
Gulruxbonu Shokirova | Young Diplomat
- Aytgancha, faqat ayol-qizlar uchun blogimga qo’shilganmisiz?
✨
U yerda har kunlik Amerika hayoti, shaxsiy qarashlarim va juda ko’p qiziqarli voqealarni bo’lishib boryabman.
Mana linki:
@qadriyatimga
@Gulrukhbonu_official
- Bu konferesiyaga 2024-yilda to’liq “scholarship” yutib qatnashgan edim)
Siz ham albatta, sinab ko’ring. Konferensiya tajribam haqida batafsil shu uchta postda o’qishingiz mumkin:
-
1-qism
-
2-qism
-
3-qism
@Gulrukhbonu_official
-
🇺🇸
Harvard HPAIR 2027 xalqaro konferensiyasiga qabul ochildi!
Konferensiyada talabalar, yosh mutaxassislar va yetakchilik salohiyatiga ega yoshlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar konferensiya vaqtida kamida 18 yoshda boʻlishi kerak.
Tadbir
2027-yil 5–7-fevral
kunlari AQSHning Garvard universiteti kampusida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Moliyaviy imtiyozlar:
– Toʻliq yoki qisman moliyalashtirish imkoniyati
– Saralangan ishtirokchilar uchun yoʻl va turar joy xarajatlarini qoplashga yordam beruvchi stipendiyalar
– Xalqaro ekspertlar va yosh yetakchilar bilan tajriba almashish imkoniyati
Arizalar va stipendiya uchun erta topshirish muddati —
2026-yil 11-noyabr
.
🔗
Hujjat topshirish uchun link
@Gulrukhbonu_official
- AQSH: Oʻzbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha stipendiya dasturi
🇺🇸
Bu dasturga magistrlik darajasi va kamida 5 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
Qabul qilingan 6 nafar ishtirokchi
Vashington shahrida uch oylik
(2027-yil 15-fevral – 15-may) kunduzgi dasturda oʻz malakalarini oshiradi
(ingliz tilida
).
Nomzodlar belgilangan mavzularga oid tadqiqot loyihalarini taqdim qilishi kerak.
Moddiy imtiyozlar:
– Oyiga 4000 dollar stipendiya
– Yoʻlkira xarajatlari uchun 1600 dollar mablagʻ
Arizalar
2026-yil 20-oktabrgacha
qabul qilinadi.
Hujjat topshirish uchun link
@Gulrukhbonu_official
- Manga noodatiy yana bir “approach”
Bir fanimizdan ustozimiz vazifa berdilar, uni tayyorlashga berilgan muddat ichida har dars 10-15 daqiqa shu vazifani tushuntirishga sarfladik.
Keyin professorimiz yana zoom orqali individual soatlar qo’yib berdi, tayyorlagan ishimizni ochib, boshidan oxirigacha o’qib, o’z fikrini bildirdi.
Baholayotganimda tekshiraman, degan qarash yo’q ekan)
Eng noodatiysi esa, vazifani shundayam yaxshi qilolmaganlarga past baho qo’ymay, xatolarini yozib, shularni to’g’irlab yana topshirishiga deadline berildi.
Baho umuman muhimmas, muhimi siz vazifani tushunishingiz va o’rganishingiz, necha baho kerak, dedi.
Bir professorimiz esa fani ertalabdan bo’lganiga har dars kuni bizga zavtrak tashkillashtirib beradi bepulga)
Faqat o’qigingiz keladiya bunaqa sharoitdan keyin?
@Gulrukhbonu_official
- EYUF haqida postlar mundarijasi
🍔
-
El-yurt umidi” o’zi nima
-
El yurt umidi: hujjatlar qabuli
-
El-yurt umidi: test bosqichi
-
El-yurt umidi: suhbat bosqichi
-
El-yurt umidi: majburiyatlar
Bu yo’l o’zim uchun ham oson bo’lmadi. Birinchi urunishimda emas, ikkinchisida g’olib bo’ldim. Shu sabab, agar maqsadingiz ta’limingizni yakunlab vatanga qaytish bo’lsa, bu dasturdan yaxshirog’ini topolmaysiz)
Tez orada
2026-yilning 2-tanlovi
boshlanadi. Albatta, sinab ko’ring. Hammaga omad.
@Gulrukhbonu_official
🥳
2-day Free Masterclass with mentors from Yale and Toronto Universities
📌
Ivy & Beyond: Your Path to Top Universities for Master’s Thinking about pursuing your Master’s at a top university? This 2-day free masterclass is designed to give you a clearer understanding…
🥳
2-day Free Masterclass with mentors from Yale and Toronto Universities
📌
Ivy & Beyond: Your Path to Top Universities for Master’s
Thinking about pursuing your Master’s at a top university? This 2-day free masterclass is designed to give you a clearer understanding of what it takes to build a strong application and navigate the journey successfully.
Join us with:
👨🎓
Dilmurod Rakhmatov
— Yale University (MPP/MPA)
👩🎓
Irem
— University of Toronto (MBA)
📅
October 10–11
⏰
20:30
🎟
Free 2-Day Masterclass
❗️
Seats are limited, so hurry up to secure your spot.
👉
Join the private channel through our bot:
@topcoach_community_bot
@Gulrukhbonu_official
- FLEX dasturiga
qabul ochildi
🇺🇸
FLEX dasturi maktabning
9-10-sinf o'quvchilari hamda litsey va kollejning 1-kurs oʻquvchilari
uchun
1 yil davomida AQSHda yashash va AQSH maktabida oʻqish
imkoniyatini beradi.
Manfaatli tomonlari:
– AQSHga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi
– Oylik stipendiya
– Mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yashash imkoniyati
– Amerikadagi oʻrta maktabga roʻyxatga olinadi va 1 yil davomida oʻqiladi
– Oldidan tayyorlov mashgʻulotlari
– AQSHda tashkil etiladigan mahalliy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati
– Bepul tibbiy sug‘urta
Arizalar
2026-yil 22-oktabrgacha
qabul qilinadi.
Hujjat topshirish uchun link
@Gulrukhbonu_official
- El-yurt umidi: majburiyatlar
🗂
Sizga shuncha katta miqdordagi mablag’ albatta, o’z majburiyatlari bilan birgalikda beriladi.
Eng muhimi va eng majburiysi, bu
o’qishni tamomlab vatanga qaytib kelish.
Siz o’qishni tamomlagach, davlat tashkilotida ishlashingiz kerak, bakalavr 5 yil, magistrlar 3 yil muddatda. Bu muddat tugagach xohlasangiz keting, xohlasangiz qoling)
Oylik olib, ustamalar olib ishlaysiz. Bu davr ichida chetga chiqishingiz ham mumkin bemalol, faqat doimiy yashashga ketolmaysiz.
O’qishingiz, baholaringiz, har semester yakuni bo’yicha hisobotlar majburiyatlari ham bor. Ya’ni siz
a’lo bahoga
o’qishingiz shart.
Ketishingizdan avval ota-onangiz sizga notarial tarzda tasdiqlanib,
kafil
bo’lishadi qaytishingizga. Bundan tashqari, bitta davlat tashkiloti va bitta xususiy korxona ham sizga rasmiy kafil bo’ladi. Agar qaytmasangiz, sizga sarflangan pulni
2 baravar qilib undirib olishadi.
Xullas, hujjat jarayonlari ham oson emas, o’zim naqt 1 oy yugurdim.
Muhimi, yelkangizda shu 37 million xalqning ma’suliyati turadi, siz “el-yurt umidi” bo’lib ketasiz))
@Gulrukhbonu_official