri kuzatişingiz mumkin.
👉
https://www.youtube.com/live/2cNHDlRbtFQ?si=XSSIvXaaHvX4fGXq
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 27, 05:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

#InnoWeek_2026
#Live
“InnoWeek–2026” oçiliş marosimi yaqin daqiqalarda boşlanadi!
Bugun “InnoWeek–2026” — xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi öz işini boşlaydi.
CAEx majmuasida ötkaziladigan oçiliş marosimida faxriy mehmonlar, mahalliy va xorijiy hamkorlar, olimlar, innovatorlar, investorlar hamda soha vakillari iştirok etadi.
“Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar”
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 26, 17:23
Media unavailable
10
Show in Telegram

#xalqaro_hamkorlik
Guliston davlat universiteti delegatsiyasi Yanglinda zamonaviy issiqxona texnologiyalari bilan tanishdi
26-oktabr kuni tushdan keyin Xitoy Xalq Respublikasining Shensi provinsiyasida xizmat safarida bo‘lib turgan Guliston davlat universiteti delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) ko‘rgazmasi hamda Yanglin agrar yuqori texnologiyalar namunaviy zonasidagi issiqxona majmualari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Yanglin Xitoyda qishloq xo‘jaligi ilm-fani, innovatsiyalari va agrar ta’limning yetakchi markazlaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
ShHT ko‘rgazmasida a’zo davlatlarning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlari, zamonaviy agrotexnologiyalar, raqamli boshqaruv tizimlari va innovatsion ishlanmalar namoyish etildi. Delegatsiya a’zolari ko‘rgazma ekspozitsiyalari bilan tanishib, ShHT makonida agrar ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashdi.
Shundan so‘ng delegatsiya hududdagi zamonaviy issiqxonalarga tashrif buyurdi.
Unda mikroiqlimni avtomatik boshqarish, tomchilatib sug‘orish va o‘g‘itlash, gidroponika, energiya tejamkor yoritish hamda hosildorlikni raqamli monitoring qilish texnologiyalari amaliyotda qanday qo‘llanilayotgani o‘rganildi. Issiqxonalarda ilmiy tadqiqot, talabalar amaliyoti va ishlab chiqarish uyg‘unlashtirilgani alohida qiziqish uyg‘otdi.
Tashrif yakunida Guliston davlat universitetida qurilayotgan issiqxona loyihasi muhokama qilindi.
Suhbat davomida loyihaga ilg‘or xitoy tajribasi va texnologiyalarini joriy etish, issiqxonani talabalar uchun amaliy o‘quv va ilmiy-tadqiqot maydoniga aylantirish, mutaxassislar almashinuvi hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu tashrif doirasida Guliston davlat universiteti va Shensi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi texnologiyalar universiteti o‘rtasida Qinling amaliy o‘quv ustaxonasi hamda O‘zbek tili markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan edi. Bugungi tashrif ana shu hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish, universitetda zamonaviy agrar ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi uchun malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.
@gulduuz

October 26, 15:17
Media unavailable
2
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🎭
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumiga start berildi!
🇺🇿
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumini
e’lon qiladi.
🗣
Festival 4 bosqiçda ötkaziladi:
↪️
Birinçi – oliy ta’lim taşkilotlarida fakultetlararo saralaş bosqiçi;
↪️
Ikkinçi – hududiy bosqiç;
↪️
Uçinçi – mintaqaviy yarim final;
↪️
Törtinçi – respublika final bosqiçi.
🏆
Ğolib va sovrindorlar uçun munosib mukofotlar belgilangan:
🥇
1-örin – BHMning 100 barobari;
🥈
2-örin – BHMning 70 barobari;
🥉
3-örin – BHMning 50 barobari;
🎭
Şuningdek, nominatsiyalar böyiça:
➡️
“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi – BHMning 35 barobari;
➡️
“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi – BHMning 20 barobari;
➡️
“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari”  nominatsiyasi – BHMning 15 barobarigaça pul mukofotlari taqdim etiladi.
✈️
Bundan taşqari, 1-örinni egallagan jamoa a’zolari uçun
xorijiy davlatlardan biriga sayohat
taşkil etilişi ham mumkin.
📌
Festivalda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkilotining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin.
➡️
Festival nizomi bilan tanişiş
✨
Iste’dodingizni namoyon eting, katta sahna sari ilk qadamni qöying!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

