Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan

gulistonshahridagipm
Guliston shahridagi Prezident maktabi: 📌 Prezident maktabiga qabul jarayonlari 📌 Prezident maktabidagi yangiliklar 📌 To‘garaklar faoliyatidan lavhalar 📌 O‘quv jarayonidan lavhalar 📪 Murojaat uchun: @GulistonPM_bot ☎️ 67-236-02-07
Subscribers
1 343
24 hours
30 days
-42
Post views
504
ER
37,53%
Posts (30d)
39
Characters in post
853
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 09:57
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

🇺🇿
"QAYERGA QAYTAMIZ?"
⚡️
Guliston shahridagi Prezident maktabida oʻquvchilar uchun «Qayerga qaytamiz?» nomli hujjatli film namoyish etildi.

🎬
Film haqida qisqacha
Film qahramonlari — xorazmlik
Mushtariy Madraximova
hamda qashqadaryolik
Oʻktam Xoʻjaqulov
. Ular dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olib, xalqaro miqyosda katta bilim va tajriba orttirishgan boʻlsalar-da, oʻz kelajagini ona Vatan rivoji bilan bogʻlashni tanlashgan.
🇺🇿
Bilim va iqtidor insonga dunyo eshiklarini ochadi, ammo orttirilgan tajriba va salohiyatni oʻz yurti ravnaqiga bagʻishlash — har bir yoshning eng oliy burchidir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
YouTube

September 11, 07:51
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Guliston_Prezident_maktabi
#CEFR
⚡️
Maktabimizda xorijiy tillarni o‘rganish, erkin muloqot qilish va bilimlarni amalda qo‘llay olishga qaratilgan tayyorgarlik darslari yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tayyorgarlik natijasida o‘quvchilar yuqori ko‘rsatkichlariga erishishdi.

​6 va 7-sinf o‘quvchilarimiz CEFR til bilish darajasi imtihonida ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etishdi:
​6-sinf o‘quvchilari:
10 nafar
(B2 darajasi)
7 nafar
(B1 darajasi)
​7-sinf o‘quvchilari:
15 nafar
(B2 darajasi)
1 nafar (C1 darajasi)
Videoda tayyorgarlik va dars jarayonlarini batafsil ko‘rishingiz mumkin. Ushbu ​natijalar bilan barcha o‘quvchilarimizni muborakbod etamiz.
📹
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
YouTube

September 11, 04:48
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
“Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥
Ustozingiz bilan bog‘liq
unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz
yoki
ezgu tilaklaringizni
qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲
Videoda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini
belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy
sahifalarida ulashiladi.
🎉
“Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 10, 12:48
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

#Guliston_Prezident_maktabi
#EkoSeminar
⚡️
Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchilari tomonidan 5-, 6- va 7-sinf oʻquvchilari uchun
"Ekologiya va iqlim oʻzgarishi"
mavzusida seminar tashkil etildi.
​Tadbirlar davomida oʻquvchilar:

🌍
Global iqlim oʻzgarishi va uning oqibatlari;

🌳
Atrof-muhitni asrash hamda resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha muhim tushunchalarni ulashishdi.
🔘
​Interaktiv savol-javoblarga boy oʻtgan ushbu seminar oʻquvchilarning ekologik savodxonligini oshirishga xizmat qildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
YouTube

September 10, 10:12
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

#Guliston_Prezident_maktabi
#AdabiyotUchrashuvi
⚡️
Guliston shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli shoir va adiblar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
​Uchrashuvda ishtirok etgan shoirlar:
🔺
​Minhojid
din Mirzo
— O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari taniqli shoir;
🔺

Holida Pardaboyeva
— O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist;
🔺

Muhtarama Ulug‘ova
— O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adiba;
🔺

Zulfiya Mo‘minova
— O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira;
🔺

Munojat Nurmatova
— O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira;
🔺

Adham Alimbekov
— Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
🔺

Muhammad Ismoil
— «Sharq yulduzi» jurnali bo‘lim boshlig‘i, taniqli adib va shoir;
🔺

Dilfuza Qarshiboyeva
— O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi mas’ul xodimi, taniqli adiba;
🔺

