
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti | Rasmiy
#Tezkor
#kvota
#grant
2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotalari tasdiqlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari Prezident hujjati bilan tasdiqlangan.
Davlat granti kvotalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida belgilanadi.
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
Mehnat mevasi — ko‘ngil quvonchi!
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti Talabalar akademiyasi bog‘idagi mevali daraxtlar bu yil mo‘l hosil bilan barchani quvontirmoqda.
Gumanitar fanlar fakulteti rahbariyati, professor-o'qituvchilar va talabalar tomonidan mehr bilan parvarishlangan daraxtlar bugun o‘z mevasini berib, tabiat va mehnat uyg‘unligining yorqin namunasiga aylandi. Har bir meva ortida sabr, g‘amxo‘rlik va ezgu niyat mujassam.
🌱
Bugun bog‘imizda pishib yetilayotgan mevalar nafaqat tabiatning in’omi, balki mehnatsevarlik va mas’uliyatning ham samarasi sifatida qadrlanmoqda.
✨
Hosilga kirgan har bir daraxt — kelajakka ekilgan ezgulik urug‘larining mevasidir!
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
Siz internet ijtimoiy tarmoqlarda ochiqchasiga joylayotgan shaxsiy video, rasm hamda axborotlaringizni oʻrganib, sizga radikal gʻoyalarini singdirishlaridan ehtiyot boʻling! Soxta daʼvatchilar nayranglariga aldanmang!
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
2026/2027-o‘quv yili uchun Grant taqsimotiga arizalar boshlanmoqda!
HEMIS
tizimida talabalarning navbatdag o‘quv yili grant taqsimotida (grantni saqlab qolish yoki kontraktda o‘qiyotganlar grantga o‘tishi uchun) qatnashish yuzasidan
ariza berish imkoniyati
ishga tushdi.
Oliy ta’lim muassasalarining
1-kurs va 2-kursini
muvaffaqiyatli tamomlayotgan talabalari ushbu jarayonda ishtirok etishlari mumkin.
❔
Grant taqsimotida ballar qanday hisoblanadi?
Arizalarni baholashda talabaning asosan
ikkita ko‘rsatkichi
inobatga olinadi (Jami: 100 ball):
🔹
Akademik o‘zlashtirish (GPA balli)
— maksimal
80 ball
;
🔹
Ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi
— maksimal
20 ball
.
📲
Ariza topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma:
1️⃣
my.hemis.uz
platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring;
2️⃣
“Mening grantim / Grant arizalar”
menyusiga o‘ting;
3️⃣
“Ariza yaratish”
tugmasini bosib, navbatdagi o‘quv yili uchun ariza shakllantiring va ko‘rib chiqish uchun
komissiyaga yuboring
;
4️⃣
Belgilangan muddatda komissiya arizangizni tekshirgach,
natijani onlayn tarzda
o‘z profilingizda ko‘rishingiz mumkin.
❗️
ENG MUHIM JOYI:
Ariza topshirish tizimi faqat
belgilangan muddatlar ichidagina
ochiq bo‘ladi. Muddat yakunlangandan so‘ng ariza berish imkoniyati butunlay
cheklanadi
! Shuning uchun vaqtni boy bermay, hujjatlaringizni hozirdan taxt qilib turing.
Eslatma:
GPA reytingingizni va ijtimoiy faollik ballaringizni ham HEMIS tizimi orqali real vaqt rejimida tekshirib borishingiz mumkinligini unutmang!
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan
taqdimot
bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
по вопросам обеспечения занятости выпускников организаций высшего образования.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#talim
#bandlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Gumanitar fanlar fakulteti talabalari mutlaq g‘olib!
Pedagogika fakultetida qariyb bir yildan beri davom etib kelayotgan
"Bir oyda 10 kitob, bir yilda 100 kitob"
shiori ostida o'tkazilib kelinayotgan
"Yosh kitobxon"
tanlovining
yakuniy
(final)
bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yakuniy bosqichda Gumanitar fanlar fakultetining
"Yosh kitobxonlar"
jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli
1-o‘rinni
qo‘lga kiritishdi hamda yil davomida eng ko'p g‘oliblikni qo'lga kiritgan jamoa sifatida esda qoldi.
Shuningdek, fakultetimiz kitobxonlari jamoasining a‘zosi O‘zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 1-bosqich talabasi
Tuychiyev Shohzod
"Yilning eng yaxshi kitobxon yigiti"
deya e‘tirof etilib, jamoa a‘zolari bilan birga Pedagogika fakulteti dekani
J.E.Usarov
tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu yuksak marrani zabt etganligi bilan fakultetimiz faxriga aylanib ulgurgan
"Yosh kitobxonlar"
jamoasini qutlaymiz.
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
❗️
Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul boshlandi
5 iyundan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlar qabuli boshlandi. Qabul jarayonlari
my.uzbmb.uz
saytida 25 iyungacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tadi.
Hozirda faqat fanlar majmuasi tanlanadi, ya’ni abituriyent qaysi fandan test topshirishini belgilaydi. Test natijalari to‘liq chiqib bo‘lgach, abituriyent o‘zi to‘plagan ballga qarab, keyinchalik oliygoh va yo‘nalishni tanlashi mumkin.
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
⚡️
DIQQAT!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF–6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2021–2026-yillarga mo‘ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi”ga muvofiq, aholi, ayniqsa yoshlar orasida ekstremistik va terroristik g‘oyalar tarqalishining oldini olish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli targ‘ibot va profilaktika ishlari olib borilmoqda.
🔹
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan faoliyati taqiqlangan ekstremistik va terroristik tashkilotlar hamda shaxslar;
🔹
Taqiqlangan internet sahifalari va profillar;
🔹
Ruxsat etilgan diniy adabiyotlar;
🔹
Diniy sohaga oid huquqiy ma’lumotlar va ishonchli manbalar haqida ma’lumotlarni maxsus bot orqali olishingiz mumkin.
📲
Bot manzili:
👉
@dinuzbbot
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
#Togaraklar_faoliyati
So‘z zavqi, ijod ishtiyoqi har bir inson qalbiga go‘zallik va ezgu fazilatlar ato qiladi. Shu bois she’riyatga oshno bo‘lgan ko‘ngillarda kamolot hissi sayqal topadi.
Kuni kecha "Iste’dod-Mushoira" to‘garagi a’zolari doirasida "O‘zbek adabiyotshunosligi " kafedrasi dotsenti, shoira Gulandom Tog‘ayeva ijodiga bag‘ishlangan "Ilhom sadolari" chellenji yakunlandi. Talabalar shoira she’rlari asosida videolavha va audioroliklar tayyorladilar. Ushbu chellenjda qatnashgan ishtirokchilarning tayyorlagan roliklari muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi. Chellenj yakunida tanlov g‘oliblariga Gumanitar fanlar fakulteti dekani, professor R. Ikramov tomonidan esdalik sovg‘alari va kitoblar topshirildi.
A'zo bo'ling
👇
Bizning ijtimoiy tarmoq kanallarimiz:
Instagram
|
Fecebook
|
Telegram
|
YouTube
👍
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari uchun hujjat qabuli boshlanmoqda!
👉
Dastlabki jarayonlar 10-iyundan boshlanishini ma'lum qilamiz. Tanlovga tayyormisiz?
📌
Nomzodlar uchun maxsus guruh tashkil etdik. Qo‘shilish uchun murojaat qiling:
@x_dissertant_2030
🔔
Bizni kuzatib boring:
👉
@CHDPU_akademiya
👉
@CHDPU_iqtidorli_talabalari