October 26, 13:53
Media unavailable
5
Show in Telegram

23-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi huzuridagi “FOODTECH INNOVATION ACADEMY” kasbga ōqitiş markazida talabalari iştirokida qandolat mahsulotlarini tayyorlaş bōyiça navbatdagi amaliy maşḡulot taşkil etildi.
Maşḡulot davomida talabalar an’anaviy xom aşyolardan foydalangan holda zamonaviy oziq-ovqat texnologiyalari asosida qandolat mahsulotlarini tayyorlaş, retseptura komponentlarini me’yorlaş, texnologik jarayonlarni başqariş hamda tayyor mahsulotlarning sifat kōrsatkiçlarini baholaş bōyiça amaliy kōnikmalarini mustahkamladilar.
“FOODTECH INNOVATION ACADEMY” markazi talabalarning nazariy bilimlarini real işlab çiqariş jarayonlari bilan uyḡunlaştiriş, zamonaviy texnologik usullarni ōzlaştiriş, innovatsion mahsulotlar yarat iş va mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlaşga xizmat qilmoqda.
Markaz faoliyati Oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasida ta’lim, amaliyot va innovatsiya integratsiyasini mustahkamlaş, işlab çiqarişga yōnaltirilgan kasbiy kompetensiyalarni rivojlantiriş hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaş imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
@gulduuz

October 26, 13:01
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Kuraş
#Respublika_turniri
Guliston davlat universiteti talabalari respublika turniri sovrindori bölishdi
23–25-oktabr kunlari Termiz davlat universitetida oliy ta’lim taşkilotlari talabalari hamda texnikum öquvçilari örtasida kuraş böyiça Respublika turniri bölib ötdi.
Musobaqada mamlakatimizning barça hududlaridan 205 nafar polvon iştirok etdi.
➡️
Oliy ta’lim taşkilotlari talabalari örtasidagi bahslarda:
🥇
- örin 63 kg vavn toifasida Qodirova Fotima Raxim qizi
🥉
- örin 78 kg vazn toifasida Maxmudjonova Sevinch Orifjon qizi turnir sovrindori böldi.
Sportchi qizlarimizni uşbu natija bilan muborakbod etamiz!
@gulduuz

October 26, 10:48

https://uza.uz/oz/posts/bilim-va-notiqlik-bellashuvida-goliblar-aniqlandi_927844

October 26, 08:14
Media unavailable
9
Show in Telegram

Maktab olimpiadasi jarayonlarining shaffofligi va adolatliligi ko‘zdan kechirildi
2026-yil 10-oktabr kuni
Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev
ning Sayxunobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tashrifi doirasidagi navbatdagi manzil 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi.
Tashrif davomida maktabning moddiy-texnik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalarining jihozlanishi hamda ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ta’minoti bilan tanishildi.
Shuningdek, maktabda 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida huquq fanidan tashkil etilgan tuman olimpiadasi jarayonlari alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. Ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar, topshiriqlarni bajarish jarayoni va olimpiadaning belgilangan tartib-qoidalar asosida o‘tkazilishi kuzatildi.
Olimpiadaning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash, barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda o‘quvchilarning bilim va salohiyatini xolis baholash muhimligi alohida ta’kidlandi. Bunday bilimlar bellashuvlari yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Tashrif doirasida maktab ma’muriyati bilan ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
@gulduuz

October 26, 08:14
Media unavailable
7
Show in Telegram

Maktab va universitet hamkorligi: ta’lim sifati va kasbga yo‘naltirish masalalari o‘rganildi
2026-yil 10-oktabr kuni Guliston davlat universiteti
rektori M.Xodjiyev
Sayxunobod tumanidagi bir qator umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bo‘lib, maktablarning moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayonining o‘quv-metodik ta’minoti bilan yaqindan tanishdi.
Tashrifning dastlabki manzili tumandagi
35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi
bo‘ldi. Bu yerda yaqinda barpo etilgan yangi o‘quv binosining holati, xonalarning jihozlanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab ma’muriyati bilan suhbat davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash, kelajakdagi ta’lim yo‘nalishini ongli ravishda tanlashlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilarni oliy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga ko‘maklashish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Mazkur tashrif maktablarda ta’lim sifatini oshirish, mavjud sharoitlarni o‘rganish va yoshlarning kasbiy istiqbollarini belgilashda ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
@gulduuz