Noriniso Qosimova
— O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbaridan iborat bir guruh ijodiy jamoa tashrif buyurdi.
🇺🇿
​Samimiy va ruhlantiruvchi tarzda o‘tgan muloqotda mehmonlar avvalo
Vatanga muhabbat
, sadoqat va kelajakda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan komil inson bo‘lib yetishish haqida so‘zladi. Ijodkorlar yosh avlodning bilimga intilishi, hamda Vatan oldidagi burchi haqida teran mulohazalar bildirishdi.
​Tadbiring eng hayajonli qismida shoir va adiblar o‘zlari qalamga olgan Vatan, kitob va ma’rifat mavzusidagi sara she’rlarini o‘quvchilarga mahorat bilan o‘qib eshittirdilar. Yozuvchilar bilan bo‘lib o‘tgan jonli muloqot o‘quvchilarda unitilmas taassurot qoldirdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
YouTube

September 10, 08:18
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👋
😊
Barchaga salom, bizda ajoyib yangilik.
📣
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2026–2027-o‘quv yilida a'zo bo'lish uchun qabul jarayonini ochiq deb e'lon qilamiz.
🏫
Mamlakatimizdagi barcha maktablar
havola
orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihaga qo'shilishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 2026-yilning 10-sentabr kunidan 4-oktabr kunigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni
@qabul_eco_schools
manziliga yuborish zarur.
☝️
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga qo‘shilish va ekologik harakatning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Butun maktabingiz va mahallangiz bilan birgalikda atrof-muhitni asrash va yashil kelajakni yaratishga hissa qo‘shing.
~~~
👋
😊
Всем привет, у нас отличная новость!
📣
Мы объявляем о начале приема заявок на участие в проекте Eco-Schools Uzbekistan в 2026–2027 учебном году.
🏫
Все школы нашей страны могут присоединиться к проекту, заполнив заявку по
ссылке
. Прием заявок будет проходить с 10 сентября по 4 октября 2026 года. Заполненные заявки необходимо отправить на
@qabul_eco_schools
.
☝️
Не упустите возможность присоединиться к проекту Eco-Schools Uzbekistan и стать частью экологического движения! Вместе со своей школой и махаллёй внесите свой вклад в защиту окружающей среды и создание зелёного будущего.
#EcoSchoolsUzbekistan
😀
Zamin
🌐
Instagram
🌐
Facebook

September 09, 15:49
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

#Prezident_iqtidorli_farzandlari
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
⚡️
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan yoʻlga qoʻyilgan
“Prezident iqtidorli farzandlari”
milliy dasturiga imtihon asosida saralab olingan
80 nafar sirdaryolik oʻquvchi
va ularning ota-onalari uchun seminar mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

​Tadbirda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Guliston shahridagi Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktab maslaxatchilari tomonidan dastur mazmuni va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
YouTube

September 07, 16:39
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result
⚡️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro
IELTS
imtihonidan yuqori natijalarni qayd etishdi;
10-sinf o‘quvchilari:


Mamatqulov Axrorbek
— 8.0


Shaymardanov Ibrohim
— 7.5


Qosimov SaidMuhammad
-7.5
8-sinf o‘quvchisi:


Muhidillayeva Zarina
— 7.0
9-sinf o‘quvchisi:


Xudoyberdiyeva Sevinch
— 7.0
​Shuningdek,
Xudoyberdiyeva Sevinch
IRN
matematika olimpiadasida
🥇
oltin medal
ni qo‘lga kiritdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Instagram
▶️
YouTube
🌐
Facebook

September 07, 05:59
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

#Guliston_Prezident_maktabi
#Kelajak_soati
⚡️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi.
​Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga oilaning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni e’zozlash hamda Vatanga bo‘lgan samimiy mehr-muhabbat tuyg‘ulari hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Zotan, har bir insonning Vataniga bo‘lgan muhabbati aynan uning oilasidan, o‘z xonadonidan boshlanishi haqida tushunchalar berildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Instagram
▶️
YouTube
🌐
Facebook

September 07, 05:55
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

#Guliston_Prezident_maktabi

⚡️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Guliston shahridagi Prezident maktabida haftaning ilk kuni an’anaviy ertalabki saflanish tadbiri bilan boshlandi.
🇺🇿
​Tadbir avvalida Davlatimiz madhiyasi yangrab, O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tantanali ravishda yuqoriga ko‘tarildi.
​Saflanish davomida o‘quvchilarga hafta davomida alohida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar haqida gapirildi.

💫
Barcha o‘quvchilarimizga yangi haftada zafarlar va ulkan bilimlarni egallashda kuch-g‘ayrat tilaymiz!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzatishda davom eting
🌐
🌐
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Instagram
▶️
YouTube