Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online

haqiqatonline_24
Тошкент вилояти ҳокимлиги муассислигидаги "Тошкент ҳақиқати" газетаси лойиҳаси. Талаб, таклиф ҳамда мурожаатлар учун: 🔎 https://t.me/haqiqatonline_bot
Subscribers
1 360
24 hours
-2
30 days
Post views
236
ER
17,35%
Posts (30d)
131
Characters in post
549
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
July 29, 05:05

#matbuot
📖
"Toshkent haqiqati" gazetasining 2026-yil 29-iyuldagi 60-sonining elektron varianti mutolaa uchun taqdim etilmoqda.
📥
USHBU SONDA:
🔻
Temir yo'l bo'ylari: hududlar taraqqiyoti va obodligining ko'zgusi
🔻
Hamjihatlik tarannumi
🔻
Men bilgan O'tkir aka...
🔻
Ikrom otaning "Otaligi"
🔻
Qadamjolarda qolgan tarix sadolari
🔻
She'r ko'p, ammo...
🔺
Shuningdek, gazetamiz sahifalarida viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid xabarlarni o‘qiysiz!
🌟
Yangiliklarni biz bilan birga kuzating!
@haqiqatonline_24

July 28, 13:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
Тошкент вилояти автомобиль йўлларида содир этилган қоидабузарлик юзасидан ҳайдовчига тегишли чора кўрилди.
@haqiqatonline_24

July 27, 12:34
Media unavailable
6
Show in Telegram

#e
'tirof
🎉
Faol va tashabbuskor yoshlar yetakchilari taqdirlandi!
🏆
Joriy yilning
I choragi yakunlari
bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, o‘zining tashabbuskorligi, fidoyiligi va samarali faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh
Yoshlar yetakchilari
munosib rag‘batlantirildi.
📜
Ular talaba-yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy, intellektual va ijtimoiy loyihalarni muvaffaqiyatli tashkil etishga qo‘shgan hissasi uchun
Faxriy yorliq
bilan taqdirlandi.
@haqiqatonline_24

July 27, 11:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

#tezkor
❗️
Isaqulov
Sardor Dadajonovich “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi rahbari etib tayinlandi va shu munosabat bilan Bo'ka tumani hokimi lavozimidan ozod etildi.
U 2025-yilning noyabr oyidan buyon mazkur lavozimda ishlab kelayotgan edi.
@haqiqatonline_24

July 27, 11:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

#diqqat
❗️
Respublikadagi 1 916 ta mahallaning isitish tizimi elektrga o‘tkaziladi
Prezident raisligidagi yig‘ilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda
1 916 ta mahallaga
tabiiy gaz yetkazib berish qiyin. Shu bois, ushbu hududlarda isitish tizimini
elektrga o‘tkazish
uchun zarur infratuzilma va qo‘shimcha quvvat bo‘yicha hisob-kitoblar tayyorlanadi.
❗️
Shuningdek,
3,7 million xonadon
foydalanayotgan suyultirilgan gazni yetkazib berishga
xususiy sektorni jalb etish
taklifi ma’qullandi. Bu tizim dastlab
Andijon viloyatida
yo‘lga qo‘yiladi.
@haqiqatonline_24

July 27, 11:12
Media unavailable
1
Show in Telegram

#selektor
⚡️
Energetika vazirligi huzurida Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi tashkil etiladi
Prezident yig‘ilishida energetika tizimida boshqaruvni to‘liq raqamlashtirish vazifasi belgilandi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda
“Hududiy elektr tarmoqlari”da 25 ming
,
“Hududgaz”da 16 ming
xodim ishlaydi. Biroq ularning faoliyati raqamlashtirilmagani sabab mehnat unumdorligi rivojlangan davlatlarga nisbatan
1,5–2 baravar past
, avariyalarni bartaraf etish muddati esa
3–4 baravar uzoq
.
❗️
Shu bois Energetika vazirligi huzurida
Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish markazi
tashkil etiladi. Tizimdagi
106 ming xodim
faoliyati
10 ta asosiy KPI
asosida baholanadi.
@haqiqatonline_24

July 27, 11:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

#selektor
⚡️
Yangiyo‘l
tajribasi
barcha hududlarga joriy etiladi
Prezident topshirig‘iga ko‘ra,
Yangiyo‘l tumanida yo‘lga qo‘yilayotgan yangi ish tizimi
respublikaning barcha tuman va shaharlarida joriy etiladi.
📌
Energetika tizimi rahbarlari har bir viloyatdagi eng muammoli bittadan tumanga biriktirilib, hokimlar bilan birgalikda elektr va gaz ta’minotini yaxshilash, yo‘qotishlar hamda qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha yangi tizimni yo‘lga qo‘yadi.
❗️
Prezident joylardagi elektr va gaz ta’minoti rahbarlari
natija uchun ishlashi va shaxsiy mas’uliyatini oshirishi shart
ligini ta’kidladi.
@haqiqatonline_24

July 27, 11:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

#selektor
⚡️
Yangiyo‘l elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha namunaviy tumanga aylantiriladi
Prezident topshirig‘iga ko‘ra,
Yangiyo‘l tumani
aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlash uchun maxsus shtab tuziladi. Unga energetika vaziri
Sherzod Xodjayev
rahbarlik qiladi.
📌
Ikki hafta ichida tumanning barcha
51 ta mahallasi
bo‘yicha energiya iste’moli balansi shakllantirilib, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, hisoblagichlarni almashtirish va elektr hamda gaz yo‘qotishlarini
2 baravar kamaytirish
dasturi ishlab chiqiladi.
❗️
Barcha ishlarni
1-oktabrgacha yakunlab
, Yangiyo‘lni elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha
namunaviy tumanga
aylantirish vazifasi qo‘yildi.
@haqiqatonline_24

July 27, 10:56
Media unavailable
1
Show in Telegram

#selektor
⚡️
Yangiyo‘lda elektr yo‘qotishlari 30 mln kVt-soatga yetdi
Energetika sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda
Yangiyo‘l tumani
misolida tizimdagi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi 5 yilda tumanda elektr iste’moli
1,5 baravar
oshgan. Biroq joriy yil boshidan
30 mln kVt-soat elektr yo‘qotilgan
,
37 ta avariya
sodir bo‘lgan.
❗️
Elektr ta’minotidagi debitor qarzdorlik
43 mlrd so‘m
, gaz ta’minotidagi qarzdorlik esa
188 mlrd so‘m
ga yetgan.
Shuningdek, minglab elektr va gaz hisoblagichlari ma’lumot uzatmayotgani energetika tizimidagi jiddiy muammolar sifatida tanqid qilindi.
@haqiqatonline_24

July 27, 10:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

#selektor
‼️
Tizimdagi jiddiy kamchiliklar uchun energetika vaziri va “Hududiy elektr tarmoqlari” rahbari lavozimidan ozod etildi.
“Milliy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari”, “Transgaz” va “Hududgaz” rahbarlariga
yil yakunigacha
sinov muddati
belgilandi. Natija bo‘lmasa,
ular ham ishdan ketishi ogohlantirildi.
Yangi energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari”ning yangi rahbari Sardor Isaqulov
va
Energiya inspeksiyasining yangi boshlig‘i Axad Isoqjonov
bugundan
yangicha ish uslubini joriy qilishi shartligi
ta’kidlandi.
“Hokimlar ham “Bu energetiklarning ishi” deb xotirjam o‘tirishga haqqi yo‘q.
So‘rov qattiq bo‘ladi”
,
– dedi Prezidentimiz.
@haqiqatonline_24